186
Bilimni aniqlash uchun savollar:
1. Sug‘orish va kollektor tarmoqlarining faoliyatini boshqaruvchi davlat
organlari tarkibini tavsiflab bering.
2. Respublikadagi sug‘orish obyektlarining tarkibini aytib bering.
3. Sug‘orish tarmoqlarining asosiy texnik ko‘rsatgichlarini sanang.
4. Sug‘orish infratuzilmalarini moliyalashning holatini tavsiflab bering.
5. Sug‘orish suvidan samarali foydalanish bo‘yicha asosiy tadbirlarni aytib
bering.
6. Respublikaning kollektor-zovur tizimi tarkibini tavsiflab bering.
7. Kollektor tarmoqlarining asosiy texnik ko‘rsatkichlarini sanab bering.
8. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tavsiflang.
9. Kollektor-zovur tizimlari faoliyatini moliyalashning holatini tavsiflang.
10.Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash fondining roli va mohiyatini
aytib bering.
3.7 Yerdan foydalanishni ma’muriy boshqarish
Yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish bilan bir qatorda yer
resurslaridan foydalanishni ma’muriy boshqarish yerdan foydalanishning ikkinchi
kichik tizimi hisoblanadi. Ushbu tashkil etuvchi ikkinchi kichik tizimning
muhimligiva o‘ziga xosligi shundan iboratki, aynan shuning vositasida davlatning
yer siyosati amalga oshiriladi, yer resurslaridan foydalanishning barcha qarorlari
amaliy jihatdan joriy qilinadi. U yerdan foydalanishni boshqarishning viloyat va
tuman darajalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida viloyat
davlat hokimiyati organlarining, Toshkent shaxrining (7-modda) va tumanlarning (6-
modda) yerdan foydalanishni boshqarish sohasidagi vakolatlari aniqlangan. Yerdan
foydalanishni boshqarishning regional (viloyat) darajasi asosan tashkiliy-taktik
xarakterdagi vazifalarni, ma’muriy tuman darajasida esa-tezkor xarakterdagi
vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Mamlakat yer kodeksining 5-moddasiga binoan, regional darajada yerdan
foydalanishni boshqarishning vazifalariga kuyidagilar kiradilar [5]:
-tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza
qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-yerlardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanish va muhofaza qilish
bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
-yer tuzishni, yer monitoringini tashkil etish va davlat yer kadastrini yuritish;
-qishloq xo‘jaligi va boshqa davlat hamda jamoat maqsadlari uchun yuridik
shaxslarga egalik, foydalanish va ijaraga yer berish;
-alohida qimmatli, mahsuldor sug‘oriladigan yerlardan tashqari, barcha yerlar
tarkibidan alohida muhofaza qilinadigan hududlar bilan band yerlarni, shahar atrofi
187
va shaharlar yashil mintaqalarini, tajriba dalalarini, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va
o‘quv yurtlari, o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlarni-o‘lchamlaridan qat’iy nazar-
ajratish;
-O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar
hamda shunga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga, vakolatxona boshlig‘ining
qarorgohini ham qo‘shgan holda, ushbu vakolatxonalar binolarni qurish uchun yer
uchastkalarini mulk qilib realizatsiya qilish;
-yer kodeksining 36-moddasiga binoan belgilangan tartibda yerlarga egalik va
foydalanish huquqlarini,shuningdek yer uchastkasiga ijara va mulkchilik huquqlarini
to‘xtatish:
-yerdan foydalanish sohasida viloyatlar, Toshkent shahri davlat hokimiyati
organlari vakolatiga kiradigan boshqa vazifalarni hal qilish.
Shunday
qilib, region darajasida yerdan foydalanishni ma’muriy
boshqarishning
mazmuni
yerlardan
oqilona
foydalanish
va
sifatini
oshirishninghududiy dasturini ishlab chiqish hamda uni o‘z vaqtida amalga oshirish
uchun shart-sharoitni ta’minlashdan iboratdir. ushbu darajadagi boshqarmaning
vazifalariga, shuningdek, yer tuzish, yer kadastr ishlarini, yer monitoringi hamda
yerlardan foydalanishni nazorat kilish, yuridik va jismoniy shaxslarga yer
uchastkalarini berish hamda ulardan ajratib olish, ulardan foydalanishning huquqiy
rejimi buzilgan hollarda yer uchastkasiga huquqlarni to‘xtatish kabi vazifalar ham
kiradi.
Yerdan
foydalanishni
ma’muriy
boshqarishning
regional
darajasida
shuningdek,birinchi galda qishloq xo‘jalik yerlarining qiymatini kadastr baholashni
nazorat qilish bo‘yicha vazifalar ham bajariladi. viloyat hokimiyati darajasida
viloyatda yerlardan agroxo‘jalik darajasini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik
yerlarini me’yoriy baholashga tuzatma koeffitsentlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul
qilinadi. Yerlarni me’yoriy baholashni bunday to‘g‘irlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer
solig‘i miqdorida yoritiladi,ya’ni yer solig‘ini undirishni tartibga solish ham regional
darajadagi yerdan foydalanishni ma’muriy boshqarishning vazifasidir.
Bundan tashqari, yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu darajasida viloyat
yerdan foydalanishning jamlanma samaradorligini baholash amalga oshiriladi.
Yerlardan foydalanish samaradorligini baholash qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi
yerlarini to‘la qayta tishlash sikli bo‘yicha, shuningdek viloyatning boshqa toifa
yerlari bo‘yicha har yili o‘tkaziladi. Bunday baholash viloyat yerlaridan foydalanish
samaradorligini aniqlash, yerdan foydalanishning qabul qilingan tizimidan yerlardan
asosiy jihatdan foydalanishdagi farqlarni aniqlash uchun, aniqlangan kamchiliklarni
tugatish,yerdan foydalanish subekttlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilish
uchun hamda ohir-oqibatda yerdan foydalanish tizimini to‘g‘rilashga zaruriyat va yer
188
munosabatlarini shularga mos tarzda isloh qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish
uchun zarurdir.
Regional darajada yerdan foydalanishni ma’muriy boshqarishda bugungi kunda
ma’lum kamchiliklar mavjud. Birinchi galda -bu tuproq unumdorligini qayta
tiklashda tizimlilikning yo‘qligiga taalluqlidir.Agroxo‘jalik tadbirlari boshqa turdagi
tadbirlar bilan kelishilmasdan amalga oshiriladi. Eroziyaga qarshi tadbirlar amalda
o‘tkazilmaydi, agroo‘rmonmeliorativ , gidrotexnik tadbirlar etarli hajmlarda
o‘tkazilmaydi, ekin maydonlarida qishloq xo‘jalik ekinlarining almashishi mavjud
emas,almashlab ekishlar yo‘q. Yer kadastrini yuritish ham kamchiliklardan holi
emas, aholi punktlari yerlarning aniq hisobi hamda ushbu yerlarni qiymat jihatidan
kadastr baholash mavjud emas, o‘tkazilayotgan tuproqlar bonitirovkasi ishlarining
natijalari etarli aniqlikka ega emas, qishloq xo‘jalik yerlarning monitoringi
o‘tkaziladi, ammo ularni sifat holatini yaxshilash bo‘yicha hal qiluvchi echimlar
yo‘q, boshqa toifa yerlarining kadastri va monitoringi amalda yuritilmaydi. Bugungi
viloyat yerdan foydalanishni jamlanma samaradorligini baholash ham mavjud emas.
Ma’muriy tuman darajasida ma’muriy boshqarishning vazifalariga quyidagilar
kiradi (2,6-modda)
-yerlardan oqilona va samarali foydalanish,tuproq unumdorligini oshirish
bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
-yerlardan oqilona foydalanishning davlat nazoratini amalga oshirish.
-sug‘oriladigan yerlar,shundan yaxshilash ishlari o‘tkazilgan pichanzorlar va
yaylovlardan, o‘rmon fondi yerlaridan, o‘rmon daraxtzorlari bilan qoplangan, sanoat,
transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlardan, suv fondi yerlaridan
tashqari yerlarni-bitta yer egaligi yoki yerdan foydalanishga 10gektargacha egalikka,
foydalanishga va ijara huquqida fuqarolarga, yuridik shaxslarga yer berish,
shuningdek yerlarni ajratib olish.
-fermer xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga fuqarolarga yer berish.
-yer uchastkasining o‘lchamlaridan qat’iy nazar-zahira yerlardan yuridik
shaxslarga,fuqarolarga egalikka,foydalanishga va ijaraga yer berish.
-savdo-sotiq obyektlari va xizmatko‘rsatish obyektlari bilan birgalikda yuridik
va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini mulk sifatida realizatsiya qilish.
-yer tuzish, yer monitoringini tashkil etish va davlat yer kadastrini yuritish.
-yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, yer ijarasi shartnomalarini, shuningdek
servitut to‘g‘risidagi bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish.
-yer kodeksining 36-moddasiga binoan belgilangan tartibda yer uchastkalariga
egalik va foydalanish huquqlarini, shuningdek ijara va mulk huquqlarini bekor qilish.
-qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni
tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatishda yer egaligi va yerdan foydalanish
masalalarini hal qilish.
189
-yerdan foydalanishni davlat boshqaruvi sohasida tuman davlat hokimiyati
organlari va vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
Yerdan foydalanishni ma’muriy boshqarishning tuman darajasida yer
uchastkalarini berish va ajratib olish bo‘yicha davlat va jismoniy hamda yuridik
shaxslar o‘rtasida aholi punktlarida va qishloq joylarida yuzaga keladigan yer
munozaralari, yer uchastkalarining chegaralarini aniqlash, sug‘orish suvini olish, yer
va suv uchun to‘lovlar, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va boshqa
qator masalalar ham hal qilinadi. Yerdan foydalanishni boshqarishning ushbu
darajasida o‘z yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilayotgan yerdan
foydalanuvchi subekttlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
shuningdek, boshqarishning ushbu darajasida yer uchastkasi, aholi punkti,umuman
ma’muriy tuman darajasida yerdan foydalanishning nomlanma samaradorligini
baholash joriy etilishi zarur.
Region darajadagidek, yerdan foydalanishni boshqarishda tuman darajasida
ham ma’lum kamchiliklar mavjud. Tuproqlar unumdorligini qayta tiklashda, yer
kadastri
va
monitoringini
yuritishda,
yerlardan
oqilona
foydalanishni
rag‘batlantirishda amaliy jihatdan ushbu kamchiliklar bu yerda ham mavjud, aholi
punktlari va umuman tuman yerdan foydalanish samaradorligini baholash mavjud
emas, yer uchastkalari bo‘yicha esa ushbu baholash asosan faqatgina iqtisodiy
samaradorlikni hisobga oladi, samaradorlikning boshqa turlariamalda hisobga
olinmaydi. Bu esa yerdan foydalanish samaradorligini to‘la (jamlanma) baholash
natijalarini yirik miqdorlarda buzadi.
Shunday qilib, agarda Yerdan foydalanishni boshqarishning birinchi va ikkinchi
kichik tizimlari vazifalarining mazmuni taqqoslansa, bundan birinchiga (yer
munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish) yerdan foydalanishni ilmiy
asoslangan tizimining parametrlarini yaratish,tashkil etish va to‘g‘irlash (parametrlari
berilgan miqdorlarda cheklanganda) joriy qilinadi, ya’ni yerdan foydalanishni
boshqarish makro darajada bo‘ladi. yerdan foydalanishni boshqarishning ikkinchi
tizimi-mikro darajadagi-yerdan foydalanish tizimining berilgan barcha parametrlari
talabalariga javob beradigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning
barcha texnologik jarayonlarini amalga oshirishni ta’minlashdan iboratdir. Demak,
makro va mikro darajalarda boshqarish nainki bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yiladi
yoki bir-birlarini takrorlaydilar, balki o‘zlarining birligida bir-birlarini to‘ldiradilar
hamda ushbu murakkab boshqarish jarayonni mumkin va samarali qiladilar.
Keyingi vaqtlarda yerdan foydalanishni boshqarishda nodavlat notijorat
tashkilotlari yirik faoliyat ko‘rsatmoqdalar va nihoyatda ahamiyatli bo‘lib
bormoqdalar. Bunday tashkilotlarga qishloq Kengashlari, fuqarolar o‘z-o‘zini
boshqarish idoralari, mahalla qo‘mitalari,suvdan foydalanuvchilar Uyushmasi (SIU)
va boshqalar kiradilar. Mahalla qo‘mitalari aholi punktlari (shaharlar va pasyolkalar)
190
yerlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etishda ko‘roq ishtirok etmoqda.
Qishloq Kengashlari qishloq xo‘jaligining kamroq qimmatli yerlaridan-pichanzorlar
va yaylov yerlardan oqilona foydalanishni tashkil etishga yirik ta’sir ko‘rsatmoqdalar.
Qayd qilish zarurki, keyingi vaqtda qishloq Kengashlari tarkibiga yer tuzuvchi
lavozimi joriy qilingan. respublika sug‘oriladigan yerlaridan foydalanishni
boshqarishda suvdan foydalanuvchilar Uyushmasi nihoyatda faol ishtrok etmoqdalar.
Ular nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘lib amalda bir yoki bir necha fermer
xo‘jaliklari Birlashmalari chegaralaridagi sug‘oriladigan yerlardan foydalanishni
boshqaradilar. SIUning asosiy vazifalariga kiradi: sug‘orish suvini ekinlar tarkibini
hisobga olgan holda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash: SIU chegarasida
sug‘orish, kollektor, yo‘l tarmoqlarini ishchi holatda tutib turish: fermer xo‘jaliklari
tomonidan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishni, ular tomonidan yer-suv
resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirilganligini nazorat qilish
va boshq. SIU assotsiatsiya a’zolar-fermerlarning badallari hisobiga faoliyat
ko‘rsatadi. Keyinchalik yerdan foydalanishning pastki darajasida nodavlat notijorat
tashkilotlarning rolini o‘sib borishiga hech qanday shak-shubha yo‘q desak xato
qilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |