Гельвеций.
Истинный смысл системы природы. М., 1923, 47-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fransuz faylasufi Pol Anri Golbaxning1 fikriga ko‘ra, inson
tabiatning bo'lagi, shuning uchun ham uning faoliyati tabiat
qonunlariga bo'ysunadi. Bunday naturalistik nuqtayi nazarda tur
gan faylasuf, insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan,
ikki mohiyatga ega bo'lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi.
Golbaxning tushuntirishicha, inson
0
‘zining fikrlash madaniyati
va ish bajarish qobiliyatlarining vujudga kelish sabablarini tushun
tirib bera olmaganligi uchun ham «ma’naviylik», «jonning
o'lmasligi» kabi tushunchalar paydo bo'ldi. Shuning uchun ham
u, «Agar bizdan inson nima deb so'rashsa, biz darhol bu turli
o'zgarishlarni his qilish, sinab ko'rish va fikrlash uchun tashkil
qilingan moddiy mavjudotlar, deb javob berardik»2, deydi.
Golbaxning fikricha, inson — muhitning mahsuli. Chunon
chi, insonni tabiat hech qachon johil qilmaydi, balki ijtimoiy
vaziyat ta’sirida, u aqlli yoki nodon bo'ladi. Masalan, despo-
tizm insonni fuqaro qilib emas, qul qilib shakllantiradi. Fran
suz faylasufi muhit deganda, eng awalo, siyosiy vaziyatni,
jamiyatda mavjud bo'lgan yuridik qonunlami tushunadi.
Agar qonunlar yaxshi bo'lsa, axloq ham yaxshi bo'ladi.
Agar qonunlar axmoqona bo'lsa, turgan gapki, axloq ham
ahmoqona bo'ladi. ShuniLj«uitmaslik zarurki, deb ta’kidlaydi
mutafakkir, qonunni xalq emas, balki monarx yaratadi. Shuning
uchun ham, qonunning ijodkori bo'lgan monarx ma’rifatli,
insonparvar hukmdor bo'lmog'i lozim. O'sha ma’rifatli, inson
parvar monarx o'zi yaratgan qonunlari bilan o'ziga tobe bo'lgan
fuqarolami baxtiyor qiladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etadi.
Inson borlig'i haqida Golbax qarashlarida ba’zan biri ikkin
chisiga zid mulohazalar uchrab turadi. Chunonchi, uning fikriga
asosan bir holatda insonning faoliyat ko'rsatishida turli tabiiy
omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi deyilsa, boshqa bir
holatda Gelvetsiy kabi shaxsning shakllanishida va rivojlanishida
Anri Golbax 1723-yilda Germaniyaning Edesxeym shahrida tavallud topgan.
0 ‘n ikki yoshida Parijga kelgan Leyden universitetini tugatgan. Kimyogarlik kas-
bini sirlarini mukammal o‘rgangan. Zamonasining buyuk allomalari Didro va
Gelvetsiyning maslakdoshi bo‘ Igan. Din va cherkovni doimiy tanqid qilgan. 1789-
yilda Parijda vafot etgan. Uning falsafiy, xususan, inson to‘g‘risidagi qarashlari
«Tabiat sistemasi», «Avliyolar galereyasi», «Ijtimoiy sistema», «Tabiiy tarix»,
«Sog‘ lom fikr», «Universal axloq» asarlarida bayon etilgan.
2
Гольбах
. Избранные произведения. В двух томах. Том 1. М., 1963, 123-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijtimoiy muhit katta rol o'ynaydi, degan g‘oyani olg‘a suradi.
Shunday ziddiyatli mulohazalar ta’sirida fikr yuritgan Golbax,
odamlar faoliyat ko‘rsatishirting bosh determinanti foyda va man
faat, degan tezisni olg'a suradi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, XVIII asr
fransuz faylasuflarining inson to'g'risidagi qarashlarida, asosan,
ikki tendensiya mavjud edi. Chunonchi, Volter, Russo, Konoares
inson muammosini ma’rifatparvarlik nuqtayi nazaridan tahlil qi-
lishsa, Kondelyak, Lametri, Gelvetsiy mexanistik, naturfilosofik
pozitsiyadan turib tahlil etishar edilar. Boshqacha aytganimizda,
ma’rifatparvar faylasuflarning inson to'g'risidagi qarashlari asosida
insonparvarlik g'oyalari yotgan bo'lsa, mexanik-naturfilosofik fikr
yurituvchi faylasuflarning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarining
asosida olamning mexanik manzarasi yotar edi. Fransuz
ma’rifatparvarlari inson to'g'risidagi qarashalarida ingliz faylasufi
Jon Lokk an’analariga amal qilishsa, mexanik-naturfilosofik pozit-
siyada turgan faylasuflar inson haqidagi qarashlarida Bekon,
Dekart, Didro an’analariga asoslanadila^Xuddi shuning uchun
ham, ularning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarida mexanizm,
naturalizm elementlari chatishib, qo'shilib, qorilib ketgan edi.
Alohida ta’kidlab o'tish zarurki, inson shaxsining kamol
topishida ijtimoiy muhit, ayniqsa, tarbiyaning roli haqidagi XVIII
asr fransuz ma’rifatparvarlari bayon qilgan fikr-mulohazalar inson
muammosi yechimi borasida olg'a tashlangan katta qadam edi.
Inson to'g'risidagi ingliz, fransuz faylasuflarining qarashlari
Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqala boshladi. Endi
likda inson muammosi nafaqat faylasuflar, balki adabiyot, san’at
ahlining ham diqqat markazida bo'ldi. O'z manfaatini ko'zlovchi,
xudbin kishi bilan umummanfaatini himoya qiluvchi chinakam
inson o'rtasidagi to'qnashuv XVIII ”asr adabiyotining bosh
mavzusi bo'ldi. Bunday holatni nemis vatanparvar yozuvchisi,
faylasuf va dramaturg, tanqidchi va san’at nazariyotchisi Got-
xold Efraym Lessing1 ijodida ko'rishimiz mumkin. Lessing o'zining
«Odamzodni tarbiyalash» asarida ta’kidlashicha, har qanday diniy
1 Mashhur nemis faylasufi, ma’rifatparvari, yozuvchisi, tanqidchi Gotxold
Efraym Lessing 1729-yilda Kamensda tug‘ilgan. 179 1-yilda Saksoniyada vafot etgan.
Uning inson to‘g‘risidagi qarashlari «Odamzotni tarbiyalash» (1780-y.) asarida
bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoidalar aql bilan yoritilmagan, uning qudratli tanqidiy
chig‘irig‘idan o'tmagan bo‘lsa, bunday qoidalar irim-sirimdan
boshqa narsa bo'lmaydi. Lekin har qanday dinning mazmuni aql
va kishilarga muhabbat kabi umuminsoniy axloq ruhi bilan
sug'orilganligi ham haqiqat ekanligini unutmaslik zarur, deb
hisoblaydi.
Lessingning fikricha, inson hamyurtlariga foyda keltiradigan
qanday kasbda — hunarmandchilikdami, dehqonchilikdami, sa-
noatdami yoki savdogarchilikdami — mehnat qilmasin, bunday
faoliyat chinakam olqishga sazovor bo'lmog'i lozim. Mulohaza-
lilik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, oqko'ngillilik — Lessing asar-
lari qahramonlarining insoniy fazilatlaridir.
XVIII
asr nemis ma’rifatparvarlarining yangi qahramoni —
«dunyoviy fuqaro» edi. Bunday kishi uchun atrofida sodir
bo'layotgan voqealarga o'z manfaati qarichi bilan yondoshish
yotdir. U har qanday tabaqa yoki turli e’tiqodga mansub kishi
lar orasidan «yaxshi odamlarni qidiradi». Shuning uchun o'sha
el va xalqparvar, jahongashta «dunyoviy fuqaro» — nemis
ma’rifatparvarlarining sevimli qahramoniga aylandi.
Xudbin kishining shaxsiy manfaati bilan umummanfaat orasi
dagi to'qnashuv G.Fildingning «Topib olingan Tom Jons tarixi»
romanida ham o'z ifodasini topgan. Asar qahramonlari yasha
yotgan tarixiy muhit shundan dalolat beradiki, bu yerda hokimi
yat, boylik odamlarning ijtimoiy holatini boshqaradi. Kishilar
taqdirini esa tasodif hal qiladi. Odamlarni bunday tasodif
botqog'idan asta-sekin aql olib chiqadi. Turgan gapki, tasodif
deganda, kundalik turmushdagi xususiylik tushuniladi. Boshqacha
aytganimizda, o'z manfaatlari yo'lida o'zboshimchalik, tavakkal-
chilik bilan harakat qilishi — tasodifiy holat ifodasidir. Shaxsiy
manfaat yo'lida qilingan o'zboshimchalik, tavakkalchilik kabi
holatlar — bir qutbda, aql, farosatga asoslangan ehtiyoj, umum-
manfaatni ko'zlash, huquq va qonunga tayanish, hamma uchun
bab-barobar bo'lgan adolat normalariga asoslanish kabi fazilatlar
— ikkinchi qutbda to'plana boradi. Qarama-qarshi qutblaming
vujudga kelishi, albatta, kurashga olib keladi. Bunday kurashda,
yuqorida eslatib o'tilganidek, aql tasodif ustidan g'olib chiqadi.
Aqlning tasodif ustidan g'olib chiqishi — umummanfaatni himoya
qiluvchi «chinakam inson»ning buyuk g'alabasi edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XVIII
asr Yevropa sivilizatsiyasi tarixida ma’rifatparvarlik davri,
deb yuritiladi. Chunki bu davr ilmiy bilimlari faqatgina bir
guruh ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ma’lum bo‘lib
qolmasdan, balki aholining turli tabaqalari orasiga keng tarqala
boshladi. Nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham ilm
maskanlari laboratoriyalari qobig'idan chiqib, omma orasida yoyila
bordi. Ilm-fan yutuqlari nafaqat ilm ahli, balki adabiyot, san’at
namoyandalari, ziyolilaming turli qatlamlari bahs-munozarala-
riga sabab boia boshladi.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki,
bu davrga kelib odamlar inson aqlining qudratiga, uning hali
foy qiyoti jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka olib kelishiga bor-
gan sari qo‘proq ishonch hosil qila boshladilar. Yuqorida eslatib
o‘tganimizdek, bunday kayfiyat Yevropada XVII asrdayoq vujudga
kelgan edi. XVIII asrda esa o‘rta asr sxolastikasini tanqid qilish,
obro‘ va an’ana o‘miga aql-farosatni ulug‘lash har tomonlama avj
ola boshladi. Xuddi shuning uchun ham, XVIII asr — Yevropada
aql-tafakkurni ulug‘lash, erkinlik-hurlikning vujudga kelishi, fan
va madaniyatning rivojlanish asri bo‘lib qoldi.
XVIII
asrning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri: fan ama-
liyotga yaqinlasha boshladi. XVII asrda Yevropa faylasuflari sxo-
lastikani tanqid qilgan bo'lsalar, XVIII asrda metafizikani har
tomonlama tanqid qila boshladilar. 0 ‘rta asr sxolastikasi o‘miga
XVI—XVII asrlarda kirib kelgan metafizikani yo'qotib yuborishga
harakat qildilar. Fanda Isaak Nyuton, falsafada Jon Lokk izidan
borgan fransuz ma’rifatparvarlari metafizik sistema boimish
Kartezianlikni1 ham qattiq tanqid qildilar. Kartezianlik tarafdor-
larini turli abstrakt konstruksiyalarni ulug‘lashgan, tajriba va
eksperimentga esa kam e’tibor berishgan, deb aybladilar. Lekin
Yevropa ma’rifatparvarlari har qanday aqlni ulug'lashmas, faqat
tajribaga asoslangan, turli diniy uydirmalardan xolis, erkin ilm
tarafdori edilar.
Yuqorida
ta ’kidlab
o ‘tganimizdek,
m a’rifatparvarlik
g'oyalarining vatani Angliya edi. Chunki Angliyada jahonning
boshqa mamlakatlaridan oldinroq ilm-fanga asoslangan ilg‘or
Kartezianlik Dekart va uning izdoshlari ta’limoti XVII—XVIII asrlarda Fran-
siya va Gollandiyada keng tarqalgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Ma’rifatparvarlik
g'oyalari tarix sahnasiga kirib kelayotgan angliyalik yangi mulk-
dorlar tabaqasi manfaatiga mos bo‘lib tushdi.
XVIII
asr Yevropa falsafasida inson, bir tomondan o‘zining
xususiy manfaati uchun harakat qiluvchi mavjudot sifatida
ta’riflangan bo'lsa, ikkinchi tomondan barcha kishilar tengligini
himoya qiluvchi buyuk qudrat ekanligi rasman tan olindi.
Shuningdek, XVIII asr Yevropa falsafasi o'sha davrning eng
muhim ijtimoiy illati bo'lgan: faqat o'z manfaatini ko'zlab faoli
yat ko'rsatuvchi xudbin, ichi qora kishi bilan aql va adolat
bayroqdori bo'lmish oqko'ngil, el-yurt manfaati haqida bosh
qotiruvchi elparvar inson o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bar
taraf etishga urindi.
XVIII
asr Yevropa falsafiy tafakkurining o'ziga xos xususi
yatlaridan yana biri inson ongi va faoliyatida bo'ladigan
o'zgarishlarni umumiylik va ayrimlik, tasodif va zaruriyat
chig'irig'idan o'tkazib tahlil etilganligi bilan xarakterlanadi. XVII
asrda fransuz faylasuflari inson manfaatlariga qaratilgan indivi
dual hulq-atvomi boshqarib turuvchi yagona kuch — tabiat deb
tushuntirishgan bo'lsalar, nemis ma’rifatparvarlari ushbu muam-
moga panteistik nuqtayi-nazardan yondashib, ya’ni «dunyoviy
aql» ko'zi bilan qarab, inson ongida bo'ladigan o'zgarishlar
axloqiy va huquqiy prinsiplar, normalar ta’sirida sodir bo'ladi,
deb tushuntirdilar.
Shunday qilib, Yevropa ma’rifatparvarlari Renessans davri
gumanizmini har tomonlama rivojlantirdilar. Inson nafaqat Xudo
oldida, balki qonun oldida ham teng bo'lmog'i darkor. Inson
insonning quli, cho'risi emas, birodari bo'lmog'i zarur. Aho-
lining ayrim tabaqalari: zodagonlar, ruhoniylarga berilgan
tabaqaviy imtiyozlami bekor qilish lozim, degan g'oyani olg'a
surdilar. Barchaning huquqiy tengligini, qonun oldida barobar-
ligini yoqlab chiqdilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |