Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qadoqlash mateiallarini me’yorlash jihozlarini ishlab chiqarish quvvatini hisoblash usullarini o’rganish Reja: Qadoqlash materiallarining turlari va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash usullarini o‘rganish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash materiallarining miqdorini hisoblash usullarini o‘rganish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yopish jihozlarining tuzilishini va ishchi organlarini o‘rganish
Qadoqlash materiallarining turlari va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash usullarini o‘rganish
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash materiallariga bir qancha, ko‘pincha qarama-qarshi talablar qo‘yiladi va material tanlashda qadoqlashning texnik-iqtisodiy asoslariga emas, balki boshqa dalillari bilan ham murosa qilishga to‘g‘ri keladi. SHu bilan birgalikda qadoqlash materialini tanlashda quyidagilarni hisobga olish lozimdir:
- qadoqlanayotgan mahsulotning xossalari;
- qadoqlash materialining atrof muxitga kutilayotgan ta’sirini;
- qadoqlash texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
- qadoqlashning iqtisodiy asoslanishini.
Qadoqlash materiallarining texnik ko‘rsatkichlari ularning kimyo-biologik va fizik xossalari va qayta ishlash imkoniyatlari mavjudligi negizida baholanadi.
Qadoqlash materiallarining asosiy kimyo-biologik xossalari sifatida oziq-ovqatlar bilan ta’sirlanganda inson organizmi uchun zarar etkazmasligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘lanadigan qadoqlash materiallariga qattiq talablar qo‘yiladi. Birinchi o‘rinda zarur bo‘lgan darajadagi sanitar-gigienik tavsiflarni ta’minlash talab etiladi. Bunda qadoq idishining inson uchun fiziologik zararsizligini tasdiqlovchi gigienik xulosaga ega bo‘lish lozim.
Sanitar-gigienik talablar jamlamasigi quyidagilar kiradi:
-qadoqlash materiallari tarkibida organizmda to‘planish xususiyatiga va o‘ziga xos ta’sirga (konserogen (rak kasalini yuza keltiruvchi), mutatsiyalanuvchi, allergiya qo‘zg‘ovchi va h.k.) ega bo‘lgan zaxarlovchi moddalarning bo‘lmasligi;
-qadoqlash materiali qadoqlanayotgan mahsulotning organoleptik va fiziologik xossalarini o‘zgartirmasligi, hamda gigienik nuqtai nazardan belgilangandan ortiq miqdorda zararli moddalarni ajratmasligi lozim;
-qadoqlash materiali miqroorganizmlarni o‘zidan o‘tkazib yubormaydigan va ular uchun oziqa manbai bo‘lib xizmat qilmasligi lozim.
Sanitar-gigienik tekshirish jarayonida, qanday birikmalar, qancha miqdorda qadoqlash materialidan u bilan ta’sirlangan oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga o‘tishi aniqlanadi. O‘tkaziladigan sinovlarni soddalashtirish uchun, aniq bir mahsulot emas, balki oziq-ovqat mahsulotlari xossalariga o‘xshash bo‘lgan sun’iy muxit qo‘llaniladi. SHunday bir necha sun’iy muxitlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Qadoqlash materialini gigienik baholash kompleksiga organoleptik, sanitar-kimyoviy va toksikologik tekshirishlar o‘tkaziladi.