A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
Bilimni aniqlash uchun savollar: 
 
1. “Yerlarni muhofaza qilish” termini nimani bildiradi?
2. Yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu funksiyasini qaysi davlat 
organlari amalga oshiradilar? 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida”gi 
qonuni qachon qabul qilingan? 
4. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida yerlarni muhofaza qilish 
bo‘yicha qanday qoidalar qayd qilingan? 


261 
5. Yerdan foydalanishni integratsion boshqarishning yer munozaralarini hal 
qilish funksiyasining mohiyati nimalardan iborat? 
6. Yerdan foydalanishni boshqarishning funksiyasi sifatida yer resurslaridan 
samarali foydalanishni rag‘batlantirishning mohiyati nima? 
4.9 Yerdan foydalanish samaradorligini baholash-yerdan foydalanishni 
boshqarish funksiyasi 
Yerlardan foydalanish samaradorligini baholash yerdan foydalanishni 
boshqarish tizimining eng muhim funksiyalaridan hisoblanadi, negaki u yer 
resurslaridan foydalanishni to‘la qayta tiklash siklining samaradorligini miqdoriy va 
sifat o‘lchamlarini aniqlaydi va shunday qilib, Yerdan foydalanishni boshqarishning 
samaradorligini belgilaydi. Baholash joriy qayta tiklash siklida yer resurslaridan 
foydalanish natijalarini tahlili uchun, bo‘lg‘usi siklda ularni rivojlantirish uchun, shu 
jumladan qayta tiklash siklining har bir bosqichi bo‘yicha alohida-alohida 
rejalashtirish uchun zarurdir. Funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi birin-ketin 
hal qilinadigan uchta vazifani o‘z ichiga oladi: Yerlarni toifalari, iqtisodiy tarmoqlari 
va tarmoqlar ichi bo‘yicha yer resurslarini taqsimlanish samaradorligini baholash; 
barcha turdagi samaradorlikni olish nuqtai nazaridan yerlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
foydalanish (texnologik) baholash; yer resurslarini qayta tiklash samaradorligini 
baholash. 
Tizimli yerdan foydalanishi uchun samaradorligini tazimli baholashni ko‘zda 
tutadi, qaysiki u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-yerdan foydalanish tarkibining samaradorligini baholash; 
-yer resurslarini asosiy maqsadi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish 
samaradorligini baholash; 
-yer resurslarini qayta tiklash samaradorligini baholash; 
-yerdan foydalanish qayta tiklash siklining jamlangan (umumiy) samaradorligini 
aniqlash. 
Ushbu maqsadda ular berilgan vazifalar va idoralar tomonidan yer 
resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning tegishli usullarini ishlab 
chiqish zarur. 
1. Yerdan foydalanish tarkibi yerlardan foydalanishning maqsadli xarakteriga 
yirik ta’sir ko‘rsatadi, ulardan foydalanishning ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion, 
sog‘lomlashtirish va ekologik samaradorlik turlarining miqdoriy nisbatlarini 
aniqlaydi. U ko‘p variantli xarakterga ega hamda jamiyat faoliyatining har bir 
sohasida, iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida, har bir regionda, tumanda, yer 
uchastkasida xususiy va dinamik xarakterga ega, shuning uchun uning 
samaradorligini baholash ko‘p bosqichli, birin-ketinlik xarakteriga ega va har yili 


262 
mamlakat yer fondidan foydalanish samaradorligini belgilash maqsadida amalga 
oshirilishi zarur. 
Yerdan foydalanish tarkibining iqtisodiy mohiyati yerdan foydalanish 
jarayonida namayon bo‘ladi, uni samaradorligi yerlarni maqsadlari bo‘yicha 
taqsimlanish jarayonida-yoq rejalashtiriladi. Masalan, tabiatni muhofaza qilish 
maqsadlari uchun aniq yer massasidan foydalanish bitta samaradorlikka ega; ushbu 
yerlardan qisman tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga va qisman qishloq xo‘jaligi 
uchun foydalanish boshqa samaradorlik bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yerdan foydalanish tarkibi jamiyatni o‘sib borayotgan moddiy va boshqa 
turlardagi boyliklarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirilishini va yer resurslarini 
mavjudligini, shuningdek, jamiyatning moddiy, mehnat, moliyaviy, texnik va boshqa 
imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Uni samaradorligi nisbiy tushunchadir hamda uni turli 
variantlarini faqat taqqoslangan baholash bilangina o‘rnatish mumkin. Tarkibni 
samaradorligi deganda yerdan foydalanishning bir xil shartlarida yerdan 
foydalanishning ikkita turli tarkibi uchun olingan yalpi mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar 
tushuniladi. 
Shu bilan birga, yerdan foydalanish tarkibi bilan yerdan foydalanishni 
jadallashganlik darajasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Eng avvalo tarkib 
yerlardan foydalanish samaradorligiga ma’lum miqdorlarda ta’sir o‘tkazadi, 
keyinchalik-yerdan foydalanishning jadallashganlik darajasining o‘sishi bilan 
jadallashganlik, endi, yerdan foydalanishning keyingi, bo‘lg‘usi tarkibiga ta’sir 
ko‘rsata boshlaydi, demak, uning samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni ushbu 
turlardagi samaradorliklar o‘rtasida dialektik bog‘liqlik mavjuddir.
Yerdan 
foydalanish 
tarkibining 
samaradorligini 
yerdan 
foydalanish 
samaradorligidan qanday ajratish (bo‘lish) mumkin?. Tarkibni namoyon bo‘lishi 
yerdan foydalanish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas, u turli maqsadli mohiyati 
bo‘yicha taqsimlanishi bilangina bog‘liq. Yerdan foydalanish samaradorligi esa ularni 
jismoniy xususiyatlaridan foydalanish bilan bog‘liqdir. 
Shunday qilib, yerdan foydalanish tarkibining samaradorligi yerdan
foydalanishning boshqa teng sharoitlarida tarkiblar ikkita variantlari daromadlarini D 
(yoki qiymat shaklida aks ettiriladigan tegishli daromadlardagi ijtimoiy, rekreatsion, 
ekologik sharoitlar) farqiga tengdir. 
2.Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud 
uslubiyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha resurs salohiyatidan 
foydalanishni tavsiflaydigan qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qo‘llanilishini ko‘zda 
tutadi. Ularning asosiylaridan biri solishtirma sof daromaddir (bir birlik maydonga). 
Ammo bozor tamoyillarini qo‘llanish sharoitida sug‘oriladigan yerlardan 
foydalanishda bu ko‘rsatkich to‘la baholanishni endi ta’minlay olmaydi, chunki 
ishlab chiqarish harajatlarining tarkibi va miqdori tubdan o‘zgaradi. Yuqorida qayd 


263 
qilinganidek, Yerlardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud uslubiyati 
umumiy, tarmoq xarakteriga ega bo‘lmasdan ichki tarmoq xarakteriga egadir. 
Birinchidan, 1995 yildan yer solig‘i va ijara haqi shaklidagi yerdan foydalanishga 
to‘lovlar kiritildi, suvni tashish uchun to‘lov undiriladi, sug‘orish suvining 
qo‘shimcha hajmi uchun (limitdan tashqari) uni bozor qiymati bo‘yicha to‘lov 
undirilishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchidan, SIUga biriktirilgan ichki xo‘jalik sug‘orish 
tarmoqlarini ushlab turish harajatlari tovar ishlab chiqaruvchilarning hisobiga kirdi. 
Va nihoyat, tizimli yerdan foydalanish Konsepsiyasiga muvofiq, iste’mol qilingan 
tuproq unumdorligini (qiymat jihatidan) ishlab chiqarish harajatlariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi va o‘zini tiklanishini talab qiluvchi resurslar sarfi sifatida qaramoq 
zarur. SHuning uchun ishlab chiqarishning to‘la harajatlari, bozor sharoitida, 
quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
-Yer-suvdan tashqari barcha resurslar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish 
xarajatlari (I
pr
); 
-sug‘orish suvini tashish qiymati S
tr.v

-qo‘shimcha, me’yordan tashqari sug‘orish suvining qiymati S
dop v

-iste’mol qilingan tuproq unumdorligini qiymati (S
ppp
); 
-sug‘oriladigan yerlardan soliq (ijara haqi)-ZNor; 
-Yer bilan chambarchas boshliq ishlab chiqarish vositalari tagidagi yerlardan 
soliq (ijara haqi)-ZN 
spnsz
Ishlab chiqarishning o‘zini harajatlari mexanizatsiyalashtirilgan ishlarga, 
urug‘lik, yonilg‘i-moylash materiallariga, mineral va organik o‘g‘itlar, hosilni yig‘ib-
terib olish va tashishga, mehnatga haq to‘lashga sarflangan harajatlardan iborat. 
Sug‘orish suvini tashish qiymati ularning uzunligiga, xizmat ko‘rsatadigan 
massivining maydoniga va boshqalarga qarab sug‘orish tarmoqlari bo‘yicha farq qilib 
turadi. Iste’mol qilingan tuproq unumdorligining qiymati tegishli tartibda 
foydalanilganda moddiy mahsulot-hosilni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy 
salohiyat sifatida qarash tavsiya qilinadi. 
3.Tuproqlar unumdorligini qayta tiklanishi yerlarni to‘la qayta tiklanish siklining 
uchinchi, oxirgi fazasi hisoblanadi. Fazaning samaradorligi quyidagi asosiy omillar 
bilan aniqlanadi: iste’mol qilingan tuproqlar unumdorligining miqdori, qayta tiklanish 
sikli davomida unumdorlikni qayta tiklanishi va qayta tiklanish xarakteri. Iste’mol 
qilingan unumdorlik miqdori, o‘z navbatida, shart sharoitlarga bog‘liq: 
o‘stirilayotgan ekin turlariga, ishlab chiqarishning boshqa omillar bilan 
ta’minlanganligiga, ekinlarni o‘stirish texnologiyasiga, iqlim sharoitlariga.
4.Sug‘oriladigan yerlarni to‘la qayta tiklash siklining samaradorligi siklning 
barcha uchta fazalarini jamlagan samaradorligi ko‘rinishiga egadir (43-rasm): 


264 
3
E
p
= E
I
+E
II
+E
III
=Σ Ej (10) 
1
bu Yerda; j-Yerdan foydalanish to‘la siklining 
bosqichlar indeksi (j=1,2,3). 
Yerdan foydalanish tarkibining samaradorligi (E
I
) musbat, 0ga teng yoki 
manfiy bo‘lishi mumkin. Agarda yerdan foydalanish loyihaviy tarkibini iqtisodiy va 
ekologik natijasining yig‘indisi oldingilardan yuqori bo‘lsa, bunday holda uning 
samaradorligi musbat va aksincha bo‘ladi. Ushbu faza samaradorligining tengligi 
formula yordamida aniqlanadi. Ikkinchi faza- sug‘oriladigan Yerlardan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanish (E
II
)ning samaradorligi uchun ham huddi shunday hulosa 
xarakterlidir. Uni samaradorligining miqdori o‘zining formulasi bilan aniqlanadi. 
Uchinchi faza samaradorligi (E
III
) meliorativ ishlarni bajarishga solishtirma 
harajatlarni me’yoriga nisbatan qisqarishi bilan bog‘liqdir. (10) formulani yoyilgan 
holatda quyidagi ko‘rinishda aks etirish mumkin: 
E
sik
= (E
1
-I
1
)
st1
+ (E
2
-I
2
)
st2
+ (E
3
-I
3
)
,
(11) 
bu Yerda: D
1
, D
2
, D
3
-yer tiklanish siklining tegishli 1-chi, 2-chi va 3-chi 
bosqichlarida aniqlanadigan daromad; 
I
1, 
I
2
, I
3
-yer tiklanish siklining tegishli 1-chi, 2-chi va 3-chi fazalarini joriy etish 
harajatlari (sarflari). 
Ma’muriy tuman sug‘oriladigan yerlaridan foydalanishni qayta tiklash 
siklining to‘la samaradorligi ushbu tumandagi qishloq xo‘jalik korxonalari bo‘yicha 
samaradorlikni jamlagan holda aniqlanadi. Viloyat, tarmoq bo‘yicha bu ko‘rsatkich 
yuqoridagiga o‘xshash tarzda belgilanadi.
Yer uchastkalari, aholi yashash punktlari, tumanlar, viloyatlar va umuman 
respublika yerdan foydalanishi turli toifalardagi va turlicha maqsaddagi yerlarni o‘z 
ichiga oladi, buning oqibatida uni joylashgan samaradorligi bitta maqsaddagi yerdan 
foydalanish samaradorligini baholashdan, masalan, qishloq xo‘jaligi mohiyatidagi 
yerlar samaradorligini baholashdan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari, turli 
maqsadli mohiyatdagi yerlardan foydalanishda turlicha samaradorliklar kuzatiladi.
Har qanday yerdan foydalanish samaradorligini baholash asosida yer 
uchastkasidan foydalanish samaradorligi yotadi. Agarda yer uchastkasidan maqsadli 
foydalanish bitta, ikkita yoki uchta turdagi samaradorlikni щz ichiga olishi bilan 
bog‘liq bo‘lsa, mavjud bo‘lmagan boshqa samaradorlikning qiymati nolga teng 
bo‘ladi. 


265 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish