2.2. Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari
Iqtisodiyot rivojlanishi uning ijtimoiy va hududiy tashkil etilishi bilan
bog‗liq. Ishlab chiqarishning bunday shakllari esa muayyan bir jarayonning
ikki tomoni bo‗lib, u mohiyatan ijtimoiy va hududiy (geografik) mehnat
taqsimoti xususiyatlaridan kelib chiqadi. Binobarin, ular ni bir-biriga
mutlaqo teskari qo‗yib bo‗lmaydi, chunki katta yoki kichik u yoki bu
mahsulotni ishlab chiqarish albatta ularni ma‘lum hududda joylashtirish
orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tashkil etish shakllari mujassamlashuv, ixtisoslashuv,
hamkorlik va kombinatlashuvdan iborat. Bular ham o‗zaro aloqadorlikda
rivojlanib boradi va ko‗pincha birgalikda sodir bo‗ladi. Ularning asta-sekin
takomillashib
borishi,
bir-birlari
bilan
uygunlashuvi
fan-texnika
taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi.
Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ishlab chiqarishni ijtimoiy (hududiy)
tashkil qilishning nisbatan oddiyroq shakllari hisoblanadi. Biroq, ayni ana
shu shakllarning o‗zgarib borishi qolgan shakllar, ishlab chiqarish
rivojlanish xususiyatlarga katta ta‘sir etadi.
Mujassamlashuv,
eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish
obyektlarining katta-kichikligini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat rivojlanishi
bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. Shu nuqtai nazardan
o‗ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud: bir vaqtlar mahsulotlar
uncha katta bo‗lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo‗lsa, keyinchalik
ular asta-sekin yiriklashib borgan (sanoat korxonalarida 100 ming kishidan
ziyod ishchi xizmat qiladi, juda katta ko‗lamda mahsulot ishlab
chiqariladi). Masalan, Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinati, Navoiy tog‗-
metallurgiya kombinati Toshkent, Buxoro to‗qimachilik kombinatlari
shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi katta iqtisodiy samaradorlikka
(mujassamlashuv, aglomeratsiya samaradorligi) olib kelsa-da, bu jarayon
cheksiz emas va uni xar qanday sharoitda ham ijobiy baholab bo‗lmaydi.
Demak, mujassamlashuv qonuniyatining ham o‗zining chegarasi,
me‘yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv o‗z mohiyatini
yuqotmaydi, balki u o‗z shaklini o‗zgartiradi, xolos.
27
Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq ko‗rinadi. Bu borada ishlab
chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli
yiriklikdagi korxonalarda yig‗ilishi, to‗planishi sof holdagi ishlab chiqarish
yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini
esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko‗rsatish o‗rinli.
Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o‗tib turadi va turli rayon
yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo‗ladi. Chunonchi, shaharning
markazlashuv darajasi ma‘lum bir bosqichga etgandan keyin o‗ziga xos
vaziyat vujudga keladi, ya‘ni endi mazkur shaharda qo‗shimcha
korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport
muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham etishmaydi va
ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham
«istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas;
shaharning ichki imkoniyati yuk, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi.
Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o‗quv
yurtlari yirik shaharning ta‘sir doirasida o‗rnashadi - shahar
aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi.
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik Masalan,
O‗zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko‗pini har birida 2000 dan
ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik Bu
ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent
shahrida
mavjud
korxonalar
O‗zbekiston
Respublikasi
sanoat
mahsulotining taxminan 17-20 foizini beradi-bu urbanistik mujassamlashuv
bo‗ladi. Agar Farg‗ona vodiysini Respublikamizning asosiy pilla yoki
meva maskani, neft mahsulotlari yoki o‗simlik yog‗i ishlab chiqaruvchi
rayoni sifatida ko‗rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan
bo‗lamiz.
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma‘lum bir
sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu erda «umumiy maxraj»
bo‗lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi,
hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg‗ona vodiysida O‗zbekiston
Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab
chiqarish ko‗rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo‗lsa, u holda mazkur
ishlab chiqarish tarmog‗i vodiyda rivojlangan, iqtisodiy mujassamlashgan
bo‗ladi.
Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki
mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Nisbatan past darajadagi
28
urbanistik
mujassamlashuvida
korxona
yoki
ishlab
chiqarish
mujassamlashuvi yuqori bo‗lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda
masalan, Xivada katta gilam kombinatining joylashuvi misol bo‗la oladi.
Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori
ko‗rsatkichdagi hududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda
mazkur hududda juda ko‗p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud
bo‗ladi.
Shu bilan birga past darajadagi hududiy mujassamlashuvi yuqori
urbanistik ko‗rsatkich bilan ham uyg‗unlashgan holda keladi. Chunonchi,
bir vaqtlar Frantsiya deganda, avvalo uning poytaxti Parij, Vengriya
ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Hozir ham qo‗shni Qirgiziston
Respublikasida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning talaygina qismini
uning poytaxti Bishkek beradi, Turkiya iqtisodiyotida esa Istambulning
o‗rni nihoyatda katta va h.k.
Yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o‗ta yirik korxonalarni
barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik jihatdan samarali
emas. Bunday hollarda tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari
ko‗payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi ekologik muvozanat
bo‗ziladi. Ho‗sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma‘qul, degan savol
tug‗iladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil birlikdagi korxona,
shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku! Bu erda ham bir
tomonlamalik, qatiylik noo‗rindir. Binobarin, turli xil yiriklikdagi
korxonalar, katta-kichik shaharlar bo‗lgani maqsadga muvofiq. Demak,
mujassamlashuv obyektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va
iqtisodiy samaradorlikka ega bo‗lsada, uning ma‘lum chegarasi, ko‗lami,
doirasi bo‗lishi shart.
Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda poytaxt asosida rivojlanishini
Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o‗tmishdagi taraqqiyoti yoki hozirgi
Afrika mamlakatlari misolida ko‗rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o‗z
ijtimoiy-iqtisodiy boyligini ularning eng yirik markazi bo‗lgan poytaxt
shahrida mujassamlashtiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir
tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o‗ta markazlashgan
mujassamlashuvni bildiradi.
Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini
rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o‗z holicha qoldiraverish yaramaydi,
albatta. Shu bois Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo,
Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
29
mustaqil davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatida o‗z aksini
topgan.
Xususan, mamlakatimizda mavjud tabiiy urbanistik mujassamlashuvni
quyidagi izohlasak bo‗ladi. Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida
yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda
shaharlar aholisi farovonligining o‗sishi va barqaror rivojlanishiga
etaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga
olinmagan. Natijada so‗nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish
tendentsiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan
1071 gacha ko‗paygan xolos.
Bu boradagi ishlarni davlat siyosatida darajasida ko‗rib chiqilishi
yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga
Murojaatnomasida «Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya
darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar
ko‗rilmasa, ushbu ko‗rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin.
Mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60
foizga yetkazish bo‗yicha Davlat dasturi ishlab chiqish» vazifasi belgilab
berildi
9
. E‘tiborlisi shundaki, bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari
bo‗lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va
posyolkalarni kompleks rivojlantirish e‘tibor markazida turishi kerak.
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-
bosqich shahar va posyolkalarda ko‗p qavatli uylar qurishga o‗tishimiz
lozim. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish
dasturlari bilan uzviy bog‗liq holda rivojlanishi darkor.
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish
bo‗yicha ko‗rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya
darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‗yicha zamonaviy talablariga
javob bermaydi va jahon tendentsiyalaridan sezilarli darajada qolib
ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga
ega emas.
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga
solinishini ta‘minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan
foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi
«Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
9
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2018 yil 28 dekabr
30
to‗g‗risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‗ra quyidagilar mamlakatda
urbanizatsiya
jarayonlarini
tubdan
takomillashtirishning
asosiy
yo‗nalishlari etib belgilandi
10
:
mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya
jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy
infratuzilmalar bilan ta‘minlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik
subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan
foydalangan holda, shu jumladan kam va o‗rta daromadli oilalar uchun
arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‗naltirilgan investitsiyalarni
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutish;
jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va
inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga
oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish
uchun shart-sharoitlar yaratish;
migratsiya
jarayonlarini
ma‘muriy
tartibga
solish
tizimini
takomillashtirish yo‗li bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin
harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yirik shaharlar aholisining farovonligini ta‘minlash, iqtisodiy va sanoat
resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini
to‗liq va samarali bandligini ta‘minlashga ko‗maklashish, shuningdek
hududlardagi oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida
texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash;
avvalambor
sanoat,
xizmat
va
servis
sohalarida
aholining
daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida
aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda
o‗rta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilg‗or
xalqaro tajribani keng joriy etish;
yirik shaharlarga tutash bo‗lgan va qulay transport aloqasiga ega
yo‗ldosh-shaharlar tarmog‗ini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy
qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-
ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish.
Mujassamlashuv qishloq xo‗jaligi va ayniqsa transportda uncha
sezilarli emas, chunki ularning joylashuvi «nuqtasimon» bo‗lmay, balki
areal (maydon) va lentasimon shaklga ega. Albatta, bu erda sof holdagi
10
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi ―Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni. Manbaa Lex.uz.
31
ishlab chiqarish, ya‘ni korxona darajasidagi mujassamlashuv nazarda
tug‗iladi.
Bunday
mujassamlashuv
aholi
joylashuvida,
aholi
manzilgohlarning katta-kichikligida, sog‗liqni saqlash, ta‘lim tizimi, savdo,
sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalar korxonalarini tashkil qilishda
yaqqolroq namoyon bo‗ladi. Biroq, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, mazkur
tarmoqlarda ham o‗tish davrida faqat yirik korxonalarni ko‗rish ijobiy
natijalar bermasligi mumkin.
Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo
bo‗lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti oila a‘zolarini — ayol
va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o‗z aksini
topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan
shug‗ullanardilar). Ma‘lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud bo‗lgan
oziq-ovqat bilan kun kechirar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |