A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlashtirish



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2.3. Hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlashtirish 
Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyotning muhim asosiy 
omilidir. U ijtimoiy mehnat taqsimotining muhim bir qismi yoki tomoni 
sifatida jamiyat, ijtimoiy-siesiy rivojlanishga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Maxsus 
ilmiy adabiyotlarda hududiy mehnat taqsimoti tushunchasiga o‗xshash 
yana boshqa iboralar ham mavjud: geografik mehnat taqsimoti, regional 
mehnat taqsimoti, akvatorial mehnat taqsimoti va h.q. 
Dastlab hududiy mehnat taqsimoti ta‘limotini ingliz klassik 
iqtisodchilari A. Smit va D. Rikardolar yaratgan. Ular 
merkantilizmga 


37
karshi ochiq erkin savdo, ya‘ni 
fritredizm 
g‗oyasini oldinga surishgan. Bu 
g‗oyaning asosiy mohiyati har bir mamlakat yoki mintaqa o‗zida nisbatan 
qulay va arzon mahsulotlarni chetga chiqarib, bu erda ishlab chiqarish 
xarajatlari ko‗p va qimmat mahsulotlarni sotib olishdan, import qilishdan 
iboratdir. Bunday fikrlash asosida mutlaq va nisbiy (kiyosiy) qulaylik yoki 
afzallik yotadi. Xuddi shunga o‗xshash g‗oya ishlab chiqarish omillari 
nuqtai nazaridan shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinlar tomonidan 
ham yaratilgan. Buning ma‘nosi - har bir mamlakat o‗zida arzon omil 
mahsulotini chiqarib, qimmat omil mahsulotini chetdan keltirish demakdir. 
Ko‗rinib turibdiki, mehnat taqsimoti har bir joyning o‗zida qulay va 
arzon bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini anglatadi. 
Ixtisoslashuv esa yaratilgan mahsulotning mikdor va sifat jihatidan yaxshi, 
uni mahalliy bozorlarni kondirgan holda boshqa mintaqaviy, halkaro va 
jahon bozoriga chiqarish imkoniyatini nazarda tutadi. Aynan shu ma‘noda 
hududiy mehnat taqsimoti tashqi savdo yuritishning asosi bo‗lib xizmat 
qiladi, savdo esa, iqtisodchilar fikricha, har qanday boylikning 
yaratuvchisidir. Yuqorida keltirilgan ilmiy g‗oyalar buyicha bunday 
hududiy mehnat taqsimoti, mintaqalararo va halkaro savdoda har ikki 
tomon ham yutadi. 
Hududiy mehnat taqsimoti mamlakat va rayonlar ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining muhim ko‗rsatkichi, belgisi bo‗lib hisoblanadi. U qay 
darajada keng tashkil qilingan, diversifikatsiyalashtirilgan (ya‘ni turlangan) 
bo‗lsa, mamlakat ham shuncha rivojlangan bo‗ladi. Ayni vaqtda hududiy 
mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi mamlakatda intensiv emas, 
ekstensiv iqtisodiyot yunalishi mavjudligi, uning ichki salohiyatidan tula 
foydalanmaslik va hudud iqtisodiy zichligining pastligini aks ettiradi. 
Hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmagan sharoitda mamlakatning iqtisodiy 
makoni to‗laligicha shakllanmaydi, uning geosiyosiy va iqtisodiy 
xavfsizligi ta‘minlanmaydi, iqtisodiy landshafti zaif va qutbiylashmagan 
bo‗ladi. 
Hududiy mehnat taqsimotining turli darajalari, bosqichlari mavjud. 
Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: jahon mikyosidagi hamda 
davlatlarning ichki mehnat taqsimoti. O‗z navbatida ular ham turli 
bosqichlarga bo‗linadi. Masalan, birinchi guruhda jahon mamlakatlari va 
xalqaro, ya‘ni alohida mamlakatlararo mehnat taqsimoti ajratiladi. Barcha 
mamlakatlar orasidagi iqtisodiy munosabatlar jahon xo‗jalik tizimi va 
bozorini vujudga keltiradi, alohida mamlakatlarning iqtisodiy integratsiya 


38
jarayonlari esa yirik mintaqalar iqtisodiy hamkorligi va bozorlarni 
shakllantiradi. 
Chunonchi, 1957 yilda tashkil qilingan umumiy bozor - hozirgi kunda 
o‗zining tarkibini muntazam ko‗paytirib borayotgan, 15 mamlakatni 
birlashtiruvchi Evropa Ittifoqi bunga yaqqol misol bo‗la oladi. 
Shuningdek, dastavval 1967 yilda asos solingan Janubi-sharqiy Osiyo 
mamlakatlarining hududiy uyushmasi (ASEAN, hozir u 10 davlatni 
birlashtiradi) yoki 1989 yilda ta‘sis etilgan Osiyo-Tinch okean iqtisodiy 
hamkorligi, Shimoliy Amerika erkin savdo uyushmasi ham shular 
jumlasidandir. Bu borada MDH hududida, jumladan, O‗rta Osiyo va 
Qozog‗iston mintaqasida ham shakllanib bormoqda. Xususan, 2001 yilda 
olti mamlakat rahbarlari Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida 
Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi 
vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‗rtasidagi do‗stlik va qo‗shnichilik 
aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar 
va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilangan. 
Buning oqibatida xalqaro mehnat taqsimotining asosiy subyekti 
sifatida alohida mamlakatlar emas, balki ko‗proq mamlakatlararo iqtisodiy 
uyushmalar katta ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Davlat ichidagi mehnat taqsimoti quyidagi bosqichlardan tashkil 
topadi: 
1. Yirik iqtisodiy rayonlararo mehnat taqsimoti; 
2. Viloyat va boshqa turdagi ma‘muriy-hududiy birliklar o‗rtasidagi 
mehnat taqsimoti; 
3. Viloyat ichidagi mehnat taqsimoti; 
4. Mahalliy mehnat taqsimoti. 
Bu darajadagi hududiy mehnat taqsimotining tarkibiy tuzilishi 
mamlakatlar maydonining katta-kichikligi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga 
bog‗liq.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish