Mirza Bedil o‘z asarlarida zamondoshlari faoliyatini kuzatib,
ba’zi birovlar inson degan ulug' nomga dog‘ tushirayotganligi,
amal, mansab, boylik, manmanlikning quli bo'lib qolayotgan-
ligini kuyinib tasvirlaydi. Oqibatda, insonning buyukligi uning
boyligi va amali bilan belgilanadigan bo‘ldi. Inson o'zligini
yo'qotishi tufayli vujudga kelgan bunday fojia mutafakkirni taaj-
jubga soldi. Insonni asliga — buyukligiga qaytarmoqchi bo'ldi.
«Irfon» dostonida ta’kidlaganidek, inson insoniyligini ifo
dalovchi, uni buyuklikka ko'taruvchi barcha fazilatlar, xislatlar
insonning o'zida mavjud.
Hatto jannatni ham, do'zaxni ham
boshqa joydan emas, insonning o'zidan izlash lozim. Inson
qanchalik yaxshi fazilatlar urug'ini eksa, ular jannat mevalari
belgisidir. Agar yomon ishlami bajarsa, yomon ishlarga rahnamolik
qilsa, unda, shubhasiz, do'zaxga eshik ochiladi, deb ta’kidlaydi.
Mirza Bedil o'zining «Ruboiyot» asarida, inson xulq-atvoridagi
fazilatlar,
xislatlar, salbiy illatlami tahlil qilishdan muddao,
unga yaxshilik qilishni, ezgu ishlar bilan shug'ullanishni o'rgatish,
yomonliklardan xalos qilishdir, deb uqtiradi. Inson ongi va faoli
yati orasidagi o'zaro aloqadorlikni o'rganuvchi insonshunos
tadqiqotchilarni ushbu murakkab fenomenni milliy yoki diniy
mansublik nuqtayi nazardan emas, balki umuminsoniy qadriyatlar
qarichi bilan tahlil qilishga chaqiradi. Inson diniy, irqiy,
milliy
mansubligidan qat’i nazar, u eng buyuk hurmat-e’tiborga molik
oliy qadriyat ekanligini ta’kidlaydi.
Mirza Bedil fikricha, dunyoning tinchligi-yu, obodligi ham,
tashvish-u quvonchlari ham insonning o'ziga bog'liq. Shunday
ekan, inson o'zining buyukligini namoyon qilib, bu dunyoni
obod-farovon qilmog'i, do'stlik, birodarlik,
hamkorlik maska-
niga aylantirmog'i lozim.
XVII
asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida mu
sulmon falsafasida barkamol inson g'oyalarini aholi orasida targ'ib
va tashviq qilishda, mashhur turkman shoiri Maxtumquli —
Firog'iy fidoyilik qildi1.
1
Mashhur turkman shoiri Maxtumquli — Firog‘ iy Turkmanistonning janubi-
g‘arb tomonidagi Atrek daryosiga yaqin bo‘lgan Hojigovshon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Boshlang‘ ich ma’lumotni ovul maktabida olgan. Xiva, Buxoro va Andijon ma
drasalarida o‘zbek, turkman adabiyoti namoyandalari asarlarini har tomonlama
o‘ rgangan. Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston bo‘ylab
sayohatlar qilgan. Xalq og‘zaki ijodi, odamlarning tashvishlari va quvonchlari
bilan yaqindan tanishgan. Bir qancha dostonlar, g‘azallar yaratgan. Asarlarida
inson qadr-qimmatini ulug‘lagan. 1793-yilda vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Maxtumquli
0
‘zining she’rlarida
insonni hamma narsadan,
olamdagi barcha mavjudot va maxluqotdan ustun qo'ydi1. Sharq-
ning buyuk mutafakkirlari Rudakiy, Sa’diy, Nizomiy, Fuzuliy,
Jomiy, Navoiy an’analarini davom ettirib, insonni ulug'ladi.
Tabiatda mavjud bo'lgan barcha boyliklar insonga xizmat qilishi
zarur, inson chinakam farovonlikka u dunyoda emas, bu dunyoda
erishmog'i darkor, degan g'oyani ilgari surdi. Uning fikricha,
bu dunyoda adolat, insof hukmronlik qilmog'i darkor.
Kishilar
faoliyati ijtimoiy adolat normalari, prinsiplari tarozisida
o'lchanishi, baholanishini orzu qildi. Fuqarolar faoliyatini ba-
holashda adolatsizlik qilgan, faqat o'z manfaatini o'ylagan
o'zboshimcha beklar, to'ralar, oqsoqollarni qattiq tanqid qildi.
Jafokash xalq manfaatiga befarq qaragan ijtimoiy-iqtisodiy tu-
zumga nisbatan norozilik bildirdi. Zolim beklar, noinsof boylar,
bosqinchi xonlar qilmishlarini g'azab bilan fosh etdi2.
Maxtumquli turli urug'larga bo'linib yashayotgan turkman
xalqini birlashtirishga urinib ko'rdi.
Bunday olijanob maqsadga
erishmoqning yagona yo'li har bir qabila ichidagi ahillik, bir-
biriga ishonchni barqaror etishdir, deb tushundi. Arzimagan kichik
xusumat uchun bir qabila ikkinchi qabiladan o'ch olishi, qirpi-
choq bo'lib talashishini qoraladi. Bunday qabohatni nodonlik,
ko'rlik belgisi, deb baholadi. Uning tarqoq turkman qabilalarini
yagona davlatga birlashtirish orzusi o'z zamonasi uchun niho
yatda katta ahamiyatga ega edi3.
Maxtumquli jamiyat kelajagi xotin-qizlar bilan bog'liq deb
o'ylardi. Shuning uchun ham, xotin-qizlar ozodligi,
erkinligi
haqida ko'p bosh qotirar edi. Xotin-qizlaming kamsitilishi,
xo'rlanishini, ular haq-huquqlarining poymol qilinayotganligini
ko'rib qattiq aziyat chekardi. Munis va muhtarama ayolni himoya
qilishga urinar edi. U xotin-qizlami erkaklarning doimiy ham-
rohi, hamfikri, ular kuchiga kuch, quwatiga quwat qo'shadigan,
hayotiga bezak beradigan jonkuyar yaqin kishisi, deb bilardi.
Ayollardagi odob-u ikromni,
soddalik va muloyimlikni, kam-
tarin va olijanoblikni sharaflardi4.
1
Do'stlaringiz bilan baham: