Birinchidan
, hujjatlarni ishlab chiqishning turli
muddatliligi turli viloyatlar uchun aynan bitta muammoni hal qilishga yondashuvdagi
farqlarni aniqlaydi.
Ikkinchidan
, ko‘pgina ishlanmalar idoraviy xarakterga egadir.
Muammoni hal qilish uchun yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishni ilmiy
asoslangan bashoratlash, rejalashtirish va loyihalashni ta’minlaydigan hujjatlarning
qat’iy “yerarxiyasi”ni yaratish zarur.
Yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish tarmoqlar, vazirliklar bo‘yicha-
“vertikal”da, shuningdek respublika, viloyat, tuman, xo‘jalik bo‘yicha- “gorizontal”
bo‘yicha amalga oshiriladi. Hududlarning xususiyatlarini hisobga oluvchi va xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlovchi rejalashtirishning ushbu
ikki turining birligigina yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirishning hududiy
qirrasi tushunchasini tashkil etadi. “Gorizontal” bo‘yicha rejalashtirishgina ma’lum
218
hududni qamrab oladi va amalda hududiy rejalashtirishni tashkil etadi. Hududiy
rejalashtirishga asosan yer resurslaridan foydalanishning tarmoq rejalarini hududiy
doirasidagi asosiy ko‘rsatkichlari kiradilar (“vertikal”bo‘yicha rejalar).
Istiqbolga respublika yer fondidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardir [19,35b]:
- iqtisodiyot tarmoqlarida yer resurslarini taqsimlash va foydalanishni
takomillashtirish;
- sug‘oriladigan yerlar va suvdan foydalanish tizimini takomillashtirish;
- yerlarni sifatini va meliorativ holatini yaxshilash, ularni muhofaza qilish;
- yer-suv munosabatlariga bozor tamoyillarini, yerlarni ishlashni va ishlab
chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy etish.
Yagona davlat fondi yerlarni taqsimlash funksiyasi-yerdan foydalanishni
boshqarish tizimida muhimdir, negaki u nisbatan uzoq muddatga yer resurslardan
foydalanishni davlat siyosatini aniqlaydi. U oldingi funksiyalar materiallariga
asoslanadi hamda amaliy jihatdan jamiyat faoliyatining turli sohalarini, iqtisodiyot
tarmoqlarini, yerdan foydalanuvchilarni yer resurslariga bo‘lgan talablarini
aniqlaydi.Yerdan foydalanish tarkibini maqbullashtirish, yerdan foydalanish va qayta
tiklash bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarni iqtisodiy asoslash amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini, uni ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlanishi hamda
ularni ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishga bo‘lgan talablari iqtisodiyot
tarmoqlarida yer resurslarini qayta taqsimlashni yoki taqsimlash va frydalanishni
takomilashtirishni talab qiladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini, shuningdek jamiyat
faoliyatining boshqa sohalarini (ijtimoiy, rekreatsion va boshq.) Yer resurslariga
bo‘lgan talabni zahira yerlari hisobiga ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Ammo
bunga har doim ham erishib bo‘lmaydi, ayniqsa shahar atrof mintaqalarida bu
murakkabdir. Ko‘pincha aholi punktlari maydonlarining o‘sishi qishloq xo‘jalik
yerlaridan, shu jumladan yuqori qimmatli sug‘oriladigan maydonlardan ularga yer
ajiratish hisobiga ta’minlanadi. Qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan
maydonlardan yer ajiratishning har yillik miqdori 3-5 ming gektarni tashkil etadi, bu
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Ushbu yerlarning o‘rnini qoplash,
qoydaga binoan, yirik harajatlar evaziga qishloq xo‘jaligida kam yaroqli yangi
yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, yangidan o‘zlashtirilgan
yerlar qurilishlari uchun ajratilgan sug‘oriladigan yerlarga nisbatan past bonitet
balliga egadir. Yangidan o‘zlashtirilgan yerlar sifatini oshirish uchun yirik
miqdorlarda moddiy harajatlar zarur. Shu sababli yer resurslarini tarmoqlararo
taqsimlash (yoki qayta taqsimlash) masalalarini hal qilishda yerni ishlab chiqarish
vositasi hamda kenglik operatsion asos sifatidagi xususiyatlarini hisobga olish
muhimdir. Yakuniy natijada yer resurslarini oqilona tarmoqlararo taqsimoti mamlakat
yagona yer fondining yer toifalari tarkibida yoritiladi.
219
Do'stlaringiz bilan baham: |