A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Bilimni anqlash uchun savollar

1.Yer munosabatlariga qanday tushuncha beriladi? 
2.Yer munosabatlarini rivojlanish qonuniyatlarini aytib bering? 
3.Xo‘jaliklar ijtimoiy-iqtisodiy shakllari va ular maydonlarini iqtisodiy 
munosabatlar xarakteriga moslik qonunining mohiyati qanday? 
4.Yerlarni doimiy va proporsional taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi 
qonunining mohiyati qanday? 
5.Yer maydonlarini bir joyga to‘plash qonunining mohiyati qanday? 
6.Yer resurslarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish (qayta tiklash) 
qonunining mohiyati nimadan iborat? 


153 
7.Real hayotda yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakli nima? 
8. Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakillarini sanab bering? 
9. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralarini aytib bering? 
10.Yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish funksiyalarini 
sanab bering? 
 
3.4 O‘zbekistondagi yer islohotlarining mazmuni
O‘zbekistonda milliy mustaqillikka erishish hamda bozor iqtisodiyotiga 
o‘tilishi sharoitida keng miqyosdagi iqtisodiy islohotlar boshlandi. Ular yer 
munosabatlarini tub isloh qilishga, ya’ni yer islohotlarini o‘tkazishga obyektiv 
zaruriyat tug‘dirdi. Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar davlat mulkchiligiga, 
markazlashgan, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan oldingi iqtisodiy 
munosabatlarni yangi, bozor munosabatlariga almashtirishga yo‘naltirildi. Islohot 
jarayonida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko‘p ukladli
iqtisodiyotni yaratish, xo‘jalik yuritishni turli-tuman tashkiliy-huquqiy shakllarini 
rivojlantirish, yerga mulkchilik shakllari va huquq turlarini rang-barangligini
ta’minlash, yer va ko‘chmas mulk bozorini yaratish va boshqa qator masalalar 
amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov 
qayd 
qiladi: 
“.......markazlashgan, 
ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotidan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tish-bu xo‘jalik yuritishning eski 
mexanizmlarini modernizatsiyalash yoki takomillashtirish emas, bu-bitta sifat 
holatidan ikkinchisiga o‘tkazishdir”[27]. Shunday qilib, bu yerda xo‘jalik yuritish 
mexanizmini bitta fragmentli yoki qalbaki o‘zgartirish emas, balki chuqur iqtisodiy 
islohotlar to‘g‘risida, oldingi mavjud iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish 
to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Yer munosabatlari uning eng muhim o‘ziga xos sohasi 
bo‘lganligi sababli ularni o‘zgartirish iqtisodiy islohotlarining obyektiv zaruriyatidir. 
Shuning uchun nazariy jihatdan ham amaliy jihatdan ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
davrida yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning mohiyatini 
o‘rganish, ular qonuniyatlarini, bosqichlari va xususiyatlarini aniqlash juda 
muhimdir. 
“Islohot” termini qat’iy ma’noda “o‘zgartirish, o‘zgarish, mavjud ijtimoiy tartib 
asoslarini yo‘q qilmaydigan, ijtimoiy hayotning qandaydir bir tomonini qayta qurish, 
deb tushiniladi”[29]
. Zamonaviy ta’limotlarga ko‘ra islohot-“tubdan qayta yaratish, 
o‘zgartirish, qayta qurish, iqtisodiy siyosatning srategik maqsadlarini amalga oshirish 
mexanizimidir. Islohotni o‘tkazishda, strategik siyosiy o‘zgarmagan holda, iqtisodiy 
siyosatning maqsadi tubdan o‘zgaradi”[29]
. Sharq mamlakatlari sharoitida umuman 
demokratlashtirish jarayonining rivojlanish xarakateri va xususiyatlarini tahlil qilgani 
xolda respublika Prezidenti I.A.Karimov yozadi: “Islohot-bu ham qayta tashkil etish, 
ammo ushbu jamiyatga va insoniyatning oldingi tajribalariga asoslangan ancha 


154 
organik tarzdagi o‘zgartirishdir”[26]

Demak, yer islohotiga nisbatan hulosa qilish 
mumkinki, mamlakatdagi yerdan foydalanishning tarixiy tajribalari va an’analarini 
hisobga olgan holda jamiyatdagi ilg‘or o‘zgaruvchan (islohot qilinayotgan) iqtisodiy 
munosabatlarga mos tarzda amalga oshirilayotgan yer islohotlari oldingi yer 
munosabatlariga nisbatan ancha-muncha ilg‘or o‘zgarishlardir.
Yer islohotining mohiyati asosan yer munosabatlarining mohiyatiga uning 
qanday qirralari (tomonlari) hamda uning o‘zi qay darajada tegib o‘tishi va 
o‘zgartirilishi bilan aniqlanadi. Yer islohoti jarayonida yer munosabatlarini 
mohiyatining alohida qirralari yoki bo‘lmasa uning chuqur mazmunini o‘zgartirish 
mumkin. 
Har bir mamlakatda, uning ijtimoiy rivojlanish xarakteriga, an’analariga 
bog‘liq, ma’lum bir qonuniyatlar va tamoyillarga mos tarzda rivojlanayotgan yerdan 
foydalanishning ma’lum bir tizimi mavjuddir. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishiga 
qadar hamda hozirgi kungacha O‘zbekistondagi yer munosabatlarining mohiyatini 
yerga davlat mulkchiligi tashkil etadi. Mulkchilikni ushbu tipda bo‘lishining asosiy 
argumenti-bu o‘z vaqtida yerlarni musodara qilinishi, yerdan foydalanishni kollektiv 
xarakteri, ya’ni xo‘jalik yuritishning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy shakllari-kolxozlar va 
sovxozlar, keyinchalik esa qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar)ning mavjud 
bo‘lganligidir. Bu yerda yer-suv munosabatlari nihoyatda bir-biri bilan bog‘lanib 
ketgan. Ular davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan hamda muvofiqlashtirib 
kelinmoqda. Yuqori tovar ekini hisoblangan paxtani etishtirish yirik va murakkab 
sug‘orish tarmoqlarini hamda dala jarayonlarini mexanizatsiyalash uchun shularga 
mos hududiy sharoitlarni talab qilgan.
Bu esa, o‘z navbatida yerga, suvga va 
sug‘orish tarmoqlariga mulkchilikning davlat shakliga asoslangan, maydonlari 
bo‘yicha yirik xo‘jaliklarni yaratish zaruriyatini tug‘dirgan. Darhaqiqat, 
o‘tkazilayotgan yer islohotining mohiyatiga nisbatan quyidagilarni hulosa qilish 
mumkin: o‘tish davridan buyon u mamlakatdagi yerdan foydalanishning alohida 
muhim qirralarini o‘zgartirdi, bunda 2009 yilga qadar yer munosabatlarining eng 
chuqur mohiyati o‘zgarmasdan qoldi. Ammo mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish yer munosabatlarini chuqur isloh qilishni obyektiv tarzda 
talab qildi. Iqtisodiyotni va jamiyat faoliyatining boshqa sohalarini dinamik hamda
barqaror rivojlantirish zaruriyati yer munosabatlarining eng markaziy qismini-yerga 
mulkchilik munosabatlarini isloh qilishini talab qiladi.
Mamlakatda iqtisodiy o‘zgarishlarning boshlanishidan buyon yer islohotining 
asosiy mazmuni va bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Uning boshlang‘ich bosqichidagi 
muhim tarkibiy qismi-bu yerlarni ajratish, asosan sug‘oriladigan yerlani ajratish 
hisobiga respublika fuqarolarining tomorqa yer uchastkalari moydonlarini keskin 
oshirish va bog‘dorchilik-uzumchilik uchastkalari uchun yer ajiratib berish bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini (1989yil 15 avgustdagi) amalga 


155 
oshirish umuman islohot uchun muhim siyosiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan, 
negaki bu, “......aholining ishsiz qismini mehnatga jalb qilish, ...ishsizlikni o‘sib 
ketish havfini yo‘qotish, aholini real daromadlarini o‘stirish, hayotiy muhim oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, industrial uy-joy qurilishi masshtablarini ancha 
kengaytirish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash”
5
imkonini berdi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risidagi qonuni” (1990y) Yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kengaytirish, yerdan foydalanishni pullilik 
tamoyillari kabi yerdan foydalanishga prinsipial yangiliklarni o‘z ichiga oldi. 
“Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va respublikadagi 
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1991yil 29.11.dagi Farmonida mamlakatda xususiy 
Yerdan foydalanishni rivojlantirishga huquqiy asos yaratildi hamda ushbu maqsadlar 
uchun yer fondidan 200 ming gektarga yaqin yer ajratilishi ko‘zda tutildi. Yer 
islohotlarining boshlang‘ich bosqichida sovxozlarni xo‘jalik yuritishning istiqbolsiz 
shakli sifatida qayta tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning 
natijasida 1995 yilga kelib ular xo‘jalik yuritishning kollektiv, aksiyadorlik va ijara 
shakllariga o‘zgartirildi. Aynan ushbu davrda paxta ekinlarining solishtirma 
miqdorlari (50-60 %gacha) qisqartirildi va mamlakatda don mustaqilligini ta’minlash 
maqsadida bir vaqtning o‘zida g‘alla ekinlarining maydonlari ko‘paytirildi. Bir 
vaqtning o‘zida mamlakatda yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda mavjud 
sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul 
qilinganidan so‘ng (1993y) mamlakatda 1994 yildan boshlab aholi punktlari va 
sanoat toifalaridagi, 1995 yildan boshlab esa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi 
toifalaridagi yerlardan foydalanishlarga haq to‘lash tamoyilini joriy etish boshlandi. 
Ushbu maqsadlar uchun qishloq xo‘jalik yerlarida tuprov bonitirovkasi hamda 
shaharlar va pasyolkalar hududlarini soliq mintaqalari bo‘yicha mintaqalash 
o‘tkaziladi. 
Iqtisodiy islohotlarni yagona chuqurlashtirish yerdan foydalanishning 
qonunchilik asoslarini tubdan yangilashni talab qildi. O‘zbekiston Respublikasining 
YER koddeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkati) 
to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, 
(30.04.1998y) Qonunlari qabul qilindi. Ushbu vaqtga kelib respublikada qishloq 
xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari-qishloq xo‘jalik 
kooperativlari (Yerga ulush nisbati bilan) hamda mustaqil xususiy yerdan 
foydalanishga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yaratildi. 2000 yilga kelib kolxozlarni 
qishloq xo‘jalik kooperativlariga, fermer xo‘jaliklari va ijara jamoalariga aylantirish 
tugadi, dehqon xo‘jaliklari yer egaliklari ancha mustahkamlandi. Yer islohotlarini 
tezlashtirish hamda mamlakatda yerdan foydalanishni samarali boshqarish maqsadida 


156 
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1998y). 
Iqtisodiy islohotlar boshlanishidan buyon mamlakat yerdan foydalanishida 
o‘tkazilgan o‘zgarishlar yer resurslaridan foydalanishning samaradorligiga kuchli 
turtki berdi, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi taqsimlash tizimini tugatdi, mamlakatda 
xususiy yerdan foydalanishga yo‘l boshladi, yerdan foydalanishga bozor tamoyillarini 
kiritishga imkon berdi, amalda buni yer islohotining alohida bosqichi deb ajratish 
mumkin. 
1999-2000y.y. davlat yer kadastri doirasida mamlakatda rivojlanayotgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida yer munosabatlari subekttlari huquqlarini davlat tomonidan 
muhofaza qilish, shuningdek, tug‘ilayotgan ko‘chmas mulk bozorini zaruriy 
axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni 
ro‘yxatga olish ishlari boshlandi. Yer-kadastr axborotlarining kompyuterli 
avtomatlashtirilgan tizimi (EKAKAT) ni yaratish bo‘yicha tajriba ishlari boshlandi. 
Yerlardan foydalanishni tartibga solish, va ayniqsa, birdaniga yer uchastkalariga 
bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bilan aholi punktlari va sanoat toifalari Yerlaridan 
foydalanishni tartibga solish bo‘yicha yirik hajmlardagi ishlar o‘tkazilmoqda. Tuproq 
bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi va 
yangilandi. 
Shu vaqtdan boshlab respublikada ishlab chiqarish tajribasi tariqasida qator 
zarar ko‘rib ishlayotgan va rentabelligi past qishloq xo‘jalik kooperativlari fermer 
xo‘jaliklariga aylantirila boshlandi. Islohotning ushbu davrida uncha yirik bo‘lmagan 
o‘lchamlarda yangi yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha yirik hajmlardagi 
ishlar boshlandi, g‘alla ekinlarining maydonlari ancha kengaytirildi (2000-2005 
yillarga mo‘ljallangan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash dasturi).bir vaqtda, bir 
tomondan, kooperativlar (shirkatlar) faoliyatining samarasizligi, hamda xo‘jalik 
yuritishning 
ilg‘or shakli-fermer xo‘jaliklarining tezlik bilan rivojlanib 
borayotganligi, ikkinchi tomondan, qishloq xo‘jalik korxonalarini yanada qaytadan 
tarkiblash zaruriyatini tug‘dirdi. 2003yil 24 marta O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining PF-3226 sonli “Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishning 
muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan 
2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jalik korxonalari qishloq xo‘jalik Yerlaridan 
foydalanishning ijara shakliga o‘tishi ko‘zda tutildi, shuningdek yaqin yillarga fermer 
xo‘jaliklarini rivojlanish Konsepsiyasini ishlab chiqish vakolatli organlarga 
topshirildi. Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3242-
sonli “2004-2006 yillarga fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 2003yil 30 oktyabrdagi 476-sonli, “2004-2006 yillarga fermer 
xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori bilan esa 2004-2006 yillari belgilangan shirkat xo‘jaliklarini 


157 
qayta tashkil etish hamda ular orasida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha aniq 
tadbirlar ishlab chiqildi. Shuni qayd qilish kifoyaki, 2006yil 1.05 ga respublikada 175 
mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyati ko‘rsatgan. 2007 yilga kelib qolgan shirkat 
xo‘jaliklarini ham qayta tashkil etish nihoyasiga etdi, natijada mamlakatdagi fermer 
xo‘jaliklarining soni 217 mingga yaqinni tashkil etdi. 
Yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohalarida boshqarish tizimini 
yanada takomillashtirish, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish va oqilona Yerdan 
foydalanishni ta’minlash, davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 15 oktyabrdagi PF-3202-sonli 
Farmoni bilan tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo‘mitasi 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, 
kartagrafiya va davlat kadastri Bosh boshqarmalari negizida O‘zbekiston 
Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat 
qo‘mitasi (O‘zyergeodezkadastr) tashkil etildi. Bunda yerlardan oqilona foydalanish 
va muhofaza qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishini ta’minlash, 
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat nazoratini amalga 
shirish, tuproqlar unumdorligini ashirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, davlat yer 
kadastrini yuritish O‘zyergeodezkadastrning asosiy vazifalaridan biridir, deb 
aniqlandi. 
Ko‘p profilli idorani yaratish o‘zining ijodiy tomonlari bilan birga yerdan 
foydalanish, geodeziya va kartografiya, yer munosabatlarini muvofiqlashtirish va 
oqilona yerdan foydalanishini ta’minlash, davlat kadastrlarining yagona tizimini 
yuritish sohalarida boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, fikrimizcha, 
ma’lum kamchiliklarga ham egadir.Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilish, yerdan foydalanish tarkibini va ayniqsa qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish 
tarkibini maqbullashtirish bo‘yicha davlat siyosatining yo‘qligi, tuproqlar 
unumdorligini pasayishini davom etayotgan jarayon, yer resurslarini maqsadga 
muvofiq qayta tiklash bo‘yicha maxsus dasturning yo‘qligi, davlat yer kadastirini, 
ayniqsa, shaharlar va posyolkalarda yuritish muammolarining mavjudligi, yerdan 
foydalanish samaradorligini to‘la mamlakat bo‘yicha, qisman faoliyat sohalari va 
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha, baholash metodologiyasi va uslubiyatini mavjud 
emasligi, yerdan foydalanishda qator boshqa muammolarning mavjudligi 
fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Tashkil etilgan fermer xo‘jaliklar o‘zlarining o‘lchamlari bo‘yicha yer-suv 
resurslaridan, qishloq xo‘jalik texnologiyalaridan samarali foydalanish talablariga 
javob bermadi, ekin maydonlarining o‘lchamlari ishlab chiqarishning yuqori 
rentabelligini ta’minlamadi. SHu sababli 2008-2009 yillar respublikada fermerlar yer 
uchastkalarini yiriklashtirish amalga oshirildi. Buning natijasida ular maydonlari 2-3 


158 
barobar o‘sdi va ekin yerlarining maydonlari 40-80 gektarga etdi. Yer uchastkalarini 
kengaytirish bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik texnologiyalarini sotib olish uchun 
kreditlar ham ajratildi. Bu hol ishlab chiqarishga va moddiy-texnika resurslaridan 
foydalanish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Haqqoniy ravishda e’tirof etish mumkinki, nihoyasiga etkazilgan qishloq 
xo‘jali korxonalarini qayta tarkiblash hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or tashkiliy-
huquqiy shakli-fermer xo‘jaliklarini yaratish, shuningdek dehqon xo‘jaliklarini 
mustahkamlash jarayoni yer islohotining muhim bosqichini-mamlakatda yer-agrar 
munosabatlarini isloh qilishni yakunlaydi. Iqtisodiy o‘zgarishlar boshlanganidan 
buyon yer islooti agrar xarakterga ega bo‘lgan, negaki agrar sohani isloh qilishga 
ustunlik roli berilgan edi. Shunday qilib, respublikada bugungi kunda yer-agrar 
munosabatlar qishloq xo‘jalik yerlariga davlat mulkchiligiga hamda ijara shklida 
foydalanishga asoslanadi. Qishloq xo‘jaligi yuritishning asosiy tashkiliy-huquqiy 
shakllari fermer xo‘jaliklari (asosiy tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) va 
dehqon xo‘jaliklari (mayda tovar xo‘jaligi) hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklari 10 yildan 
50 yilgacha muddatga ijaraga olingan, yer ijarasi shartnomasini keyinga cho‘zish 
huquqidagi yerda tashkil topadi. Dehqon xo‘jaliklari eng yaqin qarindoshlariga meros 
qilinadigan egalik huquqini berish bilan oila boshlig‘iga umrbod merosiy egalikda 
beriladigan yer uchastkasida tashkil topadi. Shu bilan bir vaqtda qishloq xo‘jaligida 
urug‘chilik va naslchilik yo‘nalishlaridagi uncha ko‘p bo‘lmagan shirkat xo‘jaliklari 
ham faoliyat ko‘rsatadi. Suv, temir yo‘l va boshqa qator xo‘jaliklardagi 
xizmatchilarida bo‘lgan yer bo‘laklari muddatli foydalanish huquqida foydalaniladi. 
Fuqarolardagi yakka tartibdagi bog‘ (dacha) uchastkalariga xususiy mulkchilik 
mavjud emas. 
Yerdan foydalanishni isloh qilish bo‘yicha hukumatning keyingi vazifalari 
faoliyatning sanoat va uy-joy sohalarida yer munosabatlarini tubdan isloh qilishdan 
iborat bo‘ldi. Bu yer islohotining yangi, uchinchi bosqichidir. Sanoatda, transportda, 
uy-joy sektorida investitsiyalarni ko‘paytirishga talab, mamlakat iqtisodiyotida 
xususiy mulkchilik ulushining ko‘payishi, tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish 
ishlab 
chiqarish 
va 
uy-joy 
(yakka 
tartibdagi) 
ahamiyatdagi 
yerlarni 
xususiylashtirishni talab qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 
iyulidagi PF-3780-sonli Farmoni bilan ishlab chiqarish mohiyatidagi obyektivlar 
tagidagi yerlarni xususiylashtirish 2007yil 01.01dan va yakka tartibdagi uy-joylar 
tagidagi yerlarni 2008yil 01.01dan boshlash belgilandi. Ushbu Farmon hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining keyingi, 2006yil 26.07dagi qarori 
bilan respublikada yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Yergeodezkadastr Davlat 
qo‘mitasining vazifalari belgilandi. 
Shunday qilib, respublikada o‘tkazilayotgan yer islohotining asosiy mazmuni 
quydagilardan iborat bo‘ldi. Yagona yer fondining toifalari o‘rtasida, xalq xo‘jaligi 


159 
tarmoqlari o‘rtasida va yer-huquqiy munosabatlarining su’bektlari o‘rtasida yerlarni 
qayta taqsimlash, qishloq xo‘jalik korxonalarini qayta tashkil etish, xususiy yerdan 
foydalanishni joriy etish, yerdan foydalanishda haq to‘lashni joriy etish, yerga 
bo‘lgan xuquq turlarini tenglashtirish, yerdan foydalanuvchilarni yerlarni tasarruf 
etishning qator huquqlari bilan qurollantirish, fermer xo‘jaliklari uchun zahira yer 
fondini ajratish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllari maydonlarini asoslash, ular 
chegaralarini belgilash va maydonlarini tashkil etish, yerdan foydalanishlarni 
tarkibga keltirish va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, ekin 
maydonlari tarkibini o‘zgartirish va ularni hisob-kitob qilish, yer resurslarini qayta 
tiklash, inistitutsional o‘zgarishlar, me’yoriy hujjatlar hamda yerdan foydalanish 
sohasidagi qator boshqa ilg‘or yangiliklar. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy 
o‘zgarishlar asosida o‘tkazilayotgan yer islohotlari yerdan foydalanishning mazmun 
va mohiyatini tubdan o‘zgartirdi, yer munosabatlarining mohiyati-yerga bo‘lgan 
mulkchilik munosabatini isloh qilishni ko‘zda tutadi. Yerga davlat mulkchiligi bilan 
bir qatorda xususiy shakli ham joriy etiladi. Hukumatning ushbu siyosiy qarori 
O‘zbekiston yerga bo‘lgan mulkchilikning tupli shakllarini joriy etishini boshlanishi 
bo‘ladi.
O‘tkazilayotgan yer islohotining mazmunida uning alohida ba’zi-bir 
xususiyatlarini ajrati maqsadga muvofiqdir. Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu 
uning tarkibiga ega ekanligi, bosqich xarakteridir. U bitta xo‘jalik yuritish shaklidan 
boshqa, ikkinchisiga birin-ketinlikda o‘tishi bilan qayd qilinadi, natijada yer 
islohotini o‘zini qator bosqichlariga imkon yaratadi: sovxozlarni tugatish, kolxozlarni 
tugatish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini-kooperativlar, fermer xo‘jaliklari, 
dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish. Islohotning ikkinchi xususiyati-bu mavjud jamoa 
va shaxsiy (tomorqa uchastkalari) yerdan foydalanish bilan bir qatorda respublikada 
xususiy yerdan foydalanish (fermer xo‘jaliklari)ni joriy etilishidir. Yer va suv 
munosabatlarini isloh qilishni o‘zaro uzviy bog‘liq xolda amalga oshirishini yer 
islohotining navbatdagi xususiyatiga kiritish zarur. Yer islohoti davomida yer 
munosabatlari bozor xarakterini oldi: Yerdan foydalanishga to‘lov joriy qilinishi, 
xususiy yerdan foydalanish, yerga xususiy mulkchilikni hamda yer bozorini joriy 
etish rejalashtirilmoqda, ijara yer munosabatlari joriy etildi. 
Navbatda qisqa muddatlarda yer munosabatlarida o‘tkazilgan ilg‘or
o‘zgarishlar mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga nihoyatda yirik ta’sir 
o‘tkazdi va ularni o‘zgartirdi hamda, so‘zsiz, yer munosabatlarini “oddiy yoki 
operativ” muvofiqlashtirish chegarasidan chiqarib yubordi. Bunda mamlakatdagi 
iqtisodiy islohotlar davom etmoqda, bugungi kunda ularni yanada chuqurlashtirish 
bosqichi ketmoqda. Demak, yer islohotlari ham davom etmoqda. Barcha 
o‘zgarishlardan asosiy maqsad-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishdir. 
Uning asosiy komponenti ko‘chmas mulk, shu jumladan yer bozori bo‘ladi. Davom 


160 
etish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida yerga 
mulkchilik munosabatlari masalasi ushbu yerlarga davlat mulkchiligi saqlanib qolgan 
holda qishloq xo‘jalik yerlariga uzoq muddatli ijara huquqining bozorini istiqbolda 
yaratish imkoniyatlarini o‘zida jamlangan tadqiqotlar va o‘zaro almashuvlar predmeti 
bo‘ladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish