Локк Дж.
Педагогические сочинения. М., 1939. 126, 203-betlar.
Oksha asar, 1 1 2 —1 1 3-betlar.
Локк Дж.
Сочинения. В трех томах. Том 1. М., 1985, 412-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni qabul qilishning zaruriy natijasidir. Ingliz mutafakkiri har
bir kishining xususiy manfaatini huquqiy normalar himoya qilishi
zarurligini alohida ta’kidlaydi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib shuni ishonch bilan
aytish mumkinki, Jon Lokk Yevropada ma’rifatparvarlik g'oyalarini
shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi. Uning vatani Angliya esa
Yevropada ma’rifatparvarlik g‘oyalari vatani bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, XVII asr ingliz faylasuflari Frensis Bekon,
Tomas Gobss, Jon Lokk asarlarida inson borlig'ining nafaqat
tabiiy, balki ijtimoiy tomonlari ham har tomonlama tahlil qilindi.
Ingliz mutafakkirlarining inson to‘g‘risidagi progressiv fikrlari-
dan biri — barchaning tengligi, insonning grajdanlik huquqlari
haqidagi mulohazalaridir. Shuningdek, inson farovonligi, baxt-
saodatini ta’minlovchi jamiyat qurish haqidagi orzulari, bunday
xayrli ishga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy illatlarning fosh qilinishi
diqqatga molikdir.
XVII
asr ingliz faylasuflarining barkamol inson to‘g‘risidagi
qarashlarining Fransiyada targ‘ibot va tashviqot qilinishida fransuz
ma’rifatparvarlaridan Fransua Mari Arue Volter va Etenna Bonno
de Kondilyakning (1715— 1780-y.) xizmatlari yuksak bo‘ldi.
Jon Lokk qarashlarining jonkuyar targ‘ibotchisi Volterning1
fikriga ko‘ra inson — ijtimoiy mavjudotdir. Insonning ijtimoiy
mavjudot bo‘lishiga sabab, u hamisha odamlarning turli jamoa-
lari orasida faoliyat ko'rsatadi. Shunday ekan, odamlar hamisha
bir-birlari bilan teng bo‘lmoqlari zarur deb hisoblaydi. Tenglik
deganda Volter, birinchi galda, kishilaming siyosat, qonun va
huquq oldidagi tengliklarini tushunadi. Lekin u ijtimoiy va mulkiy
tengsizlikni jamiyatning normal rivojlanishi va ijtimoiy muvoza-
natini saqlab turuvchi asos, deb bilar edi.
Volterning fikriga ko‘ra, inson jamiyatdan tashqarida yashay
olmaydi. Shuning uchun ham odamlar azal-azaldan jamoa bo‘lib
yashashga intilganlar. Xuddi o‘sha intiiish odamning inson dara-
1
Mashhur fransuz adibi, publitsisti, faylasufi Fransua Arue Volter 1694-yilda
tavallud topgan. BoshIang‘ ich ma’lumotni Parijda olgan. Uning falsafiy qarash
larini shakllanishida Angliya ma’ rifatparvarlarining ta’siri kuchli bo‘ lgan. 1726—
1729-yillarda Angliya bo‘ylab safar qilgan. 1734—1749-yillarda Lotarengiya yaqini
dagi Sireda qal’asida yashagan. 1770—1773-yillarda Prussiya qiroli Fridrix 11 saroyida
xizmat qilgan. 1758-yildan e’tiboran Shveytsariyada yashagan. 1694-yil Parijga qaytib
kelgan va oradan ko‘p vaqt o‘tmay vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
jasiga ko‘tarilishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Insonning jami-
yatdan ajralib qolishi uning ruhiy-ma’naviy tubanlashishiga olib
kelgan. Jamiyatdan ajralib, yakka yashagan odamda, tuigan gapki,
fikrlash qobiliyati ham bo'lmaydi, degan fikr-mulohazalarni
bayon qilishi bilan fransuz mutafakkiri Volter ba’zi birovlar-
ning, go‘yo odam aslida alohida yashash uchun tug‘ilgan, ja
miyat ulaming haqiqiy tabiatini buzib yuborgan, degan bema’ni
fikr-mulohazalariga zarba beradi.
Volter, inson ongi va shuurida Xudo to‘g‘risidagi tasawurlar
qanday paydo bo'lganligi to'g'risida fikr-mulohaza yuritib, odam
tug'ilgan vaqtida uning ongida Xudo to'g'risida hech qanday
tasawur bo'lmaydi. Insonning umri o‘tishi bilan, unda Xudo
to‘g‘risida tasawur hosil bo'ladi, degan g'oyani har tomonlama
isbotlashga harakat qildi1.
Volter inson erkin bo'lmog'i zarur deb hisoblaydi. Lekin
erkinlikni sof abstrakt, huquqiy va siyosiy ma’noda tushunar
edi. Uning e’tirof etishicha, erkinlik deganda birinchi galda,
ozodlikni tushunmoq zarur. Odamlarga ko'proq so'z erkinligi
berishni talab qilar edi. Uning fikriga muvofiq, insonning ozodli-
gi, erkin bo'lishi — mavjud tuzumga, o'sha tuzumni oqilona
boshqarishga bog'liq. Volterning fikricha, oqilona davlat tuzumi
tepasida ma’rifatli monarx (podshoh) turishi lozim.
Inson to'g'risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga munosib hissa
qo'shgan XVIII asr fransuz ma’rifatparvar faylasuflaridan biri
Jan Jak Russodir2. U odamlarning nasl-nasabidan qat’iy nazar,
ulaming tengligini yoqlab chiqdi. O'z ijodining dastlabki payt-
larida jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizlikning sabablarini
fan va madaniyatning taraqqiyotidan izladi. Uning tushunti
rishicha, fan taraqqiyoti odamlarning axloqiy qiyofasiga salbiy
ta’sir etadi. Russo fan va madaniyatning rivojlanishi insoniyatga
Qarang: Вольтер. Бог и люди. В двух томах. Том 1. М., 1961, 549-bet.
Mashhur fransuz faylasufi, adibi, dramaturgi, inqilobchi Jan Jak Russo
17 12-yilda Jenevada soatsoz oilasida tug‘ilgan. 0 ‘z kasbini tez-tez o‘zgartirib tur-
ganligi uchun muntazam ta’lim ololmagan. 174 1-yilda Parijga kelgan. Didro tashkil
etgan ensiklopediya ishida faol ishtirok etgan. 1762-yilda Shveytsariyada, 1766—
1767-yillarda esa Angliyada yashagan. Uning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari
«Odamlar o‘ rtasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohazalar»
(1755-y.), «Ijtimoiy shartnoma» (1762-y.), «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida» (1762-
y.) asarlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
biror yaxshilik olib kelmaydi, degan g'oyani olg'a surgan
bo'lsada, turmushdagi turli ijtimoiy muammolar, ayniqsa,
huquqsizlik ildizlarini boshqa jabhadan, ya’ni ijtimoiy taraqqiyot-
dan qidirdi. Kundalik turmushda mavjud bo'lgan salbiy illatlar-
ning manbai — ijtimoiy tengsizlikdir. Ijtimoiy tengsizlik esa,
Russoning ta’kidlashicha, mulkiy munosabatlardagi notekislik-
lardan kelib chiqadi. Odam bolasi tug'ilgan vaqtda hammasi
teng bo'lib tug'iladi. Tengsizlik insonning umri o'tishi bilan
vujudga keladi.
Russoning tushuntirishicha, ijtimoiy tengsizlik uchta asosiy
bosqichda sodir bo'ladi. Mulkiy tengsizlik, xususan, boylar va
kambag'allaming paydo bo'lishi — ijtimoiy tengsizlikning bir
inchi bosqichidir. Tengsizlikning ikkinchi bosqichi — davlatning
vujudga kelishi bilan bog'liq. Chunonchi, boylar hamda
kambag'allar tinchlik va adolatni ta’minlovchi kafolat sifatida
davlatni vujudga keltiruvchi shartnoma tuzadilar. Shunday qilib,
boylar va kambag'allar orasidagi tengsizlik yangi bosqichga
ko'tariladi va hukmdorlar bilan tobelar orasidagi tengsizlikka
aylanadi. Tengsizlikning uchinchi bosqichi — qonuniy hokimi-
yatning hokimi mutlaqqa aylanishi bilan sodir bo'ladi. Agar,
awalo, xalq davlat va uning qonunlari yordamida aldangan bo'lsa,
endi zo'ravon hokimiyat qonunni ham, xalqni ham aldaydi.
Tengsizlikning bu bosqichi, o'z navbatida, yangi tengsizlikni
vujudga keltiradi — zo'ravon hokimiyatga nisbatan barcha odam
lar o'zlarining huquqsizliklari bilan barobar bo'ladilar. Russo
tengsizlikning sababini, bir tomondan, mulkning notekisligidan
qidirsa, ikkinchi tomondan, odamlarning bir-birlari bilan bog'liq
ekanligidan qidiradi1.
Jan Jak Russo turmushdagi ijtimoiy tengsizlikning, xuro-
fotning ildizini quritishning eng muhim yo'li tarbiya deb biladi.
Tarbiya yordamida kundalik turmushda ijtimoiy o'zgarish yasamoq-
chi bo'ladi. Uning tushuntirishicha, tarbiya jarayonida tarbiya-
lanuvchida uch muhim omilning: tabiat, odamlar va jamiyat
ta’siriga alohida e’tibor bermoq lozim. Tarbiya jarayonida har bir
omilning o'ziga xos funksiyasi borligini unutmaslik lozim. Chu-
История философии. В кратком изложении. Пер. С чеш. И.И.Богоута.
М., 1991 , 438-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
nonchi, tabiat tarbiyalanuvchidagi qobiliyat va hissiyotni rivo-
jlantiradi, odamlar undan qanday rivojlanishni o‘rganadilar,
predmetlar va voqealar tajribalarini boyitadi. Ulaming hammasi
birgalikda tarbiyalanuvchining tabiiy rivojlanishiga olib keladi.
Tarbiya beruvchining vazifasi — ushbu omillaming uyg‘unlashuvini
ta’minlashdir.
Russo tabiiy tarbiya deganda, tarbiyalanuvchilarning yosh-
larini hisobga olgan holda tabiat bag'rida tarbiyalanishini tushu
nadi. Tabiat tarbiyalanuvchilarni jismonan baquwat qilishi, his
siy organlaridan foydalana bilishni o'rgatishi, erkin rivojlanishini
ta’minlashi darkor. Tabiiy tarbiya harakat jarayoni bo‘lmog‘i va
bunday jarayonni tashkil qilishda, albatta, tarbiya oluvchilar-
ning ehtiyojlari va moyilliklari hisobga olinishi lozim. Shuningdek,
ushbu jarayon ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashini ham unutmas-
lik lozim. Russo insoniy fazilatlaming shakllanishida kishining
mustaqil hayotiy tajribasi katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Bunday tajriba insonda 25 yoshlar atrofida to‘planishi mumkin.
Uning fikricha, xuddi shu yoshda inson erkin shaxs sifatida
kamol topadi va jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylanadi.
Jan Jak Russoda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g'oyalar inson shaxsi
shakllanish jarayoni va uning mohiyati, muammolari bilan
uyg'unlashib ketgan. Insondagi «tabiiylik» bilan «fuqarolik» (ijti-
moiylik — A.Ch.) uyg'unlashuvi muammolarini yechishga harakat
qilgan fransuz mutafakkirining ta’kidlashicha, insonning tabiiy asosi
jamiyatdan ma’lum darajada ziyon ko'rgan bo'lsada, ijtimoiy muhit
insonning ikkinchi fuqarolik tabiatini shakllantiradi. Mabodo, jami
yatda axloqsizlik hukmron bo'lsa, insonning ikkinchi fuqarolik tabi
atida ziddiyatlar vujudga keladi va uni badbashara qiladi1.
Inson tabiatini o'zgartirish mumkinligi to'g'risidagi yangi
fikrlar nafaqat fransuz ma’rifatparvarlari, balki XVIII asr fran
suz mexanik — naturfilosoflarining qarashlarida ham o'z ifoda
sini topdi. Uning namoyandalari inson tabiatini o'zgartirishda
ijtimoiy shart-sharoitlarning rolini tahlil qildilar. Fransuz me
xanik—naturfilosoflari inson bilan jamiyat, individ bilan madani
yat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini o'rganishga alohida
e’tibor berdilar.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |