A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

yer-kadastr jarayoni kichik 
tizimi
 
hamda
 
yer-kadastr axboroti kichik tizimi
(30-rasm). Birinchi kichik tizimning 
maqsadi kadastr axborotlarini ishlab chiqarishdan iborat. U turli-tuman va ishonchli 
axborotlarni ishlab chiqish bo‘yicha texnologik jarayonlarni (tasvirga olish, kuzatuv, 
plan-xarita asoslarini tuzish, kartometrik va baholash ishlari, yerga huquqlarini 
ro‘yxatga olish jarayoni) o‘z ichiga oladi. O‘z tarkibiga ikkita kichik tizim birligini 
olgan yer kadastrini tizim sifatida aniqlash yer kadastri axborotlarini ishlab chiqish 
bo‘yicha jarayon sifatida (yer-kadastr jarayoni) hamda axborotlarni saqlash va 
foydalanuvchiga berishning statik kichik tizimi sifatida yer kadastr, axborotli qarash 
haqidagi masalani obyektiv va hakqoniy qo‘yishning muhim jihatidir. Mamlakatning 
barcha yer uchastkalariga yer kadastr axborotlarini ishlab chiqish (birinchi kichik 
tizim) hamda ularni saqlash, yangilab turish va foydalanuvchiga berish (ikkinchi 
kichik tizim) maqsadida ushbu axborotlarni tizimlash yer kadastrini yuritishning 
maqsadi hisoblanadi. 
Yer-kadastr jarayoni kichik tizimi
-bu axborotlarni ishlab chiqish jarayonida 
doimo o‘suvchi (dinamik) xarakterga egadir. Yer kadastrini o‘rganish obyekti bo‘lib 
asosiy maqsadli mohiyatidan va xo‘jalik foydalanishidan qat’iy nazar yer massivlari, 
yer uchastkalari, yer turlari, sug‘orish, kollektor va yo‘l tarmoqlar, inshoatlar tagidagi 
yerlarni o‘ziga jamlagan mamlakatning yagona davlat yer fondi hisoblanadi. Asosiy 
yer-kadastr birligi bo‘lib yer uchastkasi (yerdan foydalanish) hisoblanadi, qaysiki u 
yer kadastrining obyekti sifatida yer fondining mohiyati va xususiyatini yoritadi, 
hamda xo‘jalik hisobining boshlang‘ich birligi sifatida gavdalanadi. Yer uchastkasi 
o‘z ichiga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik mohiyatlar hamda ahamiyatlarni 
olganiholda majmuali tushunchaga egadir. Yer uchastkalarini miqdoriy, sifat va 
qiymat tavsiflari ma’muriy-hududiy bo‘limlar (aholi punkti, tuman, shahar, viloyat, 
respublika) yer kadastrini o‘rganish predmeti hisoblanadi. Shu sababli yer 
kadastrining birinchi kichik tizimi moddiy mohiyatga ega. 
Yer-kadastr jarayonini alohida, tarkibiy bir-biriga bo‘ysunuvchi jarayonlar 
to‘plami sifatida qarash zarur, ularni joriy etish yer-kadastr axborotlarini olishga 
yo‘naltirilgan. Ushbu jarayonlarning to‘plami ularning mexanik yig‘indisi, erkin 
jamlanmasi bo‘lmasdan, balki qat’iy tarkibli yaxlit bir jarayondir. 


208 
30-rasm. Yer kadastri tizimi 
Yer-kadastr jarayonning maqsadi zarur ishonchli axborotlarni ishlab chiqishdan 
iborat, yer kadastrining kichik bir tizimi sifatida uning mohiyati yer kadastrining 
ikkinchi tizimidagi axborotlarni uzluksiz va o‘z vaqtida yangilab turishdan iborat. 
Ma’lum bir uslublar yordamida axborotlarni tashkil etish va ishlab chiqarish yer-
kadastr jarayonining vazifalari hisoblanadi. 
Yer-kadastr jarayonining mohiyati, maqsadi va ahamiyatini aniqlashni hisobga 
olgan holda unga quyidagicha ta’rif beriladi: yer-kadastr jarayoni-bu ishonchli 
zaruriy yer-kadastr axborotlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan davlat tadbirlari 
tizimidir. 
Yer-kadastr jarayonini amalga oshirish quyidagilarni talab qiladi: 
- yer-kadastrini yuritish bo‘yicha me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; 
-ishlab chiqarish-texnologik tadbirlarni tashkil etish; 
- yer-kadastr hujjatlarini yuritish. 
Yer-kadastr jarayoni umuman yer kadastri singari asosiy va joriy turlarga 
bo‘linadi. Ikki turi bir-biri bilan uzviy bog‘liq yer-kadastr jarayonining tarkibiy 
qismlari hisoblanadi hamda istalgan bir vaqtga to‘la va ishonchli yer-kadastr 
axborotlari bilan ta’minlashi zarur. Bu axborotlar quyidagilar: mamlakat yer 
fondining o‘lchamlari, uni yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar, yerdan 
foydalanishlar va yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi, yerlarning sifat tavsifi hamda 
ularni baholash. Yer-kadastr jarayonining asosiy turi tasvirga olish, kuzatish, 
izohlash, yer uchastkalariga bulgan huquqlarni ro‘yxatga olish va baholash, 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish