A n V a r c h o r iy e V


Каменский Я., Локк Дж., Руссо Ж



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Каменский Я., Локк Дж., Руссо Ж
., 
Песталоцци И.
Педагогическое 
наследие. М. 1998, 194-198-бетлар.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fransuz mexanik naturfilosoflariga xos xususiyatlardan biri — 
inson muammosini o'rganishga mexanik yondashuv edi. Bunday 
yondashuvni Jyulen Ofre de Lametrining1 «Inson-mashina» (1747- 
y.) asarida ko'rish mumkin. Uning ta’kidlashicha, «inson shun­
day murakkab mashinaki — u haqida o'zingcha aniq tasawur 
hosil qilib va undan so'ng aniq ta’rif berib bo'lmaydi»2. Inson 
qalbini esa moddiylik deb tushunadi. O'sha moddiy qalb — tirik 
organizmni harakatga keltiruvchi kuch, deb hisoblaydi. Inson va 
hayvon o'rtasida faqat miqdoriy tafovut mavjud, xolos. Chunon­
chi, ular miyalarining hajmi va tarkibi turlichadir, deb ta’kidlaydi.
Lametrining fikriga ko'ra, inson tanasi bamisoli soat mexa- 
nizmidek o'zi harakatga keluvchi mashinaga o'xshaydi. Tashqi 
olam inson miyasi ekranida o'z aksini topadi. O'sha aks, o'sha 
sadoni o'rganayotganda, olamdagi barcha hodisalar, voqealar- 
ning yagona moddiy substansiyasi borligini unutmaslik darkor. 
O'sha yagona moddiy substansiyaga xos eng muhim xususiyat 
sezish va fikrlashdir. Bunday holatni tashqi olamning inson 
miyasiga ko'rsatgan ta’sirida, o'sha ta’sir ostida shakllangan turli 
qobiliyatlami, malakalami o'zida mujassamlashtirgan «yagona tana­
sida» yaqqol ko'rish mumkin.
Fransuz ma’rifatparvarining e’tirof etishicha, inson hayvon- 
dan o'zining ehtiyojlarining ko'pligi, o'sha ehtiyojlarni aql-za- 
kovat yordamida boshqarish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib 
turadi. Shuning uchun ham, inson tanasidagi ehtiyojlarni boshqara 
bilish qobiliyati «aqlning mezoni» bo'lib xizmat qiladi.
XVIII 
asrning mashhur faylasuflaridan biri Klod Adrian 
Gelvetsiy3 inson tabiatini o'zgartirishga doir fikrlarini o'zining
Mashhur mexanik-naturfilosof Jyulen Ofre de Lametri 1709-yilda Fransiya- 
ning San-Malo shahrida tug‘ilgan. Xudojo‘ylik, fizika va meditsina fanlarini mu­
kammal o‘ rgangan. Polk vrachi bo‘lib ishlagan. 1745-yildan e’tiboran Gollandiyada 
yashagan. 1748-yilda Pruss qiroli Fridrix-II taklifiga asosan Berlinga kelgan. Berlin 
fanlar akademiyasiga a’zo qilib saylangan. 17 5 1-yilda vafot etgan. Uning inson 
to‘g‘risidagi qarashlari «Jon haqida traktat» (1745-y.), «Inson - mashina» (1747- 
y.), «Inson — o‘simlik» (1748-y.), «Epikur sistemasi» (1751 -y.) asarlarida bay­
on etilgan.
2 Антология мировой философии. В четырёх томах. Том 2. М., 1970, 610-bet.
Fransuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy 17 15-yilda Parijda tug‘ ilgan. Xristian 
faylasuflarining asarlarini mukammal o‘rgangan. Monteske va Volter bilan maslak- 
dosh boMgan. 1751-yildan e’tiboran o‘zining butun ongli faoliyatini ilm-fanga 
baxshida etgan. 17 7 1-yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘ risidagi qarashlari «Aql 
haqida» (I758-y.), «Inson haqida» (1793-y.) asarlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Inson haqida»1 asarida bayon etgan. Uning fikriga ko'ra, inson
— tabiatning bir bo‘lagi, «sof fizik mavjudot»dir. «Inson — 
tabiat yaratgan nodir asardir, u tabiatda mavjud bo'ladi va 
uning qonunlariga bo'ysunadi»2. Gelvetsiy insonda axloqiy fa­
zilatlar va intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda ijtimoiy 
muhitning yetakchi rol o'ynashi haqidagi o‘z zamondoshla- 
rining ta’limotlarini yanada rivojlantirdi. Tug‘ma axloqiy fazi­
latlar haqidagi xristian dini aqidalarini tanqid qilib, inson­
dagi ruhiy va axloqiy fazilatlarning shakllanish jarayoniga, 
ularning mustahkamligini ifodalovchi mezonlarni aniqlab be­
rishga harakat qildi.
Gelvetsiyning fikriga ko'ra, inson axloqining asosiy mezo- 
ni «foyda»dir. Lekin u «foyda»ni bir kishiga taalluqli fazilat 
emas, deydi. Foyda — bir kishi, ya’ni individning jamiyat­
ning boshqa a’zolariga nisbatan haddan ortiq boyib ketishini 
ifodalovchi ko'rsatkich emas, deb tushunadi. Ezgulikka qara­
tilgan inson faoliyatining asosida individual va ijtimoiy man­
faat o'rtasidagi kelishuv yotmog'i zarur, deb hisoblaydi. Ijti­
moiy manfaat — jamiyat a’zolarining ko'pchiligi manfaati- 
ning yig'indisidir.
Fransuz faylasuflarining tushuntirishicha, moddiy sohada 
bo'ladigan o'zgarishlar ma’lum qonuniyat asosida sodir 
bo'lganidek, insonning ongi va faoliyatida bo'ladigan o'zgarishlar 
ham qudratli tabiiy qonun — «manfaatlar qonuniga» bo'ysunadi. 
«Manfaat» inson faolligini vujudga keltiruvchi barcha asosiy 
omillami birlashtiradi. Manfaatlar bir tomondan, tabiiy fizik 
manfaatlar, ikkinchi tomondan esa dahshatdan iborat bo'ladi. 
Fizik manfaatlar deganda ochlik va jismoniy kasallik tushuniladi. 
Ushbu manfaatni Gelvetsiy insonni harakatga keltimvchi kuch 
deb biladi. Dahshatlar ichida esa eng ahamiyatlisi — o'ziga haddan 
tashqari ortiq bino qo'yishdir, deb tushunadi.
Gelvetsiyning e’tirof etishicha odamlar yashayotgan ijtimoiy 
muhit, ular shaxsining vujudga kelishida hal qiluvchi rol o'ynaydi, 
kishilar ruhiyatida va axloqidagi tafovutlami vujudga keltiradi.
1 Gelvetsiyning «Inson haqida» asari uning vafotidan so‘ng 1793-yilda chop 
etilgan.


Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish