A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Gedonizm va evdemonizm talimotlari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Gedonizm va evdemonizm talimotlari. 
Qadimgi davr axloq- 
shunosligida paydo bolgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri 
gedonizm bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniy
272


rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo- 
nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). 
U Suqrotning zamondoshi bo‘lib, insonning ruhiy holati ikki 
turda bolishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani- 
shi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun 
hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan 
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone 
— zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko‘ra, inson 
o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si­
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp fikri­
cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa, 
ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo- 
ratdir. Aristipp fikricha, inson og'riqdan qochishi va iloji bori- 
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin, 
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun- 
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan, huzur-halovat, 
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch 
sarflash arzimaydi.
Gedonizm ning psixologik talqinida insonni harakatga un- 
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish, 
deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining 
yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak, 
degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni 
o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh­
lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan b in ­
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan 
xalos bo‘lishi bu — xohish-istaklarni qondirish, deya talqin 
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas, 
balki azob va baxtsizlikdan xalos bo‘lish maqsadi ifoda etilgan. 
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa­
fa tarixida markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va ko‘plab 
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. 
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki 
asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. U lar bugun 
biz nim a qilishimiz va ertaga nim a bilan shug‘ullanishim izni 
belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-
273


zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». G edonizm
ta ’lim otida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan 
ijtimoiy m e’yorlarga qaram a-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini 
cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga 
to‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me’yorlar in ­
kor etiladi. U lar faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining 
m azm uni deb biladi va bu yo‘lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi- 
dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha 
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at) 
esa, baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsa- 
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu ibora etimologik 
jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik- 
kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya’ni 
tashqi ne’matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bog‘liq bo‘lsa- 
da, ba’zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy 
ne’matlarga ega odam baxtsiz bo‘lishi va aksincha, qashshoq, ust- 
boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm 
yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, u Suqrotning 
shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi 
to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-sao- 
datni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, 
balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko‘pincha 
fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.
Bu ta’limotga ko‘ra, o‘z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni 
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi- 
dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi. 
Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning 
yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari- 
da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson 
ijodi bilan bevosita bog‘liq holda) talqin etilgan bo'lsa, nasroniy 
axloqda baxt haqidagi axloqiy me’yor va tushunchalar ongdan 
tashqarida bo‘lgan diniy tasavvurlar bilan bog‘liqligi asoslanadi. 
Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma’naviyatining mazmun- 
mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va 
uning mahsuli bo‘lgan baxt o‘rtasida ziddiyat bo‘lmagan dunyo-

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish