Bilimni aniqlash uchun savollar:
1. “Yerlarni muhofaza qilish” termini nimani bildiradi?
2. Yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu funksiyasini qaysi davlat
organlari amalga oshiradilar?
3. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida”gi
qonuni qachon qabul qilingan?
4. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida yerlarni muhofaza qilish
bo‘yicha qanday qoidalar qayd qilingan?
261
5. Yerdan foydalanishni integratsion boshqarishning yer munozaralarini hal
qilish funksiyasining mohiyati nimalardan iborat?
6. Yerdan foydalanishni boshqarishning funksiyasi sifatida yer resurslaridan
samarali foydalanishni rag‘batlantirishning mohiyati nima?
4.9 Yerdan foydalanish samaradorligini baholash-yerdan foydalanishni
boshqarish funksiyasi
Yerlardan foydalanish samaradorligini baholash yerdan foydalanishni
boshqarish tizimining eng muhim funksiyalaridan hisoblanadi, negaki u yer
resurslaridan foydalanishni to‘la qayta tiklash siklining samaradorligini miqdoriy va
sifat o‘lchamlarini aniqlaydi va shunday qilib, Yerdan foydalanishni boshqarishning
samaradorligini belgilaydi. Baholash joriy qayta tiklash siklida yer resurslaridan
foydalanish natijalarini tahlili uchun, bo‘lg‘usi siklda ularni rivojlantirish uchun, shu
jumladan qayta tiklash siklining har bir bosqichi bo‘yicha alohida-alohida
rejalashtirish uchun zarurdir. Funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi birin-ketin
hal qilinadigan uchta vazifani o‘z ichiga oladi: Yerlarni toifalari, iqtisodiy tarmoqlari
va tarmoqlar ichi bo‘yicha yer resurslarini taqsimlanish samaradorligini baholash;
barcha turdagi samaradorlikni olish nuqtai nazaridan yerlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
foydalanish (texnologik) baholash; yer resurslarini qayta tiklash samaradorligini
baholash.
Tizimli yerdan foydalanishi uchun samaradorligini tazimli baholashni ko‘zda
tutadi, qaysiki u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-yerdan foydalanish tarkibining samaradorligini baholash;
-yer resurslarini asosiy maqsadi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish
samaradorligini baholash;
-yer resurslarini qayta tiklash samaradorligini baholash;
-yerdan foydalanish qayta tiklash siklining jamlangan (umumiy) samaradorligini
aniqlash.
Ushbu maqsadda ular berilgan vazifalar va idoralar tomonidan yer
resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning tegishli usullarini ishlab
chiqish zarur.
1. Yerdan foydalanish tarkibi yerlardan foydalanishning maqsadli xarakteriga
yirik ta’sir ko‘rsatadi, ulardan foydalanishning ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion,
sog‘lomlashtirish va ekologik samaradorlik turlarining miqdoriy nisbatlarini
aniqlaydi. U ko‘p variantli xarakterga ega hamda jamiyat faoliyatining har bir
sohasida, iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida, har bir regionda, tumanda, yer
uchastkasida xususiy va dinamik xarakterga ega, shuning uchun uning
samaradorligini baholash ko‘p bosqichli, birin-ketinlik xarakteriga ega va har yili
262
mamlakat yer fondidan foydalanish samaradorligini belgilash maqsadida amalga
oshirilishi zarur.
Yerdan foydalanish tarkibining iqtisodiy mohiyati yerdan foydalanish
jarayonida namayon bo‘ladi, uni samaradorligi yerlarni maqsadlari bo‘yicha
taqsimlanish jarayonida-yoq rejalashtiriladi. Masalan, tabiatni muhofaza qilish
maqsadlari uchun aniq yer massasidan foydalanish bitta samaradorlikka ega; ushbu
yerlardan qisman tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga va qisman qishloq xo‘jaligi
uchun foydalanish boshqa samaradorlik bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yerdan foydalanish tarkibi jamiyatni o‘sib borayotgan moddiy va boshqa
turlardagi boyliklarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirilishini va yer resurslarini
mavjudligini, shuningdek, jamiyatning moddiy, mehnat, moliyaviy, texnik va boshqa
imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Uni samaradorligi nisbiy tushunchadir hamda uni turli
variantlarini faqat taqqoslangan baholash bilangina o‘rnatish mumkin. Tarkibni
samaradorligi deganda yerdan foydalanishning bir xil shartlarida yerdan
foydalanishning ikkita turli tarkibi uchun olingan yalpi mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar
tushuniladi.
Shu bilan birga, yerdan foydalanish tarkibi bilan yerdan foydalanishni
jadallashganlik darajasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Eng avvalo tarkib
yerlardan foydalanish samaradorligiga ma’lum miqdorlarda ta’sir o‘tkazadi,
keyinchalik-yerdan foydalanishning jadallashganlik darajasining o‘sishi bilan
jadallashganlik, endi, yerdan foydalanishning keyingi, bo‘lg‘usi tarkibiga ta’sir
ko‘rsata boshlaydi, demak, uning samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni ushbu
turlardagi samaradorliklar o‘rtasida dialektik bog‘liqlik mavjuddir.
Yerdan
foydalanish
tarkibining
samaradorligini
yerdan
foydalanish
samaradorligidan qanday ajratish (bo‘lish) mumkin?. Tarkibni namoyon bo‘lishi
yerdan foydalanish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas, u turli maqsadli mohiyati
bo‘yicha taqsimlanishi bilangina bog‘liq. Yerdan foydalanish samaradorligi esa ularni
jismoniy xususiyatlaridan foydalanish bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, yerdan foydalanish tarkibining samaradorligi yerdan
foydalanishning boshqa teng sharoitlarida tarkiblar ikkita variantlari daromadlarini D
(yoki qiymat shaklida aks ettiriladigan tegishli daromadlardagi ijtimoiy, rekreatsion,
ekologik sharoitlar) farqiga tengdir.
2.Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud
uslubiyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha resurs salohiyatidan
foydalanishni tavsiflaydigan qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qo‘llanilishini ko‘zda
tutadi. Ularning asosiylaridan biri solishtirma sof daromaddir (bir birlik maydonga).
Ammo bozor tamoyillarini qo‘llanish sharoitida sug‘oriladigan yerlardan
foydalanishda bu ko‘rsatkich to‘la baholanishni endi ta’minlay olmaydi, chunki
ishlab chiqarish harajatlarining tarkibi va miqdori tubdan o‘zgaradi. Yuqorida qayd
263
qilinganidek, Yerlardan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud uslubiyati
umumiy, tarmoq xarakteriga ega bo‘lmasdan ichki tarmoq xarakteriga egadir.
Birinchidan, 1995 yildan yer solig‘i va ijara haqi shaklidagi yerdan foydalanishga
to‘lovlar kiritildi, suvni tashish uchun to‘lov undiriladi, sug‘orish suvining
qo‘shimcha hajmi uchun (limitdan tashqari) uni bozor qiymati bo‘yicha to‘lov
undirilishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchidan, SIUga biriktirilgan ichki xo‘jalik sug‘orish
tarmoqlarini ushlab turish harajatlari tovar ishlab chiqaruvchilarning hisobiga kirdi.
Va nihoyat, tizimli yerdan foydalanish Konsepsiyasiga muvofiq, iste’mol qilingan
tuproq unumdorligini (qiymat jihatidan) ishlab chiqarish harajatlariga ta’sir
ko‘rsatuvchi va o‘zini tiklanishini talab qiluvchi resurslar sarfi sifatida qaramoq
zarur. SHuning uchun ishlab chiqarishning to‘la harajatlari, bozor sharoitida,
quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
-Yer-suvdan tashqari barcha resurslar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish
xarajatlari (I
pr
);
-sug‘orish suvini tashish qiymati S
tr.v
;
-qo‘shimcha, me’yordan tashqari sug‘orish suvining qiymati S
dop v
;
-iste’mol qilingan tuproq unumdorligini qiymati (S
ppp
);
-sug‘oriladigan yerlardan soliq (ijara haqi)-ZNor;
-Yer bilan chambarchas boshliq ishlab chiqarish vositalari tagidagi yerlardan
soliq (ijara haqi)-ZN
spnsz
Ishlab chiqarishning o‘zini harajatlari mexanizatsiyalashtirilgan ishlarga,
urug‘lik, yonilg‘i-moylash materiallariga, mineral va organik o‘g‘itlar, hosilni yig‘ib-
terib olish va tashishga, mehnatga haq to‘lashga sarflangan harajatlardan iborat.
Sug‘orish suvini tashish qiymati ularning uzunligiga, xizmat ko‘rsatadigan
massivining maydoniga va boshqalarga qarab sug‘orish tarmoqlari bo‘yicha farq qilib
turadi. Iste’mol qilingan tuproq unumdorligining qiymati tegishli tartibda
foydalanilganda moddiy mahsulot-hosilni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy
salohiyat sifatida qarash tavsiya qilinadi.
3.Tuproqlar unumdorligini qayta tiklanishi yerlarni to‘la qayta tiklanish siklining
uchinchi, oxirgi fazasi hisoblanadi. Fazaning samaradorligi quyidagi asosiy omillar
bilan aniqlanadi: iste’mol qilingan tuproqlar unumdorligining miqdori, qayta tiklanish
sikli davomida unumdorlikni qayta tiklanishi va qayta tiklanish xarakteri. Iste’mol
qilingan unumdorlik miqdori, o‘z navbatida, shart sharoitlarga bog‘liq:
o‘stirilayotgan ekin turlariga, ishlab chiqarishning boshqa omillar bilan
ta’minlanganligiga, ekinlarni o‘stirish texnologiyasiga, iqlim sharoitlariga.
4.Sug‘oriladigan yerlarni to‘la qayta tiklash siklining samaradorligi siklning
barcha uchta fazalarini jamlagan samaradorligi ko‘rinishiga egadir (43-rasm):
264
3
E
p
= E
I
+E
II
+E
III
=Σ Ej (10)
1
bu Yerda; j-Yerdan foydalanish to‘la siklining
bosqichlar indeksi (j=1,2,3).
Yerdan foydalanish tarkibining samaradorligi (E
I
) musbat, 0ga teng yoki
manfiy bo‘lishi mumkin. Agarda yerdan foydalanish loyihaviy tarkibini iqtisodiy va
ekologik natijasining yig‘indisi oldingilardan yuqori bo‘lsa, bunday holda uning
samaradorligi musbat va aksincha bo‘ladi. Ushbu faza samaradorligining tengligi
formula yordamida aniqlanadi. Ikkinchi faza- sug‘oriladigan Yerlardan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanish (E
II
)ning samaradorligi uchun ham huddi shunday hulosa
xarakterlidir. Uni samaradorligining miqdori o‘zining formulasi bilan aniqlanadi.
Uchinchi faza samaradorligi (E
III
) meliorativ ishlarni bajarishga solishtirma
harajatlarni me’yoriga nisbatan qisqarishi bilan bog‘liqdir. (10) formulani yoyilgan
holatda quyidagi ko‘rinishda aks etirish mumkin:
E
sik
= (E
1
-I
1
)
st1
+ (E
2
-I
2
)
st2
+ (E
3
-I
3
)
,
(11)
bu Yerda: D
1
, D
2
, D
3
-yer tiklanish siklining tegishli 1-chi, 2-chi va 3-chi
bosqichlarida aniqlanadigan daromad;
I
1,
I
2
, I
3
-yer tiklanish siklining tegishli 1-chi, 2-chi va 3-chi fazalarini joriy etish
harajatlari (sarflari).
Ma’muriy tuman sug‘oriladigan yerlaridan foydalanishni qayta tiklash
siklining to‘la samaradorligi ushbu tumandagi qishloq xo‘jalik korxonalari bo‘yicha
samaradorlikni jamlagan holda aniqlanadi. Viloyat, tarmoq bo‘yicha bu ko‘rsatkich
yuqoridagiga o‘xshash tarzda belgilanadi.
Yer uchastkalari, aholi yashash punktlari, tumanlar, viloyatlar va umuman
respublika yerdan foydalanishi turli toifalardagi va turlicha maqsaddagi yerlarni o‘z
ichiga oladi, buning oqibatida uni joylashgan samaradorligi bitta maqsaddagi yerdan
foydalanish samaradorligini baholashdan, masalan, qishloq xo‘jaligi mohiyatidagi
yerlar samaradorligini baholashdan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari, turli
maqsadli mohiyatdagi yerlardan foydalanishda turlicha samaradorliklar kuzatiladi.
Har qanday yerdan foydalanish samaradorligini baholash asosida yer
uchastkasidan foydalanish samaradorligi yotadi. Agarda yer uchastkasidan maqsadli
foydalanish bitta, ikkita yoki uchta turdagi samaradorlikni щz ichiga olishi bilan
bog‘liq bo‘lsa, mavjud bo‘lmagan boshqa samaradorlikning qiymati nolga teng
bo‘ladi.
265
Do'stlaringiz bilan baham: |