Korxona faoliyatini
baholash
Suvdan foydalanish
samarasini baholash
Suvdan foydalanish
samarasini baholash
Kadastrni belgilash
S
ug’or
il
adigan ye
rda
n
f
oyda
lanishni
ng
iqt
isodi
y mexa
nizmida tupr
oq
bonit
irovka
sini
ng ro
li
Davlat buyurtmasi hajmini
belgilash
Barcha turdagi resurslarni
rejalashtirish
Yerni qiymat jihatdan
baholash
Sug’orish suvi qiymatini
baholash
Tuproq unumdorligini
qayta tiklash
Yer va suvdan
foydalanishni nazorat
qilish
Ipoteka kreditlash
Barcha turdagi resurslarni
hisob qilish
Sug’orish suviga soliqni
hisoblash
Yer solig’ini hisoblash
Barcha turdagi yer
rentalarini hisoblash
Barcha turdagi yer
rentalarini hisoblash
233
talabni taqdim etadi. Ko‘p bosqichli tarkibga ega bo‘lgan va o‘zaro hisob-kitoblarga
ta’sir ko‘rsatuvchi suvdan foydalanish tizimi nainki birlamchi suvdan
foydalanuvchilar bo‘yicha, balki uning butun tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha ham
kadastr ma’lumotlarini talab qiladi.
Respublikada o‘tkazilayotgan suv kadastri yer usti suvlari,yer osti suvlari
hamda yerlarning meliorativ holati kadastrlariga bo‘linadi. Berilgan holatdagi moddiy
biologik birikma sifatidagi tuproqlar sifatini baholash uchun yer, sug‘orish suvi
meliorativ kadastrlaridan farq qiluvchi aynan tuproq kadastri sifatidagi ma’lum bir
kadastrlarning o‘ziga xos ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Sug‘oriladigan tuproqlar
moddiy biologik birikma sifatida kamida ikkita turdagi resursni-yer va sug‘orish
suvining majmuasi sifatida gavdalanadi. Agarda minerallashgan yer osti suvlari toza
sug‘orish suvidan farq qiluvchi alohida, mustaqil resurs deb hisoblansa, bunday holda
tuproq tarkibi endi uchta turdagi resurslarni o‘z ichiga oladi, shu sababli ham
sug‘oriladigan tuproqlarni faqatgina yer kadastrini o‘rganish obyekti deb hisoblash
unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hudud shunday, sug‘oriladigan tuproqlarni faqatgina suv
kadastrini (sug‘orish suvi) o‘rganish obyekti deb hisoblashga asos etarli emas. Shu
sababli ham sug‘oriladigan tuproqlarni miqdori va sifati jihatlaridan baholash
umumiy tarzdagi yer kadastrining mazmunini tashkil etmasdan sug‘oriladigan
tuproqlar kadastri mazmunini tashkil etadi. Bu holat davlat kadastri tizimida
sug‘oriladigan tuproqlar kadastri alohida ajratilishi va yuritishi zarur[66].
Yerlarni qiymat baholash yer munosabatlarini iqtisodiy qirrasini tartibga solish
maqsadida amalga oshiriladi va mamlakatda bozor munosabatlariga o‘tishi bilan u
yanada dolzarblashgan. Yerdan foydalanishda bozor tamoyillarini joriy qilinishi,
ya’ni yerdan foydalanishni to‘lovligi, ijara munosabatlarini rivojlanishi, ipotekani
rivojlanishi, noqishloq xo‘jalik yerlarini bo‘lg‘usi xususiylashtirish va qator
boshqalar yerlarni qiymat baholashni o‘tkazishini talab qildi. Metadologik nuqtai
nazardan qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi yerlarini baholash bir-birlaridan
tubdan farq qiladi. Birinchi baholashda tuproqlarning mahsuldorligi baholanadi,
ikkinchi holatda esa yer tabiiy-moddiy tana sifatida baholanadi, tuproq qatlami bunda
rol o‘ynamaydi. Qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida
gavdalanadi, hosil yaratishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadi. Noqishloq xo‘jalik yerlari
ishlab chiqarish vositasi rolini o‘ynaydi va yoki kenglik-operatsion asos vazifasini
bajaradi hamda moddiy yoki boshqa boyliklarni yaratishda ikkinchi darajali
ahamiyatga ega, bunda ulardan foydalanish ko‘pincha nainki faqat iqtisodiy
samaradorlikni olish bilan, balki ijtimoiy, reaksion, ekalogik samaradorlikni olish
bilan bog‘liqdir. Agarda qishloq xo‘jalik yerlarining sifati meliorativ tadbirlarga
bog‘liq bo‘lsa, noqishloq xo’jalik yerlariniki hududda o‘tkaziladigan boshqa
xarakterdagi yaxshilanishlarga bog‘liqdir.
234
Mavjud uslubiyatni tahlil qilish metodologik nuqtai nazardan quyidagi
kamchiliklarni aniqlashga imkon berdi. Tuproq bonitirovkasiga asoslangan kadastr
hosildorligi quyidagi kamchiliklarga ega. 1 bonitet balliga to‘g‘ri keladigan 0,3 %
hisoblangan foyda me’yori unchalik asoslangan emas. Aholi punktlariga va
mahsulotlarini sotish punktlariga nisbatan yer uchastkasining joylashgan o‘rni
bo‘yicha koeffitsent to‘g‘ri belgilanmagan. yer uchastkasini mahsulotlarni sotish
joyidan uzoqlik ko‘rsatkichini 50 %ga o‘sishi yer qiymatini 40 %ga oshiradi, olib
boriladigan mahsulot ushbu masofaga o‘sishi Yerning qiymatini bor-yo‘g‘i 10%ga
oshiradi, xolos. Yer uchastkasini aholi punktidan uzoqlik ko‘rsatkichini 3 marta
o‘sishi yer qiymatini bor-yo‘g‘i 4 %ga oshiradi, shu bilan bir vaqtda undan yer
uchastkasiga o‘tish butun qishloq xo‘jalik yilida amalga oshiriladi. MTP va mineral
o‘g‘itlarni saqlash punktlari umuman hisobga olinmagan. Mahalliy xarakterga ega
bo‘lgan sharoitlarni yer uchastkasiga ta’siri bo‘yicha tuzatma koeffitsentlar
asoslangan emas (mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyori bilan 25 % gacha), bu
holat baholashda uning natijalarini yirik miqdorlarda subekttiv ravishda
o‘zgartirilishiga olib kelishi mumkin.
Aniq e’tiborga olish zarur: qishloq xo‘jalik yerlarini me’yoriy baholash qanday
maqsadni ko‘zlaydi? Amaliy mohiyatga qarab baholash bir necha turlarga bo‘linadi:
yerlarni realizatsiya qilishda boshlang‘ich qiymatni hisoblash uchun (ijara huquqi),
yer solig‘ini hisoblash uchun (ijara haqi), yerning garov qiymatini belgilash uchun.
yerga davlat mulkchiligida yerlarni qiymat baholash, eng avvalo, yer solig‘ini
hisoblash uchun o‘tkaziladi. Ammo soliq yerdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
tadbirkorlik daromadi bilan emas, balki tuproqlarni tabiiy xususiyatlarini ko‘zda
tutadigan Yerlarni sifati asosida hisoblanishi zarur. SHuning uchun soliqqa tortish
maqsadlari uchun Yerlarni qiymat baholash mavjud uslubiyatda ko‘rsatilgani kabi
Yerlardan foydalanishni xo‘jalik samaradorligidan emas, balki Yerlarni sifat
xususiyatidan kelib chiqqan xolda amalga oshirilishi zarur.
Suvdan foydalanishga bozor tamoyillarini tadbiq qilish, eng avvalo, sug‘orish
suviga to‘lovlar undan samarali foydalanishni ta’minlash, suvni tashishdagi
harajatlarni xo‘jalik yurituvchi subekttlar tomonidan qoplash, shuningdek xo‘jaliklar
tomonidan suvdan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadlarida amalga
oshiriladi.
Suvni baholashning me’yoriy uslubi daromad ko‘rinishida sug‘oriladigan
Yerlardan foydalanish samaradorligi orqali aks etadigan undan foydalanish
samaradorligiga asoslanishi zarur hamda uni bo‘laklarga ajratishni talab qiladi.
Sug‘orish suvining qiymatini baholash uslubiyati ishlab chiqarilgan hamda tavsiya
qilinadi. Suvdan foydalanishdagi bozor tamoyillari Yerdan foydalanuvchiga
belgilangan limitdan ortiqcha sug‘orish suvini realizatsiya qilishni va xo‘jalikda
235
suvdan samarali foydalanish natijasida vujudga kelgan ortiqcha suvlarni shartnoma
baholarida suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ulardan sotib olishni ko‘zda tutadi.
Yerni soliqqa tortish fiskal, taqsimlanish va rag‘batlantirish mohiyatiga ega.
Fiskal mohiyati mamlakat byudjetini shakllantirish zaruriyatini, taqsimlanish-
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda sarf harajatlar
o‘rtasida byudjetning daromad qismini qayta taqsimlashdan iborat bo‘ladi.
Rag‘batlantiruvchi roli esa yer resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish,
ulardan oqilona va samarali foydalanish hamda qayta tiklashni ko‘zda tutadi.
Yerdan foydalanishda soliqni eng muhim funksiyasi-bu Yerdan samarali
foydalanishni rag‘batlantirishdir. yerga to‘lovlar, yer kadastrini, yer tuzish, yer
monitoringini yuritishga, yerlarni qayta tiklash va muhofaza qilishga, yerlardan
samarali foydalanishni rag‘batlanirishga yo‘naltiriladi (36-rasm). Shu sababli ham
soliqning to‘la miqdorini hamda uni rag‘batlantiruvchi qismini asoslash yerdan
foydalanishning muhim muammosi hisoblanadi.
Respublikada qishloq xo‘jalik yerlardan foydalanganlik uchun 1995 yildan
buyon yerlarning sifati hamda yer uchastkalarining joylashgan o‘rni bo‘yicha
tabaqalashtirilgan yer solig‘i undiriladi. Ushbu turdagi to‘lovlarni ijara to‘lovlari deb
nomlash zarur, negaki bu yerlar davlat mulkchiligidadir. Ijara to‘lovlari stavkasi
asoslanmaganligini hamda uni soliq stavkasiga tenglashtirilganligini hisobga olsak,
to‘lovlar amaliyotida bitta termin-yer solig‘i (miqdorlari bo‘yicha teng) qo‘llaniladi.
Soliqni hisoblab chiqish qishloq xo‘jalik yerlarining sifat hamda qiymat baholash
ma’lumotlaridan foydalanish asosidagi uslubiyat hamda Hukumat tomonidan soliq
stavkalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Yer solig‘ini hisoblab chiqish bugungi kunda
quyidagi uslubiyat bo‘yicha bajariladi:
1)yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tkazilmagan, korxona, muassasa va
tashkilotlar,hamda fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari bo‘yicha;
2) yerlarni sifat bahosini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik yerlariga yagona
yer solig‘ining bazaviy stavkalari bo‘yicha;
3)qishloq xo‘jalik yerlarini me’yoriy qiymatida hisoblab chiqiladigan yagona
yer solig‘i stavkalari bo‘yicha;
Birinchi ikkita uslubiyatning qo‘llanilishi yer solig‘idan yagona yer solig‘iga
o‘tilishi bilan tushuntiriladi. Ikkala uslubiyat ham Yerlarni sifat bahosiga asoslanadi.
Uchinchi uslubiyatni qo‘llanilishi yagona YER solig‘ini hisoblab chiqish bilan,
ammo yerlarni me’yoriy qiymatining natijalari bo‘yicha hisoblab chiqish bilan
bog‘liq.
Yerlarni qayta tiklash amaliyotida harajatlar asosan davlat gardaniga tushgan,
ishlab chiqarish harajatlari esa qishloq xo‘jalik korxonalarining ichki xo‘jalik
xarajatlari asosida hisoblab chiqilgan. Shunga tegishli tarzda sug‘oriladigan yerlardan
foydalanish samaradorligini baholash ham amalga oshiriladi.
236
Dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish yer-suv resurslarini ishlab-chiqaruvchi
iste’moli bilan, ularni o‘rnini qoplsh esa harajatlar bilan bog‘liqdir.
Yer-suv munosabatlariga bozor tamoyillarini qo‘llash sharoitida bu vaziyat
ishlab chiqarish sarf-harajatlarida tuproq unumdorligini qayta tiklash va sug‘orish
suviga sarflanadigan harajatlarni ham hisobga olish zaruriyatini talab qilmoqda. Shu
munosabat bilan sug‘oriladigan tuproqlarni qayta tiklashda quyidagi harajatlarni
ajratish zarur, deb hisoblaymiz.
-ichki xo‘jalik harajatlari (investitsiya);
-ichki xo‘jalik, byudjet (davlat, mahalliy) va sponsorlarning vositalarini
hisobga olgan holdagi harajatlar (investitsiya);
-ichki xo‘jalik, byudjet sponsorlar vositalarini hisobga olgan tarzda o‘rtacha
harajatlar(investitsiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |