32
ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga), yo‗l
xarajatlarining ko‗payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday
zararli bo‗lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham
shuncha xatarlidir. Iqtisodiyotda faqat yoki asosan bir sohaga ixtisoslashuv
- bu hududning
muvaqqat qudrati, baxti va ayni vaqtda uning badbaxtligi,
fojiasi bo‗lishi mumkin (ijtimoiy hayotda ham xuddi shunday).
Ixtisoslashgan tarmoqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki
ikkilamchi sohalar ham hech bo‗lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida
rivojlangan bo‗lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning
tanasiga, daryoga, qo‗shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shoh va
shohchalariga, daryolarning irmoqlariga o‗xshatish o‗rinli. O‗z-o‗zidan
ma‘lumki, tanasiz shoh ham bo‗lmaydi, shohsiz daraxt esa-bu oddiy
bo‗tadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi.
Demak, ixtisoslashuv majmuali, har
tomonlama rivojlanish bilan
uyg‗unlashuvi kerak Zero, ixtisoslashuvda yo‗l quyilgan xatolar oqibatini
hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, Sobiq ittifoqdosh
respublikalarning o‗zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o‗z aksini
topmoqda. Shu sababli e‘tibor ko‗proq har bir mamlakatning mumkin
qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot
O‗zbekistonni jahon hamjamiyatidagi
boshqa mamlakatlardan farq
qildiruvchi, uning o‗rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni
takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mintaqa va mamlakatlarning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi, eng avvalo, ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog‗liq,
bu erda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda etishtirishga ko‗ra arzonroq,
kam xarajatlirok bo‗lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning
alohida qismlari o‗zidagi qulay va arzon omillardan foydalanib, qiyin va
qimmat omil mahsulotlarini chetdan olib keladi.
Ixtisoslashuvning ham tub mohiyati, maqsadi iqtisodiy samaradorlikni
oshirishdir. Tabiiyki, bir kishining har xil mahsulot yaratish,
yoki har xil
kasb bilan shug‗ullanishidan ko‗ra muayyan ishni bajarishi foydali.
Qolaversa, mehnatning bir to‗rini uning ikkinchi turi bilan almashuvi
davomida vaqt ham ketadi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yaxshi
bo‗lmaydi. Ammo, bu erda sof ijtimoiy ixtisoslashuv kishining fikr
doirasini toraytiradi, uni oddiy robotga aylantirib qo‗yadi. Ko‗rinib
turibdiki, ijtimoiy hayotda ham, ishlab chiqarishda ham tor ixtisoslashuv
yaxshi natijalar bermaydi.
33
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda va qisman o‗zimizda
ham bozor
munosabatlariga mos ravishda iste‘mol, talab individuallashib,
xususiylashib bormoqda. Avvallari bir mamlakat yoki rayon mahsulotning
bir turiga ixtisoslashgan va u bilan mintaqaviy va jahon bozorida
qatnashgan bo‗lsa, endigi sharoitda o‗sha mahsulotning o‗zi turli shaklga,
ko‗rinishga ega bo‗lishi kerak Masalan, hozirgi davrda engil mashinalar,
oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar faqat bir turda bo‗lishi ularning
raqobatbardoshligi va xaridorligini ta‘minlamaydi. Binobarin,
endigi
sharoitda konveyr usuli, miqdor ko‗rsatkichlari muhim emas, aksincha
«postfordizm», masshtab (miqdor) samaradorligining o‗rniga turli xillik,
sifat samaradorligi oldinga surilmoqda.
Shunday
qilib,
ixtisoslashuv
ham
mujassamlashuv
kabi
rivojlanganlikning muhim belgisidir. Ammo, har ikkisining ham chegarasi
bo‗lishi kerak Xuddi shu nuqtai nazardan kooperatsiya yoki hamkorlik
yanada samaraliroq hisoblanadi. Bu o‗rinda aytish mumkinki, kooperatsiya
ixtisoslashuv bilan yaqindan bog‗liq va usiz vujudga kelmaydi. Chunki, har
qanday kooperatsiya turli kasb, hunar, mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashganlarning hamkorligidan boshqa narsa emas.
Do'stlaringiz bilan baham: