37-rasm. Yer monitoringi tizimi
“Yer monitoringini amalga oshirishini tanaffussizligi” tamoyili yerlarning sifat
holatida yuz beradigan o‘zgarishlarni vaqt bo‘yicha doimiy ravishda qayd qilib borish
bilan belgilanadi. Kuzatishni asosiy ravishda yirik vaqt oraliqlarida o‘tkazish
yerlarning sifat holatida yuz beradigan o‘zgarishlarni aniqlashda xatarliklarga olib
Yer monitoring tizimi
Kichik tizim
Tahlilning kichik
tizimi
Baholash kichik
tizimi
Tavsiyalar ishlab
chiqish
Bashoratlash
kichik tizimi
Axborotdan
foydalanuvchilar
241
kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, qabul qilinadigan tegishli qarorlarni samarasiz
bo‘lishiga va keyingi o‘zgarishlarni aniqlashda ham asosiz baholashni amalga
oshirilishiga, ya’ni yer monitoringini sifatsiz yuritilishiga sabab bo‘ladi.
Yer monitoringini yuritish materiallari aniq qaror ishlab chiqish uchun asos
hisoblanadi. Bu qarorlarni amalga oshirish tegishli moddiy-texnik resurslardan
foydalanish bilan bog‘liq hamda yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning
samaradorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan. Shu sababli qabul qilinadigan
qarorlar yer monitoringi ma’lumotlarini haqqoniyligi va hujjatliligiga asoslanishi
zarur.
Yer monitoringini yer kadastri bilan uzviy bog‘liqligi yerlarning sifat holatini
kuzatish jarayoni yer-kadastr axborotlariga asoslanishining natijasidir. Yer
monitoringi faqatgina huquqiy maqomga ega bo‘lgan obektlarda o‘tkazilishi mumkin.
Jumladan: huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan huquqiy munosabatlar subektti,
tegishli tartibda huquqni o‘rnatuvchi hujjatga ega bo‘lgan yer uchastkasiga ma’lum
bir huquq turi, yer uchastkasining maqsadli mohiyati va boshqa zaruriy hisob-
ro‘yxatlash axborotlari. Shunday qilib, yer monitoringini yuritish uchun birlamchi
sifatida ro‘yxatlash va hisob kadastrli axborotlar zarur. Bundan tashqari, agarda yer
monitoringini o‘tkazish vaqtida u zamonaviy bo‘lmasa, yerlarni baholash kadastr
axboroti ham foydalanilishi mumkin.
Yerlarning sifat holatidagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida mamlakat
miqyosidagi yirik hajmlardagi axborotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni ishlab
chiqish yagona davlat yer fondining sifat holatini kuzatish jarayonlarini
kompyuterlashtirishning obyektiv zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Yer monitoringini yuritishni iqtisodligi uni vazifalarini amalga oshirish sifatiga
zararsiz eng kam zaruriy harajatlarni ta’minlashi zarur. Bu esa uni yuritishda
takomillashgan usullarni qo‘llashni va ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tizimga
keltirish va foydalanuvchilarga axborotlarni berish jarayonlarini avtomatlashtirishni
talab qiladi.
Yer monitoringining mazmuni, maqsad va mohiyati uning vazifalarini
belgilaydi, shulardan asosiylari quydagilardir:
-manfaatdor foydalanuvchilarni zaruriy axborotlar bilan ta’minlash tezkorligini
har tomonlama oshirish;
-yerlarning holati va foydalanishdagi o‘zgarish xarakteri hamda darajasini
baholash aniqligini ta’minlash;
-yerlarning holati va foydalanishdagi salbiy jarayonlarni oldini olish va tugatish
bo‘yicha ishlab chiqariladigan tadbirlar samaradorligini ta’minlash;
-yer monitoringini yuritish texnologiyasini takomillashtirish;
-yer monitoringini yuritish jarayonini kompyuterlashtirish.
242
Yer monitoringining vazifalari uni yuritish to‘g‘risidagi Nizomda, bizningcha
juda ham to‘g‘ri shakllantirilmagan. Nizomda e’tirof etiladiki, yer monitoringining
asosiy vazifasi yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun
kuzatuvlar tizimini tashkil etish va o‘tkazishdan iboratdir. “yer fondining
holati”tushunchasi juda keng tushuncha bo‘lib, Yer monitoringining vazifalari
doirasiga aniq nima qo‘yilganligi ham uncha tushunarli emas. bundan tashqari,
“salbiy jarayonlarni oldini olish va tugatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” eng
avvalo, monitoringni vazifasi bo‘lmasdan uni materiallarining mohiyatidir (yer
monitoringi materiallarini qo‘llash natijalari). Bundan tashqari, yer monitoringining
bitta vazifasi to‘g‘risida Nizomda “davlat yer kadastrini yuritishni axborotli
ta’minoti” to‘g‘risida gapiriladi, bu ham, fikrimizcha uncha to‘g‘ri emas. Birinchidan,
yer kadastrining o‘zi axborotlarni ishlab chiqish maqsadida yuritiladi. Ikkinchidan,
kadastr axboroti (ro‘yxatlash va hisob, shuningdek alohida holatlarda baholash ham)
yer monitoringini o‘zini yuritish uchun boshlang‘ich zaruriy axborot hisoblanadi.
Yerning sifat va miqdoriy holatlari to‘g‘risida yer monitoringining zamonaviy
axborotlari mavjud bo‘lganida ular yer kadastrini yuritishda foydalanilishi mumkin
edi.
Yer monitoringini yuritish maxsus va umumiy usullarda amalga oshiriladi.
Asosiy yoki maxsus usullar quyidagilar: o‘rganiladigan obyektga yer axborotini vaqt
bo‘yicha taqqoslash usuli; yerlarning holatida va foydalanishdagi o‘zgarishlarni
aniqlash usuli; o‘zgarishlar darajasini miqdoriy baholash usuli; kuzatuvlar natijalarini
hujjatlashtirish
usuli.
Yer
monitoringini
yuritishning
umumiy
usullariga
quyidagilarni kiritish zarur: aerofotogeodezik, xaritalashtirish, agroxo‘jalik,
geobotanik va yer holatini maxsus kuzatuvining boshqa usullari; hisoblash-
me’yoriylik usuli; kuzatuv natijalarini matyematik va kompyuterli qayta ishlash;
matyematik modellashtirish usuli; bashoratlash, statistik va boshqa usullar.
Xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarida yerning turlicha maqsadli mohiyatini
hisobga olgan holda (yer toifalari bo‘yicha), so‘zsiz, yer monitoringini yuritish
uslubiyati yerlardan maqsadli foydalanishning xususiyatini yoritishi zarur. Eng
avvalo, ular yerning sifat va miqdor holatlaridagi o‘zgarishlarni baholashning
ko‘rsatkichlar tizimini va yer monitoringi mazmunining xususiyatlarini yoritishi
zarur. Boshqacha qilib aytganda, har bir aniq holatda (har bir yer toifasi uchun) ishlab
chiqariladigan baholash axborotlarinng turlariga, maqsadli mohiyatiga hamda yer
monitoringini yuritish uslublariga talablar o‘rnatilishi zarur.
Yer monitoringi axborotlari yerdan foydalanish sohasida amaliy jihatdan keng
foydalaniladi. Yer-baholash axborotlari dinamik qirrasi nuqtai nazardan yerlarning
sifat holatidagi salbiy jarayonlardan ogoh qilish va bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqish, yer uchastkalaridan samarali foydalanganlari holatida yer huquqiy
munosabatlari subekttlarini rag‘batlantirish, soliqqa tortish stavkalarini va ijara
243
haqlarini korrektirovka qilish, shuningdek yerning sifati o‘zgargan taqdirda me’yoriy
baholarni korrektirovka qilish uchun zarurdir. Uning materiallari qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishini tashkil etishdan, meliorativ tadbirlarni rejalashtirish, o‘g‘itlar
tizimini tanlashda, yerlarni texnologik ishlashda, qishloq xo‘jalik ekinlarini
xosildorliklarini
rejalashtirishda
keng
qo‘llaniladi.
Yerlar
bonitirovkasi
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, yerlarni qiymat baholash, auksionlardan tanlov asosida
yerlarni realizatsiya qilishdagi uchastkalarining me’yoriy qiymati monitoring
natijalari bilan uzviy bog‘liqdir. Yer monitoringining natijalari yer solig‘i va ijara
haqini hisoblashga ta’sir ko‘rsatadi, negaki tuproqlar sifatining o‘zgarishi soliq
stavkalari va ijara haqi stavkalarini korrektirovka qilish zaruriyatini tug‘diradi. Yer
monitoringining materiallari tuproqlarni eroziyalanganlik darajasi, yerlarni
ifloslanganlik va zaharlanganlik darajasi, yerlarning sifat holatidagi boshqa salbiy
jarayonlari to‘g‘risida ham axborot beradilar.
Yer monitoringini yuritish materiallari yerdan foydalanish tizimining o‘zida,
tizimni boshqarish maqsadida keng qo‘llaniladi. Bu yerda axborot yerdan
foydalanishning barcha funksiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. jumladan, yer
sifatining o‘zgarish xarakteri va dinamikasini bilish yerlarni toifalari, xalq xo‘jalik
tarmoqlari o‘rtasida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, Yerlarni sifat holatidagi
salbiy jarayonlarini oldini olish yoki bartaraf etish bo‘yicha yer tuzishni
loyihalashning tegishli tadbirlari, ularni amalga oshirish uchun zarur. Yer monitoringi
axboroti yerlardan samarali foydalanish va muxofaza qilishni davlat nazorati,
yerlardan samarali foydalanganlik uchun yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni
rag‘batlantirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, yer resurslarini qayta tiklash
bo‘yicha tadbirlarni loyihalash, yer munozaralarini hal qilish uchun zarur.
Shu munosabat bilan yer monitoringini yerdan foydalanish tizimidagi roli
to‘g‘risida haqli savol tug‘iladi. Ma’lumki, yer kadastri yerdan foydalanish tizimini
boshqarishning birinchi funksiyasidir va uni egallagan o‘rni har qanday gumondan
holidir. Yer monitoringi, o‘z navbatida, birinchidan, yerlar holatini o‘zgarishi
to‘g‘risidagi axborotlarni ishlab chiqadi: ikkinchidan, uning ma’lumotlari bo‘yicha
yerlarni holati va foydalanishidagi salbiy jarayonlardan ogohlantirish va ularni
bartaraf etish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni loyihalash bo‘yicha amalga oshiradi:
uchinchidan, yer monitoringining axboroti boshqaruv qarorlarini korrektirovka qilish,
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni nazorat qilish hamda yer resurslarini
qayta tiklash maqsadida foydalaniladi. Demak, yer monitorinning maqsadli mohiyati
yerdan foydalanish va qayta tiklashdagi o‘zgarishlarni (qabul qilingan qarorlardan
cheklanishlar) tezkor tarzda aniqlashdan va shuning uchun barcha funksiyalarini
(yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan tashqari) kuzatishi
zarur. Ikkinchi tomondan, “Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha
nazorat funksiyasi” ham o‘zining mohiyati bo‘yicha boshqarishning qator
244
funksiyalarini bajarishi zarur, negaki u boshqarishning barcha boshqa funksiyalarini
(yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish funksiyasidan tashqari)
amalga oshirishlarining to‘g‘riligini nazorat qilishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
O‘z navbatida, u yer monitoringining tezkor axborotlaridan keng foydalanadi, nazorat
natijalari yer monitoringi ma’lumotlarida asoslanadi hamda ularsiz olinishi mumkin
emas. bu yerda “nazorat” funksiyasi va yer monitoringini o‘zaro bog‘liqligi vujudga
keladi, ya’ni nazoratning zarurligi tezkor ravishdagi kuzatuvlarga zaruriyatni
tug‘diradi, o‘z navbatida, tezkor kuzatuvlar ma’lumotlari nazoratni amalga oshirish
hamda tegishli qarorlar qabul qilishning asosi hisoblanadi. Bularning barchasi ushbu
ikkita jarayonlarni boshqarishning bitta funksiyasiga-yerlardan foydalanish va
muhofaza qilish bo‘yicha monitoring (kuzatuv) va nazorat funksiyasiga birlashtirish
uchun asos bo‘ladi.
Yer monitoringini yer kadastri bilan aloqalari to‘g‘risidagi hulosalardan qayd
qilish zarurki, ular ko‘pgina umumiylikka egalar: o‘rganish obyekti, yer axborotlarini
ishlab chiqish, ularni yuritishning qator umumiy uslublari bir, axborot ko‘rsatkichlar
tizimi, natijalarni amaliy qo‘llanish sohalari bitta va boshq. Ammo yuqorida sanab
o‘tilganlar davlat tadbirlari tiziminining rolini boshqarish bilan almashtirishga hech
qanday asos bermaydi, shunga qaramasdan bugungi kunda foydalanish nazariyasi va
amaliyotida ushbu ikkita tizimni ilmiy jihatdan talqin qilishda yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydigan noaniqliklar ham uchraydi. Yerdan foydalanish tizimida yer
monitoringining roli va o‘rni etarli darajada obyektiv aniqlanmagan.
Eng avvalo qayd qilish zarurki, yer kadastri o‘zining maqsadli mohiyati va
mazmuni bo‘yicha davlat tadbiri sifatida anchagina keng va salmoqliroqdir.
Birinchidan, yer kadastri yerdan foydalanishni boshqarish tizimining birinchi
funksiyasidir, shu bilan bir vaqtda yer monitoringi ham aynan ushbu yer-kadastr
axborotini ishlab chiqishga tortiladi, ammo bu axborot tezkor hamda chegaralangan
hududdagi axborotdir (nazorat qilinadigan). Ikkinchidan, yer kadastrining mazmuni
yer uchastkalariga huquqlarni ro‘yxatga olish, yerlarni miqdor va sifat hisobi, yerlarni
baholashdan iborat, ya’ni yerlarning holatini va foydalanilishini etarli darajada to‘la
tavsiflaydigan, keng qo‘lamdagi masalalardan iborat. Monitoringni o‘rganish
predmeti esa faqatgina yerlarning holati va foydalanishidagi o‘zgarishlardan
iboratdir, ya’ni uning yerlarni tavsiflash sohasi yer kadastriga nisbatan anchagina
tordir.
Shu munosabat bilan qayd qilish joizdir, O‘zbekiston Respublikasi yer
kodeksida “yer monitoringi (14-modda) ning moddasi” davlat yer kadastrining
moddasidan (15-modda) oldin qo‘yilganligi maqsadga muvofiq emas. Bundan
tashqari, fikrimizcha yer monitoringini bu yerdagi talqini ham unchalik to‘g‘ri emas:
yer monitoringi quyidagi sabablarga ko‘ra davlat yer kadastrini axborotlar bilan
ta’minlash asosi bo‘la olmaydi. birinchidan, davlat yer kadastri yer monitoringiga
245
nisbatan ro‘yxatlash, hisob-kitob va baholash ma’lumotlarini e’tiborga olgan holda
yerning holati to‘g‘risidagi yirik hajmlardagi turli-tuman axborotlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchidan, yer monitoringini o‘rganish predmeti faqatgina Yerning holatidagi va
foydalanishidagi o‘zgarishlar bo‘ladi. Uchinchidan, yer monitoringini o‘zini yer
uchastkalari to‘g‘risidagi ro‘yxatlash va hisob axborotlaridan foydalanmagan holda
yuritish amaliy jihatdan mumkin emas. Yerdan foydalanishni boshqarishni boshqa
funksiyalarini yer to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlashiga kelsak, yer kadastriga
nisbatan bu yerda ham yer monitoringi kamroq rol o‘ynaydi. Bu yerda yer
monitoringiga faqatgina yer uchastkalarining miqdoriy va sifat holatlarining
o‘zgarishi to‘g‘risidagi tezkor axborotlargina tegishlidir. Bundan albatta, yer
monitoringining axborotlari karoq ahamiyatli, uni yerdan foydalanishni boshqarishda
qo‘llanish sohasi esa qandaydir darajada cheklangandir, degan hulosa kelib
chiqmaydi. Yer monitoringi axborotlaridan foydalanishga zaruriyat boshqarishning
istalgan funksiyasini amalga oshirishda, yer resurslaridan foydalanish va qayta tiklash
bo‘yicha nazoratni yuritilishiga qarab yuzaga kelishi mumkin.
Yer monitoringini yuritishning maqsadi, mohiyati va mazmunini tahlil qilish
asosida uning quyidagi qoidasi beriladi: yer monitoringi-bu oqilona va samarali
yerdan foydalanishni ta’minlash maqsadida yer resurslarining holati, foydalanilishi va
qayta tiklanishidagi o‘zgarishlarni kuzatish va nazorat qilish tizimidir.
Respublikada yer monitoringi 2000 yil 23 dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 496-sonli Qaroriga muvofiq tegishli vazirliklar
va idoralar ishtirokida “O‘zergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining tarkibiy
bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi. Tegishli tashkilotlar va muassasalardan qabul
qilingan takliflarga muvofiq 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan yer monitoringini
yuritish Dasturi ishlab chiqilgan. “O‘zergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining tarkibiy
bo‘linmalari tomonidan joriy yilda 185 ming gektar maydonda Yerlardan foydalanish
bo‘yicha YER kodeksi talablariga rioya qilinishining nazoratli tekshiruvlari
o‘ikazilgan. Bajarilgan tekshiruvlar natijasida 7767 gektar maydonda 1949
qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Ushbu qonunbuzarliklar bo‘yicha
tegishli dalolatnomalar tuzilgan va 173 ta qonunbuzarliklar bo‘yicha ish prokuratura
organlariga o‘tkazilgan. 1589 ta qonunbuzarlik holatlarini ko‘rib chiqish natijasida
1589 yerdan foydalanuvchilarga 21,8 mln.so‘m jarima solingan. Ko‘pgina
qonunbuzarliklarni
ko‘rib
chiqish
shuni
ko‘rsatdiki,
yo‘l
qo‘yilgan
qonunbuzarliklarning 35%-yerdan foydalanuvchilar tomonidan yerdan foydalanish
to‘g‘risidagi axborotlarni yashirib qolishdan iborat ekan.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |