Kirish: Aholi muammolari bilan ishlash yangicha tizimga o‘tadi. 2019-yil 17-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»



Download 0,8 Mb.
bet1/5
Sana07.01.2023
Hajmi0,8 Mb.
#898211
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Do\'stqobilov Bekzod shtab referat


KIRISH:

Aholi muammolari bilan ishlash yangicha tizimga o‘tadi.



2019-yil 17-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
«Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», «Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak». Prezident Shavkat Mirziyoyevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu so‘zlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning g‘oyaviy o‘zagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish yo‘lidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh g‘oyalar asosida olib borilib, tobora yangi ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda. Bunday tarixiy o‘zgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solingani, xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng e’tirof etilayotgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari instituti yaratilgani shubhasiz markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.

1. XALQ QABULXONALARI VA VERTUAL QABULXONALARINI TASHKIL ETISHNING ZARURATI.

O‘tgan davrda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari yordamida 2 million 500 mingdan ziyod kishi o‘zini qiynab kelayotgan muammolarga yechim, o‘ylantirayotgan savollarga javob topgani ularning xalqimiz mushkulini oson, og‘irini yengil qilish, jamiyatimizda adolat tamoyillarini mustahkam qaror toptirishda amaliy ahamiyati naqadar yuqori bo‘layotganini yaqqol ko‘rsatadi.


Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda o‘zini to‘la oqladi.
Albatta, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Zamon bilan hamqadam bo‘lish, kerak bo‘lsa, undan bir qadam ilgari odimlash – bugungi kun talabi. Shu ma’noda, biz yashayotgan hozirgi shiddatli davr, oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi mazkur muhim yo‘nalishda ham o‘tgan qisqa davrda orttirilgan ijobiy tajribalarni yanada takomillashtirish, uni mazmun jihatdan rivojlantirishni talab etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ana shu dolzarb masalaga alohida to‘xtalib, Xalq qabulxonalari faoliyatida mutlaqo yangi tizimga – sifat jihatidan yanada yuksak bosqichga o‘tilishi haqida ma’lum qilgan edi. Mana, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan davlatimiz rahbarining davlat organlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolar bilan bevosita ishlashga o‘tishi, ularning xalqqa, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlariga yaqin ko‘makchi bo‘lishi, Oliy Majlisga murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Xo‘sh, bu farmonning qabul qilinishi qanday sabab-omillar bilan bog‘liq? Mazkur sohadagi qanday muammolar mazkur hujjatga asos bo‘ldi? Ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar qaysi jihatlarda namoyon bo‘ladi?
Farmon muqaddimasida qayd etib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga keyingi ikki yil mobaynida 2,5 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushgani, respublika ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish, ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlarni o‘rganish natijasida yana 1,1 milliondan ortiq turli muammolar aniqlangani joylarda yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini, ayrimlari o‘rta va quyi bo‘g‘indagi tashkilotlar darajasida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda.
Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinganda bir qator kamchiliklar mavjud ekani ma’lum bo‘ldi.
Avvalo, murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotganini ta’kidlash joiz. Aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona mexanizmi mavjud emasligi barcha bo‘g‘inning butun bir organizm kabi o‘zaro uyg‘un ishlashiga imkoniyat bermayapti. Shu bois ham tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, joylarda aniqlangan boshqa muammolar yetarli darajada aks ettirilmayapti. Boz ustiga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari aholi bilan bevosita muloqot qilish, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga, zimmasiga yuklatilgan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarishga yetarli e’tibor qaratmayapti.
Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda Prezident farmoniga muvofiq 2019 yil 1 fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinmoqda.
Mazkur yangi tizimning birinchi o‘ziga xos shundaki, bundan buyon Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’yektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal qilinishini ta’minlaydi. Ya’ni, endi Xalq qabulxonalari murojaat kelib tushishini kutib o‘tirmaydi, o‘zi mas’ul bo‘lgan hududda mavjud bo‘lgan muammolarni uyma-uy, ob’yektma-ob’yekt yurgan holda aniqlaydi.
Mazkur yangi tizim joriy etilishining asosiy sababi murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotgani bilan bog‘liq. Chunki barcha davlat organlari kabi Xalq qabulxonalari ham o‘z faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyotidan foydalanib kelmoqda. Bu esa faqat murojaat tufayli yuzaga qalqib chiqqan muammolarnigina ro‘yxatga olish hamda u yoki bu tarzda munosabat bildirish imkonini beradi, xolos.
Nega deganda, odam ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilmasa, bu unda umuman muammo yo‘q, degani emas. Ayniqsa, sabr-qanoat va shukronalikni hayot mazmuni, oriyatu g‘ururni ulug‘ qadriyat darajasida e’zozlaydigan xalqimiz o‘rtasida dardu-tashvish qiynab turgan bo‘lsa-da, bu haqda mahalla-ko‘y, mutasaddi idora va tashkilotlarga murojaat qilishni o‘ziga ep ko‘rmaydigan, istihola qiladiganlar ko‘p. Shu bois ham davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi bilan mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarni hal etish sohasida yangi davrga qadam qo‘yilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bundan buyon davlat organlari Xalq qabulxonalari boshchiligida o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududlarda mahallama-mahalla, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, har bir oila muammolarini o‘rganib, ularni hal qilish choralarini ko‘radi. “Kasalni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal” deganlaridek, muammo haqida kimdir murojaat qilib kelishini kutib o‘tirmasdan, xalq ichiga, odamlar orasiga chuqur kirib borib, ular duch kelayotgan muammolarni erta aniqlab, hal qilish yangi tizimdan ko‘zlangan bosh maqsad hisoblanadi.
Binobarin, bevosita muloqot, yuzma-yuz uchrashuvlarning ta’sir kuchi yanada ko‘proq bo‘lib, bunday jonli suhbatlar jarayonida qog‘ozlarga sig‘may qolgan tafsilotlar oydinlashadi, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz u yoki bu masalaga daxldor yangi va qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlashtirib olish imkoniyati katta bo‘ladi.
Yana ham muhim bir jihat borki, bu haqda alohida aytib o‘tish ayni muddaodir. U ham bo‘lsa, bunday ish tizimi nainki odamlarning muammolarini aniqlash va hal qilishda, balki ularning yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish, davlatimiz va jamiyatimizni har tomonlama rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalarini jamlashda ham ta’sirchan vositaga aylanadi.
Mazkur farmonda belgilangan yana bir yangilik – tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a’zolaridan iborat ishchi guruhlar hududlarni mahalla va xonadonlar, oilalar kesimida tahlil qilib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa – bir yillik va o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantiradi.
Tuman va shaharlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi qisqa muddatli – bir yilga mo‘ljallangan manzilli tadbirlar rejalari ijrosini ta’minlaydi. Xalq qabulxonalari va Prezident Administratsiyasi bo‘linmalari esa mazkur tadbirlar rejalari ijrosini nazorat qiladi.
O‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalari, shuningdek, Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda aks etgan tizimli muammolar davlat investitsiya dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi. Ushbu dastur va loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishiladi. Ya’ni, bundan buyon turli dastur va loyihalar bevosita odamlar yo‘llagan murojaatlar tahlili, real hayot manzarasini inobatga olgan holda tayyorlanadi.
Farmonda belgilab qo‘yilganidek, Xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish, aholi muammolarini hal qilish jarayoniga jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘radi.
Bugun «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mazkur dasturlar amalda o‘zining kutilgan natijasini berishi uchun ularga, birinchi navbatda, eng og‘ir va murakkab sharoitda bo‘lgan aholi punktlarini kiritish har tomonlama to‘g‘ri va adolatli bo‘ladi. Shu masalada real manzarani aniqlab olish uchun esa Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni chuqur tahlil qilish ob’yektiv xulosa chiqarishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois davlatimiz rahbari farmoniga ko‘ra, endilikda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirishi belgilangani avvalambor eng og‘ir va murakkab ahvolda bo‘lgan aholi maskanlariga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Prezident farmonida o‘z ifodasini topgan yana bir prinsipial yangilik – Xalq qabulxonalari sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli Xalq deputatlari kengashlari majlisida muhokama qilish uchun har chorakda axborot kiritishi hamda ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisoboti eshitilishi belgilab qo‘yilganidir. Mazkur ta’sirchan huquqiy mexanizm hududlarda murojaatlar bilan ishlash borasida mas’uliyat yanada kuchayishi, xato va kamchiliklar kamayishiga xizmat qiladi, turli darajadagi rahbarlarning xalq oldida hisobot berish tizimi hayotiy samara berishiga yangi bir turtki bo‘ladi.
Hududlarni o‘rganish jarayonida aniqlangan va respublika darajasida hal etiladigan muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hal qilish uchun kiritiladi.
Prezident Farmoni bilan Xalq qabulxonalariga bir qator qo‘shimcha vazifalar ham yuklatildi. Xususan, endi Prezident Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’yektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
Xalq qabulxonalariga hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ommaviy va sayyor qabullar o‘tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklatilgani esa sohaga doir qonun hujjatlarining hamma joyda bir xilda bajarilishining qo‘shimcha kafolati bo‘ladi, fuqarolar qabullari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yana bir muhim jihati, farmon asosida Xalq qabulxonalari mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etishi bu jarayonlarda avvalambor murojaatlarda ko‘tarilgan hamda uyma-uy yurish paytida ma’lum bo‘lgan muammolar yechimi aks ettirilishi uchun puxta zamin yaratadi.
Farmonda Xalq qabulxonalarining doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelayotgan dolzarb ijtimoiy masala – nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish masalasi yuzasidan ham mas’uliyatli vazifa yuklatilgan. Bundan buyon davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari Xalq qabulxonalari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizmini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilab qo‘yilgan norma mazkur yangi farmonda yanada rivojlantirilgan. Ya’ni, bundan buyon Xalq qabulxonalari davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha faoliyatni muvofiqlashtiradi.
Xalq qabulxonalari o‘zining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoat va nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishi yuzasidan belgilab qo‘yilgan vazifalar ular faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlardan jamoatchilikni muntazam xabardor qilishda yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan keng ko‘lamdagi dolzarb vazifalarni bajarish shunga mutanosib maqom va huquqlarga ega bo‘lishni ham talab etadi, albatta. Farmonda masalaning ana shu amaliy jihatlari o‘z yechimini topgan – Xalq qabulxonalariga bir qator huquqlar berilib, katta imkoniyatlar yaratilgan.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish