A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

 
 
Bilimni aniqlash uchun savollar: 
1. Yerdan foydalanishni boshqarishning ikkinchi kichik tizimining mohiyati 
qanday?
2. Regional darajada yerdan foydalanishni boshqarishning asosiy vazifalarini 
sanab bering? 
3. Regional darajada yerdan foydalanishni boshqarishning mazmunini tavsiflab 
bering? 
4. Regional darajada yerdan foydalanishni boshqarishning asosiy kamchiliklarini 
sanab bering? 
5. Tuman darajasida yerdan foydalanishni boshqarishning asosiy vazifalarini 
sanab bering? 
6. Tuman darajasida foydalanishni mazmunini tavsiflab bering? 
7. Tuman darajasida yerdan foydalanishni boshqarishning asosiy 
kamchiliklarini sanab bering? 
8. Mintaqa va tuman darajalarida yer munosabatlarini tartibga solish va 
boshqarishning vazifalariga qiyosiy baho bering? 
9. Yerdan foydalanishni boshqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini 
tavsiflang? 


191 
3.8 Suvdan foydalanishni va yerdan foydalanishni boshqarishda suvdan 
foydalanuvchilar uyushmasining roli 
Respublikada tashkil etilgan suvdan iste’molchilar uyushmalari (SIU) 
respublikaning deyarli barcha sug‘oriladigan yerlarni qamrab oladilar, ular sug‘orish 
infratuzilmalarini ishchi holatda ushlab turish bo‘yicha keng qamrovli muammolarni 
hal qiladilar. Respublikadagi 3269,1 ming gektar sugoriladigan maydonga 1407 SIU 
xizmat ko‘rsatmokda. Respublika uchun SIU fermer xo‘jaliklari darajasida suvdan 
foydalanishni boshqarishning yangi tashkiliy-huquqiy tarkibi hisoblanadi. Faoliyat 
ko‘rsatayotgan bitta SIU ishlab chiqarish faoliyatining ko‘rsatkichlari 22-jadvalda 
keltiriladi. 
Ikki yoki undan ortiq fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatadigan sug‘orish-zovur 
tizimlari hamda ulardagi barcha turdagi inshoatlar fermerlararo tizimi toifasiga kiradi 
hamda SIU balansida bo‘ladi va SIU tomonidan ekspluatatsiya qilinadi. Fermerlararo 
suv obyektlarining tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-xo‘jalik, taqsimlovchi va chiqarib tashlovchi kanallar, lotoklar, quvurlar, 
ulardagi inshoatlar bilan birga: 
-muvaqqat sug‘orish tarmoqlari; 
-bitta SIUga xizmat ko‘rsatuvchi kollektorlar, zovurlar va ularning inshoatlari; 
-suvni hisob qiluvchi qurilmalar; 
-sug‘orish qurilmalari va mashinalari; 
-sug‘orish va kollektor-zavur tarmoqlari hamda boshqa inshoatlar va 
qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘llar va aloqa liniyalari. 
SIU irrigatsiya va melioratsiya xizmatiga quyidagi funksiyalar yuklatilgan: 
A) sug‘orish jadvallarini tuzish va uni bajarish, sug‘orishni ancha 
takomillashgan usullari hamda texnikasini joriy etish: 
B) sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligi bilan kurashish hamda xo‘jalikka 
olinadigan suvdan foydalanish samaradorligini ta’minlash:
V) sug‘orish kanallarini loy bilan to‘lib qolishi va o‘t bosib ketish sabablari 
bilan kurashish: 
G) kanallar va ulardagi inshoatlarnio‘z vaqtida ta’mirlash;
 
D) sho‘rlangan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, yer fondini 
sho‘rlanishdan va botqoqlanishdan ogoh qilish hamda ortiqcha suvlarni xo‘jalikdan 
tashqariga olib chiqish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. 


192 
22-jadval 
Sobiq “Uch-tut” shirkat xo‘jaligi asosida tashkil etilgan Navoiy viloyati Navbahor 
tumanidagi “O‘ng sohil” SIUning ko‘rsatkichlari* 
t/r 
Ko‘rsatkichlar 
O‘lch. 
Birligi 
Shirkat 
xo‘jaligi 
Shirkat 
xo‘jaligi 
asosidagi“O‘ng 
sohil”SIU 
Farqi 
Izoh 

Suv olish 
ming.m

21516 
16316 
-5200 
O‘z.R.VMning 
2002y 
5.01dagi 
Qarori bilan 
Sobiq “Uch-
tut” sh.x 
fermer 
xo‘jaliklariga 
aylantirilgan. 

1.kub.m suvning 
tannarxi 
So‘m 
0,75 
0,6 
-0,15 

1.t.paxtani 
etishtirishga suv sarfi 
m
3
4400 
3800 
-600 

1t bug‘doy 
etishtirishga suv sarfi 
m
3
3500 
2560 
-940 

Nasoslar soni 
dona 
58 
18 
-40 

Jami yillik xarajat 
ming.so‘m 
202500 
153600 
-48900 

YOMM 
tonna 
336 

-327 

Elektr energiyasi 
ming kvt 
1837 
476 
1361 

SHtatlar ro‘yxati 
odam 



10 Yillik ish haqi 
mln.so‘m 
2,1 
3,7 
1,6 
* O‘z.R.VMning 2002y 5.01dagi Qarori bilan Sobiq “Uch-tut” sh.x. 
“O‘ng sohil” SIUga aylantirilgan
Albatta, respublikada suvdan foydalanuvchilar talablarini to‘la miqdorda 
ta’minlamayotgan va faoliyati samarasiz SIUlar anchagina. Amaldagi tartibga ko‘ra 
fermerxo‘jaliklari suvdan foydalanishni boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlarni 
SIUga berganlar, ammo ko‘pgina SIUlar o‘zlarining yuridik makomiga, suv 
resurslarini taqsimlash vakolatlariga va moliyalash mexanizmlariga ega emaslar. 
Shuning uchun suvdan foydalanishning quyidagi tamoyillarini kiritishni tavsiya qilish 
maqsadga muvofiqdir: 
- o‘z-o‘zini boshqarish, SIU sug‘orish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va ularga 
texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida o‘z a’zolari tomonidan tashkil etiladigan,o‘zining 
barcha a’zolari manfaatlari, shuningdek suvdan foydalanish tizimini barqarorligi 
manfaatlarini zarur tartibda hisobga oladigan o‘z-o‘zini boshqaradigan, o‘z-o‘zini 
moliyalaydigan nodavlat notijorat yuridik shaxs hisoblanadi. Tizimlar barqarorligini 
hamda SIUni zaruriy institutsional rivojlanishini ta’minlashda, ayniqsa ularni tashkil 
etish davrida davlat nihoyatda muhim rol o‘ynasa-da, ushbu funsiyalar SIUning 
faoliyatiga hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvsiz amalga oshirilishi zarur; 
-SIUning hisob berishligi-sug‘orish tarmoqlari SIUga ishonch asosida 
boshqarishga beriladi,shu bilan birga har bir SIU majburiyatlarni berish to‘g‘risidagi 
Shartnomaning qoidalari asosida boshqaradigan tizimlar uchun davlatga hisob beradi. 
Bunday hisob berish irrigatsiya tizimlarining rivojlanishiga javob beruvchi davlat 


193 
organi tomonidan amalga oshiriladigan doimiy monitoring tizimi orqali tadbiq 
qilinadi; 
-irrigatsiya bo‘yicha davlat organining hisob berishligi-Davlat suv xo‘jaligi 
organlari har yilgi suv etkazib berish shartnomalarida ko‘rsatilgan suvni o‘z vaqtida 
etkazib berishga javob beradi. Bunday shartnomalar asosida suvni o‘z vaqtida va 
belgilangan xajmlarda etkazib bermagan hollarda SIU uchun o‘rnini qoplash 
uslubiyatini aniqlash zarur; 
-hayotiyligi-SIU o‘z a’zolarining uzoq muddatli manfaatlari yo‘lida hayotiy 
notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan texnik, boshqaruv va 
moliyaviy imkoniyatlarni olishi zarur. Buning uchun SIU ish haqini,ko‘zda tutilgan 
sarf-harajatlar yoki ishchi qurilmalarni almashtirishga zaxira fondini yaratish 
mexanizmlarini qo‘shgan holda tizimni samarali ekspluatatsiya qilish va texnik 
xizmat ko‘rsatishga zarur miqdorlarda irrigatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va 
texnik xizmat ko‘rsatish, a’zolik badallarini hamda yig‘imlarini to‘lash vakolatiga 
ega bo‘ladi; 
-moliyaviy hisob berishligi-mamlakatning boshqa korxonalari singari o‘z 
moliyaviy resurslarini zaruriy boshqarilishiga javob beradi hamda to‘lov hujjatlarini 
va balanslarini, shuningdek davlat taftish hamda sudlashuv jarayonlarining 
qoidalarida belgilanadigan tashqi vositalarni taqdim etadilar. 
Yuqorida qayd qilingan tamoyillarni to‘la joriy qilish uchun suvdan 
foydalanuvchilar 
Uyushmasi 
to‘g‘risidagi 
qonun 
zarur. 
SIU 
suvdan 
foydalanuvchilarning tashabbuslariga ko‘ra ko‘ngillilik asosida tuziladi va u nodavlat 
notijorat tashkilot hisoblanadi. SIU qishloq xo‘jalik Yerlarini ijaraga olish huquqiga 
ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbuskor guruhlari tomonidan 
tuziladi, u o‘zining ta’sis qo‘mitasini shakllantiradi. SIU nizomi Adliya Vazirligi 
organlarida ro‘yxatga olinishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga hamda “Suv va 
suvdan foydalanish”qonuning 10-moddasiga binoan, notijorat tashkiloti sifatida
ta’sis qilingan SIU ma’lum bir sug‘orish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan 
suvdan foydalanish sohasida fermerlar va qishloq aholisini manfaatlarini himoya 
qilishga, shuningdek SIU mintaqasida joylashgan yerdan foydalanuvchilarga boshqa 
xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan (29-rasm). SIU nodavlat notijorat tashkilot 
bo‘lganligi sababli uning faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga yo‘l 
qo‘yilmasligi zarur. Hech qanday QSXV, joylardagi hech qanday davlat organi uning 
faoliyatiga aralashishga haqli emas, ammo bunday aralashishlar ba’zan uchrab turadi. 
Masalan, suvdan foydalanishni boshqarishning mahalliy organlari fermer xo‘jaliklari 
o‘rtasida suvni taqsimlash jarayoniga aralashadilar. Uyushma o‘zining xizmatlariga 
bulgan talab hamda o‘z a’zolari daromadlarini oshirishlariga qarab o‘z byudjetini 
mustaqil ravishda shakllantiradi, sarflaydi va itiqboldagi rivojlantirishni aniqlaydi. 
SIUning moliyaviy yili kalendar yil bilan birlashgan. Uyushma suv limitlarini va 


194 
badallar miqdorini taqsimlash uchun zarur bo‘lgan o‘z a’zolarining yerlarini kadastr
ma’lumotlaridan foydalanadi. 
Yer kadastri ma’lumotlari har yili Uyushma a’zolarining ma’lumotlari 
bo‘yicha to‘g‘rilanadi. Uyushma ishlariga va xizmatlariga baholar va ta’riflar, agar 
ular qonunchilik bilan belgilangan bo‘lsa, ularni to‘lash tartibi va muddatlari 
umumiy majlislarning qarori bilan belgilanadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish