212
sug‘orish suvi ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi hamda yer kabi hech narsa bilan
almashtirib bo‘lmas va chegaralangan qimmatli tabiiy resurs sifatida gavdalanadi.
Shu sababli sug‘orish suvidan foydalanish samaradorligini oshirish sug‘oriladigan
yerlarni hisob qilishning aniqligi va to‘laligiga qo‘shimcha talablarni aniqlaydi. Bu
yerdagihisobning qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:yer hisobi sug‘orish
mintakalari bo‘yicha, meliorativ holati bo‘yicha, sug‘orish kanallari va tizimlarining
mintaqalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Sug‘oriladigan yerlarga ularni hisobini
yuritish va sifat jihatidan baholash aniqliligiga nisbatan anchagina yuqori talablar
qo‘yiladi, negaki ular iqtisodiy jihatdan yuqori darajada qimmatlidir, yuqori qimmatli
qishloq xo‘jalik ekinlari o‘stiriladi, ba’zi bir ekinlardan yil davomida 2-3 marta hosil
olishning real imkoniyatlari mavjud, sug‘oriladiganYerlarni irrigatsiya jihatidan
ta’minlash yirik kapital mablag‘larni talab qiladi.
Yer-kadastr axborotlari suv iste’molini hisob qilishda va rejalashtirishda
foydalaniladi. Suvdan foydalanishni rejali tashkil etish uchun qishloq xo‘jalik
korxonalaridagi sug‘oriladigan yerlarni o‘lchamlari hamda ularni sifat holati
to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari zarur. Ular qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish
rejimini hamda butun sug‘orish davri uchun to‘la yoki alohida sug‘orishlar bo‘yicha
suv iste’moli hajmini hisob-kitob qilishda foydalaniladi. Sug‘orish tizimi yoki
alohida kanallar doirasida suvdan foydalanishni hisob qilish va rejalashtirishga
zaruriy sug‘oriladigan yerlarni nainki alohida yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha, balki
ushbu kanallarning sug‘orish mintaqalari va sug‘orish me’yorlari bo‘yicha ham
hisobi talab qilinadi.
Ekin yerlarini sug‘orishshartlari bo‘yicha (sug‘oriladigan, shartli sug‘oriladigan,
lalmi), meliorativ holati bo‘yicha tasniflash ham sug‘oriladigan dehqonchilik
sharoitida yer kadastrining o‘ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi.
Respublikada bugungi kunda amalga oshirilayotgan yer kadastri uchun
metodologik xarakterdagi qator kamchiliklar xarakterlidir. Eng avvalo qayd qilish
zarurki, uni yuritishda asosiy diqqat-e’tibor asosan qishloq xo‘jalik yerlariga
qaratilgan. Yerlarning turlari bo‘yicha eksplikatsiyasini tuzish asosida shaharlar va
posyolkalar yerlarini yoppasiga hisobi mavjud emas, ushbu yerlarni sifat baholash
o‘tkazilmaydi. Yerlarni boshqa toifalari bo‘yicha kadastr ishlari amalda
o‘tkazilmaydi. “Mamlakat yer fondining holati va foydalanilishi to‘g‘risida” gi Milliy
hisobot yorqin tarzda agrar yo‘nalishga va tarkibga ega, yerlarni boshqarish toifalari
kuchli umumlashgan ko‘rinishda keltirilgan. Bundayholatning asosiy sabablari
jamiyatdagi yerning ijtimoiy-iqtisodiy, rekreatsion va ekologik xususiyatlariga
etarlicha baho bermaslik, mamlakat yer resurslaridan oqilona va samarali
foydalanishni ilmiy asoslangan Dasturining mavjud emasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: