— inson ziynati va yuksak qadriyatga aylangan ijtimoiy ho
disa.
Ezgulik barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallay-
di. Jumladan «Avesto»da Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol uchligi
zardushtiylikning mohiyatini anglatadi. Yovuzlik ezgulikka qara-
ma-qarshi tushuncha bo‘lib zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra yovuz
lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan
kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e’tiqodli kishilar
katta jonbozlik ko‘rsatishi da’vat etilgan.
Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo-
mila inkor etibgina qolmay, ular o‘rtasida hayot-mamot kurashi
ketadi va bu abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga
keltiruvchi kuch sifatida namoyon boMadi. Ezgulikning m a’no-
mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o‘z ifodasini topadi. Ezgulik
axloqiy barkamollik negizidir. Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan
muhim ahamiyatga ega.
Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan-
parvarlik, insonparvarlik, jasurlik tamoyillarini ham o‘z ichiga
oladi. Ezgulik ijtimoiy, shaxsiy xulq-atvor va xatti-harakatni
ma’naviy jihatdan baholashning muhim mezonidir.
Yaxshilik va yomonlik.
Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor-
ganida,
yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan
bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha
bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda
ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan,
u bor-yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim
etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsur-
lari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari
yaxshilikdan joy oli-
shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday
«singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki
juftlikni aynanlashtirishga asos bo‘Ia olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud:
ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega,
yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi-
ga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mard-
lik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy m e’yorlar tajas-
sum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan
amaliy xatti-harakatlar
qahram onlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga
ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher
Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga
um rini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-
maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik,
u m a’lum m a’noda abadiylik xususiyatiga ega, Chunki Navoiy
asarlari millionlab odamlarga yuzlab
yillar mobaynida zavq-
shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt
da, Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj
odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va
h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo‘lgani hol
da, o‘tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda
namoyon bo‘luvchi qahram onlik ham, buyuk jasorat ham emas.
Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan,
uzoqni
ko‘zlovchi, kelajakka ham mo‘ljallangan, ya’ni strategik aha
miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa,
odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega,
ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik-
ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri
emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe
bo‘lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi,
yovuzlik
esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik
bo‘lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror
obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi
lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin:
— yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bo‘lib,
stixiyali, ko‘r-ko‘rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki
biron-bir inson, jamiyat manfaatini o‘ylab, ko‘zlab bajariladigan,
ezgulikka yo‘g‘rilgan amaliy ishdir;
— yaxshilik — bu
majburlashning mahsuli emas, balki vijdon
amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax
shilik qilishga majburlash — yomonlikdir;
— yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan
real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik
axloqiy idealning amaldagi ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: