Bilimni aniqlash uchun savollar
:
1. Yerdan foydalanishni boshqarish funksiyasida yerlardan foydalanishni
bashoratlashga qanday ta’rif beriladi?
2. “Bashorat” tushunchasiga qanday ta’rif berilgan?
3. Yerlardan oqilona foydalanishda bashoratlash qanday rol o‘ynaydi?
4. “Rejalashtirish” tushunchasiga qanday tarif berilgan?
5.Yerlardan oqilona va samarali foydalanishda rejalashtirish qanday rol
o‘ynaydi?
6.Bashoratlash miqyosi bo‘yicha bashoratlar qanday tavsiflanadi?
7. Muddatli belgisi bo‘yicha bashoratlar qanday tavsiflanadi?
8.Yer resurslaridan foydalanish va yerdan foydalanish bo‘yicha bashoratlar
mazmunini tavsiflab bering.
9. Yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va yerdan foydalanish
tamoyillarini sanab bering.
4.4 Yer tuzish-yerdan foydalanishni
boshqarishning muhim funksiyasi
Yer tuzish yerdan foydalanishni boshqarish tizimidagi muhim funksiyalardan
biri hisoblanadi. Yer tuzish hududlarini oqilona tashkil etish bo‘yicha tadbirlar tizimi
sifatida loyiha-qidiruv, tasvirga olish va kuzatuv ishlarini o‘z ichiga oladi hamda
yerdan foydalanishni boshqarish mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Akademik S.A.Udachinning yozishicha, yer tuzishning mohiyati ishlab chiqarish
vositasi sifatidagi yerlardan foydalanishni tashkil etishdan iboratdir [19 ].
Yerlardan mumkin qadar oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish hamda
texnikani yuqori unumdorlik asosida qo‘llanish uchun zaruriy tashkiliy-hududiy
sharoit yaratish yer tuzishning muhim tamoyillaridan biridir [ 19 ]. Akademik
P.N.PYERshin yer tuzish to‘g‘risida suz yuritib qayd qilgan ediki, “.....o‘zining
ishlab chiqarish mohiyati bo‘yicha yer tuzish tushunchasi shubhasiz tashkiliy-xo‘jalik
mazmuniga ega bo‘ladi. Shu jihatdan u hududni tashkil etish bo‘ladi hamda texnik
rivojlanishning ushbu darajasida xo‘jalik elementlarini ishlab chiqarishning o‘zaro
ta’siri bilan anqlanadi. ” [ 19 ]
Yer tuzishning mohiyatiga nisbatan prof. S.A.Volkov yozadiki, “Yer tuzish keng
ma’noda mavjud ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining
ta’siri ostida yuz beradigan, yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan hududlarni va
ishlab chiqarish vositalarini maqsadli yo‘naltirilgan xolda tashkil etishning ijtimoiy-
iqtisodiy jarayoni sifatida gavdalanadi, tor ma’noda-bu yerlardan foydalanish va
muhofaza qilishni tartibga keltirish bo‘yicha davlat, yer egalari va yerdan
foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir (tadbirdir).” [19,4b]
220
Yer tuzishni yer munosabatlarini tartibga solish va Yerlardan foydalanishni
tashkil etish bo‘yicha tadbirlar tizimi sifatida aniqlash mumkin, deb e’tirof etadi
prof.V.N.Xlistun [23,20b].
Professor M.A.Genelman yer tuzishni ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligini ta’minlash maqsadida yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqarish vositalari va yerlardan oqilona foydalanishni tashkil etishga, mamlakatdagi
yer munosabatlarini tartibga solish hamda yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan yer
qonunchiligini amalga oshirish bo‘yicha davlat tadbirlarining tizimi sifatida
aniqlagan.
Yer tuzish to‘g‘risida yuqorida keltirilgan va boshqa qator qoida va ta’riflar
guvohlik berdiki, u o‘zining barcha bosqichlarida asosan qishloq xo‘jalik korxonalari
hududini tashkil etish bo‘yicha huquqiy va texnik jihatlarni (iqtisodiy asoslash bilan)
o‘z ichiga olgan. Boshqa toifa yerlariga kelsak, yerdan foydalanish jarayoni bu yerda
mavjud bo‘lganligiga qaramasdan amalda yer tuzish ishlari bajarilmagan. Jamiyat
hamda uning iqtisodini rivojlanishi bilan yerlardan oqilona foydalanish bo‘yicha
tadbirlarning mazmuni va mohiyati doimiy ravishda murakkablashgan va o‘zgargan.
Ularning ko‘pchiligi qishloq xo‘jalik korxonalarini hududiy tashkil etish sifatida yer
tuzishga umuman talluqli bo‘lmaganligiga qaramasdan ular hozirga qadar “yer
tuzish” teriminining tarkibiga qo‘shilgan. Ilmiy nazariyaga muvofiq yer tuzish ikkita
turni o‘z ichiga oladi: xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik. Ularning mazmuni yer
uchastkalari chegaralarini o‘rnatish, tartibga keltirish va o‘zgartirish, shuningdek
qishloq xo‘jalik korxonalari hududini ichki xo‘jalik tashkil etish bo‘yicha
tadbirlardan iborat. Fikrimizcha, o‘zining qo‘llanilish sohasini bunday yirik
chegaralanish doirasi bilan yer tuzish yerdan foydalanish tushunchasini almashtiradi,
ijtimoiy voqeilik sifatidagi yerdan foydalanish tizimining roli va ahamiyatini haqsiz
ravishda qisqartiradi. Yer resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatning funksiyasini
amalda chegaralab qo‘yadi. Bularning barchasi yerdan foydalanishning nazariy
asoslarini etarli darajada rivojlantirilmaganligi oqibatida ro‘y beradi.
Aytish joizki, yerdan foydalanishning hududiy qirrasini amalga oshirish
bo‘yicha tadbirlar tizimi sifatida yer tuzish faqatgina yerni qayta tiklash siklining
birinchi fazasidagina mavjud bo‘ladi, yerni qayta tiklash siklining ikkinchi va
uchinchi fazalarini joriy etishning ko‘pgina masalalari yoki yer tuzish tadbirlari bilan
bog‘langan, yoki bo‘lmasa ularni chegaralangan doirasidagina mavjud bo‘ladi. Uning
ko‘pgina masalalari, masalan, axborotli ta’minot yoki yer munozaralarini hal qilish
yerdan foydalanishning boshqa qator funksiyalari singari, yer tuzishdan mustaqil
xoldagi avtonom mohiyatga xos maqsadli mohiyatga egadir.
Yerdan foydalanishni boshqarish tizimida “yer tuzish” funksiyasining o‘rni va
mazmuniga kelsak, quyidagilarni e’tirof etish zarur. Maxsus adabiyotlarda yerdan
foydalanishning funksiyasi va mazmuni ko‘pincha asossiz tarzda yer tuzishning
221
mazmuni va funksiyasi sifatida qaraladi, ya’ni yerdan foydalanish yer tuzish
tushunchasi bilan almashtiriladi. Planeta yoki davlat miqyosida tabiiy resurslardan
foydalanish to‘g‘risida gapirilganda, “tabiatdan foydalanish”, “suvdan foydalanish”,
“o‘rmonlardan foydalanish” kabi so‘zlardan foydalaniladi. “Foydalanish” terminlari
turlicha talqinga ega. Lug‘atda “foydalanish” “zaruriyat uchun iste’mol qilish, foyda
olish” kabi talqin qilinadi, shu bilan bir vaqtda “tuzish” so‘zi “qishloq yaratmoq,
tashkil qilmoq, yo‘lga qo‘ymoq, zaruriy ko‘rinish bermoq, tartib; joylashuv,
qismlarning nisbati” singari ma’nolarni beradi. Keltirilgan terminlarning farqi aniq
ko‘rinib turibdi. Yer resurslari jamiyat tomonidan o‘z manfaatlari yo‘lida
foydalaniladi. Zaruriyat tug‘ilgan taqdirda ularni tuzish, shunda ham foydalaniladigan
yer fondining barcha maydonlarini emas, balki bir qism maydonlarni tuzish
o‘tkaziladi. Yer resurslaridan ko‘p maqsadli foydalanishni joriy etish uchun har doim
ham ularni tuzish zarur emas. Bundan tashqari, ma’lum bir vaqt oralig‘i uchun
yerlarni tuzish bir martagina o‘tkaziladi, shu bilan bir vaqtda ulardan foydalanish
jarayoni, ya’ni Yerdan foydalanish doimiydir. Bularning barchasi yerdan
foydalanishni voqeylik sifatida o‘zining mohiyati va mazmuni bo‘yicha yer tuzishdan
mustaqil ekanligini yana bir karra ko‘rsatadi, qat’iy mazmunda yerdan foydalanish
yer tuzishsiz ham mavjud bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘zining mazmuni bo‘yicha “yerdan
foydalanish” yer tuzish “tushunchasidan” ancha kengdir.
“Yer tuzish” amalda yerdan foydalanish sohasida qabul qilingan qarorlarni
amalga oshirish asbobi, mexanizmi, vositasi hisoblanadi. Jumladan,yer kadastri
(axborotli ta’minot), yer resurslaridan foydalanishni bashoratlash va yer fondini
tarmoqlararo taqsimoti, yerlardan foydalanishni nazorat qilish va yerlarni muhofaza
qilish, yerlardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, yer munozaralarini hal qilish,
yer resurslarini qayta tiklash yerdan foydalanishning mustaqil funksiyalari bo‘lganlari
holda amaliy jihatdan yer tuzishga bog‘liq emaslar, shu bilan bir vaqtda yer tuzishni
o‘tkazish undan oldin turgan yerdan foydalanishni boshqarish tizimidagi qator
funksiyalarni amalga oshirilishiga bog‘liqdir. “Yerdan foydalanish” va “yer tuzish”
tushunchasi va mohiyatida aniq chegaralanishning bo‘lmaganligi “yerdan
foydalanishni boshqarish” funksiyalarida chalkashliklarga, bitta funksiya mazmunini
ikkinchisining mazmuni bilan almashishiga olib keladiyu, shunga qaramasdan
ko‘pgina me’yoriy hujjatlarda “yerdan foydalanish funksiyalari” deb nomlangan
joyda oldiniga “yer tuzish” keyin “yer kadastri” qayd qilinadi. masalan, o‘zbekiston
respublikasining yer kodeksida “yer kadastri” bo‘limi “yer tuzish” bo‘limidan keyin
joylashtirilgan. Bu yer kodeksida obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik voqeilik
sifatidagi “yerdan foydalanish” tushunchasi, roli, mazmuni va ahamiyatining mavjud
bo‘lmaganligi bilan tushuntiriladi. Bularning barchasi “yerdan foydalanish”ning
to‘g‘ri tushunchasini mavjud emasligidan guvohlik beradi, “yerdan foydalanish”
222
to‘g‘risidagi yer resurslaridan foydalanishning qandaydir bir fragmenti to‘g‘risidagi
kabi mavjud fikrlashni tubdan o‘zgartirish zarur.
Amalda yer resurslaridan foydalanish “yerdan foydalanish” tushunchasining
bir necha turli-tuman talqinlaridan iborat, jumladan:
1) korxona,muassasa va tashkilotlarning yer uchastkasi (maydoni);
2) yerdan foydalanishning texnologik jarayoni;
3) yer resurslaridan tanaffuzsiz, maqsadli har tomonlama foydalanishning
ijtimoiy jarayoni;
4) ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik.
Birinchi ikkita qoidani “yerdan foydalanish” ning ilmiy tushunchasiga amalda
hech qanday aloqasi yo‘qdir. Keng ma’noda yerdan foydalanishni yer resurslaridan
foydalanish va qayta tiklash sohasini o‘z ichiga olgan hamda Yerdan foydalanishni
ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik sifatida tavsiflaydigan tabiatdan foydalanish umumiy
tizimining tarkibiy qismi sifatida tushunish zarur. “Yerdan foydalanish” ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik voqeilikdir, shusiz jamiyat rivojlana olmaydi. Demak, jamiyat
rivojlanishining hozirgi bosqichida “Yerdan foydalanish”ning maqsadi, mohiyati,
mazmuni, vazifalariga va funksiyalariga umumlashgan ilmiy asoslangan yondashuv
zarur. O‘z navbatida, yer tuzish yer to‘g‘risida ilmiy bilimlar tarmog‘i sifatida
so‘zsiz, o‘zining nazariyasiga, o‘zining mazmuni va mohiyatiga egadir hamda yerdan
foydalanishni boshqarishning barcha funksiyalari kabi o‘zining xususiyatlari
doirasidagi usullari va uslublari yordamida yerdan oqilona va samarali foydalanishga
erishishga yo‘naltirilgan.
Bugungi sharoitda yer tuzish yerlardan, shuningdek, yer bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish vositalaridan oqilona va samarali foydalanishni
tashkil etishga yo‘naltirilgan davlat tadbiri sifatida gavdalanadi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish-bu xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida, tarmoqlar
ichida yerlarni taqsimlash hamda yangi yerdan foydalanishlarni vujudga keltirish va
mavjud yerdan foydalanishlar tarkibi va tizimini o‘zgartirish yo‘li bilan
foydalanishlarni takomillashtirish bo‘yicha davlat tadbirlari (ijtimoiy-iqtisodiy,
huquqiy va texnik) tizimidir. O‘zining maqsadli mohiyati bo‘yicha xo‘jaliklararo yer
tuzish quyidagilarga bo‘linadi: qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini tashkil etish
va noqishloq xo‘jalik mohiyatidagi xo‘jaliklar hududlarini tashkil etish.
Xo‘jaliklararo yer tuzishning obyektlari quyidagilardir:
xo‘jalik (korxona);
ma’muriy tuman;
o‘zlashtiriladigan yangi yer massivlari;
o‘zaro bog‘liq xo‘jaliklar guruhi (ular chegaralarini o‘zgartirish, sug‘orish va
kollektor tarmoqlarini qayta qurish).
223
Ushbu turdagi yer tuzishning vazifalari quyidagilar:
yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni tashkil etish;
ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, ya’ni mexnatni tashkil etish, ishlab
chiqarish vositalaridan foydalanish, Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish,
qishloq aholisi daromadlarini o‘stirish uchun zarur hududiy sharoit yaratish.
xo‘jaliklararo yer tuzumining mazmuni quyidagilar:
yangi qishloq xo‘jalik korxonalarini yaratish va mavjudlarini qayta tashkil
etish;
mavjud qishloq xo‘jalik korxonalarini joylashishidagi va ular chegaralaridagi
kamchiliklarni tugatish;
yangi sug‘orilgan massivlarda yangi qishloq xo‘jalik korxonalarini yaratish va
mavjudlarini qayta tashkil etish;
o‘zlashtirish uchun belgilangan yangi yerlarda qishloq xo‘jalik korxonalarini
yaratish;
yaylov chorvachiligi uchun tog‘, cho‘l va boshqa mavsumiy yaylovlarni qayta
taqsimlash;
mavjud korxonalarni qayta tashkil etish bilan yirik gidrotexnik inshoatlar
qurishlari uchun yer berish;
yirik sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik mohiyatidagi obyektlarini qurish
uchun yer uchastkalarini berish;
chiziqli inshoatlar (EUT,quvurlar va boshq.) qurish uchun yer uchastkalarini
berish;
noqishloq xo‘jalik mohiyatidagi yirik bo‘lmagan obyektlarni yaratish;
aholi punktlari chegaralarini o‘rnatish va o‘zgartirish;
yerlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar;
Xo‘jaliklararo yer tizimining ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni
oladi:
tayyorgarlik ishlari (yer tuzish qatnashchilarini aniqlash, zarur materiallarni
to‘plash va o‘rganish, yer uchastkalarining holatini o‘rganish, xo‘jaliklararo yer
tuzishni o‘tkazish sabablari va zaruriyatini belgilash, Yerdan foydalanuvchilarning
talab va istaklarini aniqlash va o‘rganish, loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish,
kelishish, tasdiqlash va olish);
Yer tuzish kameral tayyorgarligi (yer tuzish sxemasini, materiallar va
hujjatlarni o‘rganish, yer-kadastr axborotlarini, plan-xarita materialini, oldingi yillar
yer tuzish materiallarini, tuproq geobotanik, meliorotiv, yo‘l, suv xo‘jaligi va boshqa
kuzatuvlar materiallarini, yer melioratsiyasi loyihalarini, korxona xo‘jalik
faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini to‘plash);
dala yer tuzish kuzatuvi;
224
chegara belgilari va xo‘jalik chegarasini saqlanish holatini aniqlash;
yer tuzishga tortiladigan xo‘jalik yer uchastkalarining xarakterini aniqlash;
aholi punktlari, ishlab chiqarishlar, ichimlik suvi bilan ta’minlash manbaalari,
asosiy yo‘llar, boshqa inshoatlar bilan tanishish;
manfaatdor tomonlarning takliflarini aniqlash va rasmiylashtirish.
Bulardan keyin ishlab chiqarish jarayoni xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasiga
topshiriq tuzish, loyihani tuzishni, ko‘rib chiqishni va tasdiqlashni, loyihani huquqiy
jihatdan rasmiylashtirishni, joyga loyihani ko‘chirishni hamda Yerdan foydalanish
chegarasini rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ichki xo‘jalik yer tuzishi-yer, mehnat va qishloq xo‘jalik texnikasidan oqilona
foydalanish, tuproq unumdorligini va yerning boshqa foydali xususiyatlarini saqlash
va ko‘paytirish, qishloq aholisi uchun maqbul sharoit yaratish uchun rejali asosni
ta’minlaydigan qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish
bo‘yicha tadbirlar tizimidir.
Xo‘jalik hududini ichki tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- har bir yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanishni, shuningdek vaqt
va resurslarni tejash maqsadida mehnatni ilmiy tashkil etish va mashina-traktor
parkidan unumli foydalanish uchun maqbul sharoitni ta’minlaydigan hududlarni
tashkil etish shakllarini yaratish;
-tuproqlar unumdorligini saqlash va ko‘paytirish;
-tuproqlar Eroziyasi oqibatlarini tugatish, kelgusidagi Eroziya jarayonlarining
oldini olish;
-mavjud madaniy landshaftlarni hamda yangidan yaratilganlarini saqlanishini
ta’minlash;
-yerdan foydalanishdagi kamchiliklarni tugatish va xo‘jalik yuritishning ilmiy-
asoslangan tizimini joriy etish uchun tashkiliy-hududiy sharoit yaratish;
-kishilar mehnati, turmushi va dam olish sharoitlarini yaxshilash.
Ichki xo‘jalik yer tizimining tarkibiy qismlari quyidagilar:
-ishlab chiqarish bo‘linmalari va xo‘jalik markazlarini joylashtirish;
-ichki xo‘jalik yo‘l tarmoqlarini, suv xo‘jaligi va boshqa injenerli inshoatlarni
joylashtirish;
-yer turlarini tashkil etish;
-almashlab ekish tizimini tashkil etish va ular hududini tuzish;
-meva-rezavorlar va uzumzorlar hududlarini tuzish;
-yem-xashak yerlarini tuzish.
Ichki xo‘jalik yer tuzishning mazmuni quyidagilardan iborat:
-kameral tayyorgarlik ishlari (plan-xarita materiallarini tayyorlash, xarita
asoslarining masshtablarini tanlash, yer-kadastr axborotlarini to‘plash va boshq.);
225
-dala tayyorgalik ishlari;
-ishlab chiqarish bo‘linmalari va xo‘jalik markazlarini joylashtirish;
-qishloq aholisini joylashtirish tizimini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish bo‘linmalarining yer massivlarini joylashtirish;
-majmuali loyiha echimlarini iqtisodiy asoslash;
-yer tuzish loyihasini amalga oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish va berish.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni yuritish yoki bu regionning tabiiy-iqlimiy
xususiyatlarini hisobga olish bilan bog‘liqdir. Shu sababli ichki xo‘jalik yer tuzishi
regional xususiyatlarga ega. ichki xo‘jalik yer tizimining regional xususiyatlari
quyidagi o‘ziga xos hududlarda mavjud bo‘ladi:
- tuproq eroziyalarining yuqori xavfsizligida;
- sug‘oriladigan dehqonchilikda;
- quritiladigan yerlarda;
- shimoliy rayonlarda;
- yaylov chorvachiligida va boshq.
Yer tuzishining u yoki bu regional xususiyatlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan
masalalarni hal qilishning barcha holatlarida yer tuzish jarayonini amalga
oshirishning umumiy tamoyillariga amal qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |