A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Iqtisodiy rayonlashtirish
. Hududiy mehnat taqsimoti va uning 
doimiy «yo‗ldoshi» bo‗lgan ixtisoslashuv natijasida iqtisodiy rayonlar 
shakllanadi. Ular esa mamlakat iqtisodiyotining hududiy tarkibini tashkil 
qiladi. Ammo hududiy tarkib faqat iqtisodiy rayonlar turidan iborat emas, u 
ma‘muriy birliklar, tabiiy geografik va gidrografik omillar asosida ham 
belgilanishi mumkin. 
Iqtisodiy rayonlar mintaqaviy iqtisodiyot va mintaqaviy siyosatning 
obyekti hisoblanadi. Agar ilgari iqtisodiy rayonlashtirish xalq xo‗jaligini 


39
planlashtirish maqsadida ajratilgan bo‗lsa, hozirgi sharoitda ular ishlab 
chiqarishni hududiy tashkil qilishning asosiy shakli, davlat mintaqaviy 
siyosatining obyekti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni tartibga 
solib borish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy rayonlarsiz 
mamlakat xo‗jaligi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini o‗rganish ham 
qiyin. Aynan ana shu maqsadlarda iqtisodiy rayonlashtirishning amaliy 
ahamiyati yanada oshib bormoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 11 ta 
yirik iqtisodiy rayonlar negizida ettita federal okruglar ajratilgan. 
O‗zbekistonda ham iqtisodiy rayonlashtirish mamlakatni ijtimoiy-siyosiy 
tashkil etish va boshqarish uchun zarur. 
Iqtisodiy rayonlashtirish mamlakat hududining katta-kichikligiga 
unchalik bog‗liq emas, eng muhimi iqtisodiy makon ichki jihatdan 
turlangan bo‗lishi kerak Ichki tafovutlar qanchalik katta bo‗lsa, iqtisodiy 
rayonlar turi va tizimi ham shuncha rivojlangan bo‗ladi. Chunonchi, 
maydoni juda katta bo‗lgan Avstraliya mamlakatida juda ko‗p iqtisodiy 
rayonlarni ajratish qiyin, vaholanki unga qaraganda ancha kichik bo‗lgan 
Evropa davlatlarida bir qator rayonlar shakllangan. 
Iqtisodiy rayonlarning turlari va shakllari har xil; ular butun mamlakat 
hududini o‗z ichiga olishi (unda maydon, iqtisodiy ahamiyatidan kat‘iy 
nazar, turli qismlarga bo‗linadi) yoki uning alohida joylarida, ya‘ni diskret 
holda ajratiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy rayonlar umumiy (integral) va 
tarmoq rayonlarga bo‗linadi.
Iqtisodiy rayonlar turli omillarga qarab ajratiladi. Ular quyidagilar: 
hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv; 
bozorga muljallangan mahsulot ishlab chiqarish, bozor makonining 
shakllanganligi; 
tabiiy sharoit va qazilma boyliklar, ularning hududiy birikmalari; 
aholi va mehnat resurslari; 
rayon hosil qiluvchi va uni tashkil etuvchi markazning yoki 
markazlarning mavjudligi; 
iqtisodiy geografik o‗rni; 
transport turining rivojlanganligi; 
mintaqaviy infrastruktura tizimining shakllanganligi va h.q. 
Barcha rayon hosil qiluvchi omil va tamoyillar ikki katta guruhni 
tashkil qiladi: iqtisodiy (bozor iqtisodiyoti, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, 
kompleks rivojlanish, transport) va hududiy yoki geografik (tabiiy sharoit 
va tabiiy boyliklar, infrastruktura va aholi joylashuv tizimi, geografik 


40
o‗rni). Bu ikki asosiy qism birligi, ya‘ni iqtisod hudud iqtisodiy rayon 
atamasini shakllantiradi. Bulardan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti, 
ekologiya kabilar ham rayon chegaralarini aniqlashda ma‘lum ahamiyatga 
ega. 
Yuqoridagi omil va shartlarga ko‗ra mamlakatning iqtisodiy makoni 
bir necha rayonlarga bo‗linadi. Hozirgi sharoitda ayniqsa bozor ta‘sir 
doirasi katta ahamiyatga ega. Nemis olimi A.Lyosh ham iqtisodiy 
landshaftlarni (ya‘ni rayonlarni) bozor makoniga qarab ajratgan edi. 
Ba‘zi olimlar iqtisodiy rayonlarning obyektiv borligiga shubha 
bildiradilar (masalan, amerikalik R.Xartshorn) va ular faqat rasmiy 
chegaralarni tan oladilar. Bu xususda aytish joizki, umuman yoki barcha 
sohalarni qamrab oladigan «hammabop» rayonlar yuq, balki aniq 
sohalarning real hududiy tarkib va tizimlari rayonlari mavjud (sanoat va 
qishloq xo‗jaligi, sotsial rayonlar; sanoat tuguni shaharlar aglomeratsiyasi 
va hq). 
Hududiy mehnat taqsimotiga o‗xshash iqtisodiy rayonlar ham 
pog‗onasimon bo‗ladi. Chunonchi, mamlakat ichida bir necha iqtisodiy 
rayonlarni birlashtiruvchi yirik iqtisodiy mintaqa yoki okruglar, asosiy 
iqtisodiy rayonlar, ma‘muriy-iqtisodiy rayonlar, viloyat ichidagi rayonlar 
va nihoyat, mahalliy iqtisodiy rayonlar (bizning Respubli-kamizda-qishloq 
tumanlari) bor. Ularning har biriga turli darajadagi bozorlar mos keladi. 
Har bir iqtisodiy rayonning o‗ziga xos rayon hosil qiluvchi omil va 
ishlab chiqarish tarmog‗i mavjud. Ba‘zi rayonlar shakllanishida qazilma 
boyliklar, boshqasida-transport geografik o‗rin, uchinchisida - malakali 
ishchi kuchi, turtinchisida yirik shahar va ayniqsa poytaxt shahar omili 
muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Xatto joyning geologik tuzilishi bilan 
iqtisodiy rayonlashtirish o‗rtasida ham aloqadorlik mavjud. Bu haqda 
dastlab tanikli rus olimi Yu.G.Saushkin fikr bildirgan edi. 
Odatda, kombinatlashuvga va hamkorlikka moyil tarmoklarning rayon 
hosil qilish salohiyati kuchli bo‗ladi. Masalan, neft va neftni qayta ishlash 
sanoati, qora va rangli metallurgiya, to‗qimachilik, mashinasozlik va 
boshqa tarmoqlarda bu holat kuzatiladi. Shuningdek, bunday rolni 
transport, rekreatsiya, xalqaro turizm ham bajarishi mumkin. 
Iqtisodiy rayon o‗ziga xos hududiy majmua va hududiy tizimni tashkil 
etadi. Albatta, bu erda rayon, kompleks va sistema tushunchalari aynan bir 
mazmunga ega emas, ammo ularning bir-birlariga yaqinligini ham inkor 
etish noo‗rindir. Har qanday iqtisodiy rayon kompleks, hududiy majmua 


41
printsipiga asoslanadi. U komplekslik, eng avvalo turli daraja va 
ahamiyatga ega bo‗lgan tarmoqlarning mavjudligi, ularning o‗zaro 
muvofiqlashgan holda (proportsional) rivojlanishida o‗z ifodasi
:
topadi.
Chunonchi, har bir rayonda ixtisoslashgan, ya‘ni bozor ahamiyatiga 
ega bo‗lgan tarmoq va tarmoqlar, ularni to‗ldiruvchi yordamchi, ikkinchi 
darajali tarmoqlar va mahalliy ehtiyojlarga qaratilgan mahalliy bozorni 
tuyintiruvchi tarmoqlar mavjud bo‗ladi. Shu 3 bug‗inning qaysi biri 
shakllanmagan bo‗lsa, u holda to‗laqonli iqtisodiy rayon to‗g‗risida so‗z 
yuritish qiyin. 
Odatda, har bir yirik iqtisodiy rayon bazaviy tarmoqlapra ega 
bo‗lishlari kerak Ularga, masalan, elektro-energetika, qurilish sanoati 
kabilar kiradi. Ayni vaqtda by tarmoqlar yuqoridagi 3 guruhdan iborat 
bug‗inlarning biriga ham kirishi mumkin. 
Demak, ana shu mazmunda iqtisodiy rayonni hududiy ishlab chiqarish 
majmuasi shaklida talqin qilsa bo‗ladi. Ammo real hududiy ishlab chiqarish 
majmualari bilan rayon ishlab chiqarish majmualari bir xil emas; birinchisi, 
xaqiqiy bog‗liq bo‗lsa, ikkinchisi ko‗p jihatdan ma‘muriy — boshqaruv 
ma‘nosidagi majmuadir. Jumladan, Angren — Olmaliq yoki Qarshi 
hududiy ishlab chiqarish majmualari bilan Toshkent viloyati yoki 
Qashqadaryo hududiy majmualari bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, 
iqtisodiy rayonda bir emas, bir necha hududiy ishlab chiqarish majmualari 
bo‗lishi va ayni vaqtda majmua hosil qiluvchi tarmoqlar ham mavjud 
bo‗ladi. 
Yana shuni ta‘kidlash joizki, har qanday rayon ilmiy o‗rganishning 
yoki bilim egallashning o‗ziga xos usulidir; u klassifikatsiya va tipologiya 
singari umumiy guruhlash turlariga kiradi. Binobarin, rayon hududiy 
guruhlash demakdir, biroq har qanday guruh kompleks yoki sistema bo‗la 
olmaydi. Kompleks esa birlik, uyg‗unlikni, texnologik aloqalarni anglatadi. 
Agar aniqroq qaraladigan bo‗lsa, tizim (sistema) tushunchasi yanada 
murakkabroq bo‗lib, uning o‗ziga xos talab va shartlari mavjud. Jumladan, 
tizim tarkibdan yoki «tizimcha»dan tashkil topishi, pog‗onasimon 
(ierarxiyali) bo‗lishi, mustaqil faoliyat ko‗rsatish, boshqaruv kabi 
xususiyatlarga ega bo‗lishi kerak. Tabiiyki, bunday darajada yondoshilsa 
har qanday rayon va xatto majmua ham haqiqiy tizim bo‗la olmaydi. 
Biroq shunga qaramasdan, iqtisodiy rayon hududiy majmua va hududiy 
tizimlardan unchalik uzok emas. Chunki, iqtisodiy rayon mamlakat 
hududining ma‘lum bir xo‗jalik tarmog‗iga (yoki tarmoqlariga) 


42
ixtisoslashgan va bu jihatdan qo‗shni, tutash hududlardan farq qiluvchi, 
umumiy iqtisodiy landshaft shakliga ega bo‗lgan qismidir. U yaxlit 
iqtisodiy makon sifatida hududiy tizim ma‘nosini anglatadi. 
Iqtisodiy rayon hududiy mujassamlashuv va hududiy ixtisoslashuvning 
o‗zaro uyg‗unlashgan, ishlab chiqarishni joylashtirish va hududiy tashkil 
qilish, ushbu jarayon iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi muhim omil yoki 
shakldir. Zero, har qanday iqtisodiy rayon yoki mintaqa biror bir xo‗jalik 
tarmog‗ini boshqa joylarga qaraganda bu erda ko‗proq to‗planganligi, 
rivojlanligi demakdir. 
Iqtisodiy rayonlashtirishning eng qadimiy yunalishi qishloq xo‗jaligini 
joylashtirish bilan bog‗liq. Sababi qishloq xo‗jaligining hududiy tashkil 
etish xususiyatlari, ya‘ni uning arealsimonligi makroiqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlariga ko‗ra yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shu bois, mintaqaviy 
iqtisodiyot, iqtisodiy geografiya va iqtisodiyot tarixi ko‗p jihatdan qishloq 
xo‗jaligini rayonlashtirish va joylashtirish tarixi bilan belgilanadi. Bejiz 
emaski, O‗zbekistonda ham bu boradagi ilmiy ishlar dastavval aynan ana 
shu 
tarmoqni 
joylashtirish 
va 
rayonlashtirish 
bilan 
boshlangan 
(V.N.Chetirkin, QN.Bedrintsev, Z.M.Akramov, Soliev A., I.Lapkin, 
Q.N.Abirkulov, R.A.Hodiev va boshqalar). 
Iqtisodiy rayonning hududiy tizimga yaqinligining yana bir tomoni 
shundaki, u ayni vaqtning o‗zida ham monogen, ham gomogen xususiyatga 
ega. Agar tizim-tarkib uslubiyoti nuqtai nazaridan qaraydigan bo‗lsak, 
iqtisodiy rayon tashqi jihatdan, ya‘ni «yopiq» tizim shaklida asosan bir 
xillik landshaftdir va ichki jihatdan yoki «ochiq» tizim shaklida u turli-
tuman, ichki tafovutlarga boy hududiy birlikni anglatadi. 
Mohiyatan, iqtisodiy rayon mamlakat ma‘muriy-hududiy tarkibini 
tashkil etish va boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. Ammo, bu erda 
ma‘muriy-hududiy masalalarning ayrim hollarda subyektivligi, yuqoridan 
tashkil qilinishi va iqtisodiy rayonlashtirishning «ichkaridan», obyektiv 
holda shakllanishi o‗rtasida nomuvofikliklar kelib chiqadi. Buning ustiga 
ma‘muriy birliklar chegarasi va soni tez-tez o‗zgarib turadi, iqtisodiy rayon 
esa 
ancha 
turg‗unlikka 
ega. Binobarin, mamlakatni ma‘muriy 
rayonlashtirish bilan uni iqtisodiy rayonlashtirishni tug‗ri yo‗lga quyish 
muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammodir. Shu jihatdan ham 
qaraganda, iqtisodiy rayonlashtirish va iqtisodiy rayonlar o‗z ilmiy va 
amaliy ahamiyatini saqlab qolaveradi. 


43

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish