A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

27-rasm. Suv xo‘jaligi Bosh boshqarma bo‘linmalariga sug‘orish kanallarini va 
kollektor-zovur tarmoqlarini biriktirish 
Suvdan foydalanuvchilarning huquqiy rejimi o‘rnatildi. Ular huquqlari ichida 
etkazib beriladigan suvni miqdori va sifatini tekshirish shartnoma bo‘yicha 
olinmagan suv uchun o‘rnini qoplash talabi ayniqsa muhimdir. Suvdan 
foydalanuvchilar majburiyatlari ichida suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni 
muhofaza qilish, suvni iqtisod qilish, suv iste’moli limitiga rioya qilish kabilar 
muhimdir. Mamlakat suv tizimini zaruriy darajada ushlab turish uchun, limitlangan 
iste’mol bilan bir qatorda suvdan foydalanishda to‘la yoki qisman to‘lovni joriy etish 
ko‘zda tutilgan. 
Qishloq xo‘jaligi suvdan foydalanuvchilarining majburiyatlari quyadagilardir: 
- suvdan foydalanishning o‘rnatilgan limitlariga me’yorlar, qoidalari va 
rejimiga rioya qilish, olinadigan suvning hisobini yuritish; 
- ichki xo‘jalik sug‘orish va kollektor-zovur tarmoqlarini hamda ulardagi 
inshoatlarni texnik soz holatida saqlash. Xo‘jaliklararo tizimini soz holatida saqlab 
QSXB 
Bosh 
boshqarma 
STBB (10) 
MKB (10) 
STB (52) 
ABTI1407) 
Fermer va 
dehqon 
xo’jaliklari 
Suv 
omborlari, 
nasos 
stantsialari 
va boshq. 
Magistral 
kanallar 
Xo’jaliklararo 
kanallar 
Ichki 
xo’jalik 
tarmoqlari 
Uchastka 
tarmoqlari


165 
turish uchun suvdan foydalanuvchilar belgilangan tartibda irrigatsiya-melioratsiya 
ishlariga jalb qilinadi;
- meliorativ yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish hamda ularning qishloq 
xo‘jalik ekinlarini maqbul sug‘orish rejimini ushlab turish; 
- suvni tejash texnalogiyalarini hamda ilg‘or sug‘orish texnikalarini joriy etish 
yo‘li bilan sug‘orish usullari va uslublarini takomillashtirish; 
- suvdan foydalanish samaradorligini oshirish; 
- suvdan foydalanish monitoringini yuritish. 
Suv fondi yerlari, xo‘jaliklararo kanallar va inshoatlar yerlari, sug‘oriladigan 
yerlar konturidagi yer osti suvlarini olish joylari, yerdan foydalanishning qanday 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida ekspluatatsiya 
qilinadi hamda xususiylash tirilmaydi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlarni 
isloh qilish hamda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish xo‘jaliklar yer uchastkalarini 
anchagina maydalashib ketishiga olib keldi. Buning natijasida qishloq xo‘jalik 
korxonalarining oldingi ichki xo‘jalik meliorativ tarmoqlari suvdan foydalanuvchilar 
uyushmasi (SIU) ixtiyoriga o‘tdi, fermer xo‘jaliklariga esa faqatgina uchastka 
tarmoqlari va zovurlar biriktirildi. 
Bugungi kunda mamlakat tizimini boshqarish QSXV ning suv xo‘jaligi Bosh 
boshqarmasi hamda boshqarishning basseynli tamoyili bo‘yicha tashkil etilgani 
uchun hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning suv basseyni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv xo‘jaligi Bosh boshqarmasiga (QSXV SXBB) bo‘ysunuvchi 10 
sug‘orish 
tarmoqlarining 
basseynli 
boshqarmasiga 
bo‘lingan. 
Sug‘orish 
tarmoqlarining boshqarmalari (STB) tashkil etildi, ularga magistral kanallar 
Boshqarmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadilar (28-rasm). 
28-rasm. Suv xo‘jaligini boshqarishning tashkiliy-hududiy tarkibi 
QSXB 
Suv xo’jaligi Bosh boshqarmasi 
STBB (10) 
MKB(10) 
STB (52) 
SIU(1407) 
Suv istemolchilari 


166 
Suv xo‘jaligi Bosh boshqarmasi mamlakatda suv siyosatini ishlab chiqadi. U 
tomonidan suv resurslarining balansi tuziladi, suv manbalaridan olinadigan suvning 
limiti, shuningdek STBB dan olinadigan suvning limiti, suvdan foydalanuvchilar 
hisoblangan iqtisodiyot tarmoqlarining limiti belgilanadi.
Suv xo‘jaligi obyektlari majmuasini takomillashtirish, uni zaruriy holda 
ekspluatatsiyasini ta’minlash, suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash ishlarini tashkil 
etish (suv omborlari, irrigatsiya–melioratsiya tizimlari va inshoatlari, nasos 
stansiyalari, quduqlar, EUL, aloqa liniyalari, transformatorlar, kichik stansiyalar) 
SXBB ning asosiy vazifalariga kiradi. 
SXBB suv va meliorativ kadastrlani yuritishni, sug‘oriladigan yerlar va 
ularning meliorativ
holatining hisobini amalga oshiradi, suv, energetika va boshqa 
madaniy- texnik resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi. 
STBBning muhim funksiyalaridan biri-mamlakat suvdan foydalanishida bozor 
tamoyillari va mexanizimlarini joriy etishdir. 
SXBB sug‘orish kanallarini faoliyatini boshqarish suv xo‘jaligi obyektlarini-
suv omborlari, irrigatsiya–melioratsiya tarmoqlari va inshoatlari, nasos stansiyalari, 
quduqlar, EUL, aloqa liniyalari, transformatorlari, kichik stansiyalarni ta’minlash 
vositasida amalga oshiriladi, bunda shu bilan birga, sug‘orish tarmoklarini ishonchli 
ishlashi uchun texnik va moliyaviy sharoit yaratiladi. 
Sanab o‘tilgan ishlarni moliyalash, shuningdek SXBB ishlab chikarish 
hodimlarini saqlab turish faqatgina davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.Ushbu 
sarf-xarajatlar qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishga yunaltirilgan qishloq xujaligi 
davlat dotatsiyasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishidan olinadigan 
daromadlar belgilangan hisobotlarda tovar ishlab chiqaruvchilar (fermer va dexqon 
xo‘jaliklari)da tovar ishlab chiqaruvchilar asosiy suv xo‘jaligi obyektlarini ish holatda 
ushlab turishga sarflanadigan harajatlarda ulush sifatida qatnashmaydilar. Bundan 
tashqari, asosiy suv xo‘jalik obyektlarini zaruriy ishchi holatda ushlab turish bilan 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning natijalari o‘rtasida iqtisodiy aloqa (bog‘liqlik) 
yo‘k. SXBB ishlab chiqarish hodimlarini suv xo‘jaligi obyektlarini aniq va ishonchli 
ishlashini ta’minlashdan manfaatlari mavjud bo‘lmaydi. 
Sug‘orish 
tarmoqlarining 
baseynli 
boshqarmasi 
(STBB) 
SXBBga 
bo‘ysunadigan, ishlab chiqarish-xususiy tashkilot sifatida irrigatsiya tizimlari va 
inshoatlarini 
texnik 
jihatidan 
qayta 
qurollantirish, 
moderizatsiya 
qilish, 
rekonstruksiya qilish, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari magistral kanallar alohida 
yirik ahamiyatli suv xo‘jaligi obyektlari, viloyatlar va tumanlar bo‘yicha suv olish 
limitlarini belgilash, resurslarni tejash texnalogiyalarini, suvdan foydalanishning 
bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish xamda amalga oshirish kabi o‘zining 
qator mahsulotlariga egadir.


167 
Suv xo’jalik tizimini suv o‘lchash va hisob qilish vositalari bilan ta’minlash, 
suv resurslaridan foydalanishni boshqarishda zamonaviy aloqa tizimlarini, 
avtomatika va telyemexanikani joriy etish, ularni meteorologik ta’minoti, irrigatsiya 
tarmoqlarini zaruriy darajada ekspluatatsiya uchun tayyorlash va doimiy ishchi 
holatida saqlash, suv resuslari balansini tuzish, STBB ning asosiy vazifalari 
hisoblanadi. SHu bilan birga STBB basseyn bo‘yicha to‘la holda suv olish va suvni 
etkazib berishning hisobi, magistral kanallar (tizimlar), sug‘orish tarmoqlariga suv 
etkazib berishning hisobi, belgilangan limitlarga rioya qilish va suv resurslaridan 
oqilona foydalanish bo‘yicha nazoratni, basseyn bo‘yicha suv kadastrini yuritishni 
amalga oshiradi. 
STBB tomonidan sug‘orish kanallarini ishlab turishini boshqarish sug‘orish 
tarmoqlari va inshoatlarni modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish, texnik 
jihatdan qayta qurollantirish shakllarida amalga oshiriladi. Sug‘oriladigan yerlarining 
maydoni bo‘yicha eng quvvatli STBBiga Quyi- Amudaryo (39ming km), Zarafshon 
(22ming km), Sirdaryo-Sox (21ming km) hisoblanadi. 
Ushbu holatdagi xarajatlar sarfi suv xujaligi tizimlarini suv o‘lchovi va 
hisobining texnik vositalari bilan qurollantirish, suv resurslaridan foydalanishni 
boshqarishda zamonaviy aloqa tizimlari avtomatika va telyemexanikani joriy etish 
hamda ularni metrologik ta’minoti bilan bog‘lik. Asosiy suv xo‘jaligi obyektivlarini 
moliyalashdagi singari bu holatda ham boshqa manbaalardan va ayniqsa tovar ishlab 
chiqaruvchilar-suvdan foydalanuvchilar tomonidan qo‘shimcha moliyalash mavjud 
emas shuningdek STBBning manfatlari bilan tavar ishlab chiqaruvchilar-suvdan 
foydalanuvchilar o‘rtasida iqtisodiy bog‘liqlik (aloqa) mavjud emas. Amaliyot 
ko‘rsatadiki, sug‘orish tarmoqlari va inshoatlarini modernizatsiyalash qayta qurish 
hamda texnika jihatdan qayta qurollantirishga sarflanadigan harajatlar etarli emas. 
SHu sababli ham sug‘orish tarmoqlarining texnik jihatidan qurollanishi qoniqarli 
emas. 
Magistral kanallar boshqarmasi (MKB) STBB tomonidan tasdiqlangan 
limitlarga muvofiq STBga suv uzatishni amalga oshiradi, STB va suv hamda elektr 
energiyasi etkazib berish chun nasos stansiyalari, energetika va aloqa idoralari bilan 
shartnomalar tuzadi. MKB ichki tizim nasos stansiyalari va agregatlarni 
ekspluatatsiya rejimini o‘rnatadi, suv xo‘jaligining umumiy holatiga qarab sug‘orish 
tarmoqlariga suv uzatish grafigini to‘g‘rilaydi, suv xo‘jaligi tizimini ishonchli
ekspluatatsiyasini ta’minlaydi, tizim bo‘yicha suv uzatish suv olishni hisobini amalga 
oshiradi, tizim bo‘yicha suv resuslari balansini tuzadi, suvdan foydalanishga bozor 
tamoyillari va mexanizmlarini joriy etishni ta’minlaydi. 
MKB magistral kanallarni zaruriy daromadagi suv o‘lchagich qurilmalari
bilan ta’minlaydi, suv resuslaridan foydalanishni boshqarishda aloqa tizimlarini, 


168 
avtomatika va mexanikani joriy etadi va takomillashtiradi, kanallarni kapital va joriy 
ta’minlash bo‘yicha majmualar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi. 
Magistral kanallarni ishchi holatida ularni texnik vositalar bilan ta’minlash va 
modernizatsiya qilish davlat va mahalliy byudjetlar hisobiga amalga oshiriladi, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi tovar ishlab chikaruvchilar Ushbu 
ishlarni moliyalashda ulushli ishtirok etilmaydi. Davlat byudjetida bugungi kundagi 
moliyalash, aytish mumkinki, umuman etarli emas. Natijada magistral kanallarning 
aksariyat qismi o‘zlarini qayta tiklashlarini talab qilmoqda. Bundan tashqari, 
ta’minlash va tozalash ishlarini amalga oshirish uchun MKB etarli idoralardagi 
meliorativ texnikaga ega emas. 
Magistral kanallar ishlab turishning muhim jihati-bu suvni uzatish xarakteridir. 
Bu odatda ikki turli-o‘z oqishi va mashina yordamida bo‘ladi. Qayd qilish zarurki, 
ikkinchi holatda elektr-energiya iste’moliga yirik miqdorda harajat sarflanadi. Bu 
xususiyat suvni mashina yordamida uzatishdagi moliyalashni ko‘paytirishni talab 
qiladi, shuningdek sug‘orish tarmoqlarini ishlash samaradorligi va qishloq xo‘jali 
mahsulotlarining tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Sug‘orish tarmoqlari boshqarmasi (xo‘jaliklararo sug‘orish kanallari 
yordamida)- STB suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasiga ajratilgan suv limitini o‘z 
vaqtida etkazib berishni amalga oshiradi, sug‘oriladigan hududlarni (birlamchi va 
ikkilamchi suvdan foydalanishlarni qo‘shgan holda) o‘lchov asboblari bilan 
ta’minlaydi, suvdan foydalanish navbatlarini tashkil etadi, suvni iqtisod qilish 
bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, suvni etkazib berish bo‘yicha birlamchi suvdan 
foydalanuvchilar o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi. 
Xo‘jaliklararo kanallarni zaruriy miqdordagi suv o‘lchov asbob va qurilmalari 
bilan ta’minlashni boshqarishda aloqa tizimlarini, avtomatika va telyemexanikani 
joriy etish va takomillashtirish, kanallarni kapital va joriy ta’minlash bo‘yicha 
kompleks tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish MKBning asosiy vazifalari 
hisoblanadi. 
Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari SIU ajratilgan milliy ikkilamchi suvdan 
foydalanuvchilarning suvdan foydalanish rejasini tuzadilar, ichki shartnomaga 
muvofiq fermer va dehqon xo‘jaliklariga maqsadli suv taqsimotini amalga 
oshiradilar, dalalar va sug‘orish tomorqalaridan suvni yo‘qotilishini oldini oladilar, 
ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarini, inshoatlar va ulardagi suv o‘lcho‘v asboblarini 
o‘z vaqtida ta’mirlashni amalga oshiradilar. 
SIU o‘zlarida mavjud bo‘lgan meliorativ texnikalardan foydalangan xolda 
yoki ta’mirlash ishlarini bajarish uchun STB bilan shartnoma tuzgan holda ichki 
xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tozalash ishlarini amalga oshiradi. 
SIU ishlab chiqarish hodimlarini ushlab turish, ichki xo‘jalik sug‘orish 
tarmoqlarini ta’mirlash fermerlar va dehqon xo‘jaliklarining badallari hisobiga 


169 
amalga oshiriladi. Ko‘pincha badallar o‘z vaqtida, to‘la miqdorlarda to‘lanmaydi, 
natijada bu hol ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarining sifati holatiga hamda SIU 
hodimlarning mehnatiga haq to‘lashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
SIU nodavlat va notijorat mamlakatdir, ularni moliyaviy manbaalari asosan 
sug‘orish xizmatlari uchun assotsiatsiya a’zolarining badallari, SIU ishlab chiqarish 
hodimlari mehnatiga xaq to‘lash badallari, shartnoma asosidagi xizmatlarga haq 
to‘lash (suvni transportirovkasi uchun to‘lovlar), shuningdek davlat va boshqa 
manbaalardan bo‘lishi mumkin bo‘ladigan grantlardan iboratdir. Suvdan 
foydalanishni rejalashtirishda davlat suv kadastiri ma’lumotlarini, suv xo‘jaliklari 
balanslarini, suvlardan kompleks foydalanish va muhofaza qilish sxemasi 
ma’lumotlarini hisobga olish zarur. Davlat suv kadastri bu miqdoriy va sifat 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha suvlarni hisob qilish, suvdan foydalanishni ro‘yxatga olish 
va suvlardan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlarning to‘plamidir. Suv xo‘jalik 
balanslari suvni mavjudligi va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar 
basseynlari va iqtisodiy rayonlar bo‘yicha tuziladi. Suvlardan kompleks foydalanish 
va muhofaza qilishning Bosh va basseynli (hududiy) sxemalari oholi va xalq 
xo‘jaligini suvga bo‘lgan istiqboldagi talablarini qondirish va sirlarini muhofaza 
qilish bo‘yicha asosiy suv xo‘jaligi va boshqa tadbirlarni aniqlaydilar. Suvlar 
manitorigi, shu jumladan yer osti suvlari monitoring bu o‘zgarishlarni o‘z vaqtida 
aniqlash, ularni baholash, ogohlantirish hamda salbiy jarayonlarni tugatish uchun 
suvlarning holatini kuzatish tizimidir. 
O‘zbekiston Respublikasida suv monitoring davlat boshqaruvining maxsus 
vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qoshidagi gidrometorologiya xizmati Markazi O‘zbekiston hududidagi 
barcha suvlar monitoringni amalga oshiradi. Suv monitoringi alohida turlarini 
quyidagi organlar amalga oshiradilar. 
-Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi- yer usti suvlari; 
-O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resuslar bo‘yicha Davlat 
qo‘mitasi-yer osti suvlari; 
-sanoatda va tog‘-kon nazoratida ishlarni xavfsiz olib borishni nazorati bo‘yicha 
Davlat inspeksiyasi-termal va mineral suvlar. 
Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni nazorati boshqarishni tarkibiy qismi 
bo‘lgan holda quydagi turlarga bo‘linadi; davlat, idoraviy, ishlovchi qarshi va 
jamoatchilik. Suvdan foydalanish va muxofaza qilishning davlat nazoratini vazifasi 
barcha 
vazirliklar, 
davlat 
qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, 
mulkchilikning barcha turlaridagi tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda 
fuqorolar tomonidan suvdan foydalanishni belgilangan tartibiga rioya qilinishini, 
suvlarni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishini, ularni zararli 
ta’siridan ogohlantirishni tugatishni, suvlani hisobini, yuritish tartibini, shuningdek 


170 
suv qonunchiligida belgilangan boshqa qoidalarni ta’minlashdan iboratdir. Suvdan 
foydalanish va muhofaza qilishning davlat nazoratini mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat 
qo‘mitasi, sanoatda va tog‘-kon nazoratida ishlarni xavfsiz yuritishni nazorati 
bo‘yicha Davlat inispeksiyasi, Sog‘liqni saqlash Vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi 
Vazirligi amalga oshiradilar. Suvdan foydalanishni idoraviy nazoratini O‘zbekiston 
Respublikasi geologiya va mineral resuslar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va boshqa 
vazirliklar hamda idoralar amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish nazoratini suvdan 
foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining korxonalari, muassasalari 
hamda suvdan foydalanuvchilar amalga oshiradilar. Jamoatchilik birlashmalari, 
jamoalar o‘zlarining Nizomlariga muvofiq hamda fuqarolar suvdan oqilona 
foydalanish va muhofaza qilishni jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga 
haqlidirlar. Bundan tashqari, jamoat birlashmalari, fondlar, jamiyatlar, respublika, 
xalqaro va boshqa ahamiyatdagi assotsiatsiyalar o‘zlarining nizomlari hamda 
qoidalariga muvofiq suvdan oqilona foydalanish va muxofaza qilish bo‘yicha 
samarali tadbirlarni joriy etishni mukofotlashlari va rag‘batlantirishlari mumkin. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari amaliyoti ko‘rsatadiki, suvdan foydalanish va 
muhofaza 
qilishni 
nazoratini 
amalga 
oshirishda 
jamoat 
birlashmalari, 
tashkilotlarining ishtirok etishi nihoyatda yirik ijobiy natijalarni bermoqda. 
Suvdan foydalanish deganda belgilangan maqsadlar uchun jismoniy va yuridik 
shaxslar tomonidan suv resuslaridan foydalanish tushuniladi. Ammo suv resuslari 
boshqa tabiiy resurslar singari ham qonuniy asosda, ham o‘zboshimchalik bilan, ya’ni 
harakatdagi 
qonunchilikni 
buzish 
asosida 
foydalanishi 
mumkin. 
Ushbu 
munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarni suvdan 
foydalanishlarini qonunchiligi to‘g‘risidagi munozaralar sudyasi suv xuquqidir. 
Suvdan foydalanishdan umuman farqli o‘laroq, suvdan foydalanish huquqi deganda 
xarakatdagi qonunchilikka mos tarzda belgilangan maqsadlarda jismoniy va yuridik 
shaxslarni suv resuslaridan foydalanish tushuniladi. 
Suvdan foydalanish quyidagi turlar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi; 
- foydalanish shartlari bo‘yicha; 
- vujudga kelish asoslari bo‘yicha; 
- maqsadli foydalanishi bo‘yicha; 
- foydalanish muddatlari bo‘yicha. 
Foydalanish shartlari bo‘yicha suvdan foydalanish quyidagilarga bo‘linadi: 
- umumiy suvning holatiga ta’sir etuvchi inshoatlar va texnik qurilmalarni 
qo‘llamasdan amalga oshiriladigan; 
- maxsus,maxsus vakolatli organlar tomonidan beriladigan va inshoatlar 
hamda texnik qurilmalarni qo‘llash bilan amalga oshiriladigan ruxsatnomalar asosida 
yuzaga keladigan. 


171 
Ijtimoiy-maishiy va sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun suvdan foydalanish,
agarda u ochiq suv manbalaridan, ya’ni daryolardan, ko‘llardan, buloqlardan, suv 
omborlardan inshoatlar yoki texnik qurilmalarsiz, masalan kanallar, nasoslar 
qo‘llanmasdan amalga oshirilsa-oddiyga kiradi. Umumiy suvdan foydalanishning 
anchagina keng tarqalgan turlariga kiradilar; kishilar va hayvonlarni ichishlari uchun 
suv iste’moli; ovqat tayyorlash uchun; cho‘milish va kir yuvish uchun; o‘simliklarni 
sug‘orish uchun; boshqa maqsadlarda. 
Umumiy suvdan foydalanishning asosiy xususiyati shundan iboratki, u bepul 
amalga oshiriladi. 
Umumiy suvdan foydalanish hech qanday ruxsatsiz va muddat chegaralanmagan 
tarzda amalga oshiriladi [ 10].
Alohida xollarda maxsus suvdan foydalanishga inshoatlar va texnik 
qurilmalardan foydalanilgan tarzda suv obyektlaridan foydalanish, ammo bunga 
ba’zida suvning holatiga ta’sir etadigan holatlar xam kirish mumkin. 
Bundan tashqari, maxsus suvdan foydalanish xarakatlari bo‘yicha ham 
quydagilarga bo‘linadi: 
- birgalikda, qachonki suv obyekti bir necha foydalanuvchilarga berilgan 
taqdirda; 
- alohida-alohida qachonki suv obyekti bitta korxonaga (muassasaga, 
tashkilotga) berilsa. 
Vujudga kelish asosilari bo‘yicha suvdan foydalanish bo‘linadilar: 
- birlamchi; 
- ikklamchi (ikklamchi suvdan foydalanishga ruxsatnoma birlamchi tomonidan 
beriladi). 
Maqsadli foydalanish bo‘yicha suvdan foydalanish bo‘linadilar: 
- aholini ichimlik, maishiy va boshqa zaruriyatlari, qishloq xo‘jaligi, sanoat va 
boshq.uchun. 
- doimiy, muddati oldindan belgilanmagan suvdan foydalanish; 
- muddatli suvdan foydalanish qisqacha muddatli-uch yilgacha, uzoq 
muddatli-yigirma yilgacha bo‘lishi mumkin. 
Muddatli 
suvdan 
foydalanish 
muddatlari 
manfaatdor 
suvdan 
foydalanuvchilarning iltimoslariga binoan suv obyektlarini alohida-alohida 
foydalanishga berilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan yoki maxsus suvdan 
foydalanishga ruxsat bergan davlat organi tomonidan cho‘zilishi mumkin. 
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga muvofiq, 
barcha suv iste’molchilari limitlangan suvdan foydalanish o‘rnatiladi. Suv 
iste’molining limitlari ma’muriy-hududiy tamoyil, suv basseynlari bo‘yicha hamda 
suvdan foydalanuvchilar bo‘yicha, yer osti suvlari bo‘yicha esa geologiya va mineral 


172 
resurslar bo‘yicha organlar hamda davlat tog‘-kon nazorati bilan kelishish asosida 
belgilanadi. 
Suv tizimlarini, xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar tarkibini, suv obyektlarini 
saqlanishini va tiklanishini zaruriy tartibda saqlab turish uchun limitlashtirilgan 
suvdan foydalanish bilan bir qatorda suvdan foydalanishga qisman yoki to‘la 
to‘lovlar kiritiladi. 
Suvdan foydalanganlik uchun pul to‘lashga oid asosiy talablar O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksiga, har yili qabul qilinadigan Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari hamda suv resurslaridan foydalanishga soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibi 
to‘g‘risida yo‘riqnomaga asosan belgilanadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish