Ahmad Donish.
Navodirul vaqoe’ Toshkent, 1964. 165-bet.
0 ‘sha yerda, 60-61 -betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ahmad Donish fikriga ko'ra, jamiyatni insonparvarlashti-
rishning eng muhim shartlaridan biri ijtimoiy adolat norama-
lariga tayanmoq, xususan, odamlar orasida tenglikni barqaror
qilishdir. Ayniqsa, jamiyatda yaratilgan moddiy va ma’naviy
boyliklami teng taqsimlamoq zarur. O'shanda odamlar orasidagi
turli mojarolar, kelishmovchiliklar bartaraf etiladi.
Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun qoraqalpoq shoiri
Berdimurod Berdah1 fikriga ko‘ra, davlat xalqqa, o'z navbatida,
odamlar Vataniga, xalqiga xizmat qilishi, o'z mehnatidan zavq-
shavq olishi darkor. Inson jamiyatda qadrlanishi, hurmatlanishi,
buning uchun har bir kishidagi rostgo'ylik, haqiqatgo'ylik
e’zozlanishi kerak. Ma’naviy-axloqiy qiyofasida bunday xislatlar
bo'lmagan kishini Berdah inson deb hisoblamaydi.
Berdah fikriga ko'ra, fuqarolar ma’naviy-axloqiy qiyofasidagi
salbiy illatlar ular yashayotgan zamona, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum
bilan bog'liq. Ma’naviy-axloqiy yaramas illatlami tugatish uchun,
eng awalo, ijtimoiy adolatsizlikka barham berish, kishilarni ma’rifatli
qilmoq lozim. Jamiyatda ma’rifatli kishilarni ko'paytirmoq uchun
mamlakatni vijdonli, odil, o'z manfaatidan xalq manfaatini ustun
qo'yuvchi kishi boshqarmog'i zarur, deb hisoblaydi.
Har qanday jamiyatda ham fuqarolaming katta qismini xotin-
qizlar tashkil etadi. Shuning uchun ham Berdah, jamiyat ha
yotini insonparvarlashtirish xotin-qizlar turmush tarzi, ulaming
madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog'liqligini ta’kidlaydi. Jamiyat
da ayollar bilan erkaklar teng bo'lishi lozim. Shunday bo'lsada,
ayol erkakning sodiq do'sti bo'lib, erini qattiq sevishi va hurmat
qilishi zarur. U ayolning katta qalin evaziga sotilishini qoralaydi.
Bunday odatni aqlsizlik va axloqsizlik alomati, deb baholaydi.
Jamiyat hayotidagi urf-odatlar ayol izzat-nafsiga tegadi, insoniy
haq-huquqlarini poymol qiladi. Qoraqalpoq shoiri xotin-qizlar-
ning insoniy haq-huquqlarini himoya qilishga chaqiradi.
Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li (Berdah uning taxallusi) 1827-yilda Orol den-
gizining janubida joylashgan Mo‘ynoq tumanining Oqqal’a degan joyida tug‘ilgan.
Boshlang‘ich ma’lumotni ovul maktabida olgan. Qoraqum eshon madrasasida o'qigan.
Musulmon adabiyoti klassiklari asarlarini chuqur o‘rgangan. Mashhur shoir va
xalq baxshisi darajasiga ko‘tarilgan. Ko‘ plab she’ rlar, dostonlari bilan musulmon
madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. 1900-yiIda vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XIX
asming ikkinchi yarmida O'rta Osiyo ma’rifatparvarlari
jamiyat .hayotini insonparvarlashtirish uchun mamlakatni ijti
moiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikdan olib chiqish zarur,
deb hisobladilar. Buning uchun fuqarolami bilimli, ilmli qilmoq
kerak, degan g'oyani ilgari suradilar. Boshqacha aytganimizda,
ma’rifatli insonni shakllantirmasdan turib, jamiyatni insonpar-
varlashtirib bo'lmasligi, o'z navbatida, inson ruhiy-ma’naviy
kamoloti bilim, ilm bilan bevosita bog'liq ekanligini tushunti
rishga harakat qiladilar. Eng muhimi, inson o'zligini bilmog'i
uchun bilimli, ilmli bo'lishi zarurligini qayta-qayta takrorladilar.
Bunday fikr-mulohazalarni mashhur o'zbek ma’rifatparvarlari
Sattorxon Abdulg'afforov1 va qo'qonlik shoir Zokiijon Xolmu-
hammad o'g'li Furqat2 qarashlarida ham ko'rish mumkin.
«Inson, — deb yozadi Sattorxon Abdulg'afforov, tayyor
bilim bilan tug'ilmaydi. U bilimga asta-sekin harakat natijasida
erishadi. O'z tabiatiga ko'ra odam ulg'ayishi bilan uning aql-
idroki, qobiliyati ham ko'rish, eshitish natijasida kun sayin
rivojlanadi, insonning aql-idroki o'sgan sari, awalo, o'zining
kimligini bilishga harakat qiladi. Insonning asosiy burchi boshqa
kishilarga foydali xizmat qilishdan iborat, agar u o'zini o'zi
bilmasa, bu burchni qanday ado etadi? O'zini o'zi bilish uchun
qo'l-oyoq, ko'z, ochlik va tashnalikni his qiluvchi boshqa ichki
sezish organlari orqali olinadigan bilim odam uchun kifoya
qilmaydi. Agar biz shu orqali o'zimizni o'zimiz bilamiz desak,
1
Sattorxon Abdulg'afforov 1843-yilda Chimkent shahrida yirik mudarris oila-
sida tug‘ ilgan. Boshlang'ich ma’lumotni ona shahrida olgan. 1862-yilda Toshkent -
dagi Shukurxon madrasasini tugatgan. 1873-yilda Chimkent muftisi etib tayinlan-
gan. 1873-yilda Chimkentga ochilgan rus-tuzem maktabida o'qituvchi bo'lib ish-
lagan. 1876-yilda Qo'qon shahriga qozi qilib yuborilgan. 1879-yilda Qo'qon shahar
bilim yurtining faxriy nazoratchisi bo'lgan. 18 8 1-yilda Toshkentga qaytib kelgan.
1884-yildan 1889-yilgacha Toshkent o'qituvchilar seminariyasida dars bergan. 1889-
yilda Chimkent shahar qozisi bo'lgan. 19 0 1-yilda vafot etgan.
1
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat 1859-yilda Qo'qon shahrida tug'ilgan.
Dastlabki bilimni mahallasidagi maktabda olgan. 1883-yilda Qo‘ qon madrasasiga
o'qishga kiradi. Qo'qonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashgach, o‘qishni davom
ettira olmaydi. 1889-yilda Toshkentga keladi. Nafaqat musulmon, balki jahon ada-
biyotining yutuqlari bilan tanishadi. 18 9 1-yilda Samarqandga keladi. Turkiya,
Yunoniston, Bulg'oriya, Misrga, 1892-yilda esa Arabistonga, 1892-yil Bombey,
1893-yilda Kashmirga sayohat qiladi. O'sha yili Qashqarga, Kashmir-Tibet orqali
Uyg'ur o‘lkasiga keladi. Yorkentda uzoq yil yashaydi va 1909-yilda vafot etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yanglishgan va xato qilgan bo'lamiz, chunki bunday bilimga
hayvonlar ham egadirlar. Agar biz shu bilim bilan kifoyalan-
sak, ulardan hech farq qilmaymiz, biz o‘zimizning qanday
ekanligimizni, qayerdan kelib chiqqanligimizni va qayerga
borishimizni, bu daigohga nima uchun kelganligimizni, baxt va
bebaxtlik nimadan iborat ekanligini bilishimiz zarur. Bulami bilish
uchun asosiy vosita ilmdir, ilmning turlari va boshqa fanlardir.
Ilm olishning asosiy maqsadi — foydali xizmat qilishdir1.
Sattorxon Abdulg'afforov fikriga asosan, jamiyatni insonpar-
varlashtirishning asosida ilm-fan, ma’rifat yotmog'i zarur. Ilm-
fan jamiyat farovonligini, fuqarolar ruhiy-ma’naviy kamoloti
ning garovidir. Uning tushuntirishicha, ilm-fan taraqqiyotiga
erishishning eng muhim vositasi — boshqa mamlakatlar, boshqa
xalqlar bilan do'stona munosabatda bo'lish, ular bilan turli
madaniy-ma’rifiy aloqalami rivojlantirishdir.
Turli xalqlar orasidagi do'stlik, birodarlik aloqalarini rivoj-
lantirish — jamiyatni insonparvarlashtirishning muhim sharti
ekanligini Zokiijon Xolmuhammad o'g'li Furqat ham qayta-
qayta ta’kidlaydi. Jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand
bo'lmoq uchun boshqa xalqlar tilini, urf-odatlarini, rasm-ru-
sumlarini o'rganmoq lozim, deydi.
Furqat fikriga ko'ra, jamiyatda ma’naviy qashshoq, nodon,
galvars kishilaming ko'payishi fojia, ofatdir. Fan nodon va omi
kishilar yo'lini yorituvchi, ulami to'g'rilik tomon boshlovchi
yo'lchi yulduzdir, ilm-fan qanchalik tez rivojlansa jamiyat
a’zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro'yobga chiqadi,
ma’naviy qashshoq odamlar soni kamayadi, ma’rifatli odamlar
soni qancha ko'p bo'lsa, jamiyat hayoti shuncha tez insonpar-
varlashadi, degan xulosaga keladi2.
XIX
asming ikkinchi yarmidayoq O'rta osiyolik mutafakkirlar
jamiyatni insonparvarlashtirish, uni ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa,
madaniy-ma’naviy inqirozdan olib chiqmoq uchun musulmon
xotin-qizlarini savodxon qilish g'oyasini olg'a suradilar. Xususan,
Zokiijon Xolmuhammad o'g'li Furqat xotin-qizlar erkaklar bi-
Turkiston viloyati gazetasi, 1895, №8.
Do'stlaringiz bilan baham: |