A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi. 
V. Kristallyer «Markaziy o‗rin nazariyasi»ning asoschisidir. U 
matematik hisob-kitoblar orqali hududiy iyerarxiya bir darajadan boshqa 
darajaga to‗g‗ri geometrik progressiya orqali o‗tishini isbotladi. Masalan, 
viloyat bir necha tumanlardan, o‗z navbatida tumanlar ko‗plab qishloq 
fuqarolari yig‗inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o‗ziga tegishli bo‗lgan 
tovar va xizmatlar yo‗naltirilgan. Shunday qilib, olim aholi punktlari 
guruhiy tizimini tashkil etishning qulay variantini aniqlash orqali markaziy 


47
o‗rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor mintaqasining 
eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona 
yo‗nalishlarini, shahar va aholi punktlari boshqaruvi ma‘muriyatining 
qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin. 
Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) 
o‗rganishga oxirgi o‗n yilliklarda nisbatan kamroq e‘tibor berildi. To‗g‗ri, 
hududiy iqtisodiyot bo‗yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning 
natijalari kitob holida nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy 
asoslari ularning ayrimlaridagina ko‗rib chiqildi. Hududiy o‗sish 
nazariyalarini ko‗rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. 
Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o‗sish modellarini qo‗llash. Bunday 
modellarni mamlakat iqtisodiyotining o‗sishini izohlash uchun ishlab 
chiqilgan modellarga o‗xshatish mumkin. Ikkinchisi esa, alohida korxona 
va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. Chunki 
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini, avvalambor, ularning faoliyatigina 
belgilab beradi. Kompaniyalar o‗z faoliyatini u yoki bu hududda olib 
borishining sabablari joylashtirish nazariyalari orqali ko‗rib chiqiladi
.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari: ishlab 
chiqarishni oqilona joylashtirish, mintaqa xo‗jaligining kompleks 
rivojlantirish, hududiy mehnat taqsimotidan iboratdir. 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish 
kuchlari va hududlar o‗rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‗ladi. 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini 
oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, 
maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e‘tibor berish lozim. Ayni 
paytda, tabiiy-resurs salohiyatlaridan tejamkorlik bilan foydalanish, 
ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi. 
Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy 
qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish; 
mintaqalarni kompleks rivojlantirish; 
mintaqalar o‗rtasidagi hududiy mehnat taqsimoti; 
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish. 
Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish deganda 
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini minimal holatga keltirish va ishlab 
chiqarishning barcha (tayyor mahsulotgacha bo‗lgan) bosqichlarini 
muayyan hududga joylashtirish tushuniladi. Mamlakatimizning turli 


48
hududlari tabiiy resurslar zaxiralarining miqdori, komponentlar tarkibi, 
geologik salohiyatlariga ko‗ra o‗zaro farq qiladi. Bunda ishlab 
chiqarishning xomashyo, yoqilg‗i, energiya va iste‘mol manbalariga 
yaqinligini ta‘minlaydigan transport omili katta ahamiyatga ega.
Mintaqalar o‗rtasida hududiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirishning muhim 
shartlaridan hisoblanadi. Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi, 
tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko‗ra o‗zaro 
farq qiladi. Shuning uchun har bir mintaqa faqat o‗zigagina xos bo‗lgan 
xususiyatlar asosida muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar 
asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot ayirboshlaydi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish