«UCH BOSQICHLI» ARXITEKTURANING ISHLASH NEGIZIGA TUSHUNCHA BERING?
REJA:
«UCH BOSQICHLI» ARXITEKTURA
MIJOZ-SERVER TEXNOLOGIYASINING KAMCHILIKLARI
MBBTni qanday bo`lishini (qurilishi) o`rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, amerika standartlashtirish komiteti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo`lib chiqdi.
MBning uch bosqichli arxitekturasi.
1. Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o`zini ma`lumotlar tasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o`ziga kerakli zarur bo`lgan ma`lumotlarni ko`radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo`yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi ma`lumotlarni ishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma`lumotlar xodimlar bo`limi qism tizimida ishlatiladi.
2. Kontseptual bosqich – markaziy boshqarish zvenosi bo`lib, bunda MB eng umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma`lumotlarni qamrab oladi. Umuman kontseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob`ektlarning muhim xossalarini akslantiradi.
3. Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma`lumotlarni tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma`lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta`minlab beradi.
Mantiqiy mustaqillik bitta ilovani o`zgartirishni, shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o`zgartirmasdan amalga oshirishni bildiradi.
Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma`lumotlarni bir qattiq diskdan boshqasiga ko`chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o`tkazishni bildiradi.
MBni tashuvchilarda hosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma`lumotlarni joylashtirish ycyllapi va vositalaridan iborat bo`lib, uning iatijasida ichki model hosil qilinadi (3.3-rasm).
Ma`lumotlarning MB da ko`ppog`onali ifodalanishi
Ichki model ma`lumotniig mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishi, aloqasi va tanlab olinishini ko`rsatadi.
Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo`yiladi :
ma`lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;
tashqi xotiradan maksimal foydalanish;
MBni yuritish harajatlarini kamaytirish;
Ma`lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirsh va boshqalar.
Umumiy holda ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBTlar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access.
Hozirgi vaqtda MBBT Accessning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma`lumotga kirish arxitekturasini ko`rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi:
I - blok
II - blok
III – blok
Ma`lumotlarga kirish arxitekturasi
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob`ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar.
MB. Bu blokda ma`lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb - fayllar).
MB protsessori. MBBT MS Accessda ma`lumotlar disketlari MS Jet (Joint Engine Technology) MB yadrosining yangi 32 razryadli 3.5 versiyasi qo`llanilgan. Bu versiya yuqorirok, unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega.
MB bitta kompyuterda joylashishi yoki bir nechta kompyuterda taqsimlanishi mumkin. Bir foydalanuvchining ma`lumotlari boshqalar uchun kira oladigan bo`lishi uchun bu kompyuter hisoblash tarmoqlari yordamida yagona hisoblash tizimiga ulanishi kerak.
Bitta kompyuterda joylashgan MB va banki mahalliy, kompyuterlarning bir necha birlashtirilgan tarmoqlaridagi taqsimlangan deb ataladi. Ma`lumotlariing tarmoqli ishlab chiqarishning turli tamoyillari mavjud: «fayl-server» va «mijoz- server». «Fayl-server» (FS-model) tamoyili tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlangan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va «fayl-server» uchun ajratilgan kompyuterga mo`ljallangan. Boshqa kompyuterlarda esa amaliy dasturlar va MB protsessorining nusxasi joylashtiriladi. So`ralgan ma`lumotlar «Fayl-serverdan» boshqa kompyuterlarga o`tkaziladi va ular MBBT vositalari bilan qayta ishlanadi. Mijoz-server - serverlar deb nomlangan xizmat ko'rsatuvchi provayderlar va xizmat ko'rsatuvchi mijozlar o'rtasida taqsimlanadigan vazifalar yoki tarmoq yuklari taqsimlanadigan hisoblash yoki tarmoq me'morchiligi. Ko'pincha mijozlar va serverlar kompyuter tarmog'i orqali o'zaro ishlaydi va har xil jismoniy qurilmalar yoki dasturlar bo'lishi mumkin. Texnologiyaning o'zi juda oddiy. Masalan, foydalanuvchi so'rov yuboradi (google ma'lumotlarini qidirishda) va server javob beradi (ushbu ma'lumot uchun saytlar ro'yxati shaklida). Bu ushbu texnologiyaning eng oddiy namunasidir. Grafik jihatdan u quyidagicha ko'rinadi: Mijoz-server modeli, shuningdek, pochta tizimlariga asoslangan ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratishda foydalaniladi. Mijoz-server arxitekturasidan sezilarli darajada farq qiladigan fayl-server arxitekturasi deb ataladigan narsa ham mavjud. Fayl serveri tizimidagi ma'lumotlar fayl serverida saqlanadi (Novell NetWare yoki WindowsNT Server) va u ish stantsiyalarida "ish stolidagi ma'lumotlar bazalari", masalan, Access, Paradox, FoxPro va hokazolar orqali ishlov beriladi.
Mijoz-server texnologiyasining afzalliklari
1. Aksariyat hollarda hisoblash tizimini tarmoqdagi bir necha mustaqil kompyuterlar o'rtasida taqsimlashga imkon beradi. Bu hisoblash tizimiga texnik xizmat ko'rsatishni soddalashtiradi. Xususan, serverni almashtirish, ta'mirlash, modernizatsiya qilish yoki ko'chirish mijozlarga ta'sir qilmaydi.
2. Barcha ma'lumotlar serverda saqlanadi, odatda, aksariyat mijozlarga qaraganda ancha yaxshi himoyalangan. Serverda faqat kirish huquqiga ega mijozlarga ma'lumotlarga kirishga ruxsat berish uchun avtorizatsiya boshqaruvini ta'minlash osonroq.
3. Turli xil mijozlarni birlashtirishga imkon beradi. Turli xil apparat platformalari, operatsion tizimlari va boshqalar bo'lgan mijozlar ko'pincha bitta serverning resurslaridan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |