239
qayta tashkil etishlarni, moddiylashgan obyektlarni (tabiiy resurslar, xo‘jalik
obyektlari) tarkibiy va sifat qayta tashkil etishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy (shu jumladan,
ishlab chiqarish) va ekologik jarayonlarni kuzatish amalga oshiriladi. Bundan asosiy
maqsad-ulardagi o‘zgarishlarni aniqlash va ularni o‘zgarish
xarakteri hamda
darajasini o‘rganish va zaruriy hollarda ularga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir.
O‘rganiladigan voqeilik va jarayonlar, shuningdek, obyektlar ko‘lamiga va faoliyat
sohalariga qarab turli xildagi monitoringlar ajratiladi: ijtimoiy monitoring, boshqarish
monitoringi, hayvonot dunyosining monitoringi, yer monitoringi va hak. jumladan,
yer monitoringi faqatgina yerdan foydalanish sohasidagi jarayonlarni o‘rganishni
bildiradi xolos hamda maqsadli mohiyatiga qarab o‘z navbatida boshqarish
monitoringi,
yerlar sifatining monitoringi, yerlar miqdorining monitoringi kabilarga
bo‘linadi.
Yerlarni boshqarish monitoringi yer resurslaridan foydalanish bo‘yicha qabul
qilingan boshqarish qarorlarini amalga oshirishning borishi va sifatini kuzatish
(nazorat) uchun mo‘ljallangan. Yerlar sifatini monitoringining mazmuni yerlarni sifat
holatidagi o‘zgarishlarini aniqlashdan iboratdir. Yerlar miqdorining monitoringi yer
fondi tarkibidagi miqdoriy o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi. boshqa turlardagi yer
monitoringlari ham bo‘lishi mumkin, masalan, yerga bo‘lgan huquqlar (servitut va
cheklanishlar bilan birgalikda) monitoringi, yer bozorining (yoki yerga bo‘lgan
huquqlar) monitoringi, yer uchun to‘lovlar monitoringi va boshq. Bulardan tashqari,
yerlarning maqsadli mohiyatiga qarab (yer toifalari bo‘yicha) quyidagi yer
monitoringlarini ajratish zarur: qishloq xo‘jalik
yerlari monitoringi, sanoat yerlari
monitoringi, aholi punktlari yerlari monitoringi va hak. yer monitoringini maqsadli
mohiyatini, turlari va mazmunini hisobga olgan holda haqqoniy hulosa qilish
mumkinki, u huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mohiyatlarga egadir.
Yagona davlat yer fondi va uning alohida tarkibiy qismlari: yer toifalari,
ma’muriy-hududiy bo‘linmalar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar,
posyolkalar, yer
uchastkalari) yer monitoringini obyekti hisoblanadi. salbiy va ijobiy jarayonlarni
aniqlash hamda shu asosda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha
zaruriy qarorlar qabul qilish maqsadida yer resurslaridan foydalanishni boshqarish,
yerlarning sifat va miqdor holatlarini dinamikasini aniqlash va baholash yer
monitoringini o‘rganish predmeti hisoblanadi.
Barcha turlardagi yer monitoringlari yerlardan foydalanish sohasidagi
faoliyatning
xarakteri,
yerlarning
maqsadli
mohiyati,
yer
uchastkalarini
o‘rganiladigan tavsiflari bilan belgilanadi, ammo tarkibiy qismlariga nisbatan amaliy
jihatdan o‘xshashligi, tamoyillari va yuritish uslublari bilan farq qiladilar. O‘z tarkibi
bo‘yicha u to‘rtta kichik tizimni o‘z ichiga olgan: Yerdan foydalanishning holatidagi
o‘zgarishlarni kuzatish va aniqlash; aniqlangan o‘zgarishlarni ularning xarakteri
bo‘yicha o‘rganish, klassifikatsiyalash
va tahlil qilish; o‘zgarishlar darajasini
240
baholash; salbiy jarayonlardan ogohlantirish yoki bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish (37-rasm). Shu munosabat bilan qayd etish zarurki, “O‘zbekiston
Respublikasining yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizom”da yer monitoringining kichik
tizimlari noto‘g‘ri talqin qilinadi, negaki yer toifalarining turlariga mos keluvchi uni
turlari asossiz ravishda uning kichik tizimlari sifatida qaraladi.
Yer monitoringi uni asosiy, boshlang‘ich, ya’ni birlamchi holatini aniqlaydigan
tamoyillariga mos tarzda amalga oshirilishi zarur. Tamoyillarning mazmuni yer
monitoringini yuritish ma’lumotlarining sifatiga, tezkorligiga va iqtisodliligiga
talablar bilan aniqlanadi. Uning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi.
-yagona davlat fondini barcha yerlarini to‘la qamrab
olish va yer monitoringini
yuritishga markazlashgan rahbarlik;
-yer monitoringini yuritilishini tanaffussizligi;
-yer monitoringi ma’lumotlarini ishonchliligi va hujjatliligi;
-yer monitoringini yer kadastri bilan bog‘liqligi;
-yer monitoringini kompyuterlashgan tarzda yuritish;
-yer monitoringini yuritishni iqtisodligi.
Yer monitoringini maqsadli mohiyatiga qarab uni birinchi tamoyili
shakllantiriladi-mamlakatning barcha yerlarini, barcha toifa yerlarini, barcha turdagi
yer uchastkalarini, yerlarning barcha turlari va kichik turlarini qamrab olish.
mamlakat miqyosida yer monitoringini yuritishga zaruriyat Yerlarning sifat
holatidagi o‘zgarishlarini aniqlash va baholashning ma’lumotlarini taqqoslanishini
ta’minlaydigan uslubiyat bo‘yicha yer monitoringini yuritishga markazlashgan
rahbarlikka zaruriyatni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: