Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Bill – Angliyada qirol tomonidan tasdiqlanadigan parlament qonun loyihasi. Keng ma’noda qonun yoki nizomning oʻzini anglatadi. Bir qalqonli ritsarlar



Download 1,74 Mb.
bet25/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Bill – Angliyada qirol tomonidan tasdiqlanadigan parlament qonun loyihasi. Keng ma’noda qonun yoki nizomning oʻzini anglatadi.
Bir qalqonli ritsarlar – qaysidir bir senorning vassali va oʻz qoʻlida vassalga ega boʻlmagan ritsarlar toifasi. Ular feodallar tabaqasining eng quyi boʻgʻinini egallashgan.
Blio 1) XIII–XV asrlarda erkaklar kiyimi. Koʻrinishidan yubkaga oʻxshab ketgan; 2) Ayollarning oq qora rangli kiyimi. Odatda juda keng qilib tikilgan.
Bogomillik – Bolqon xalqlarining antifeodal va daxriylik harakati boʻlib, X asr boshlarida taxminiy ma’lumotlarga koʻra Makedoniyada vujudga kelgan. Aslida pavlikanchilik asosida shakllangan. Uning nomi bolgar ruhoniysi Bogomil ismidan olingan. B. qarashlarida diniy va falsafiy tushunchalar ustun boʻlib, uning asosida ikki kuchning doimiy kurashi yotadi. B. oʻzlarining alohida cherkovlariga asos solishadi. Unda cherkovning oʻziga xos diniy marosimlari ham shakllanadi. B. harakati va qarashlari faqatgina Bolgariyada emas balki, Vizantiya, Serbiya va Bosniyada ham keng tarqalgan. Gʻarbiy Yevropada mazkur gʻoyalar daxriylik sifatida talqin qilingan.
Bokland, boklend (qad.ingl. bokland – yorliqqa berilgan yer) – anglo-saksonlarda qirol yoki cherkov tomonidan ruhoniylar hamda yirik feodallarga berilgan yorliq asosidagi yer maydoni. Qirolga xizmati evaziga bir umrga berilgan. B. asosan, VIII asrdan boshlab keng tarqalgan va XI asrning 1-yarmiga qadar alohida oʻrin egallagan. Shu bilan birga, Angliyada feodal tartiblarning oʻrnatilishida ham muhim oʻrin tutgan. Normandlar istilosidan keyin B. feod bilan almashgan.
Bombarda – XIV-XVI asrlardagi dastlabki artilleriya qurilmasi boʻlib, asosan, qal’alarni himoya qilish va qamal qilishda qoʻllanilgan. B. tosh yadrolar bilan oʻqlangan va 400 metrdan 700 metrgacha ota olgan. Uning stvoli temirdan yasalgan va ayrim paytlarda yogʻochdan ham yasalib, atrofi metal bilan qoplangan.
Bondlar – ilk oʻrta asrlarda Skandinaviya mamlakatlarida oʻz yeriga ega boʻlgan va katta yer egalariga qaram boʻlmagan erkin kishilar. Ular asosan, baliqchilik, dehqonchilik, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib, Norvegiya, Shvetsiya va Islandiyada kichik qishloqlarda yashaganlar. XIII asrdan boshlab ular qirolga yer va jon soligʻi toʻlay boshlagan. Soliqlar natijasida ularning ahvoli ogʻirlashib borib, XIV asrning 1-yarmida qirol, cherkov va katta yer egalariga qaram boʻla boshlaygan.
Boqiy shahar (lot. aeterna urbs) – Rimga nisbatan shunday ta’rifni birinchi marta shoir Tibull (Albiy Tibull, mil.avv. 50-19) oʻzining ikkinchi elegiyasida (lirik janr turi) Rim homiysi hisoblanuvchi Apollonga atalgan madhiyasida qoʻllagan. Shundan keyin ushbu ibora keyingi davr Rimning deyarlik barcha shoirlari, yozuvchilar va notiqlrining asarlarida ishlatilgan. Iboraning Tibull tomonidan qoʻllanilishining oʻziga xos sabablari bor. Shoir “Rimni gʻishtli holda qabul qilib, marmarli holatda qoldirgan” bunyodkor va qudratli impertator Oktavian Avgust (mil.avv. 63 – milodiy 14) davrida yashagan va ijod qilgan.
Bordariylar (lot. borda. kulba) – XI-XII asrlarda Angliyada feodallardan ozod boʻlgan dehqonlar. “Dahshatli sud kitobi” da villan va kottarlar sifatida tilga olingan. Ular ham dehqonlarning bir toifasi boʻlishgan. Ammo ularning villan va kottarlardan yerga egalik va mashgʻulotlariga koʻra farqli jihatlari boʻlgan. XIII asrdan boshlab B. toʻliq villanlarga aylanib ketishadi.
Boyar tor ma’noda X-XVII asrlarda Kiyev Rusi, Moskva knyazligi, Bolgariya, Moldaviya knyazligi, Valaxiya, XIV asrdan Ruminiyada feodal jamiyatning oliy qatlami.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish