A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

39-rasm. Tuproq unumdorligini qayta tiklanish turlari. 
Vaqt bo‘yicha unumdorlikni ishlab chiqarish iste’moli bir xilda yoki turli xilda 
bo‘lishi mumkin. Bu qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasining xususiyatlariga, 
o‘g‘itlarni solish muddatlari va me’yorlariga, sug‘orishni o‘tkazish, tuproqlarni 
ishlash muddatlariga bog‘liqdir. Aynan shunday holat tuproqlar unumdorligini qayta 
tiklanishida ham bo‘lishi mumkin (40-rasm); meliorativ tadbirlarning turlari, ularning 
samaradorligi bilan bog‘liq bir xil yoki turlicha xarakteri; tanaffussiz va davriy 
xarakteri; Yerlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish jarayonida ham, ushbu jarayonlar 
oralig‘ida ham amalga oshirilishi; unumdorlikni tiklanishini vaqt bo‘yicha 
unumdorlikni ishlab chiqarish iste’moli bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi 
(ildamlab ketishi yoki orqada qolib ketishi). 
Meliorativ tadbirlarning turlari bo‘yicha tuproqlar unumdorligini qayta 
tiklanishi quyidagi tadbirlar asosida amalga oshirilishi mumkin; gidrotexnik 
melioratsiya bilan; agroxo‘jalik melioratsiyasi bilan; kimyoviy melioratsiya bilan. 
Sanab o‘tilgan melioratsiya turlari turlicha samaradorlik va qiymatga ega, amalga 
oshirish bo‘yicha turli vaqt sarfini talab qiladilar, o‘ziga xos usullar yordamida 
hamda turlicha muddatlarda o‘tkaziladilar. Ulardan har biri tuproqlarning bir yoki bir 
necha xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadilar, bu hol ularni majmuali tarzda, bir vaqtning 
o‘zida bir necha turlari bo‘yicha o‘tkazishni ko‘zda tutadi.






249 






a) 1-teng miqdorda (to‘g‘ri) b) 1-turli miqdorda 
(uzluksiz)
2-turli miqdorda (punktir) 
2-davriy (punktir) 
BBP
BBP 
T
yillar
T
yillar
BBP 
T
yillar
v) 1-Yerdan foydalanish jarayonida qayta tiklanish (punkti bilan) 
2-Yerdan foydalanish jarayonlari orasida qayta tiklanish
40-rasm. Tuproq unumdorligini qayta tiklanish xarakteri 
 
Bu holat samaradorlikni baholashni alohida tadbir sifatida ham, ayniqsa agar 
ular vaqt bo‘yicha biroz surilgan holda o‘tkazilsa, majmua sifatida ham 
qiyinlashtiradi. Va, nihoyat, qayta tiklanish samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin. 
Bu Yerni qayta tiklash siklining barcha bosqichlari bo‘yicha xarakatlarni alohida-
alohida o‘rganishni talab qiladi. Qayta tiklanishning xarakteri va usullarini tahlil 
qilish ko‘rsatadiki, tuproqlar unimdorligini samarali darajada ushlab turish uchun 
tizimli yondoshuv zarur.
Tuproq unimdorligini tizimli qayta tiklanishi deganda resurslarni mumkin 
qadar kamroq sarflash evaziga tuproqlar unumdorligini oshirish bo‘yicha va 
asoslangan muddatlarda amalga oshiriladigan meliorativ, iqtisodiy va tashkiliy 
tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ushbu maqsadda quyidagi vazifalar bajariladi: 
-unumdorlikni tiklanishida bonitirovkani va yerlar sifatining monitoringini roli 
aniqlanadi; 
-unumdorlikni qayta tiklanishini samarali usullari o‘rganiladi; 
-ekinlar xosildorlik qiymatining unumdorlik darajasini pasayishiga bog‘liqligi 
o‘rnatiladi; 


250 
-natural va qiymat jixatidan TBB ning bahosi o‘rnatiladi; 
-bitta TBBning qayta tiklanish qiymati o‘rnatiladi; 
-unumdorlikni qayta tiklanish darajasini dasturlash imkoniyatlari o‘rganiladi; 
-qayta tiklanishga sarflanadigan harajatlarni nazorat qilish mexanizmi ishlab 
chiqiladi; 
-yerni qayta tiklanish siklining barcha turlardagi harajatlari o‘rnatiladi; 
-qayta tiklanish harajatlarining bozor modeli ishlab chiqiladi. 
Amaliy hamda ko‘p sonli tadqiqotlar ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlar 
unumdorligini pasayishi quyidagilar natijasida ro‘y beradi (41-rasm): tuproqdagi 
ozuqa elementlarining pasayishi; botqoqlanishi, ifloslanishi va zaharlanishi; tuproq 
Eroziyasi, jipslanishi va qattiqlashishi. Yerlar sifati o‘zgarishining asosiy sabablari 
quyidagilar: tuproqdagi ozuqa elementlarini to‘ldirilmasligi; YER osti suvlarini 
ko‘tarilishi; sug‘orish me’yorlarining buzilishi; tuproqlar ishlash tizimini buzilishi; 
almashlab ekishlarni mavjud bo‘lmasligi; o‘g‘itlarning buzilgan tizimi; kimyoviy 
preparatlardan foydalanish; sug‘orish uchun ifloslangan suvlardan foydalanish; 
agroo‘rmon meliorativ tadbirlarning mavjud bo‘lmasligi; tuproqlarning suv va 
shamol Eroziyasi; tuproqlar unumdorligini qayta tiklanishiga investitsiyani etarli 
bo‘lmaganligi. 
Tuproqlarni tizimli qayta tiklanish mummosini tahlil qilish shuni hulosa 
qilishga imkon beradiki, u o‘z ichiga quyidagi tarkibiy elementlarni olishi zarur (42-
rasm): 
-meliorativ 
nuqtai 
nazardan 
yomon 
bo‘lgan sug‘oriladigan Yerlarni 
inventarizatsiya qilish;melioratsiyalanadigan massivlar hududlarini xaritalashtirish; 
-unumdorlikni qayta tiklanish darajasini dasturlashtirish; 
-Yerlarni boshlang‘ich sifatini baholash (tuproq bonitirovkasi); 
-zaruriy turlardagi meliorativ tadbirlarni belgilash, tadbirlar turlari va ularni 
amalga oshirish muddatlari bo‘yicha hududlarni mintaqalash; 
-Yerlar melioratsiyasiga zarur bo‘ladigan investitsiyalarni asoslash; 
-meliorativ tadbirlarni majmuali tarzda o‘tkazish; 
-Yerlar melioratsiyasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini belgilash; 
-melioratsiyalanadigan Yerlar sifatining monitoringi; 
-meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash; 
-meliorativ tadbirlarni amalga oshirish harajatlarini hisobga olish; 
-sug‘oriladigan Yerlarning qayta tiklanish sikli chegarasida meliorativ tadbirlar 
samaradorligini baholash. 


251 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish