Zavqiy1 fuqarolar manfaatini himoya qiladigan adolatli, in
sonparvar jamiyatni «dono va ma’rifatparvar hukmdor barpo
etadi», degan g‘oyadan voz kechdi. Xonlar, beklar, eshon-u
mullalar turmush tarzini kuzatgan shoir, xon cheksiz hokimi
yat egasi bo'la turib, bu hokimiyatdan o‘z shaxsiy manfaati
uchun foydalansa, fuqarolar manfaatini himoya qilmasa,
doimo
aysh-u ishrat, kayf-u safoda bo'lsa, mamlakat o‘ziga o‘xshagan
buzuq kishilar maslahati bilan idora qilinsa, bunday mamlakat,
shubhasiz, xarobaga aylanadi. Xuddi shuning uchun ham, jami
yatni insonparvarlashtirishning asosiy sharti — xonlik tuzumini
tugatishdir, degan fikrni bayon qiladi. Xonlik tuzumini tugat-
masdan — insonparvar, demokratik jamiyat qurib bo'lmaydi,
degan xulosaga keldi. Zavqiy o‘z vatanida bugunmi,
ertami ana
shunday fuqaroviy jamiyat qurilishiga, «zamona inqilob bo'lishi
muqarrar»2ligiga qattiq ishonardi.
O'zbek milliy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri,
ma’rifatparvar shoir, jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy3
Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o'zgarmasdan qolmasligi,
baxtli farovon kunlar kelishiga, «shohlar bir kun gado, bir
kun gado shahzod»4 bo'lishiga qattiq ishonadi. Shuning uchun
ham, tinimsiz inson eng oliy qadriyat deb ulug'lanadigan in-
Ma’rifatparvar qo'qonlik shoir Ubaydulloh usta Solih o‘g‘li — Zavqiy (uning
tahallusi) 1853-yilda tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni mahalla maktabida olgan.
Madrasai Oliy, Madrasai Chilpakda o‘qigan. Fors, arab tillarini mukammal
o'rgangan. Musulmon adabiyoti namoyandalari asarlarini chuqur bilgan. Farg‘ona
vodiysi shaharlarini bir necha bor kezib chiqqan. 1900-yilda
Sharq mamlakatlari
b o ‘ylab
sayohatda bo‘lgan, xususan, Makka va Madinani ziyorat qilgan. Butun
umrini mahsido‘ zlik bilan o‘tkazgan shoir 19 2 1-yilda vafot etgan.
2
Zavqiy.
Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959, 95-bet.
3 Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilda Qo'qonda tug‘ilgan. Boshlang‘ ich
ma’lumotni Qo‘qonda olgan. Rus-tuzem maktabi va madrasada o‘qigan. Sharq
adabiyoti klassiklarining asarlarini chuqur o‘ rgangan. Fors, arab, rus tillarini
mukammal bilgan. 1910—19 14-yillarda Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ ilonda maktab
ochib, o‘quvchilarga saboq bergan. Maktablar uchun darsliklar, o‘quv qo‘ llanmalar
yozgan. Jahon madaniyati yutuqlari
bilan yaqindan tanishish, odamlar quvon
chlari va tashvishlarini o‘ z ko‘zi bilan ko‘ rish maqsadida Afg‘oniston, Hindiston,
Suriya, Turkiya, Arabiston bo'ylab sayohat qilgan. Makkada bo‘ lgan. Umrining
asosiy qismini ijod bilan o(tkazgan. Yuzlab she’rlar, maqolalar, qissalar, drama-
lar, komediyalar yozgan. 1929-yilda fojeali halok bo‘lgan.
4
Hamza.
Mukammal asarlar to‘plami. To‘ rt tomlik. Ikkinchi tom. Toshkent,
1981, 33-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
sonparvar, demokratik jamiyat qurish g'oyasini targ'ibot va tash
viqot qiladi. Fuqarolam i jahon madaniyati yutuqlaridan bahra-
mand bo'lishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning e’tirof
etishicha, inson m an
faatlarini ulug'lovchi, fuqaroviy jam iyat qurmoq uchun, eng
awalo, odamlarni milliy mahdudlik balosidan xoli qilmoq darkor.
Uning ta ’kidlashicha, agar biz milliy, ayniqsa, diniy qadriyat-
larimizga o'ralib yashayversak, ko'p o'tm asdan bid’atlar orasida
yashovchi, faqat ismi bor, jismi yo'q bir millatga aylanib qolamiz.
Bunday holatda biz kelajak avlodlarimiz oldida kechirib bo'lmas
xatoga yo'l qo'yamiz. Shuning uchun ham,
hozirdan bu dardni
davolash yo'llarini izlab topishimiz lozim 1, deydi. Ana shunday
yo'l fuqarolar ongi va shuurini milliy mahdudlik illatidan xoli
qilishdir, deb o'ylaydi. Milliy mahdudlik, milliy biqiqlik illati
dan millatni xoli qilmoq uchun, fuqarolami jahon sivilizat-
siyasi, xususan, jahon ilm-fani yutuqlari bilan oshno qilmoq,
ulami nafaqat milliy, balki umuminsoniy
qadriyatlarga sadoqat
ruhida tarbiyalamoq zam r, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy chor Rossiyasining Turkistonda
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining g'ayriinsoniy
mohiyatini ochib tashladi. C hor Rossiyasi chinovniklari va ular
ning nog'orasiga o'ynayotgan mahalliy amaldorlar, riyokor din-
dorlarning g'ayriinsoniy xulq-atvori, xatti-harakatini uzluksiz
masxara qildi. Odamlarga mustamlakachilarga qarshi kurashmoq
uchun birlashish zarur ekanligini takrorlashdan charchamadi.
«Birlashsun
emdi boshimiz, maslakka qarshi yoshimiz», «Bir-
lashing Turkiston», «Qo'l ushlashing, birlashing emdi, Turkis
ton», «Haq yo'lida jon bersak, bo'lsak millat qurboni», deb
xitob qildi.
Hamza 1917-yil fevral voqealariga katta umid bilan qaragan
edi. Fevral voqealari Turkiston xalqlariga erkinlik, hurriyat ato
etadi, deb o'ylardi. Shuning uchun ham 1917-yil o'rtalarida
yozgan «Uyon vatan» she’rida: «Ey Islom eli! Bu kun millatga
o'lsun ham a himmatimiz! Bitdi istibdod! Yetsun Hurriyat! Bit-
sun nazorat, qullik asorat!» deb yozgan edi. «Turkiston mux-
Do'stlaringiz bilan baham: