2. XVII-XVIII ASRLAR YEVROPA FALSAFASIDA
MA’RIFATPARVARLIК G‘OYALARINING
IFODALANISHI
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XVII asrda ishlab
chiqarish jarayonida, xususan, mehnat taqsimotida tub sifatiy
o‘zgarishlaming sodir bo‘lishi, ishlab chiqarish jarayonini rat-
sionallashtirish talabining ortib borishi, ishlab chiqarishga ilm-
fan yutuqlarini tatbiq etish ehtiyojini kuchaytirib yubordi. Bun
day
ehtiyojning ortib borishi, o‘z navbatida, diniy dunyoqa-
rashning ta’sirini kundan-kunga kamaytira bordi. Ushbu holat
falsafaning hayotdagi mavqeini ham o'zgartirdi. Agar o'rta asr
larda falsafa dinshunoslik, Renessans sharoitida san’at va gumani-
tar bilimlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi
u fan yutuqlariga tayana boshladi. XVII—XVIII asrlar Yevropa
faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qarashlariga,
shubhasiz, ush
bu tendensiya o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bunday kayfiyatni ilm-fan
zudlik bilan rivojlana boshlagan Angliya, Fransiya, Germaniya
faylasuflarining inson haqidagi qarashlarida ko‘rishimiz mumkin.
XVII
asr ingliz faylasuflaridan Frensis Bekon, Tomas Gobbs,
Jon Lokklar inson to‘g‘risidagi xristian dini qarashlarini tanqid
qildilar,
inson tanasining tuzilishi, uning moddiy-ma’naviy holati
haqida yangicha fikr-mulohazalarni bayon etdilar. Ulaming tushun
tirishicha, falsafaning, ayniqsa, uning eng muhim tarmog‘i
bo'lgan gnoseologiyaning asosiy vazifasi — inson hayotini yax-
shilashdan iborat bo‘lmog‘i lozimdir. Endilikda insonni alohida
shaxs sifatida emas, balki jamiyat farovonligi ifodasi, jamiyat
hayotining ta’rifi sifatida ko‘rish darkorligini tushuntirdilar. In
sonning tabiat kuchlari ustidan hukmronligini ta’minlashga qara
tilgan bilimlarni yanada rivojlantirish
lozimligini qayta-qayta
ta’kidladilar. Bunday fikr-mulohazalarni XVII asrda ijod qilgan
mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekon1 qarashlarida ko'rish
mumkin.
Frensis Bekon 15 6 1-yilda Angliyada muhr saqlovchi lord oilasida tug‘ ilgan.
Kembrij universitetini tugatgan. Angliya parlamentida muhr saqlovchi, davlat kansleri
bo‘lib ishlagan. Umrining oxirida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan. 1626-
yilda vafot etgan. Uning inson to‘g‘ risidagi qarashlari «Axloqiy va siyosiy ocherk-
lar», «Yangi Organon» asarlarida bayon qilingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Frensis Bekonning ta’kidlashicha, insonning mohiyatini, tana
bilan jonning birligi tashkil etadi. Inson joni tanadagi asablar,
arteriyalar bo'ylab suzib yuradi, ya’ni harakatda bo‘ladi.
Uning
bir uchi, shubhasiz, miyaga borib taqaladi. Shuning uchun
ham, inson tanasi bo‘ylab harakat qilib turgan jon — moddiy
substansiyadir, ya’ni «haqiqiy materiya»dir. U bamisoli olov va
havoga o'xshaydi.
Uning fikriga muvofiq inson, «tabiatning sharhlovchisi va
xizmatchisidir»1, o'z turmushining chinakam egasi bo'lishi
mumkin bo'lgan qudratdir. Frensis Bekon o'zining «Yangi
Organon» (1620) asarida insonning tabiat ustidan hukmron
bo'lishida fan yutuqlariga tayanish zarur ekanligini har to
monlama isbotlab berdi. Fanni
har tomonlama rivojlantirish,
xususan, insonning tabiat ustidan hukmronligini ta ’minlamoq
uchun fan tabiatda ro'y beradigan turli hodisalar sodir
bo'lishining haqiqiy sabablarini payqab olishi darkor. Fan
hodisalar, voqealar sodir bo'lishining haqiqiy mohiyatini ochib
berish uchun uni yaxshi metod bilan qurollantirish, buning
uchun tadqiqot uslublarini isloh qilish zarur, deb hisoblaydi.
Olam to'g'risidagi turli ma’lumotlarni umumlashtirishning eng
muhim vositasi induksiya, deb tushunadi.
Bekonning fikriga
ko'ra, hodisalar, voqealar, jumladan, insonning shakllanish
jarayonini bilishda ham fan induksiya uslubi bilan qurollanishi
zarur.
Bekonning fikriga ko'ra, inson analitik fikr yuritish, ya’ni
har tomonlama tahlil qilish orqali olamdagi hodisalar, vo-
qealaming haqiqiy mohiyatini bilib olmog'i zarur.
Buning uchun
esa, tajriba orqali olingan ma’lumotlarni o'zining fahm-farosati,
fikr-mulohazasi chig'irig'idan o'tkazmog'i, ulardan umumiy
hukmlar, xulosalar chiqara bilmog'i darkor. Shuning uchun ham,
chinakam tadqiqotchi faqat turli fakt va raqamlar, dalillarni
to'plash bilan chegaralanib qolmasligi, balki ulardan aniq
hukmlar, xulosalar chiqarish malakasiga ega bo'lmog'i darkor,
deb hisoblaydi.
Ma’rifatparvarlik g'oyalari xazinasiga munosib ulush qo'shgan
Do'stlaringiz bilan baham: