A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy omillari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2.5. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy omillari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish o‗ziga xos 
xususiyatiga ega. Bu borada tadbirkor albatta foydali, qo‗shimcha 
daromadni ko‗zlaydi, davlat esa ish o‗rinlarini ko‗paytirish, mehnat 
resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish, 
hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. Demak, 
bunday vaziyatda har ikki yo‗nalishni muvofiqlashtirgan holda masalani 
echish talab etiladi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlari o‗z-o‗zidan, tasodifan hududiy tarqalmaydi, 
balki ma‘lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda 
joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab 
chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini 
o‗rganishga asos bo‗ladi. 


53
Ishlab chiqarishni joylashtirish ma‘lum qonuniyat, printsip va omillar 
asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o‗zaro 
aloqadorligi, ishlab chiqdrish korxona va tarmoqdarining ma‘lum hududiy 
va 
texnologik 
majmua 
shaklida 
tashkil 
etilishi, bu tarmoqlar 
rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish davrini o‗zining qonuniyatlari mavjud. Ishlab 
chiqarishga nisbatan iste‘mol, taklifga ko‗ra talabning ustunligi, erkin 
raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular 
jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy 
makonning shakllanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shuningdek, bu davrda vaqt va mablag‗dan unumli foydalanish, 
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlovchi sohalarni jadalroq 
rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslarini ishga solish, mintaqalararo 
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Albatta, bu borada ishlab chiqarishni hom ashyo bazasiga, elektr 
manbai va iste‘mol rayonlariga yaqinlashtirish printsipi o‗z kuchini saqlab 
qoladi. Biroq unutmaslik lozimki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini bir 
vaqtning o‗zida ham xom ashyo, ham ishchi kuchi, ham iste‘mol rayoniga 
yaqinlashtirish qiyin (yo unisi, yoki bunisiga yaqinlashtirish mumkin, 
ammo hammasiga emas!). Binobarin, bu tamoyilni har xil tarmoqqa 
nisbatan aniq qo‗llash talab qilinadi. 
Tabiiyki, iqtisodiyot tarmoqlari hamda mintaqalarning rivojlanishi turli 
xil omil va sharoitlarga ham bog‗lik bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg‗i, 
elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste‘mol va 
transport, iqtisodiy geografik o‗rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti 
omillarining bu boradagi roli ham oshib bormoqda. 
Ko‗rinib turibdiki, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta‘sir 
etuvchi omillar juda ko‗p. Modomiki bu omillar ko‗p ekan, demak: 
• ularning ta‘sir darajasi har xil bo‗ladi; 
• bu omillarni guruhlash talab etiladi; 
• omillar va ishlab chiqarishni joylashtirishni o‗rganishda kompleks 
(ya‘ni har tomonlama) yondoshuv zarur. 
U yoki bu omilning ta‘sir darajasi uning mahsulot chiqarishdagi 
«solishtirma og‗irligi» bilan o‗lchanadi yoki uning mahsulot birligi bilan 
nisbati hisobga olinadi. Albatga, jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika rivoji va 


54
boshqa sabablar tufayli omillarni ta‘sirchanligi O‗zgarib boradi. 
Chunonchi, agar ilgari tabiiy sharoit, xom ashyo, ishchi kuchi kabilarning 
ahamiyati katta bo‗lgan bo‗lsa, hozir ilmiy-texnika taraqqiyoti, ekologiya, 
bozor, iste‘molining kuchayishi va turlanishi muhimroq bo‗lib qolmoqda
ishlab chiqarish ko‗proq mablag‗ talab va ilmtalab bo‗lib bormokda. 
Shu bilan birga ma‘lum omilning ta‘sirchanligi, ya‘ni uning ko‗p 
sarflanishi asta-sekin kamaytirilib boriladi. Masalan, mahsulot birligiga 
nisbatan sarflanadigan xom ashyo, yoqilg‗i, elektr quvvati, ishchi kuchi va 
boshqalar muntazam ravishda tejaladi. Bu esa ishlab chiqarish 
samaradorligining oshib borishiga olib keladi. 
Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, «ko‗p sarflanadi» degan so‗z o‗z-o‗zidan 
isrofgarchilikni va binobarin, atrof-muhit ekologiyasiga ham salbiy ta‘sirni 
anglatadi. Jumladan, hom ashyo ko‗p sarflanadigan yoki «suv talab» 
korxonalarda shunga mos ravishda xom ashyoni to‗la ishlatilmasligi, uning 
chiqindiga ketishi, suvning ifloslanishi kabi holatlar yuz beradi. Demak, bu 
borada tejamkorlik ham iqtisodiy, ham ekologik ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, 
omillardan kelib chiqiladi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda 
hamma omil emas, ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol 
o‗ynaydi. Buning uchun yaratiladigan mahsulot birligiga, masalan, suv 
yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini aniqlash 
talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, «kasr maxrajida» mahsulot birligi, 
uning suratida esa alohida-alohida omillar (masalan, 1 tonna shakar olish 
uchun xom ashyo, ya‘ni qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki 
mehnat sarflanadi va hq) turadi. Qaysi omil bo‗yicha yirik son chiqsa, 
uning ahamiyati shuncha yuqori bo‗ladi va u qo‗rilayotgan ishlab chiqarish 
tarmog‗ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o‗taydi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg‗i, 
elektr energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste‘mol va transport
iqtisodiy-geografik o‗rin kabi omillar e‘tiborga olinadi. Shuningdek, 
ekologiya, ITT va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati 
ham oshib bormoqda. 
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga 
birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta‘sirchanligi jamiyat 
rivojlanishi bilan o‗zgarib turadi. Ayni paytda ijtimoiy va ekologik omillar 
ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida tashkil etishda 
ustuvor o‗ringa ega bo‗lmoqda. 


55
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar 
hisobga olinishi zarur, lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda 
barcha omillar emas, balki ulardan ayrimlarigina yetakchi rol o‗ynaydi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish