A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv


siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va 
ekologik qirralarini
 
o‘z ichiga oladi. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish amalda 
hamda maxsus adabiyotlarda, asosan ularning huquqiy qirrasi nuqtai nazardan 
ko‘proq qaraladi. Bizning fikrimizcha, bunday hol unchalik asoslangan yondoshuv 
emas. 
Birinchidan
, huquqiy qirrasi asosiy belgilovchi bo‘lishiga qaramasdan yer 
huquqi munosabatidagi subekttlarning harakatiga faqat huquqiy ta’sirini belgilaydi. 
Ikkinchidan
, yer munosabatlari eng avvalo yerga mulkchilik bilan bog‘liq, nisbatan 
ancha chuqur iqtisodiy mohiyatga egadir. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
rivojlanishi 
hamda 
ekologik 
muammolarni 
kuchayganligi 
sharoitida 
yer 
munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy va ekologik qirralari ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Shu sababli yer munosabatlarini muvofiqlashtirish huquqiy 
qirrasi bilan bir qatorda jamiyat rivojlanishining harakatidagi iqtisodiy qonunlari va 
tabiat qonunlaridan foydalanishga asoslanadigan, yuqorida sanab o‘tilgan boshqa 
qirralarini ham albatta o‘z ichiga oladi. Demak, 
yer 
munosabatlarini 
muvofiqlashtirish qirralari yer resurslaridan foydalanishga o‘zlarining ta’sirini 
ajralmas birlik holda, butun bir majmua holatida ko‘rsatadi. 
Yer munosabatlarining mavjud tizimini boshlang‘ich sifatda qabul qiladigan 
bo‘lsak, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning keyingi zaruriy 
o‘zgarishlari yer munosabatlarini ham o‘zgarishini talab qiladi, ya’ni yerdan 
foydalanish tizimi ham o‘zgaradi. Jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlariga mos zaruriy yerdan foydalanish tizimini yaratish muvofiqlashtirishning 
yuqoridagi sanab o‘tilgan qirralarini hisobga olishga asoslangan yer munosabatlarini 
muvofiqlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ular yer resurslaridan foydalanish 
tizimining zamonaviyligini, barqarorligini va samaradorligini ta’minlaganlari holda 
rivojlanib borayotgan jamiyatning talablariga muvofiq berilgan sifat va tarkibiy 
darajada yer munosabatlari va yerdan foydalanish tizimini ushlab turadilar. (24-
rasm). 


149 
Iqtisodiy
Siyosiy
Huquqiy
Ekologik
24-rasm. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralari 
 
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirish qirralari umumiy ta’sir ko‘rsatibgina 
qolmasdan, bu ta’sir ma’lum bir nisbatlar va ketma-ketlikda sodir bo‘ladi. Bunda 
majmuadagi 
boshlang‘ich qirrasi iqtisodiy qirrasi bo‘ladi, negaki yer 
munosabatlarining markazi yerga bo‘lgan mulkchilikdir, va yer-huquqiy 
munosabatlar shakllari masalalari esa hukumatning siyosiy nufuzi va qarorlarining 
natijasidir (25-rasm). Jumladan, respublikada noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish 
mohiyatidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu siyosiy 
qaror bilan yerga davlat mulkchiligiga asoslangan mavjud yer munosabatlari isloh 
qilinadi. Shu bilan bir vaqtda yerga mulkchilik shakli to‘g‘risidagi siyosiy qarorning 
qabul qilinishi, so‘zsiz, jamiyatni doimiy o‘sib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
talablarini maksimal tarzda qondirish talablari bilan aniqlangan, ya’ni birinchi 
navbatda iqtisodiy xarakterdagi talablar bilan aniqlangan. Shunday qilib, 
muvofiqlashtirishning siyosiy qirrasi yer munosabatlari tizimining asosiy, 
fundamental iqtisodiy asoslarini yaratish uchun manbaani ta’minlaydi. Ular esa 
keyinchalik yerdan foydalanish tizimiga talab qilinadigan tartibni berish maqsadida 
boshqa qirralari bilan muvofiqlashtiriladi, ammo doimiy ravishda jamiyat 
rivojlanishining iqtisodiy sharoitiga asoslanadi. U uzoq vaqt davomida 
o‘zgarmaydigan jamiyat yer munosabatlarining fundamental asoslarini barqarorligi, 
saqlanishi ta’minlanadi. Dekretlar qabul qilish, referendumlar o‘tkazish va boshqalar 
uni amalga oshirish mexanizmidir. Yer munosabatlari va yerdan foydalanish 
asoslarini muvofiqlashtiruvchi siyosiy qirrasini amalga oshirishda davlatning roli 
benihoya yirikdir. 
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy qirrasi deganda yer 
munosabatlari subekttlari o‘rtasida o‘rnatilgan huquq munosabatlariga rioya qilish 
maqsadida yer huquqiy munosabatlari subekttlarining aniq huquqiy rejimini o‘rnatish 
vositasida yer munosabati ishtirokchilarining holatiga, yer munosabatlarini namoyon 
bo‘lishining nufuzli 
shakllariga 
ta’sir ko‘rsatish tushuniladi. 
Huquqiy 
munosabatlarining mazmuni esa, o‘z navbatida, butun jamiyatni hamda alohida 
tarzda har bir yerdan foydalanuvchining manfaatlari uchun yer resurslaridan 
foydalanishda oldiga qo‘yilgan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga 
bo‘ysundirilgan. Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy qirrasini amalga 
oshirish mexanizimi bo‘lib yer qonunchilik ijodi hisoblanadi. Ushbu funksiyaning 
YeMning 
boshlang’ic
h tizimi 
Yerdan 
foydalanishga 
doimiy 
o’zgaruvchan
YeMning 
zamonaviy 
tizimi 
Yer 
munosabatlarini 
o’zgarishi 


150 
asosiy vazifalari-mamlakat oliy qonunchilik organi-O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi tomonidan ishlab chiqadigan yerdan foydalanish sohasida Qonunlarni 
tayyorlashdir. 
Yerdan foydalanish sohasidagi Mamlakat Prezidentining Farmonlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ham yer qonunchilik 
ijodiga kiradilar. 
Muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasi-bu jamiyat rivojlanishining harakatdagi 
qonunlarini bilishga asoslangan yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining iqtisodiy 
shakillariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’siridir. Yer munosabatlari tizimida yerga 
mulkchilik munosabatlari o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Mulkchilik, umuman hamda 
yerga bo‘lgan mulkchilik, xususan, nihoyatda muhim iqtisodiy toifa hisoblanadi. 
Yuqorida qayd qilindiki, yer mulkchilikni ifodalash shakli-bu barcha turlardagi yer 
rentalarini o‘z ichiga olgan renta munosabatlaridir. yer rentasi va yer solig‘i, yerga 
baho va yer uchastkalariga huquqlarning qiymati, yerdan foydalanish samaradorligi 
yer munosabatlarini namoyon bo‘lishining muhim iqtisodiy shakillaridir. Yerlardan 
oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarining 
iqtisodiy qirralarini muvofiqlashtirish jarayonida ushbu shakllarga ta’sir amalga 
oshiriladi. Ba’zan yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning asosiy qirrasi bo‘lib 
huquq keng o‘rin oladi, negaki, ushbu qirrasi yer-huquqiy munosabatlarning 
qatnashchilariga yirik ta’sirini o‘tkazadi.
Ammo yer-huquqiy munosabatlari qatnashchilariga bo‘ladigan bunday ta’sir
uning asosiy maqsadi emas, u yerlardan foydalanish uchun maqbul iqtisodiy sharoitni 
ta’minlash maqsadida oshiriladi va yuqori miqdorlarda moddiy boyliklarni olish bilan 
namoyon bo‘ladi. Demak, muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasi yer munosabatlarini 
namoyon 
bo‘lishini 
iqtisodiy 
shakllariga 
ta’sir 
etish 
vositasi 
bilan 
muvofiqlashtirishning barcha boshqa qirralariga obyektiv tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
ta’sir yer munosabatlarining iqtisodiy shakllarini o‘zining imkoni boricha foydali 
amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Aynan shu yer 
munosabatlarini muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasini chuqur, ustuvor rolidir. 


151 
25-rasm. Yer munosabatlarini namoyon bo‘lish shakillari va ularni 
muvofiqlashtirish qirralari 
 
Yerdan 
foydalanish 
tizimini 
boshqarishning 
quyidagi 
funksiyalari 
munosabatlarini muvofiqlashtirishning iqtisodiy qirrasining mexanizimi hisoblanadi: 
yer resurslaridan foydalanishni bashoratlash va rejalashtirish, yer resurslarini 
taqsimlash va qayta taqsimlash, yer uchun to‘lovlar (yer bozori va yerga huquqlarni 
qo‘shgan tarzda), yer resurslarini qayta tiklash, yerdan foydalanishning 
samaradorligi. 
Yer munosabatlarini muvofiqlashtirishning ekologik qirrasiga talab yerni tabiiy 
majmuaning tarkibiy qismi sifatida egallagan o‘rni bilan belgilanadi. Yer 
resurslaridan nooqilona va samarasiz foydalanishdan antropogen jarayonlar ta’sirini 
o‘sib borayotgan intensivligi yerni tabiiy majmua sifatida o‘zaro ta’sirini buzilishiga 
olib keladi. Yerlardan tizimsiz foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, shu jumladan, 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish