A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Bilimni aniqlash uchun savollar: 
1. Tuproqlar unumdorligini qayta tiklanishi Yerni qayta tiklanish siklining qaysi 
fazasi hisoblanadi?
2. Tuproq unumdorligi qanday xarakterga ega? 
3. Tuproq unumdorligini unumli iste’moli nima? 


255 
4. Yerlarni unumdorligini qayta tiklanish fazasi qayta tiklanish siklining boshqa 
fazalari bilan qanday bog‘liq? 
5. Tuproq sifatini pasayish tavsiflarini sanab bering. 
6. Tuproq sifatini pasayishining asosiy sabablarini aytib bering. 
7. Tuproq unumdorligini pasaytiruvchi asosiy salbiy omillarni ayting. 
8. Tuproqlarni qayta tiklanishi qanday belgilar bo‘yicha tasniflanadi? 
9. Tuproqlar unumdorligini tizimli qayta tiklanishi nima? 
10.Tuproqlar unumdorligini tizimli qayta tiklanishi qanday tarkibiy elementlarni 
o‘z ichiga oladi? 
11. Tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlarni sanang. 
12. Tuproqlar unumdorligini oshirishni dasturlashtirishning mohiyati qanday? 
4.8 Yer munozaralarini hal qilish, yerlarni muhofaza qilish, yer resurslaridan 
samarali foydalanishni rag‘batlantirish-yerdan foydalanishni boshqarish 
funksiyalari
Yerlarni muhofaza qilish funksiyasi yerlardan foydalanuvchi vazirliklar va 
idoralar, yer uchastkalari ma’lum maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yuridik va 
jismoniy shaxslarning harakatidir. Yerdan foydalanish tartibini buzish va ular 
tomonidan Yerlarning miqdori, holatini, foydalanishi va qayta tiklanishi to‘g‘risidagi 
har yillik hisobotlarni taqdim etilmasligi davlat organlari tomonidan nazoratni talab 
qiladi. Idoraviy mansubligidan qat’iy nazar Yerlarning holati va foydalanishini 
nazorat qilish, rag‘batlanirish yoki jarima sanksiyalari joriy etish Yerdan foydalanish 
va tabiiy majmualarni garmonik rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar 
funksiyasining mazmunini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining asosiy vazifalaridan biri-yerlardan 
foydalanishga cheklanishlar o‘rnatilgan Yerlarni muhofaza qilish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarni yerga 
bo‘lgan huquqlarini muhofazalash maqsadida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini 
davlat ro‘yxatiga olish ko‘zda tutilgan (28,35-moddalar). Yer kodeksida yer 
resurslarini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilgan (alohida,11-bob ajratilgan), 
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni nazorat qilish (12-bob)ga va huquqlari 
buzilgan taqdirda subekttlar yo‘qotishlari o‘rnini qoplash (13-bob)ga alohida diqqat 
qilinadi. Davlat organlari respublika va hududiy dasturlar doirasida yerlarni 
muhofaza qilish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni qabul qilishga bosh-qoshdir, deb yozib 
qo‘yilgan. Yer egaliklari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yerlarni 
muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari belgilangan (79-modda). Obyektlar
qurilishlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga 
ekologik talablar ko‘zda tutilgan (80-modda).


256 
Yerlarni muhofaza qilish tizimi Yerdan maqsadli, oqilona foydalanish, qayta 
tiklash va tuproqlarni unumdorligini oshirish, o‘rmon fondi yerlarini mahsuldorligini 
oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan hamda alohida muhofaza qilinadigan yerlarni 
asossiz ajratib olinishini oldini olish, samarali antropogen ta’sirlardan ximoya 
qilishga yo‘naltirilgan huquqiy tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar 
majmuasi sifatida aniqlanadi (79-modda). Yerlardan barqaror foydalanish tabiatni 
muhofazalash, resurslarni tejash xarakterini amalga oshirish hamda tuproqlarni 
saqlanishini, o‘simliklar va hayvonlar dunyosiga, geologik qatlamlarga va atrof-
muhitning boshqa komponentlariga ta’sirni cheklanishini ko‘zda tutishi zarur (79-
modda). 
Tabiatga zararli ta’sir ko‘rsatadigan faoliyatlarni taqiqlagan holda davlat 
qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya parklari, botanika bog‘lari, buyurtma 
bog‘larda (ov xo‘jaliklari bundan mustasno), tabiat yodgorliklarini qo‘riqlash 
mintaqalari ko‘zda tutilgan (72-modda). Sog‘lomlashtirish ahamiyatidagi yerlardan 
tabiiy davolash xususiyatlarini hamda aholini dam olish uchun maqbul shartlarini 
muhofaza qilinishi bilan mos kelmaydigan faoliyatlar ta’qiqlangani holda maxsus 
sanitariya-himoyalash 
okruglari 
ko‘zda tutilgan (73-modda). Rekreatsiya 
ahamiyatidagi yerlarda ularni asosiy maqsadlarda foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi 
har qanday faoliyat ta’qiqlanadi (74-modda). Tarixiy va madaniy yodgorliklar 
atrofida himoya mintaqalari va qurilishlarni tartibga solish mintaqalari ko‘zda 
tutilgan (75-modda). 
O‘rmonlarni ko‘paytirish, jarliklar kengayishini tugatish, shaharlar va sanoat 
markazlari atrofida o‘rmonzorlar va yashil mintaqalar yaratish maqsadida o‘rmon 
fondi yerlari tarkibiga belgilangan tartibda boshqa mohiyatdagi yerlar berilishi 
mumkin (76-modda). Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
xo‘jalik faoliyatlarini va qurish ishlarini olib borish taqiqlanadi (77-modda). 
Shu bilan birga, yer kodeksida tizimli yerdan foydalanish va yer resurslaridan 
foydalanishni barqaror boshqarishning huquqiy asoslari mavjud emas, yer 
munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishga va hududiy darajalarda yerdan 
foydalanishni ma’muriy boshqarishga etarli e’tibor berilmagan. 
Kodeksning huquqiy qoidalari, asosan, yerlardan foydalanish uchun 
sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan, yerdan foydalanishni maqbullashtirish 
muammosiga amaliy jihatdan qo‘l urilmagan. Kodeksning qator moddalari faqatgina 
qishloq xo‘jalik yerlarini qayta tiklanish zaruriyatlariga bag‘ishlangan, ularning 
ahamiyati amaliy jihatdan ko‘ra ko‘proq nazariy jihatdandir, ular oldindan bajarib 
bo‘lmaydigan xarakterga ega, davlat byudjeti hisobiga yer resurslarini qayta tiklanish 
qismi bo‘yicha talablar mavjud emas. bunday holat yerlar sifatini pasayishi sababli 
yerdan foydalanish subekttlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash uchun asos bermaydi. 


257 
Yerlardan samarali foydalanganlik uchun yerdan foydalanuvchilarni ko‘zda tutilgan 
rag‘batlantirish amalda mavjud emas, uni mexanizmi ishlab chiqilmagan. 
Qo‘ychilik va qoramolchilikning yem-xashak bazasi hisoblangan yaylovlar 
(jami yer fondining 28%)yuqori darajada buzilgan. Kodeksda ushbu turdagi yerdan 
foydalanishni tarkiblashga, yaylovlar hududini oqilona tashkil etish va foydalanishga, 
tuproqlar va yem-xashakni qayta tiklanishiga, boshqarishni tizimli tashkil etishga 
e’tibor berilmagan. O‘rmon yerlaridan foydalanishni tarkiblash, uning hududini 
tashkil etish va ushbu yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklanishi 
to‘g‘risida qoidalar mavjud emas (76-modda). O‘rmon fondi boshqa maqsadli 
mohiyatdagi yirik yer maydonlarini va birinchi galda, yaylov yerlarini o‘z ichiga 
olgan, ammo ularning huquqiy tarkibi kodeksda mavjud emas, yerlarni buzilishi 
mavjud, ammo yerlardan foydalanish samaradorligini baholash amalga oshirilmaydi.
Aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi, suv 
fondi Yerlaridan foydalanish, qayta tiklash va muhofaza qilish tartibi, shuningdek 
ulardan foydalanish samaradorligini baholash Kodeksda belgilanmagan (77-modda). 
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 
to‘g‘risida”gi Qonunining (2.12.2004y) vazifalari quyidagilar: tipik, yirik ahamiyatga 
malik, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualar, o‘simliklar va xayvonlarning genetik 
fondini saqlash; tabiatga inson faoliyatining salbiy ta’mirini bartaraf qilish; tabiiy 
jarayonlarni o‘rganish; atrof tabiiy muhitining monitoringini yuritish; ekologik ta’lim 
va tarbiyani takomillashtirish(2-3 moddalar).
Ustuvor ekologik, ilmiy, estetik, rekreatsion va sanitar-sog‘lomlashtirish 
ahamiyatiga ega bo‘lgan, to‘la yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik xo‘jalik 
foydalanishidan ajratib olingan yer va suv kengliklari muhofaza qilinadigan tabiiy 
hududlar sifatida(MQTX) belgilangan. Tabiiy hududlarni saqlash, qayta tiklash 
maqsadida, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda MQTX ni muhofazalash va 
foydalanish tartibi o‘rnatilgan (4-5 moddalar). MQTX yer uchastkalari tabiatni 
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya ahamiyatidagi yerlarga kiritilgan. 
Ularning maqsadli mohiyatiga zid keladigan har qanday faoliyat bu yerda taqiqlanadi. 
Agarda yuridik va jismoniy shaxslar MQTX ni muhofazalash bo‘yicha o‘zlariga 
yuklatilgan majburiyatlarni ta’minlay olmasalar, ularning yer uchastkalari tortib 
olinadi (7-modda). MQTXlar O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va 
joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladilar. Ularni 
qayta tashkil etish va kamroq qat’iylik tartibiga o‘tkazishga alohida hollardagina yo‘l 
qo‘yiladi. MQTX faoliyatini to‘xtatishi favqulodda nochorlik va texnogen xarakterli 
ta’sir natijasida qimmati yo‘qotilganda va muddati tugagandagina amalga oshiriladi. 
Ularni boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, joylardagi 
davlat hokimiyati organlari, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi (11-13moddalar). 


258 
MQTX davlat kadastri hududlar toifalari va turlarini, ularning geografik 
holatlarini, miqdoriy va sifat tavsiflarini, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ta’lim va boshqa 
qismlari to‘g‘risidagi, yer egaliklari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer 
uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi (14-modda). 
MQTX yerlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoidalar O‘zbekiston 
Respublikasi yer kodeksining ushbu yerlar bo‘yicha qoidalariga to‘la mos keladilar 
(9-bob, 71-75 moddalar). Qonunning muhim qoidalaridan biri (O‘zbekiston 
Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonuniga nisbatan,1992 
y), uning 2-moddasidir. Unda aholi o‘rtasida ekologik ta’lim va tarbiyani 
o‘tkazishning muhimligi va zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
Shunday qilib, “Yerlarni muhofaza qilish” funksiyasi yerdan foydalanishni 
integratsion boshqarish tizimida muhimdir. Amaliy jihatdan uning roli YER 
resurslarini qayta tiklanishi va amalga oshirilishini shunday usullardan foydalanishi 
shunga keltiradiki, ular yer sifatini pasaytirmaydilar, xo‘jalik oborotidan chiqishiga 
olib kelmaydilar. Shuni e’tiborga olish zarurki, yerdan foydalanishni ushbu 
funksiyasini amalga oshirish ko‘p jihatdan yer monitoringini yuritish natijalaridan 
foydalanadi, ya’ni yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu funksiyasi bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Yer monitoringini yuritish jarayonida yerlardan foydalanishda qonunbuzarlik 
faktlari aniqlanadi, jumladan tekshirilgan 1610 korxonadan 7%ida -yerlarni 
o‘zboshimchalik bilan egalash, 35%ida -yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, 11%ida 
-boshqa maqsadlarda foydalanish, 12%ida -tuproqlar unumdorligini qayta tiklash 
amalga oshirilmaganligi kuzatildi. 
Yer munozaralarini hal qilish funksiyasining asosiy maqsadi yer huquqiy-
munosabatlar subekttlari tomonidan yerlarni berish, foydalanish va qayta 
tiklanishning huquqiy tartibida buzilishlar sababli turli janjallarni obyektiv ravishda 
hal qilishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida yer 
munozaralarini hal qilish masalalariga 14 bob (89,90,91 moddalar) bag‘ishlangan.
Yer munozaralari jismoniy shaxslar o‘rtasida, shuningdek jismoniy va yuridik 
shaxslar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin. Yer munozaralari yer uchastkalarini 
berish, ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni qayta tiklash hamda yer 
uchastkalariga huquqlarni bir shaxsdan ikkinchisiga berish munosabati bilan yuz 
beradi. Yer munozaralari davlat hokimiyati organlari hamda sud tomonidan hal 
qilinadi (yer kodeksining 4,5,6,7 va 89 moddalari) [2]. 
Yer kodeksining 90-moddasida yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer 
uchastkasini oldi-sotdisi, sovg‘a qilishi, garovga qo‘yishlari (qonunchilikdan ko‘zda 
tutilgan holatlardan tashqari), o‘zboshimchalik bilan almashtirishlari bo‘yicha 
noqonuniy harakatlari haqiqiy emas, shunday hodisalarni vujudga keltirishda aybdor 
shaxslar yer qonunchiligini buzganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar, deb qayd 


259 
qilingan. Yerdan foydalanuvchi subekttlar quyidagi hollarda ham javobgarlikka 
tortiladilar: Yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlarida, yer uchastkasini 
o‘zboshimchalik bilan egallab olganida, qishloq xo‘jalik va boshqa yerlarni 
buzganida (ifloslantirish, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan zaharlash, ishlab 
chiqarish qoldiqlari bilan bulg‘ash), yerlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
obyektlarni joylashtirganda va qurganda, yerlardan foydalanish bo‘yicha tabiatni 
muhofazalash talablarini bajarmaganda, vaqtinchalik foydalanilayotgan yerlarni 
qaytarish muddatini buzganda, buzilgan yerlarni keyinchalik foydalanishga yaroqli 
holatga keltirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganida, yer uchastkalari 
chegaralaridagi chegara belgilarini yo‘q qilganda, davlat yer ma’lumotlarini buzib 
ko‘rsatganda, o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganda va mollarni boqqanda, begona 
o‘tlar va o‘simliklar hashoratlari bilan kurash choralari ko‘rilmaganda, Yerlardan 
xo‘jasizlarcha foydalanilganda, yerlarni sifat holatini yaxshilash bo‘yicha 
majburiyatlar bajarilmaganida, yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib 
chiqish tartibi va muddatlari buzilganda. (yer kodeksi,90-modda). O‘zboshimchalik 
bilan egallangan yerlar oldingi egalariga noqonuniy egallash va foydalanish natijasida 
sarflangan harajatlarni qoplamagan holda qaytariladi. Bunda yer uchastkalarini 
foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish o‘zboshimchalik bilan yer uchastkasini 
egallab olgan shaxs hisobiga amalga oshiriladi. O‘zboshimchalik bilan egallab 
olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, ijarachiga yoki 
mulkdorga qaytarish tegishli tuman, viloyat hokimining qarori bilan amalga oshiriladi 
(yer koddeksi 91-modda). 
Demak, “Yer munozaralarini hal qilish” funksiyasi yerlarni ifloslanishi va 
zaharlanishi, yer uchastkalarini noqonuniy egalab olish, ular bilan noqonuniy 
harakatlar sodir etish, boshqa maqsadlarda va xo‘jasizlarcha foydalanish nuqtai 
nazaridan yerdan foydalanishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli 
boshqarish funksiyasini amalga oshirish “Yer monitoringi” funksiyasi bilan uzviy 
bog‘liqdir, negaki yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha uning 
ma’lumotlari yer uchastkalariga xuquqlarni olish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
yuridik va jismoniy shaxslarining noqonuniy harakatlarini tasniflash asosida yotadi. 
Rag‘batlantirish funksiyasi yerlardan oqilona va samarali foydalanishni amalga 
oshirish maqsadida yerdan foydalanuvchi subekttlarga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish 
mexanizmi hisoblanadi. Rag‘batlantirish, bir tomondan, Yerdan foydalanuvchi 
subekttlarni turli shakllarda mukofotlashni o‘z ichiga olsa, ikkinchi tomondan, 
foydalanayotgan yer uchastkalariga salbiy munosabatlar uchun jazolash chorasini o‘z 
ichiga oladi. Yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu funksiyasiga O‘zbekiston 
Respublikasining yer kodeksining 82-moddasi (11-bob)-“Yerlardan oqilona 
foydalanish va muhofazalashni iqtisodiy rag‘batlantirish” moddasi bag‘ishlangan.


260 
Ushbu moddada qayd qilinadiki, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni 
tuproqlar unumdorligini saqlash va qayta tiklash, Yerlarni ishlab chiqarish 
faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya qilishga manfaatdorliklarini oshirishga 
yo‘naltirilgan hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-yangidan o‘zlashtirilgan yerlarga va meliorativ tayyorgalik holatidagi mavjud 
sug‘oriladigan yerlarga yer solig‘i imtiyozlarini berish; 
-yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash faoliyatini amalga oshirayotgan 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslarga 
kamchiqimli 
va 
resurslarni 
tejaydigan 
texnologiyalarni qo‘llashda soliq, kredit va boshqa imtiyozlar berish; 
-yerlar sifatini yaxshilash, ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni o‘zlashtirishni, 
ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; 
-buzilgan yerlarni tiklash, agrotexnik, o‘rmon meliorativ va boshqa tuproqlarni 
muhofaza qilish tadbirlari uchun byudjet vositalarini ajratish; 
-yer egaliklari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning hech qanday aybsiz 
buzilgan yer uchastkalarini vaqtinchalik konservatsiya qilish natijasida pasaygan 
daromadni byudjet vositalari hisobiga qisman qoplash. 
Shunday qilib, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanganlik uchun yer 
egaliklari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni rag‘batlantirishning turli-tuman 
shakllari yer kodeksida ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda yer uchastkalari bilan 
noqonuniy harakatlarni amalga oshirish, yer uchastkalarini ifloslantirish va 
zaharlanishi, yerlar sifatini pasayishga olib keluvchi yerdan foydalanishda qonun 
buzilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda yer uchastkalariga huquq subekttlariga 
qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari ko‘zda tutilgan. Ushbu funksiyani amalga 
oshirilishi yer monitoringi va yerdan foydalanish samaradorligini baholash 
materiallariga ham asoslanadi. Shunday qilib, ushbu funksiyani joriy etilishi 
yerlardan sifatli foydalanish uchun va ayniqsa, Yerlarni unumdorligini to‘la qayta 
tiklanishi, ya’ni yerni qayta tiklanish siklini 2 va 3 fazalarini joriy etish uchun yirik 
ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish