Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash.
Reja:
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirishni o’rganish.
Standartlashtirish bosqichlari.
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kodlash.
Xulosa.
Asosiy ma’lumotlar.
1.Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish .
Standartlashtirish - mahsulot sifatini yaxshilashda davlat tashkiliy-texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakat iqtisodini boshqarishning barcha sohalarida hamda mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi.
Tarmoqlararo sifatni boshqarish hayot tsiklining barcha bosqichlari va boshqaruv funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Bu standartlarda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlari faoliyatida mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha umumiy reglamentatsiya beriladi: sifat bo’yicha terminlar, tushunchalar, sifatni baholash, sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazish, sifatni boshqarishning komples sistemasini yaratish va boshqalar.
Tarmoq ichida sifatni boshqarish davlat standartlari va texnikaviy shartlarga, shuningdek tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va tashkilotlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash maqsadida standartlarni chegaralash yoki ularni rivojlantirishga asoslanadi.
Korxona yoki firmada standartlashtirish ishlab chiqarishning o’ziga xos tomonlarini: mahsulot turini, seriyalilikni, texnologik jarayonning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olishi kerak. Korxonada standartlashtirish mahsulot sifatini boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo sifatni boshqarish bilan uzviyligini ta’minlaydi.
2.Standartlashtirish bosqichlari Mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishni amalga oshirish uchun sifatni boshqarish sistemasining tashkiliy, texnikaviy hamda usludiy asosi bўlib xizmat qiladigan standartlar va texnik shartlar kompleksi zarur.
Tadqiqot o’tkazish va loyihalashtirish bosqichida standartlashtirish yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:
mahsulotning, shuningdek, xom ashyo, yarim fabrikatlarning sifat tavsiflarini kompleks standartlash asosida tayyor mahsulotning sifatiga nisbatan shartlari o’rnatiladi;
mahsulotning ishlatilish maqsadlari va shartlariga bog’liq holda mahsulot sifatining yagona ko’rsatkichlari sistemasi aniqlanadi;
optimal sifatni ta’minlash uchun me’yorlar, shartlar va mahsulotni loyihalash usullari ishlab chiqiladi;
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, iste’mol va ta’mirlashning samaradorligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning muhim sharti sifatida unifikatsiyalashtirish darajasini oshirish ta’minlanadi.
Mahsulot sifatini oshirish va sifatni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirishga tarmoqlararo standartlar sistemasini tatbiq etishga imkon beradi. Bunday sistemalarga standartlar kompleksini kiritish mumkin: Konstruktorlik hujjatlashtirishning yagona sistemasi (ESTD), ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona sistemasi va boshqalar.
Standartlashtirishni tadbiq etish texnologiyani ishlab chiqish jarayonini yaxshilash va jadallashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini oshirishga imkon beradi va sifatning muqimligini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan buyurtmachilar o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori sifatli loyiha hujjatlashtirish ishlarini, korxonaning berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini taqozo qiladi.
Korxona standartlari masulotni ishlab chiqarish bosqichida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tavsifi va o’ziga xos xususiyatlarini, korxonaning tashkiliy-texnikaviy darajasini, ixtisoslashishini hisobga oladi hamda korxonada sifatni boshqarish bo’yicha aniq va mas’uliyat bilan tashkil etilishiga imkon beradi. Ular sifatni kompleks boshqarishga doimiy faoliyat olib boradigan sistema tavsifini beradi, uni ilg’or tajribalar asosida doimiy rivojlanib borishiga imkon yaratadi. Loyihalashtirish, ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarida mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish usullarini va tartibini belgilaydilar, nazorat qilish vositalari va usullariga va sifatni baholashga shartlarni o’rnatadilar, mahsulotni attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilaydilar, ta’minotchilar bilan sifatli xom ashyo va materiallarning o’z vaqtida etkazib berilishini o’rnatadilar. Ishlab chiqarishning bir maromda bo’lishini, texnologik intizomga bo’ysunishini ta’minlaydilar, ijrochilar mehnatining sifatini oshirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishidan yo’qotishlarni qisqartirish va minimal xarajatlar bilan mahsulotning yuqori sifatli ishlab chiqarilishiga imkon beradi.
Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni o’rash-joylash, joydan-joyga tashish, omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilishiga shartlarni o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga, ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi va tahlil qiladi, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish xarakatlarini qisqartirib, undan foydalanish samaradorligining ortishiga imkon beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish tartibini o’rnatadi. Bu esa mahsulotni attestatsiyadan o’tkazishga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi va sifat kategoriyalari bo’yicha mahsulotni ob’ektiv baholashga xizmat qiladi. Standartlashtirish mahsulotni sertifikatlashtirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi metrologik ta’minlanish darajasiga bog’liq. Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va ishonchli bo’lishini ta’minlash uchun rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini ta’minlovchi standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Standartlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichining o’ziga xos tomoni alohida standartlarni ishlab chiqishdan kompleks standartlashtirish dasturiga o’tishdir. Ushbu dasturlarni joriy etish tayyor mahsulotlarga, xom ashyo va materiallarga, mashina va dastgohlarga, shuningdek ishlab chiqarishni tayyorlashni tashkil etishga, sinov o’tkazish, nazorat, o’lchash, o’rash-joylash qoidalari, saqlash, joydan-joyga tashish, iste’mol va ta’mirlashga nisbatan texnik shartlar va o’zaro bog’langan standartlarni qayta ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi.
Kompleks standartlashtirish dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish butun faoliyatni yakuniy umumiqtisodiy natijalarga erishishga qaratadi.
Fan-texnika rivojlanishi bilan standartlarning samarali ishlatilish muddatlari absolyut va nisbiy jihatdan qisqara borishi tendentsiyasi kuzatiladi. Standartlashtirish borgan sari o’zgaruvchan tavsifga ega bo’ladi,
ularni ishlab chiqish, tatbiq etish va qayta ko’rib chiqish uslublari va muddatlariga nisbatan yangi shartlarni qo’yadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
G.K.Vijayaraghavan., R.Rajappan., Engineering Metrology and Measurements., For 5th Semester Mechanical and Automobile Engineering ( As per the Latest Anna University Syllabus – Reg.,2008.
Ammar Grous. Applied Metrology for Manufacturing Engineering. Great Britain and the United States by ISTE Ltd. 2011, 670 page.
Ismatullaev P.R., Matyakubova P.M., Turaev SH.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “Lisson-press”, Toshkent, 2014. -423b.
Абдувалиев А.А., Латипов В.Б., Умаров А.С. и др. Основы стандартизации, метрологии, сертификации и управление качеством. – Т.: НИИСМС 2007. - 555 с.
Ismatullaev P.R., Kodirova SH.A. Metrologiya asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti 2012. -304 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |