A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

29-rasm.Suv iste

molchilari Uyushmasining tarkibi 
SIUni faoliyat ko‘rsatishining asosiy shartlaridan biri- suvdan foydalanuvchilar
va suvni etkazib beruvchilar o‘rtasida shartnomaviy o‘zoro munosabatlarini 
o‘rnatishdir. Suvni etkazib berish shartnomasi Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga 
olingan, belgilangan shaklda tuziladi. Shartnomada suvni etkazib berish bilan bog‘liq
barcha qirralar yoritiladi. Irrigatsiya tarmoqlari Boshqarmasi bilan suvdan 
foydalanuvchilar uyushmasi o‘rtasidagi namunaviy shartnoma O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003yil 4.09 dagi 383-sonli Qaroriga qat’iy 
muvofiq ravishda tuziladi. Rivojlangan mamlakatlarda (Italiya, AQSH, Yaponiya va 
boshq.) suv etkazib berish uchun SIU hamda uning a’zolari o‘rtasida shartnoma 
tuzish ko‘zda tutilmagan. Fermerni SIUdan ayrim holda qarash mumkin emas. SIU 
hamda uning a’zolari- fermerlar o‘rtasida o‘zaro jarima sanksiyalarini qo‘llanishi 
mumkin emas. SIU va uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar SIUning 
Nizomida ko‘zda tutilgan.SIUning xizmat ko‘rsatish hududida bo‘lgan, lekin uning 
a’zosi bo‘lmagan suvdan foydalanuvchilar suv etkazib berish uchun SIU bilan 
shartnoma tuzishga majburdirlar. Tomorqada yerlari bilan mahalla qo‘mitalari 
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan suv bilan ta’minlanadilar. 
Har qanday qishloq xo‘jalik ekinini etishtirishda mashinali sug‘orishdan 
foydalanish yirik sarf-harajatlarni talab qiladi. Shuning uchun mashinali sug‘orish 
asosan unumdor yerlarda qo‘llaniladi va bunda barcha harajatlar suvdan 
foydalanuvchilar hisobidan qoplanadi. Ammo davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish uchun mashinali sug‘orishdan foydalanishda barcha 
SIU a’zolarining umumiy 
majlisi 
SIU Kengahi 
(5 kishi) 
Taftish hay’ati 
(3 kishi) 
Ijrochi direktor 
SIUning yollangan
mutaxassislari va 
ischilari 


195 
xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003yil 4.09dagi 383-
sonli qaroriga muvofiq (2005yil 26maydagi 133-sonli Qororidagi tuzatmalar bilan) 
tayyorlov tashkilotlari tomonidan qoplanishi zarur. Buning uchun davlat 
buyurtmasini bajaruvchilar buyurtma berilgan mahsulotni ishlab chiqish bo‘yicha 
mashinali sug‘orishga sarflangan harajatlar to‘g‘risida “Paxtasanoat” yoki 
“O‘zdonmahsulot”ga ma’lumotnoma beradi. SIUning faoliyati SIU hududida 
joylashgan suvdan foydalanuvchilar (fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa 
uchastkalari va boshq.) badallari hisobiga amalga oshiriladi. Badallar a’zolik, joriy 
hamda rivojlanishga bo‘linishi mumkin. SIUni tashkil etish bilan bog‘liq harajatlar 
(muhr va shtampni tayyorlash, SIUni davlat ro‘yxati va boshq.) a’zolik badallari 
hisoblanadi. Joriy badallar (a’zolik) SIUdagi yollanma ishchilarni ushlab turish uchun 
belgilanadi. Rivojlantirish maqsadlari uchun belgilanadigan badallar ta’mirlashga, 
qayta turishga va sug‘orishni ilg‘or texnologiyalarini qo‘llashga sarflanadi. 
Joriy badallarning miqdori olinadigan suvning hajmiga bog‘liqdir. Xizmat 
ko‘rsatiladigan maydonda bir xil ekinlar (paxta,bug‘doy) joylashgan taqdirda suvdan 
foydalanuvchilardan badallar gektarli ta’rif bo‘yicha (so‘m/ga) to‘planadi. SIUda suv 
o‘lchagich asboblarini bo‘lmaganligi sababli badallar amalda gektar bo‘yicha tarifga 
asosan to‘planadi. Badallar 20000dan 200000 so‘m/ga gacha farq qiladilar. 
Rivojlantirish maqsadlaridagi badallar irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va 
inshoatlarining balans qiymatidan amortizatsiya ajratmalarining miqdoriga qarab 
aniqlanadi. 
O‘zbekistonda SIU asosan qaytadan tashkil etilgan qishloq xo‘jalik 
korxonalari (shirkatlar) hududida tashkil etilgan. Ushbu xo‘jaliklarni qayta tashkil 
etish chog‘ida tuman hokimining qarori bo‘yicha tugatish hay’ati tashkil etilgan. 
Oldingi xo‘jalikning barcha asosiy fondlari va vositalarini, shu jumladan suv xo‘jaligi 
obyektlarini qayta baholash ularning vazifasiga kirgan. Tugatish hay’ati tomonidan 
SIUning balansiga beriladigan qayta baholangan asosiy fondlarning qaydnomasi 
tuziladi. Respublika bo‘yicha jami 70 foiz SIU o‘zining moddiy-texnik bazasiga, 
texnikalar va qurilmalar sotib olish uchun kredit olish imkoniyatiga ega emas. shu 
sababli SIUga kredit resurslarini olishimkoniyatlarini berish tavsiya qilinadi. Bugungi 
kunda SIU hali ham tiklanish bosqichida, iqtisodiy jihatdan kam quvvatli hamda 
sug‘orish tarmoqlarini texnik soz holatda ushlab turish uchun texnik vositalarga 
deyarli ega emas. 
Respublikada qabul qilingan tashkiliy-hududiy boshqarish, suvni transportirovka 
qilish va suvdan foydalanuvchilarga (fermerlarga) suvni etkazib berilishiga qarab 
sug‘orish tarmoqlari quyidagi darajalarga bo‘linadi: 
- suv maydonlari va suv tashish uchun magistral kanallar-STBBlari (1-daraja); 
- suvni tashish uchun xo‘jaliklararo kanallar va ichki xo‘jalik sug‘orish 
tarmoqlariga uni taqsimlash- STB lari (2-daraja); 
- ichki xo‘jalik sug‘orish tarmog‘i suvni suvdan foydalanuvchilarga taqsimlaydi- 
SIU (3-daraja); 


196 
- suvdan foydalanuvchining dalasiga suv berish uchun uchastkali sug‘orish 
tarmog‘i (fermer xo‘jaligi)- SF (FX)- (4-daraja). 
STBB chegarasida, 1-darajada, sug‘orish tarmoqlarini ishchi holatda tutib turish 
harajatlariga quyidagilar kiradi: magistral kanallarni tozalashga harajatlar (X
I-toz
), 
magistral kanallarni ta’mirlash harajatlari (X
I-t.k
), magistral kanallardagi inshoatlarni 
ta’mirlashga xarajatlar (X
I-t.i
), STB ma’muriyatini saqlab turish harajatlari (X
I-
ma’m
).STB chegarasida, 2-darajada, sug‘orish tarmoqlarini ishchi holatda tutib turish 
harajatlariga quyidagilar kiradi: xo‘jaliklararo kanallarni tozalashga harajatlar (X
II-toz
), 
xo‘jaliklararo kanallarni ta’mirlash harajatlari(X
II-t.k
), xo‘jaliklararo kanallardagi 
inshoatlarni ta’mirlash harajatlari (X
II-t.i
), STB ma’muriyatini saqlab turish harajatlari 
(X
II-ma’m
). 3-darajada, SIUchegarasida sug‘orish tarmoqlarini ishchi holatda tutib 
turish harajatlariga quyidagilar kiradi: ichki xo‘jalik kanallarini tozalashga harajatlar 
(X
III-toz
), ichki xo‘jalik kanallarini ta’mirlash harajatlari (X
III-t.k
), ichki xo‘jalik 
kanallaridagi inshoatlarni ta’mirlashga harajatlar (X
III-t.i
), SIU xodimlarini tutib turish 
xarajatlari (X
III-x
). SFlar chegarasida, 4-darajadagi uchastkali sug‘orish tarmoqlarini 
tutib turish harajatlariga kiradilar: uchastka sug‘orish kanalini tozalash harajatlari 
(X
VI-toz
), uchastka sug‘orish kanalini ta’mirlash harajatlari (X
VI-t.
), uchastka sug‘orish 
kanalidagi inshoatlarni ta’mirlash harajatlari(X
VI-t.i
), suvga resurs sifatidagi to‘lovlar 
(X
VI-res
), suv solig‘i(X
VI-soliq
). 
STBB lari va STBlar o‘z faoliyatlarini byudjet vositalari hisobiga amalga 
oshiruvchi davlat tashkilotlaridir, magistral va xo‘jaliklararo kanallar ham bugungi 
kunda davlat byudjeti hisobiga ushlab turiladi. SIU- suvdan foydalanuvchilarning 
uyushgan badallari hisobiga faoliyat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar, iqtisodiy 
jihatdan suvdan foydalanuvchilar (fermerlar)ning to‘lov qobiliyatlariga bog‘liq 
hamda ichki xo‘jalik tarmoqlarini mustaqil ravishda tutib turish imkoniyatiga ega 
emas. suvdan foydalanuvchilar (FX) uchastka sug‘orish tarmog‘ini tutib turish, suvga 
haq to‘lash, SIU ishlab-chiqarish hodimlarini tutib turish harajatlarini amalga 
oshiradilar. 
Sug‘orish suviga limitning hajmi barcha rivojlangan mamlakatlarda amaliy 
jihatdan qishloq xo‘jalik suvidan foydalanuvchilariga bepul beriladi. Bu holat shu 
bilan tushuniladiki, sug‘orish suvi tabiiy resurs sifatida bahoga ega emas. 
O‘zbekistonda ham suv limiti, o‘z tarkibiga sho‘r yuvish suvini ham qo‘shganiholda 
va regionlar bo‘yicha tabaqalangani xolda fermerlarga bepul beriladi. 
Sug‘orish suvini bozor bahosini belgilash va limitlangan suv uchun suvdan 
foydalanuvchilarga ma’lum bir to‘lovlarni kiritish zarur.Yerning bahosi ham tabiiy 
resurs sifatida irratsional tushuncha hisoblanadi. Ammo Yerni bozor munosabatlariga 
tortish uni bozor bahosini belgilashga olib keldi. SHu munosabat bilan sug‘orish 
suviga bozorni vujudga keltirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kuchaytirish zarur. 
Suvdan 
foydalanishda 
bozor 
munosabatlarining 
dunyo 
tajribasi 
belgilanganlimitdan ortiq suv hajmiga suvdan foydalanuvchilarning to‘lovini ko‘zda 
tutadi. Uni to‘lash ko‘pgina davlatlarda turlicha amalga oshiriladi, ammo amalda 


197 
barcha joyda u progressiv xarakterga ega, limitdan oshiq suv xo‘jaligining bazaviy 
bahosi u yoki bu tezlikda o‘sib boradi. O‘zbekistonda limitdan oshiqcha suvdan 
foydalanganlik to‘lovlari hali amaliyotga kiritilmagan. Uni amaliyotga joriy qilish 
tashkiliy-texnik, iqtisodiy va huquqiy tayyorgarlikni talab qiladi. 
Texnik jixatdansuvdan foydalanuvchilar uchastka sug‘orish kanallaridagi barcha 
suv chiqarish qurilmalari, suv o‘lchash asboblari (nazoratli-o‘lchov asboblari-NO‘A) 
bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Har bir SIUdagi ichki xo‘jalik sug‘orish tarmog‘i 
ham NO‘A bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. O‘lchov asboblarining aniqligi ancha 
oshirilishi zarur.
Sug‘orish suvini tashishga to‘lovlar ikkita tashkil etuvchidan iborat: sug‘orish 
tarmoqlarini ichki holatda tutib turishga to‘lovlar va SIU hodimlariga haq to‘lash. 
Birinchi tashkil etuvchi sug‘orish tarmoqlari va ulardagi inshoatlarni ta’mirlashga 
haqni, shuningdek tarmoqni tozalash qiymatini o‘z ichiga oladi. Turli mamlakatlarda 
ushbu turdagi to‘lovlar turlicha nomlanadi: suv solig‘i, suvning qiymati, suvdan 
foydalanuvchiga suv etkazib berish qiymati, suvdan foydalanuvchining yer 
uchastkasiga suvni tashish qiymati. O‘zbekistonda ushbu xildagi to‘lovlar suvni 
tashish to‘lovlari deb ataladi. Bu tulovlar deganda sug‘orish kanallarini ishchi holatda 
tutib turish harajatlari va SIU hodimlariga xaq to‘lash tushuniladi. To‘lovlarni 
ikkinchi tashkil etuvchisi-SIUning ishlab-chiqarish hodimlari mehnatiga haq 
to‘lashdir. Buni tutib turish uchun suvdan foydalanuvchilarning har yilgi badallari 
ko‘zda tutiladi. 
Respublikada bugungi kunda suvdan foydalanuvchilar badallarini to‘plash 
tizimsizligini hisobga olgan holda uni zaruriy me’yoriy hujjatlar (masalan, SIU 
to‘g‘risidagi qonun) bilan qonunlashtirib majburiylik xarakterini berish zarur. Suv 
uchun barcha turdagi to‘lovlar majburiy xarakterni olishi zarur. Limitlangan va 
limitdan ortiqcha suvni litsenziyalash mexanizmini kiritish maqsadga muvofiq, bunda 
suvdan foydalanuvchilar qishloq xo‘jalik yilining boshlanishida suvga litsenziyalar 
sotib oladilar. Suv hajmi majburiy tartibda ushbu region uchun belgilangan limitni va 
suvdan foydalanuvchining ixtiyoriga qarab limitdan ortiqcha suv hajmini o‘z ichiga 
oladi. Bundan tashqari, litsenziyaning qiymatiga SIU ishlab chiqarish hodimlariga 
haq to‘lash uchun badallar ham kiradi.
Suvga litsenziyani markazlashgan holda, yil boshida suv tizimlari bo‘yicha 
sotish, birinchidan, suvdan foydalanuvchigi suvning limit hajmini olishga kafolat 
beradi. ikkinchidan oldinda turgan qishloq xo‘jalik yilini suvlik darajasidan kelib 
chiqqan holda (mutaxassislarning baholash bo‘yicha) suvdan foydalanuvchi o‘z 
xoxishiga ko‘ra limitdan oshiqcha zaruriy hajmdagi suvni birdaniga sotib olishi 
mumkin. Uchinchidan, suvdan foydalanuvchilar SIUning ishlab-chiqarish 
hodimlarini tutib turish byudjetiga yilning oxirida birdaniga badallarni amalga 
oshiradilar. Suvdan foydalanish uchun barcha turlardagi to‘lovlar o‘zlarining suv 
tizimlari bo‘yicha markazlashgan holda yil boshida amalga oshiriladi. 


198 
Litsenziyaning egasi zaruriy hollarda ma’lum xajmdagi suvga kuponni berish 
yoki sotish bilan o‘zining Uyushmasidagi boshqa suvdan foydalanuvchiga o‘z suvini 
bir qismini berishi (sotishi) mumkin. Xo‘jalikdagi tejalgan suvni oldi-sotdi qilish 
imkoniyati vujudga keladi, bu bozor tomoyillariga javob beradi, sug‘orish suviga 
bozorni shakllantirishga, tizim bo‘yicha sug‘orish suvidan samarali foydalanishga 
imkon beradi. Bunda harakatlar SIU, STB va STBB ishlab chiqarish hodimlarining 
aralashuvisiz bozorda amalga oshiriladi. 
Suvdan foydalanish tizimini yaxshilashda, suvdan va sug‘oriladigan Yerlardan 
foydalanish samaradorligini oshirishda, shuningdek fermer xo‘jaliklari daromadlarini 
ko‘paytirishda STBB, STB va SIU ishlab chiqarish hodimlarini manfaatdorliklarini 
rag‘batlantirishning qandaydir bir mexanizmi bugungi kunda mavjud emas. SIU 
ishlab chiqarish hodimlari manfaatdorligini SIU chegarasidagi fermer xo‘jaliklari 
daromadlarini oshishi bilan, STB hodimlarini-sug‘orish tizimi (ST) chegarasidagi 
fermer xo‘jaliklari daromadlarini oshirish bilan, STBB hodimlarini-STBB 
chegarasidagi fermer xo‘jaliklari daromadlarini oshishi bilan bog‘lash maqsadga 
muvofiqdir. Hodimlar manfaatdorligini fermer xo‘jaliklari daromadidan foizlarda 
yoritish maqsadga muvofiq (masalan,0,5% yoki 0,25% va xok.). SIU, STB va STBB 
ishlab-chiqarish hodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan vositalarni taqsimlash SIU,STB va 
STBB xizmat ko‘rsatadigan xo‘jaliklar miqdorlariga va sug‘oriladigan yerlar 
maydoniga mos tarzda proporsional ravishda amalga oshiriladi.
Suvni litsenziyalash mexanizmi hamda ortiqcha foydalanilgan suv bilan bozor 
harakatlari suv hisobini aniqligini ancha oshirishni talab qiladi. Sug‘orish suvi 
hisobini aniqligini asoslash hamda suvdan foydalanuvchilarning barcha suv 
chiqaruvchi qurilmalarini ularga mos aniqlikdagi nazoratli-o‘lchov asboblari (NO‘A) 
bilan ta’minlash zarur. Suvdan foydalanuvchiga o‘z vaqtida va to‘la miqdorlarda suv 
etkazib bermaganlik uchun jarima sanksiyalarini qayta ko‘rib chiqish talab qilinadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish