A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
Bilimini aniqlash uchun savollar: 
1.Yerdan foydalanishni boshqarish funksiyasi sifatida yer tuzishga qanday ta’rif 
beriladi? 
2.Yer tuzish qanday mohiyatga ega? 
3.Yerlarni to‘la qayta tiklash siklida yer tuzishning o‘rni va rolini aniqlang? 
4.Yer tuzishning turlarini aytib bering. 
5.Yer tuzish tamoyillarini sanab bering. 
6.Yer tuzish jarayonining mohiyati nimadan iborat. 
7.Xo‘jaliklararo yer tuzishning mazmuni nimalardan iborat? 
8.Ichki xo‘jalik yer tuzishning tarkibiy qismlarini aytib bering? 
9.Ichki xo‘jalik yer tuzishning mazmuni nima? 
10.Yer tuzishning regional xususiyatlarini aytib bering. 
 
4.5 Yerdan foydalanishning iqtisodiy
mexanizimi-uni boshqarish funksiyasi 
Yerdan foydalanishning iqtisodiy boshqarish funksiyasi yer resurslarining 
faoliyat sohalari, iqtisodiyot tarmoqlari, yerdan foydalanuvchi subekttlar o‘rtasida 
oqilona taqsimlash hamda ulardan foydalanish va qayta tiklash samaradorligining 
darajasi, yer bozorini tartibga solish, ipoteka tizimini takomillashtirish asosida yerdan 
foydalanish tarkibini maqbullashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. U 


226 
yerlardan foydalanish va qayta tiklash, yer uchastkalariga bozor baholarini o‘rnatish, 
yerlarning qiymat bahosini va ijara huquqini o‘rnatish, kreditlash, yer solig‘i va ijara 
haqlarini, yer uchastkalari ajratib olinganda o‘rnini qoplash to‘lovlarini asoslash, 
yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul 
qilinadigan qarorlarni iqtisodiy asoslash mexanizmini o‘z ichiga oladi. 
Yerdan foydalanish tartibi muhim tushunchadir, u yerlardan foydalanishning 
oqilonaligi va samaradorligini aniqlaydi. Jamiyat tomonidan yer resurslaridan 
foydalanish ko‘p maqsadli xarakterga ega, shuning uchun yerlarni maqbul tarkibda 
taqsimlash va foydalanish yerdan foydalanishning tizimliligini, shu jumladan 
belgilangan sharoitda mumkin bo‘ladigan eng yuqori umumlashgan samaradorligini 
ham ta’minlaydi. Bugungi kunga qadar jamiyat Yerdan foydalanish tarkibining 
mohiyati va ahamiyati etarli darajada to‘la o‘rganilmagan, yerdan foydalanish turlari 
va kichik turlarining nisbatlarini o‘rnatishning metodologik asoslari ishlab 
chiqilmagan, ular tarkibini maqbullashtirish va samaradorligini baholash uslubiyati 
mavjud emas. Bularning barchasi yerlardan nooqilona foydalanishga olib keladi, 
ularning sifat holatini va samaradorligini pasaytiradi, qayta tiklashni buzadi. 
Tarkib deganda umuman obyektning qurilishi, ichki tuzilishi yoki tizimli 
joylashuvi, obyekt tarkibiy qismlarining tartibi tushuniladi. Yerdan foydalanishning 
tarkibi yerdan foydalanishning tarkibiy qismlarini, jamiyat rivojlanishining tabiiy, 
siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini ko‘zda tutuvchi ularni ma’lum shartida 
joylashuvi hamda amalga oshirish tartibini namoyon qiladi. Yerdan ko‘p maqsadli 
foydalanish yerdan foydalanishning xarakteri va usullariga mos tarzda foydalanishni 
tarkiblashning sababi bo‘ladi, ya’ni u jamiyat rivojlanishining amaldagi qonunlari 
bilan belgilanadigan obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Shu sababli ham yerdan 
foydalanishni tarkiblash chuqur siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mohiyatga egadir. 
Jamiyat uchun eng birinchi zaruriyat hisoblangan moddiy boyliklar yerdan 
foydalanishning tegishli tarkibi bilan ta’minlanishi zarur. Masalan, mustaqil 
O‘zbekistonni yerdan foydalanishi oldiga qo‘yilgan eng asosiy, strategik masala-bu 
mamlakatni don mustaqilligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Bu holat qishloq 
xo‘jaligi yerdan foydalanishining tarkibiga ta’sir ko‘rsatdi hamda uning siyosiy-
iqtisodiy mohiyatini kuchaytirdi. Bugungi kunda etishtirilayotgan donning miqdori 
7,5 mln.tonnani tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston paxta xom-ashyosi 
etishtirish bo‘yicha yirik baza bo‘lib qolmoqda. Bu esa o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi 
yerdan foydalanishining tarkibini oldindan belgilashga asos bo‘ladi. Mamlakat 
Prezidentining “Kolxozchilar, sjvxoz ishchilari hamda qishloq joylarida istiqomat 
qiluvchi boshqa fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini [14] hayotga tadbiq 
qilinishi respublika aholisi uchun yirik siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi hamda bu tegishli tartibda Yerdan foydalanish tarkibiga ta’sir ko‘rsatdi. 


227 
Yuqorida qayd qilinganlar yerdan foydalanish tarkibini siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy 
mohiyatining barcha argumentlarini to‘la qamrab olmaydi, lekin etarli darajada buni 
tasdiqlaydi. 
Yerdan foydalanish tarkibi iqtisodiy mahsulotni qaytadan ishlab chiqarish 
jarayoni bilan, yerni qayta tiklashning sikli bilan, yerlardan oqilona va samarali 
foydalanish bilan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy maxsulotning miqdor o‘lchami hamda 
uni turli-tumanligi yerdan foydalanish tarkibiga, uning turlari va kichik turlariga, 
ularni solishtirma nisbatlariga bog‘liqdir. Tarkibi bilan farqlanishi yaratilayotgan u 
yoki bu turdagi iqtisodiy mahsulot (xizmat)ning miqdoriy o‘lchamlarini o‘zgarishiga 
imkon beradi, bu jamiyat iqtisodini dinamik rivojlanishi uchun muhimdir (31-rasm). 
Yerdan foydalanish tarkibi yer resurslarini o‘zining qayta tiklanish siklida ham yirik 
rol o‘ynaydi. U yerdan foydalanish usullari va xarakterining nisbatlarini, uni unumli 
va unumsiz iste’molini, qayta tiklanish xarakterini aniqlaydi. Nihoyat, yerdan 
foydalanish bo‘yicha barcha loyihaviy echimlarni amalga oshirish qabul qilingan 
tarkib asosida bajariladi, ya’ni tarkib yerlardan oqilona va samarali foydalanishni 
namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir. 
32-rasm.Mamlakat yerdan foydalanishning turlari
va kichik turlari (zahira yerlar ko‘rsatilmagan) [66]. 
 
Jamiyatni o’sib boruvchi 
talablari 
Mahsulotni kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish 
Yerdan foydalanish tarkibiga 
talablar 
Yerlarni 
taqsimlash 
Yerlarni qayta 
tiklash 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish