A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Гоббс Т.
Избранные произведения. В двух томах. Том 1, М., 1964, 200- 
bet.
3 0 ‘sha asar, 442-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


so'z bilan, tabiiy qobiliyatlar, deb ataymiz. Ular insonni aqlga 
ega maxluq sifatida ta’riflash uchun kerak bo'ladi1.
Gobbsning fikricha, inson degan mavjudot bir-biridan mut­
laqo farq qiluvchi ikki muhim bo'lakdan iborat bo'lib, birin­
chi bo'lagini jismoniy, ikkinchi bo'lagini ma’naviy qobiliyat­
lar tashkil etadi4. Ma’naviy qobiliyatlarga: bilish, ijtimoiy hayotga 
ko'nikish kabi qobiliyatlar kiradi. Insondagi ma’naviy qobili­
yatlar tabiat tom onidan in ’om etilmaydi, balki ular 
o'zlashtiriladi. Ingliz mutafakkiri yozganidek, «barcha odamlar 
ijtimoiy hayotda qobiliyatsiz bo'lib tug'iladilar (chunki hamma 
bola bo'lib tug'iladi)»2.
Gobbsning fikriga ko'ra, insondagi ma’naviy qobiliyatlarni 
shakllantirish va uni rivojlantirishda tarbiya asosiy rol o'ynaydi. 
Insonning ma’naviy qiyofasi shakllanish jarayonini chuqurroq 
tahlil eta borib, odamlar o'rtasida har kuni uchrab turadigan 
qobiliyatlari va iste’dodida majud bo'lgan farqni qanday sabab­
lar vujudga keltiradi? degan savolga javob topishga harakat qil­
gan faylasuf bunday yozadi: «Odamlar bir-biridan bilimlariga 
ko'ra shu darajada farq qiladilarki, buni ularning faqat miya 
strukturalari orasidagi tafovut bilan tushuntirib bo'lmaydi»3. Bu 
yerda shuni ta’kidlash joizki, Gobbs insonning ma’naviy qobili- 
yatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bogiab tushun­
tirishga harakat qiladi.
Yevropa ma’rifatparvarlik g'oyalari taraqqiyotida ingliz fayla­
sufi Jon Lokkning ham xizmatlari katta bo'ldi4. Faylasufning 
tushuntirishicha, inson tug'ilgan vaqtda uning qalbi har qanday 
g'oya, tushuncha, prinsip, qoidalardan xolis bo'ladi. Inson qalbi 
xuddi oq qog'oz varag'idek toza bo'lib, «faqat tajriba o'sha qog'oz 
sahifasini turli yozuvlar bilan to'ldiradi. Insonni yangi bilimlar, 
yangi g'oyajpr bilan qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq
1 Гоббс Т. Избранные произведения. В двух томах. Том I, М., 1964, 
442-bet.
2 0 ‘sha asar, 229-bet.
0 ‘sha asar, 229-bet.
Mashhur ingliz faylasufi Jon Lokk 1632-yilda Rington shahrida advokat 
oilasida tug‘ilgan. Tlinster maktabida o‘qigan. Oksford universitetini tugatgan. Falsafa, 
tabiatshunoslik va tibbiyotni mukammal o‘ rgangan. Oksford universitetida o‘qituvchi 
bolib ishlagan. 1682-yildan e’tiboran Gollandiyada yashagan. 1688-yilda Angliyaga 
qaytib kelgan. 1704-yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘risidagi qarashlari «Inson 
aqli haqida tajriba» (1690-y.) asarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


darkor. Har qanday bilim yoki g‘oyaning manbai tajribadir»1. 
Lekin tajribadan hosil bo'lgan g'oyalar bilim uchun mate- 
rialdir, xolos. G‘oyalarning bilim darajasiga ko'tarilmog'i^uchun 
uni farosat chig‘irig‘idan o'tkazib, qayta ishlov berish darkordir. 
Ana o'shanda oddiy g'oyalar o'zgarib, haqiqiy bilimlarga ayla- 
nadi.
Jon Lokk «Aqlni boshqarish haqida» (1706-y.) asarida 
ta’kidlaganidek, inson — faoliyat ko'rsatuvchi mavjudotdir. In­
son faoliyat ko'rsatishda ^<5‘z aqlida mavjud bo'lgan bilimlarga 
tayanadi. Tabiiyki, insonning barcha jabhadagi faoliyatini aql 
o'zining ko'zga ko'rinmas kuchi bilan boshqaradi. Qalb aqlga 
quloq soladi, unga ergashib boradi va unga bo'ysunadi. Shuning 
uchun ham ingliz mutafakkiri insonning aqliy kamoloti haqida 
doimo qayg'urish, uni yangi bilimlar bilan qurollantirib turish- 
ga da’vat etadi2. Aqlni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq uchun 
inson o'zining fikr yuritish malakasini doimo takomillashtirib 
turishi lozim ekanligini uqtiradi. Fikr yuritish malakasini ta- 
komillashtirish yo'llarini va uslublarini aniqlab berishga intiladi. 
Lokk fikr yuritish malakasini shakllantirish uchun har bir 
dalildagi umumiylikni aniqlash, butun tajriba ma’lumotlari 
yig'indisini yaxlit deb qarash (butun va boiak aloqadorligi), 
qandaydir turli-tuman g'oyalar kombinatsiyasini vujudga kelishiga 
yo'l qo'ymaslik (anologiya, assotsiatsiya) kabi uslublar va usul- 
lar yordamida narsalar tabiati to'g'risida aniq bilimga ega bo'lish 
mumkinligini ko'rsatadi.
Lokk fikriga asosan, inson aqlining yangi bilimlar bilan 
boyib borishida mustaqil o'qib-o'rganish katta ahamiyatga ega 
bo'ladi. Mustaqil o'qib-o'rganmoq, ya’ni mustaqil bilim olmoq 
uchun har bir kishi mustaqil fikr yuritish malakasiga ega 
bo'lmog'i lozim. Uning o'tkirlanishining birdan-bir yo'li — 
mustaqil o'qib-o'rganishdir.
Jon Lokk inson jismoniy va ma’naviy qiyofasining shaklla­
nishida tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. 
Uning tushuntirishicha, tarbiya faqat kishilarni savdo-sotiq ish­
lariga tayyorlash bilan chegaralanib qolmasligi, balki uning 
yordamida odamlar, ayniqsa, yoshlar fuqarolik mas’uliyatini


Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish