A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


  Bilimni aniqlash uchun savollar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 


213 
Bilimni aniqlash uchun savollar

1. Yerdan foydalanishni boshqarish funksiyasi sifatida yer kadastrining 
tushunchasi va mohiyati. 
2. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida yer kadastriga qanday tarif 
berilgan? 
3. Yer kadastri tizimini tavsiflang. 
4. “Yer kadastr jarayoni” kichik tizimining mohiyati nima? 
5. “Yer kadastr axboroti” kichik tizimining mohiyati nima? 
6. Ikki kichik tizimining uzviy bog‘liqligi nimadan iborat? 
7. Respublikadagi yer kadastrining grafik mohiyati nimani ko‘zda tutadi? 
8. Yer kadastrining tamoyillarini sanab bering. 
9. Sug‘oriladigan mintaqada yer kadastrini yuritishning xususiyatlarini aytib 
bering.
10. Ishlab chiqarilayotgan yer kadastr axborotlarining turlarini aytib bering. 
11. Yer kadastrining materiallari qanday hujjatlarda rasmiylashtiriladi? 
12. Yer kadastrini yuritishning asosiy kamchiliklari hamda ularni tugatish 
yo‘llarini ayting. 
 
4.3 Yer resurslaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish hamda 
ularni tarmoqlararo taqsimlash-yerdan foydalanishni boshqarish funksiyasi 
Yer 
resurslaridan 
foydalanishni 
bashoratlash 
funksiyasi 
mamlakat 
iqtisodiyotini va ijtimoiy sohasini yer resurslariga bo‘lgan talabi bilan belgilanadi. 
Ushbu funksiyani joriy etish jamiyat rivojlanishini ma’lum bo‘lgan qonunlarga mos 
ravishda amalga oshiriladi, mamlakatda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yerni mavjud bo‘lish xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Yer 
kodeksining 4-moddasida aytiladiki, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish, mahalliy davlat hokimiyatiorganlari 
bilan birgalikda tuproqlar unumdorligini oshirish, boshqa tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlari majmuasida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha 
davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda tadbiq qilish yer munosabatlarini tartibga 
solish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari 
hisoblanadi. Ushbu funksiyani amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, yerlardan 
foydalanishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklar va idoralarning masalasidir. 
Mamlakatda o‘tkalilayotgan iqtisodiy islohatlar sharoitida yer, suv, mehnat 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bo‘lgan talab ancha oshdi, 
qishloq xo‘jaligining ixtisosligi va joylashtirilish talablari o‘zgarmoqda. Barqaror 
yerdan foydalanish va uni xususiyatlari muammosining murakkabligi, qishloq 
xo‘jaligini qayta tashkil etish, xalq xo‘jaligi tarmoqlari shakllarini murakkablashishi 


214 
va o‘zaro bog‘liqligi yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashga 
alohida yondashuvni ko‘zda tutadi. Uning murakkabligi hamda o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muammosini 
jamiyat faoliyatining alohida sohalari, mamlakatning butun iqtisodiyotini va uni 
alohida tarmoqlarini rivojlanishini hisobga olgan holda “Umumiydan-xususiyga” 
tamoyili bo‘yicha hal qilish zarur. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining darajasi va 
miqyosini o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi sharoitida yer-suv resurslaridan 
foydalanishning reja-bashoratlarini ishlab chiqish ularni iqtisodiyot tarmoqlari 
bo‘yicha taqsimlanishini anchagina maqbul variantini qidirish kafolati 
hisoblanadi[33]
Yer-suv resurslaridan istiqbolda foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalarni o‘zida 
jamlagan ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq 
muddatli bashoratlari mamlakat yer fondidan oqilona foydalanish uchun ustuvor rol 
o‘ynaydi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda bozor 
munosabatlarini rivojlanishi jamiyat rivojlanishining bugungi bosqichida yer 
resurslaridan foydalanishning bosh yo‘nalishini aniqlaydi. Shuning uchun yer 
fondidan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq mamlakat iqtisodiyotini, 
shu jumladan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yanada keng o‘rin olishi zarur. 
Bashorat (forecast)-bu o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonni bo‘lg‘usidagi 
mumkin bo‘ladigan holatlari to‘g‘risida, boshqarish samaradorligini oshirish 
maqsadida ushbu holatga erishishning alternativ yo‘llari va muddatlari to‘g‘risida 
ilmiy asoslangan fikrlashdir. Gipotezadan farqli o‘laroq bashorat doimo bo‘lg‘usini 
izohlashgayo‘naladi hamda bugunda ma’lum va o‘rganilgan rivojlanish 
qonuniyatlariga suyanadi. Boshqarish qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan 
ko‘pgina bashoratlarning ehtimolligini baholash ham o‘tkaziladi. Miqyosi bo‘yicha 
bashoratlar quydagilarga ajratiladi [22, 469b]: 
- makroiqtisodiy va tarkibiy bashoratlar; 
- xalq xo‘jaligi majmualarini rivojlanishining bashoratlari; 
- tarmoq va regional bashoratlar; 
- xalq xo‘jaligi tizimlarining birlamchi bo‘g‘inlari-korxonalar, ishlab chiqarish 
birlashmalari, alohida ishlab chiqarish bashoratlari. 
Muddatlari bo‘yicha bashoratlar quyidagilarga bo‘linadi: 
- tezkor-1 yilgacha; 
- qisqa muddatli-1yildan 3 yilgacha; 
- o‘rta muddatli-5yildan 10 yilgacha; 
- uzoq muddatli-10yildan 20 yilgacha; 
- 20 yildan ortiq. 


215 
Sanab o‘tilgan barcha turdagi bashoratlar o‘zlarining mazmuni va hal 
qilinadigan masalalarining xarakteri, tadqiq qilinadigan jarayonlarni baholash 
xarakteri bo‘yicha bir-biridan farq qiladilar. 
Bashorat (forecasting)-bu qat’iy ajratib olingan ma’lumotlarni o‘rganish asosida 
bashorat ishlab chiqishdir. Bashoratlar ayniqsa holatni baholash bosqichida hamda 
boshqarish qarorini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. Bashoratli baholashni joriy 
etish holatni o‘zgarishi qanday yo‘nalishda yuz berishi, qanday usullar bilan, qanday 
o‘zgarishlarda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish mumkinligi, 
rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish natijasida nima olinishi mumkinligi 
to‘g‘risida tasavvur beradi [22, 469b]. 
Yerdan foydalanish bo‘yicha bashoratlarning mazmuni ularning maqsadli 
mohiyatiga, qamrab olgan hududning o‘lchamiga, bashoratning o‘zini vazifalari va 
xususiyatlariga bog‘liqdir. Bashoratlar quyidagilarga bo‘linadi: rejali, loyiha oldi va 
tezkor-xo‘jalik. Reja oldi bashoratlash, qoidaga binoan, ular yuqori ilmiy darajasini, 
shuningdek tuzilgan rejalarni samarali joriy etishni ta’minlash maqsadida xalq 
xo‘jaligi rejalarini ishlab chiqishga qadar bajariladi. “Respublika ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish Sxemasi”ning yer resurslaridan foydalanish 
bo‘limi, Respublika yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning Bosh 
sxemasi, viloyatlar yer tuzish sxemalari, shuningdek joylashtirish va rivojlantirish 
tarmoq sxemalaridagi majmuali hamda maqsadli xalq xo‘jaligi dasturlarining 
shularga mos bo‘limlari reja oldi bashoratlashning hujjatlari hisoblanadi. Loyiha oldi 
bashoratlari majmualikni, o‘zaro bog‘liqlikni hamda ishlab chiqilayotgan reja 
hujjatlarining sifatini oshirishga mo‘ljallangan; qamrab olish hududini kamroq 
miqyosliligi bilan demakki, yirik aniqligi bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston sharoitida 
bunday xarakterdagi bashoratlashhujjatlariga ma’muriy tumanlar yer tuzish sxemalari 
kiradi, agarda bular mavjud bo‘lmasa, tuman qishloq xo‘jaligini rejalashtirishning 
loyihalari kiradi. Yerlardan foydalanishning tezkor-xo‘jalik bashoratlari ishlab 
chiqarishni tashkil etish va uni boshqarishni yaxshilashga, tashkiliy-xo‘jalik va 
ijtimoiy tadbirlar samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular 
tashkiliy-xo‘jalik rejalari hamda alohida xo‘jaliklar hududida tuziladigan boshqa 
hujjatlar ko‘rinishiga egadirlar. 
Bugungi kunda yer fondidan foydalanishni rejalashtirishning uch zvenoli tizimi 
tavsiya qilinadi [31, 11b]: 
-majmuali ilmiy-texnik dasturlar tarkibidagi konsepsiya; 
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning majmuali 
sxemasi tarkibidagi bashoratlar; 
-yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning majmuali dasturi. 
Bashorat, majmuali dastur va reja-rejalashtirish bosqichining hujjatlari 
hisoblanadi; ularni ishlab chiqish o‘zining maqsadlariga ega, ulardan foydalanish esa 


216 
tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan nihoyalanadi; bashorat va majmuali dastur 
sxemalarni ishlab chiqish uchun birlamchi material sifatida foydalaniladi, rejalar esa 
turli bosqichlarda bajariladigan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 
foydalaniladi. Ushbu jarayonni uchzvenoligiuzoq istiqbolda xo‘jalik rivojlanishining 
asosiy yo‘nalishlari va tendensiyalarini asoslash, iqtisodiy rejalashtirishning qabul 
qilingan o‘lchamlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni echish, 
uzoq istiqbolli joriy o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini oshirish zaruriyatini 
aniqlaydi. 
Umuman mamlakat iqtisodini hamda,qisman yer resurslaridan foydalanishni 
boshqarishda rejalashtirish yordamida ta’minlanadigan tarmoq va hududiy 
rivojlanishni to‘g‘ri, proporsional qo‘shilishi anchagina murakkab muammo 
hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi tarkibini murakkablashuvi, ijtimoiy ishlab chiqarishning 
turli zvenolarini o‘zaro bog‘liqligining kuchayganligi sharoitida ishlab chiqarishning 
qandaydir bir uchastkasini yuqori darajada takomillashtirish hamda iqtisodiy 
samaraga erishish mumkin emas. Shunday tizimli yondoshuv xalq xo‘jaligi 
resurslaridan oqilona foydalanish, ilmiy-texnik muammolarni tarmoqlar doirasida 
ham, hududiy doirada ham hal qilish bo‘yicha majmuali tadbirlarni amalga oshirish 
uchun zarurdir. Respublikada tarmoqli, tarmoqlararo hamda hududiy ishlab chiqarish 
aloqalarining murakkab tizimi asosida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda ijtimoiy ishlab 
chiqarishning barcha zvenolarini qamrab olgan yagona xalq xo‘jaligi majmuasi 
vujudga kelgan. Uni iqtisodiyoti uchun umumdavlat rejalashtirish tizimi asosidagi 
xo‘jalikni o‘zaro bog‘liq holda yuritish xarakterlidir. 
Reja (plan)- bu boshqaruv qarorining bir shakli bo‘lib, ma’lum bir ketma-
ketlikda hamda belgilangan muddatlarda bajarish zarur bo‘lgan maqsad bilan 
birlashtirilgan tadbirlar majmuasi ko‘rinishidagi rejalashtirish natijasidan iborat. Reja 
ma’lum muddatga uni joriy etish natijasida erishish zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni, 
shuningdek buning uchun zarur bo‘ladigan resurslarni qayd qiladi (aniqlaydi). Hal 
qilinadigan vazifalar xarakteri, qabul qilinadigan qarorlar ahamiyati hamda ularni 
joriy etish muddatlari bo‘yicha rejalar quyidagilarga bo‘linadilar[32, 442b]: 
- boshqarish obyekti faoliyatini qamrab olish bo‘yicha (umumiy, xususiy va 
iqtisoslashtirilgan); 
- istiqbolli va joriy; 
- alohida va qo‘shma (boshqa organlar bilan). 
Rejalashtirish (planning)-eng umumiy mazmunda-bu reja ishlab chiqish 
jarayonidir. Rejalashtirish-boshqarishning funksiyalaridan biri, boshqarish siklining 
bosqichidir. Rejalashtirish xarakteri bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: 
-rejalashtirish davrinig davomiyligi bo‘yichauzoq muddatli (5 va undan ortiq 
yil), o‘rta muddatli(3-4yil), qisqa muddatli (1,5-2,0yil), joriy (1 yildan kam 
muddatli); 


217 
-ijodiy darajasi bo‘yicha-standart, namunaviy va shartli; 
-maqsadli yo‘naltirilganligi bo‘yicha- strategik,taktik [32, 443b]. 
Jarayonlarni rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi [32, 442b]: 

maqsadli yo‘naltirilganlik; 

samaradorlik; 

haqqoniylik; 

huquqlilik; 

asoslanganlik; 

aniqlilik; 

qayishqoqlik; 

o‘zgaruvchanlik; 

majmualilik; 

tizimlilik. 
Loyihaoldi va loyiha materiallari tizimida yer resurslaridan foydalanish va 
muhofaza qilish hujjatlari maqsadli mohiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: 
- rejalashtirishning hududiy qirralari; 
- hududiy rejalashtirish. 
Rejalashtirish moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga, 
qishloq xo‘jaligining murakkab masalalarini hal qilishga, yer resurslaridan ham 
tarmoq, ham hududiy jihatlarda foydalanish muammolarini hal qilishga, imkon qadar 
yuqori ta’sirni o‘tkazishga qaratilgan. Yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish 
bugungi kunda xalq xo‘jaligi uchun umumqabul qilingan bosqichlarda amalga 
oshiriladi; alohida regional, daryolar basseynlari, viloyatlar yoki massivlar va 
hokazolar uchun bajariladigan majmuali loyihaviy ishlanmalar ko‘rinishidagi rejalar 
xam tan olinmoqda. 
Respublika va viloyat darajasida yer fondidan foydalanishni rejalashtirish qator 
shartlar bilan murakkablashadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish