Xotira –biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlari- mizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni. So’z-mantiqiy xotira



Download 20,26 Kb.
Sana06.04.2022
Hajmi20,26 Kb.
#531925
Bog'liq
Mustaqil ish Xotira

REJA:


1.Xotira haqida tushuncha va uning nerv
fiziologik asoslari.
2.Xotiraning psixologik nazariyalari.
3.Xotira jarayonlari va turlari.
4.Xotirani o’rganish metodlari va amaliy
tavsiyalar.
Tayanch tushunchalar:
Xotira –biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlari-
mizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni.
So’z-mantiqiy xotira- fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash.
Operativ xotira-inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat.
Xotira- shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat.Uning ahami- yati o’tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi.Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo’lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo’lishida har bir ele-mentni keyingisiga bog’lash uchun esda saqlab qolish kata ahamiyatga ega.Bunday bog’lanishga layoqatsiz bo’lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo’qolib ketmasligiga, tafak- kurimizning tadbiq etilishiga va tuyg’ularimizning kechishiga ko’mak beradi.Bosh miya po’stlog’ida paydo bo’ladigan tashqi olam obrazlarsiz yo’qolib ketmaydi.Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar.Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo’lib xizmat qiladi.
Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yu-nonchadan <> -xotira).
Shunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o’tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash keyinchalik eslashning psixik jarayoni.Inson hayoti-
da xotiraning o’rni beqiyosdir.Xotirasiz inson “abadiy go’daklik holati-da” qolgan bo’lar edi(I.M.Sechenov). S.L.Rubinshteyn ta’kidlaganidek:
“Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo’lar edik.O’tmishimiz kelajak uchun o’lik bo’lardi.Hozirgi zamon kechmishiga ko’ra o’tmishdan badar yo’-qolardi”.
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan
Shartli reflekslar,turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi.Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi.
Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror nar-sani esga tushirish paytida bo’ladi.Xotiraning nerv-fiziologik mexanizm-lari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehti-yoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz.Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari, injenerlar bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomoni-dan o’rganilishiga olib keldi.Natijada xotiraning nerv-fiziologik mexa-nizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi.
Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir.Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgari-shi bilan bog’liqdir.O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi.Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar.Dendritlar tuzilishidagi o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qo-lingan narsa uzoq vaqt saqlanib turadi.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o’ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo’nalmaganligi, moddiy jismlar va hodi-salar bilan ish eritmasligidan iborat.Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi.Xotira qabul qilingan obraz va tushuncha –larni “ikkinchi aks ettirish’’ bilan ish ko’radi.Har biri bilish jarayoni uz-luksiz xotiraga aylanadi.Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga
oshirishning sharti bo’lib xizmat qiladi(yoki o’sha jarayonning keyingi bosqichi).Bu uning ikkilamchi mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo’lishini, jarayonning keying rivojlanishi uchun
tayanch vazifasini o’tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keying xususiyati uning bir yo’nalishga: o’tmishdan kela-jakka qaratilganligidir.Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo’naltirilganligidir.Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir.O’tmishni aks ettirish kelajakda natijaga eri-shishning vositasi sifatida namoyon bo’ladi.Biz xotiramizning mavjudli-giga shukronalar aytmog’imiz lozim.U bizni noto’g’ri ishlashdan qayta-rishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to’g’ri taqsimlashga, hayotimizni to’g’ri belgilab olishimizga yordam beradi.Oilamizni tanish,o’zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkoni-ni beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi.
Xotiraga tegishli bo’lgan fizikaviy, kimyoviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlari mavjud.Bunday nzaariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyat-larini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo’lgan psixologik nazariyalarni ko’rib chiqamiz.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kel-gan, birinchi bo’lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi.Bu nazariyaga asosan xotira o’xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo’yicha barqaror va bo’lgan qis-qa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushu-niladi.Ushbu nazariyaga binoan, ko’plab qonunlar xususan G.Ebbingauz ning unutish qonuni kashf etilgan.Dastlabki soat davomida qabul qilin –gan ma’lumotning 60% gacha bo’lgan qismi unutiladi, olti kundan so’ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saq-lanib qolinadi.Vaqt o’tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo’lgan muammolar bilan to’qnashdi, ulardan asosiysi inson xotira sining tanlab o’tkazish xususiyatin tushuntirib bersh edi. XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariya bilan almashindi.Bu naza – riya uchun boshlang’ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan bosh tamoyil sifa tida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas balki, ularning dast – labki yaxlit tashkiloti-geshtalt namoyon bo’ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt , E.B. Titche-ner va boshqalar)ning fikriga ko’ra, xotirani belgilab beradi.Bu nazariya tarafdorlarining asosiy fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslash-da ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning ta-sodifiy to’plami emas, balki yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo’ladi.Ke-yinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan inson xo-tirasining filo va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to’qnash keldi.Gap shundaki, odamdagi xotira jarayon-larini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o’zlari ham taraf dorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi.Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala usti -dagi bahslar o’z nihoyasiga yetdi.
Xotira hodisalarining shaxsga bog’liqligi Z.Freyd tomonidan ko’rsatib o’tilgan edi.Uning fikriga ko’ra insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi va aksincha uning uchun yoqimli bo’lganlar saqlanib qoladi.Bu bog’liqlik tajribada o’z tasdig’ini topmadi.Shu bilan birga Z.Freyd va izdoshlarining xizmat-lari bilan inson xotirasini o’rganishda esda saqlash va unutish xotira jara yonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning aha –miyatini aniqlashdan iborat bo’ldi.Psixoanaliz yordamida insonning mo-tivatsion sohasi bilan bog’liq bo’lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.XX asrning boshlarida xotira –ning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan mos keluvchi jara – yonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo’lgan materialni u yoki bu dara-jada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog’lovchi-larining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog’liq holatda bo’ladi.Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo’lgan maz muni ifodalanadi.Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o’rni-da shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek xotira jarayonlarining shakllanishini bog’lovchi omil sifatida o’rganadigan na-zariya tan olinmoqda.Bu konsepsiyaga asosan esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining shakllanishini bog’lovchi omila sifatida o’rga-nadigan nazariya tan olinmoqda.Bu konsepsiyaga asosan esda olib qo –lish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning o’beykt faoliyatida tutgan o’rniga qarab belgilanadi.Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo’lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarz-da hosil bo’lishi va dolzarblashtirilishi tajribada aniqlandi va o’z tasdi –g’ini topdi.
Inson xotirasining faoliyat sifatida o’rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan P.Janening ishlari sabab bo’ldi.U birinchilardan bo’lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo’naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi.Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S.Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oloy psi-xik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlanti-rildi.So’ngra u A.N.Leontev, A.R.Luriya, P.I.Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:esda olib qolish, esda saqlash va unutish.
Esda saqlash –bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saq – lash jarayoni.Bu jarayonning kechish darajasiga ko’ra eslab qolish ikki turga bo’linadi:ko’zlanmagan(ixtiyorsiz) va ko’zlangan(ixtiyoriy). Ixti –
Yorsiz esda olib qolish –bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namo-yon qilmasdan bemaqsad eslab qolish.Masalan o’rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so’ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko’z-lamagan bo’lsakda taassurotlarimizdan ko’proq qismini yodimizga tushi rishimiz mumkin.Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalari bilan bog’-liq bo’lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi.Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o’tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo’lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o’z oldiga maqsad qo’yib, yod olishning maxsus usullarini qo’llashi bilan farqlana-di.Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo’ysungan o’ziga xos mu rakkab aqliy faoliyatdir.Materialni esda olib qolish usullariga yod olish kiradi, uning mohiyati o’quv materialini to’liq va xatosiz yod olmaguni-cha ko’p marta takrorlashdan iborat.Masalan she’r, qoida formulalar.
Ixtiyoriy esda olib qolishning asosiy xususiyati-bu esda olib qolish ko’ rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish.Hayot-dagi ko’pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilma-gan bo’lsa, esimizda saqlanib qolmaydi.Yod olishda umumiy vazifa bi-lan birgalikda xususiy maxsus vazifalarning yuklatilishi ham katta aha-miyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tish joiz.Ba’zi vaziyatlarda, masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va ahamiyatga molik bo’lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa so’zma-so’z esda olib qolish uchinchilarida dalillar izchilligi ham bor. S.I.Rubinsheynning fikriga ko’ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan faoliyatning borishi xususiyatiga bog’liq bo’ladi.Bundan tashqari, uning fikricha ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli xulosa chiqarish mumkin emas.P.I.Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib brogan tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib qolishdan samaraliroq bo’lishini isbotladi.Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum ma’lumotni xotirada saqlab qolish uchun esda olib qolish bo’lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini hisobga olish zarur.Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi.
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko’ra anglan-gan va mexanik esda olib qolish ajratiladi.Mexanik esda olib qolish - bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o’rtasida mantiqiy aloqani anglatmasdan turib esda olib qolish.Bunga misol tariqasida statistik ma’-lumotlar, tarixiy sanalar va h.klarni keltirish mumkin.Mexanik esda olib qolishning asosini bog’langanlik bo’yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchi qismi bilan vaqt bo’yicha uning orqasi-dan kelganligi sababli unga bog’lanadi.Bunday bog’lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko’p marta takrorlash lozim.Bundan farqli o’la-roq anglangan holda esda olib qolish materialning alohida qismlari o’rta-sidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushnishga asoslangan.Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog’liq bo’lib, asosan material qismlari o’rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umumlashtirilgan aloqalarga tayanadi.Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko’ra samaraliroq ekanligi isbotlangan.Xud di shunday mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan so’ng material ning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa –atigi 20%, anglangan holda eslab qolishda esa 30% kundan keyin ham materialning 40% saq –lanib qoladi.
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi.Birinchi –dan, o’rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni reja ko’rinishida guruhlash zarur.Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so’zlarni ajratish.Ushbu usulning mohiyati mazmunga ega bo’lgan har bir qismni esda olib qolish zarur bo’lgan materialning bosh g’oyasin aks ettiruvchi qaysidir so’z yoki tushuncha bilan bog’lashimizdan iborat.Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni jismlar, hodisa va voqealar o’rtasida o’xshashlik va farqlarni aniqlash. Ushbu usulning ko’rinishlaridan biri o’rganilayotgan materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish.Va nihoyat, anglangan tarzda esda olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko’rsatkichiga erishish metodi takrorlash metodi hisoblanadi.
Takrorlashni vaqt bo’yicha tog’ri taqsimlash juda muhimdir.Psixologi-yada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi.Taqsim langan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig’i bilan ajratilgan bo’ladi.Tadqiqotlarga ko’ra taqsimlangan takrorlash, konse-tratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.Samarali esda olib qolish – ning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari aniqlangan.Maqsad siz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy ses –kantiruvchilar; yuqori yo’nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar.
Xotiraning navbatdagi jarayoni –yodda saqlab qolish.Bu idrok qilin –gan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo’l-gan xotira jarayoni.Esda saqlab qolish xotira jarayoni sifatida o’zining qonuniyatlariga ega.Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo’lishi aniqlangan.Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik-aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo’ladi.Dinamik esda saqlashda material kam o’zgaradi, statikda aksincha u albatta o’zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi.Qayta tiklanish turli sharoitlarda masalan kamroq ahamiyatga ega bo’lgan qismlarning yo’qolishi va ularning bosh qa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o’zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalga oshiriladi.Eslash-bu xoti-radagi materialdan keying faoliyatda foydalanish.Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo’lgan nerv aloqa larini tiklash tashkil etadi.Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli bo’lishi mumkin.Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo’ladi.Masalan, o’qigan maktabimiz yonidan o’tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o’qituvchi yoki maktabdosh do’stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo’lgan holda eslay –miz.Bunday maqsad bo’lib otmish tajribamiz - dan biror voqeani yodga tu-shirishga intilish, masalan yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maq –sadini ko’zlaganimizdagi vaziyat hisoblana- di.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o’ziga xos xususiyatini ta’kidlab o’tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay olmasligimiz mumkin.Bunga teskari vaziyatlar bo’ladi: bizda paydo bo’lgan tasavvurlarning nima bilan bog’liqligini tushuntirib bera olmaymiz.Unutish – avval idork qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyati mavjud emasligida ifodaladigan xotira jarayoni.Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarining dolzarblashishiga halaqit beruv –chi po’stloqdagi tormoqzlanishning ba’zi turlari tashkil etadi.Ko’pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so’nuvchi tormozlanishdan iborat bo’ladi.Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ma’lumdir.Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib yetmagan bo’lsa unutish tezroq ro’y beradi.Shuningdek material odamga qiziqarli bo’lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog’-lanmagan bo’lsa, unutish shunchalik tez sodir bo’ladi. Inson xotirasini yaxshilashning ko’plab usullari mavjud.Mnemotexnik usullarning mohi-yati yod olinishi zarur bo’lgan materialni ma’lum taxlitda tuzishdan iborat.Metodlardan ba’zilari:
Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog’liq bo’lgan she’r, qo’shiq, satrlarga o’tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan.Insondagi kuchli his-tuyg’ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi.Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish uyg’otishi kerak.
Joylar metodi ko’rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo’lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo’lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur.Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asos langan.
Insonga ko’plab turli-tuman jismlar va hodisalar o’z ta’sirini ko’rsatadi lekin bir muncha muddatdan so’ng biz idrok qilgan jismlardan ba’zilari-ning obrazlarini tasodifan yoki bilgan holda xotiramizda tiklashimiz mumkin.Bu hodisa tasavvur deb ataladi.Tasavvurlarni xotiraning birlam-chi va emotsional ta’sir obrazlaridan farqlash zaruriyatiga e’tibor qara –tish lozim.Ko’rish tipiga mansub odam matnni esga tushiradi, kitob sahi-fasini tasavvur qilib, xayolan uni mutolaa qiladi.

Download 20,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish