A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


Yer madonlarini bir joyga to‘planish qonuni



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Yer madonlarini bir joyga to‘planish qonuni
yer munosabatlariga ta’siri 
alohida korxona, muassasa, tashkilotlar maydonlarining o‘zgarishida ham, ular yer 
maydonlarini to‘planishi va assotsiatsiyalar (birlashmalar) tashkil etishida ham 
namoyon bo‘ladi. Jumladan, masalan, birgalikda suvdan foydalanish assotsiatsiyasi, 
qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va 
qayta ishlash obyektlari (paxta punktlari, paxta tozalash, konservalash va boshqa 
zavodlar) va qishloq xo‘jalik korxonalarining assotsiatsiyalari doirasidagi boshqa 
servis xizmat ko‘rsatish korxonalarining har biri va umuman butun bir tizimi resurs 
salohiyatidan foydalanishning ancha yuqori samaradorligini ta’mirlaydi. Bundan 
tashqari, bugungi kunda respublikada fermer xo‘jalik maydonlarini yanada 
yiriklashtirish-40-150 gektargacha etkazish vazifasi qo‘yilgan, negaki maydon 
xo‘jaliklar resurs salohiyatidan foydalanishnig yuqori samaradorligini ta’minlay 
olmaydi. 
Yer resurslarini kengaytirilgan qayta tiklash qonunining ta’siri yer-agrar 
munosabatlarini rivojlantirishda ancha yorqin namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik 
maxsulotlarini etishtirish tuproq unumdorligini ishlab chiqarish “iste’moli” bilan 
bog‘liq. Jamiyatning doimiy o‘sib boruvchi talablarining iqtisodiy qonuni yer 
resurslarini umuman hamda, qishloq tuproq unumdorligini kengaytirilgan qayta 
tiklashni obyektiv ravishda talab qiladi. Bu tuproqlar unumdorligini tiklash va 
oshirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, qishloq xo‘jalik oborotidan yerlarni 
ajiratib olishni to‘xtatish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazishni talab qiladi. 
Noqishloq xo‘jalik sohasida yer resurslarini miqdoriy qayta tiklash cheklangan 
hamda bu yangi qurilishlar uchun yerni iqtisod qilgan holda ajratish, eski obyektlarni 
maydonlarini qisqartirilgan holda rekonstruksiya qilishda aks etgan. 
Jamiyatdagi mavjud yer munosabatlarining asosiy qonuniyatlari shundaydir. 
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakllari, o‘z navbatida, har qanday ishlab 
chiqarishning umumsharti, bozor munosabatlarining obyekti sifatidagi Yerdan 
foydalanishning mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Yer munosabatlarini 
namoyon bo‘lishining umumlashgan, umumiy va xususiy turlari ajratiladi. 
Markaziy masala, yer munosabatlarining qirrasi, yerga bo‘lgan mulkchilik 
shakli hisoblanadi. Mulkchilik jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini 
aniqlagani kabi, yerga bo‘lgan mulkchilik ham yer munosabatlarining butun tizimiga 
kirib ketadi va uning xarakterini aniqlaydi, negaki yer har qanday ishlab 
chiqarishning umumiy sharti, qishloq xo‘jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadi. Yer munosabatlari jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy 
o‘ziga hos qismi hisoblanadi. Yer kimning mulkchiligida bo‘lishiga qarab yer 
munosabatlarining harakteri ham o‘zgaradi. Yer munosabatlari tizimida renta 


145 
munosabatlari ularni ichki asosiy mazmuni sifatida qonuniy tarzda qaraladi, negaki 
ular yerga bo‘lgan mulkchilikni yoritishning iqtisodiy shakli hisoblanadi. yer doimo 
kimningdir 
mulkchiligida 
bo‘lganligi 
sababli 
renta 
munosabatlari 
yer 
munosabatlariga real iqtisodiy mazmun beradi, usiz yer munosabatlari o‘zining 
mohiyatini yo‘qotadi. Real sharoitda renta munosabatlarini namoyon bo‘lish shakli-
bu yer rentasi hisoblanadi. Yerga mulkchilikning xususiy shaklida yer rentasi 
(absolyut, tabaqalangan I - hamda II- bir qismi, monopol) mehnatsiz daromad sifatida 
yerning mulkdori tomonidan o‘zlashtiriladi. Yerga davlat mulkchiligi sharoitida 
tabaqalangan I, mehnat va boshqa sarf-harajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan 
qo‘shimcha daromad yerdan foydalanuvchilardan olinadi va bu davlat byudjetiga 
tushadi. 
Ijara yer munosabatlari yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlari bilan 
daolektik birlikda namoyon bo‘ladi: Yerga mulkchiliksiz ijara munosabatlari ham 
mavjud bo‘lmaydi. Yer har doim ham kimningdir mulkchiligida bo‘ladi. Mulkdor 
yerni yoki o‘zi foydalanishi mumkin, yoki uni ma’lum bir haq evaziga va ma’lum 
muddatga boshqa birovga foydalanishga berishi mumkin. Shunday qilib, ijara haqi, 
shuningdek ijarachi tomonidan yer uchastkasidan foydalanishning aniq shartlari ijara 
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘ladi. 
Voqeylikning sirtida, real hayotda yer munosabatlarini namoyon bo‘lishinig 
muhim shakli yerda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
shakllarining birligini yorituvchi xo‘jaliklarning tashkiliy-huquqiy shakllari 
hisoblanadi. Yer davlat tomonidan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga 
beriladi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishining 
asosiy shakllari quyidagilar: fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari, fermerlar, 
xo‘jaliklararo birlashmalar, chorvachilik fermerlari, o‘quv-tajriba va xo‘jaliklari, 
ilmiy-eksperimental 
dalalar, 
o‘rmon 
xo‘jaliklari. 
Iqtisodiyotning 
boshqa 
tarmoqlaridagi yerdan foydalanuvchilarga noqishloq xo‘jalik tipidagi korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalar kiradi. Yerdan foydalanuvchi subekttlarni yuritish uchun 
yer uchastkasiga, bog‘ uchastkasiga, uy-joy qurish hamda uy-joy qurilmalariga 
xizmat ko‘rsatish uchun yer uchastkasiga, xizmat yuzasidan yer uchastkasiga, 
mollarni boqish va pichan o‘rish uchun yer uchastkasiga ega bo‘lgan respublika 
fuqarolari tashkil etadilar.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining navbatdagi shakli-bu yer 
uchastkasiga huquq turi va servitutdir. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksiga 
binoan yer uchastkasi mulk, umrbod merosiy egalik, doimiy va muddatli foydalanish, 
ijara huquqlari asosida beriladi. Servitut ham yer uchastkasiga huquq turiga kiradi. 
2007 yildan boshlab ishlab chiqarish va tijorat ahamiyatidagi obyektlar tagidagi yer 
uchastkalaridan foydalanuvchi subekttlar, shuningdek 2008 yildan boshlab yakka 
tartibda uy-joylar tagidagi yerlardan foydalanuvchi fuqarolar mulk huquqiga ega 


146 
bo‘lishlari mumkin. Mulk huquqi asosida yer uchastkalari O‘zbekistonda 
akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarga beriladi. Umrbod merosiy 
egalik huquqidagi yer uchastkalari asosan jismoniy shaxslarga beriladi, ammo ular 
yer uchastkalariga meros huquqini (tomorqa yer uchastkasiga, bog‘dorchilik yer 
uchastkasiga, uy-joy qurilishi tagidagi yer uchastkasiga) boshqa birovga berish 
huquqigagina egadirlar, yer uchastkasini tasarruf qilish bo‘yicha ular boshqa 
huquqlarga ega emaslar. Davlat obyektlari tagidagi yer uchastkalari (ma’muriy 
binolar, ijtimoiy obyektlar va bir qator boshqalar) doimiy foydalanish huquqida 
bo‘ladilar. Yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanadigan yuridik shaxslar-
noqishloq xo‘jalik va noo‘rmon xo‘jalik tipidagi korxona, muassasa va tashkilotlar, 
noqishloq xo‘jalik turidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy 
shaxslar, shuningdek yer uchastkasini mulk sifatida sotib olgan, xizmat yuzasidan yer 
bo‘laklariga ega bo‘lmagan fuqarolar. Yer ijara huquqi qishloq xo‘jaligi tovar 
mahsulotlarini etishtirish uchun fermer xo‘jaliklariga beriladi. Fermerlar o‘zlarining 
yer uchastkalariga ijara huquqini kredit olish maqsadida garovga qo‘yish huquqiga 
egadirlar, ammo yerlarni tasarruf qilish bo‘yicha ular boshqa huquqlarga ega 
emaslar. 
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining navbatdagi shakli yerning 
xususiyati, ya’ni uni kenglikda chegaralanganligi bilan bog‘liqdir. Bu xususiyati 
yerlarni qat’iy asoslangan va belgilangan miqdorlarda ajratish va foydalanish 
zarurligini e’tirof etadi. Shuning uchun ham foydalanish uchun berilgan yer 
uchastkalari maydonlarini o‘lchash va chegaralarini qat’iy belgilashga obyektiv 
zaruriyat tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining 
shakllaridan biridir. 
Yerlardan kenglik-operatsion asos hamda ishlab chiqarish vositasi sifatida 
foydalanish yer uchastkalarining barqarorligi bilan, doimiy bir joyda joylashganligi 
bilan bog‘liq, ularni kenglikda ko‘chirib bo‘lmaydi, ular sifat bo‘yicha bir xil emas. 
Shulardan kelib chiqqan holda uchastkalarini aniq maqsadli foydalanishini hamda 
ma’muriy-hududiy bo‘ysunuvini hisobga olgan holda taqsimlashga obyektiv zaruriyat 
tug‘iladi. Yerlarni yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida, iqtisod 
tarmoqlari, viloyatlar, tumanlar va yer uchastkalari o‘rtasida taqsimlash makon va 
zamonda bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan tadbir emas, albatta. Yer resurslarini 
qayta tiklash va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish zaruriyati qonunining ishlash 
yerni kenglik va zamonda doimiy ravishda qayta taqsimlashni talab qiladi. Bu ham 
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir. 
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining keyingi shakli umuman 
mamlakatning yagona yer fondi, yer kategoriyalari, iqtisodiy tarmoqlari, tarmoq 
ichidagi yerdan foydalanishlarning tarkibi bilan bog‘liqdir. Jamiyatning moddiy va 
boshqa turdagi boyliklariga doimiy o‘sib borayotgan talabini ta’minlash ko‘p jihatdan 


147 
uni yerdan foydalanishining tarkibiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uning barcha 
darajalaridagi yerdan foydalanishlar tarkibini maqbullashtirish yer munosabatlarini 
namoyon bo‘lishining shakllaridan biridir. 
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yerdan foydalanish tuproq unumdorligi bilan 
bog‘liqdir. Tuproq unumdorligini iste’moli uni qayta tiklashni obyektiv tarzda talab 
qiladi. Bu birlik maydondan mumkin qadar ko‘proq mahsulot olish maqsadida 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maxsus tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan 
erishiladi. Bu ham yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining shakli hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda yer turlari va ekin maydonlarining tarkibi 
bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari va xajmlari, uning tannarxi, ishlab 
chiqarishning rentabelligi, foyda va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar uzviy bog‘liqdir. 
Bular ham yerlardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha yer munosabatlarini 
namoyon bo‘lish shakli hisoblanadi. 
Yerdan foydalanishning pullilik tamoyili yer solig‘i, ijara haqi, yer 
uchastkalarini ajratishda o‘rnini qoplash, ijara huquqining garovi asosida kreditlar, 
yer uchastkalariga umrbod merosiy egalik huquqining qiymati, Yerlarni kadastr 
qiymati kabi to‘lov turlarini o‘z ichiga oladi. Bular ham yer munosabatlarini 
namoyon bo‘lishining shakli hisoblanadi. 
Yer bozorini mavjud bo‘lishi yoki yer uchastkasiga huquqlar sharoitida yer 
uchastkalari bilan yoki ularga bo‘lgan huquqlar bilan harakatlar sodir etiladi: oldi-
sotdi, sovg‘a, almashish, garov, meros, ijara, foydalanish, qaysiki bular ham yer 
munosabatlarini namoyon bo‘lishining bitta shakli bo‘ladi. Bugungi kunda 
respublikada yer qonunchiligi asosida quyidagilar ruxsat berilgan: fuqarolar 
tomonidan yer uchastkalariga umrbod egalik huquqini meros qilish; kreditlar olish 
maqsadida fermerlar tomonidan huquqini garovga qo‘yish, dehqon xo‘jaligini 
yuritish va uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini umrbod merosiy egalik huquqi 
bilan konkurs asosida auksionlarda sotib olish. Noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish va 
uy-joylar ahamiyatidagi yerlarni ko‘zda tutilgan xususiylashtirishga kelsak, ular 
uchun bozor harakatlarining barcha turlari ruxsat etiladi. 
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining ratsional shakllaridan farqli o‘laroq 
irratsional shakllarini ham ajratish mumkin. Yer tabiiy tarixiy tana sifatida, inson 
mehnatining mahsuli bo‘lmaganligi sababli qiymatga ega emas. Demak, uning 
“baho”si yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining irratsional shakli bo‘ladi. Yer 
munosabatlarini namoyon bo‘lishining ratsional va irratsional shakllari ana shunday.
Yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining boshqa qator xususiy shakllari 
ham mavjud. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: qishloq xo‘jalik tabiiy 
rayonlashtirish, yer uchastkalarini ajratishda yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash va 
boshqalar. 


148 
Yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish jamiyat yerdan 
foydalanishini boshqarishning birinchi, ustuvor kichik tizimi hisoblanadi. Ushbu 
kichik tizimning muhimligi va o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning vositasida 
davlat yer siyosati amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan yer resurslaridan foydalanish 
va qayta tiklashning barcha qirralarini boshqarish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 
davlat ijtimoiy munosabatlarning, shu jumladan yer munosabatlarining bosh 
islohotchisidir.
Yer munosabatlari-bu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning o‘ziga xos 
sohasi, u yerga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish bo‘yicha huquq 
munosabatlaridagi (davlat, yuridik va jismoniy shaxslar) subekttlar o‘rtasida sodir 
bo‘ladi. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish