A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Bilimni aniqlash uchun savollar:
1. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasidagi qonunchilik bazasini nima tashkil 
etadi? 
2. Yer qonunchiligining doimiylik xarakterining mohiyati nima? 
3. Yerdan foydalanishni boshqarish bo‘yicha yer kodeksining asosiy qoidalarini aytib 
bering. 
4. Yer resurslaridan foydalanishda huquqiy qirraning nomini aniqlang. 
5. Yer kodeksida yerdan foydalanuvchilarning huquqiy rejimi qanday ta’riflanadi? 
6. Qishloq xo‘jalik korxonalariga xo‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakli 
sifatida yer kodeksida qanday ta’rif berilgan? 
7. Bozor sharoitida yerdan foydalanishni pullilik tamoyili yer kodeksida qanday 
aniqlangan? 


206 
8. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat 
yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy qoidalarini sanab bering. 
9. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasida mavjud qonunchilik bazasi qanday 
kamchiliklarga ega?
10. Yer qonunchilik bazasi qanday yo‘nalishda takomillashtirilishi zarur? 
4.2 Yerdan foydalanishning yer-axborotli 
ta’minoti-boshqarish funksiyasi
Yerlardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilishda chuqur iqtisodiy 
mohiyatga va halq-xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan tadbir sifatida davlat yer 
kadastri muhim rol o‘ynaydi. Yer kadastrini yuritishning obyektiv xarakteri yer 
to‘g‘risidagi axborotlarga zaruriyat bilan aniqlanadi. Axborot, eng avvalo, yer 
munosabatlarini tartibga solishuchun, shu jumladan, uning yer qonunchilik ijodi, yer 
resurslaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, yer resurslarini 
tarmoqlararo taqsimlash (qayta taqsimlash), to‘la holda mamlakat bo‘yicha yerdan 
foydalanish samaradorligini baholash kabi funksiyalarni amalga oshirish uchun 
zarurdir. Ushbu axborot regional hamda mahalliy hududiy darajalarda yer 
resurslaridan foydalanishni ma’muriy boshqarishda ham qo‘llanishni talab qiladi. 
Yer kadastri yerdan samarali foydalanish va muhofaza qilishni, xalq xo‘jaligini 
rejalashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish va joylashtirish, 
yerlar melioratsiyasi, yer resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xalq 
xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshirishni axborotli ta’minlashga mo‘ljallangan yerdan 
foydalanishning 
muhim 
funksiyasi 
hisoblanadi. 
Shunday 
qilib, 
yerdan 
foydalanishning barcha funksiyalari (yer kadastridan tashqari) o‘zlarining amaliy 
jarayonida yer axborotlarini qo‘lashni talab qiladi, bu yer kadastriga yerdan 
foydalanishni axborotli ta’minlash funksiyasini beradi. Shu sababli respublikada yer 
kadastrini yuritishga yirik ahamiyat beriladi. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasining 
“Davlat yer kadastrito‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, keyinchalik respublika 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yer kadastrini yuritish 
tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ishlab chiqildi va qabul qilindi. 
Yerdan foydalanishni ko‘p kirrali xarakteri yerlarni tabiiy, xo‘jalik va huquqiy 
holatlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan turli-tuman yer-
kadastr axborotlariga zaruriyatni aniqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi 
hamda uni ushbu axborotga bo‘lgan doimiy talabi yagona tizim sifatida yer kadastrini 
rivojlanish xarakterini aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida (15-
modda) qayd qilindiki, Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy 
rejimi to‘g‘risidagi, ularni toifalari, sifat tavsiflari va qiymati to‘g‘risidagi, yer 
uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari, ularni yer egaliklari, yerdan 
foydalanuvchilar, ijarachilar va yer mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi 


207 
zaruriy va ishonchli ma’lumotlar xamdahujjatlar tizimidir. Davlat yer kadastrini 
yuritish 
topografo-geodezik, 
kartografik, 
tuproq, 
agrokimyoviy,geobotanik 
kuzatuvlar va qidiruvlar, yerlarni hisob qilish va baholashni, yer egaliklari, yerdan 
foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarni yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini 
ro‘yxatga olishni o‘tkazish asosida ta’minlanadi. 
Yer kadastritizimi nisbatan bir-biridan ajralgan, shu bilan bir vaqtda, o‘zaro 
uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita kichik tizimdan iborat: 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish