A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

yer-kadastr axborotli ta’minot, 
Yerlardan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, Yerlarni taqsimlash va 
qayta taqsimlash, yer tuzish, yerlardan foydalanishni davlat nazorati, yer 
munozaralarini hal qilish, yer resurslarini qayta tiklash, yerni muhofaza qilish 
hamda ulardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish 
[33 va boshq.].

Yerdan foydalanishni boshqarish hamda uning funksiyalari masalalariga 
maxsus adabiyotlarda etarli darajada yirik o‘rin berilgan. Jumladan, prof. 
N.D.Kazansev tomonidan quyidagi funksiyalar ajratiladi; yerlarni tasarruf qilish; yer 
hisobini amalga oshirish va yer kadastri; yer tuzishni amalga oshirish; Yerdan 
foydalanishning nazorati; melioratsiyani tashkil etish; yerlar rekultivatsiyasini tashkil 
etish, yer munozaralarini hal qilish. Prof.S.A. Tkachuk tomonidan yerdan 
foydalanishni boshqarishning quyidagi funksiyalar tizimi taklif etiladi; yer kadastri, 
yerdan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, yerni taqsimlash va qayta 
taqsimlash, yer tuzish, yerdan oqilona foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish, 
yerlardan foydalanishni nazorat qilish, yer munozaralarini hal qilish [61,49b]. 
Yerlardan foydalanishni boshqarishning sanab o‘tilgan funksiyalarining turlari 
guvohlik beradiki, umumiy holda ular yerdan foydalanishni boshqarishning barcha 
tomonlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, taklif etilayotgan ba’zi bir funksiyalar 
amalda yerlardan oqilona foydalanish bo‘yicha alohida tadbirlarni yoritadi hamda 
yerlardan foydalanishni boshqarishning yaxlit yo‘nalishini tavsiflaydi. Aynan 
shunday funksiyalar qatoriga “Yerlarni tasarruf etish”ni kiritishi mumkin, negaki 
mamlakatda yer munosabatlarini muvofiqlashtirish davlatning huquqidir; “yerlarning 
rekultivatsiyasini tashkil etish” amalda “Yerlarni qayta tiklash” funksiyasining bir 
qismi hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar yerdan 


140 
foydalanishda bozor munosabatlarini rivojlantirish xarakterini yoritmaydi. Qayd 
qilish zarurki, Prof.S.A. Tkachuk tomonidan taklif etilgan boshqarishning “Yerlardan 
oqilona foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish” funksiyasi Yerdan foydalanishda 
bozor tamoyillarini qo‘llash sharoitida juda muhim va dolzarb hisoblanadi. 
Yerdan foydalanishni boshqarishining yangi funksiyalari sifatida taklif 
etilayotgan funksiyalar mustaqil funksiyalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadilar. 
Bularga kiradilar; “Yer qonunchiligini yaratish”, “Yerdan foydalanishning iqtisodiy 
mexanizimlari”, “Yerni sug‘orish” hamda “Yerdan foydalanishning samaradorligini 
baholash” [66]. Yer qonunchiligini yaratish jamiyat yerdan foydalanishni boshqarish 
bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatli faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga yerdan foydalanish 
sohasida qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni oladi. Yerdan 
foydalanish sohasidagi huquqiy faoliyatning o‘ziga xosligi yerdan foydalanishni 
boshqarishda uni alohida, avtonom funksiya sifatida ajratilishini ko‘zda tutadi. 
“Yerlardan foydalanishni boshqarishni iqtisodiy mexanizimi” funksiyasiga zaruriyat 
yer resurslarini bozor munosabatlariga tortish bilan, va jumladan, yerlardan 
foydalanishda pullik tamoyilini kiritilishi (yer solig‘i va ijara haqi), yerlarni qiymat 
jihatidan baholash zaruriyati, yerlarni xususiylashtirish hamda yer va ko‘cha mulk 
bozorini 
rivojlantirishi, ipoteka institutini rivojlantirishi 
bilan bog‘liqdir. 
Dehqonchilikning arid mintaqasida “sug‘oriladigan yerlar” funksiyasining roli va 
ahamiyati benihoya yirikdir. Tabiiy yog‘ingarchilikning etarli bo‘lmagan miqdorlari 
sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish (dehqonchilik)ni yerlarni sun’iy 
sug‘orishisiz tasavvur etish mushkul. Shuning uchun yerlarni oqilona va samarali 
sug‘orilishini tashkil etish bu Yerda nihoyatda mushkul, zaruriy hamda boshqarish 
nuqtai nazaridan anchagina avtonom holatidagi tadbirdir. “Yerdan foydalanish 
samaradorligini baholash” funksiyasiga bo‘lgan zaruriyat shu bilan vujudga kelganki, 
yerlardan foydalanish natijalari (yer resurslarini to‘la qayta tiklash siklining barcha 
bosqichlari), to‘la qayta tiklanish sikli tugashi bilan jamiyat qancha daromad olishi 
mumkinligini hamda keyingi siklda daromadni qanday miqdorlarda rejalashtirish 
zarurligini belgilash maqsadlarida miqdoriy jihatidan baholanishi zarur. Bundan 
tashqari, to‘la siklning uchinchi bosqichida yer resurslarini qayta tiklashga ma’lum 
sarf-xarajatlar zarur bo‘ladi. Bu holat ayniqsa qishloq xo‘jalik Yerlari uchun 
muhimdir. Ushbu harajatlar to‘la qayta tiklanish sikli bo‘yicha Yerlardan 
foydalanishning daromadli qismini to‘g‘rilaydi. Shu munosabat bilan boshqarishni 
qaralayotgan funksiyasining mazmuni anchagina murakkab bo‘ladi hamda shu bilan 
bir vaqtda uni alohida qilib ajratish bugungi rivojlanish sharoitida nihoyatda zaruriy 
shartdir. 
Shunday qilib, yerdan foydalanishni boshqarishning asosiy funksiyalari sifatida 
quydagilarni ajratish mumkin (23-rasm). 
-yer qonunchiligi bilan shug‘ullanish; 


141 
-yer kadastri (axborot ta’minot); 
-yer resurslaridan foydalanishni bashoratlash; 
-yerdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi; 
-yer fondini taqsimlash va qayta taqsimlash
-yer tuzish; 
-yer resurslarini qayta tiklash; 
-yer monitoringi va yerdan foydalanish hamda muhofaza qilishni nazorat; 
-yer munozaralarini hal qilish; 
-yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish; 
-yerdan foydalanish samaradorligini baholash. 
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda yerdan foydalanishni ma’muriy 
boshqarish kichik tizimlari turlicha maqsadli mohiyatga ega bo‘lganlari sababli 
yerdan foydalanishni boshqarish funksiyasini ham ikkita guruhga ajratish maqsadga 
muvofiq; bitta guruh yer munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirishni 
amalga oshiradi, ikkinchisi esa yerlardan foydalanishni ma’muriy boshqaruvini 
amalga oshiradi. Ba’zi bir funksiyalar ikkita kichik tizim uchun ham umumiydir (23-
rasm). 
 
23-rasm. Yerdan foydalanishni boshqarish funksiyalari 
Jamiyat rivojlanishining bugungi bosqichida yerlardan foydalanishni 
boshqarishning xususiyati umuman jamiyat rivojlanishining hamda qisman tabiiy 
resurslardan foydalanishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik omillari rolini nihoyatda 
kuchayishi bilan aniqlanadi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab 
chiqarish munosabatlarini, qisman yer munosabatlarini tubdan o‘zgarishini talab 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish