A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


«... Hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

«...
Hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom 
ettirish lozim. Ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma‘muriy 
islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy 
menejment usullarini keng qo‗llash zarur. Mahalliy hokimiyat 
organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko‗rib chiqishimiz, 
ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
(Sh. Mirziyoev) 
Kirish 
Ma‘lumki, mamlakatimizda 2017-2012 yillarda O‗zbekistonni yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab 
qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq 
xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat 
ishtirokini kamaytirish bo‗yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni 
davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor 
mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‗batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va 
mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni 
yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga 
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar Strategiyasi mamlakatimizda 
ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va 
e‘tibor bilan o‗rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va 
kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‗zga ko‗ringan rahbarlar o‗z fikr-
mulohazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor 
yo‗nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‗oyat muhim ahamiyatga ega 
bo‗lib hisoblanadi. 
Mamlakatimiz rahbarining 2018 yilning yakunlari va 2019 yilda 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan 
rivojlantirishning 
ustivor 
masalalarini qamrab olgan Murojaatnomasida 2019 yilni mamlakatimizda 
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»-deb nomlash taklif etildi 


4
va bu taklif bir ovozdan ma‘qullandi
1
. Mamlakatimiz rahbarining 
Murojaatnomasida 
ta‘kidlab 
o‗tilganidek: 
hududlarni 
kompleks 
rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv va inqiroz sharoitida iqtisodiy tizimlar rivojlanishining 
hududiy jihatlarining roli makro va mega darajasida o‗sib bormoqda, bu 
mamlakatning 
mintaqaviy 
rivojlanishidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
nomutanosibliklardan kelib chiqadi. Bir tomondan, globallashuv - bu 
resurslardan samarali foydalanish va jamiyat ehtiyojlarini maksimal 
darajada qondirish uchun turli mamlakatlarning sa‘y-harakatlarini (kapital, 
mehnat, tabiiy va boshqalar) birlashtirish jarayoni, ikkinchi tomondan, bu 
xalqaro ekspluatatsiyaga olib keladigan resurslarning beg‗araz harakatini 
anglatadi. 
Bundan tashqari, ushbu resurslardan samarali foydalangan mega-
korporatsiyalar miqyosiga katta ta‘sir ko‗rsatmoqda. Giper-urbanizatsiya, 
ko‗plab mamlakatlar mintaqalarida markazdan qochish tendentsiyalari, 
ekologik muammolar, ishlab chiqarishning pasayishi va depressiya 
hududlarida ishsizlikning o‗sishi mintaqaviy rivojlanishni boshqarish 
uchun ilmiy asoslangan yondashuvni talab qiladi. 
Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyot sanoat korxonalarining joylashuvini 
birinchi navbatda muayyan hududning barqaror afzalliklarini (hududiy 
xarajatlar, ish kuchi, aholi punktlarining to‗planishi, infratuzilmaning 
mavjudligi, xizmat ko‗rsatish va taqsimlash joylari va boshqalar) hisobga 
olishi kerak, ya‘ni. foydani ko‗paytirish uchun mikroiqtisodiy omillarni 
hisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishga 
erishish zarur. Shu bilan birga, barcha zarur resurslar bilan tarmoqlar va 
tashqi savdo o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni hisobga olishi zarur. Alohida 
ajratilgan sanoat korxonasini emas, balki o‗zaro bog‗liq bo‗lgan korxonalar 
majmuasini ko‗rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ushbu nazariy 
yo‗nalish xarajatlarni (nafaqat transport, balki ishlab chiqarish) 
minimallashtirishga o‗tish bilan daromadlarni ko‗paytirishga, o‗zgaruvchan 
narxlar, ijara, talab va taklif funktsiyalari va dinamik elementlarini hisobga 
olishi bilan tavsiflanadi.
O‗zbekistonda mintaqaviy iqtisodiyot siyosati birinchi navbatda 
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish, mintaqaviy 
1
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh. 
Mirzieyovning 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasi. 
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018 


5
tabaqalanishni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu siyosatni amalga 
oshirishning vositalari quyidagilar hisoblanadi: mahalliy byudjetlarni 
moliyalashtirishning mavjud tizimi, davlatning maqsadli ijtimoiy dasturlari, 
kam rivojlangan, mehnatga boy hududlarga yo‗naltirilgan davlatning 
investitsiya siyosati, shuningdek yangi transport kommunikatsiyalari, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hududiy dasturlari. Mintaqaviy darajada 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish va uni boshqarish 
yo‗llarini tahlil qilish o‗quv qo‗llanmaning maqsadi hisoblanadi. 
Ushbu darslik vazifasi talabalarda bugungi globallashuv sharoitida va 
jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda iqtisodiy 
islohotlarning mintaqaviy muammolarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish 
asosida zaruriy bilim va ko‗nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. 2017-
2021 yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish 
asnosida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish borasida hududlar, tuman 
va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy 
ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish jarayonlari 
darslikniing obyekti hisoblanadi. Ayni bugungi kunda iqtisodchi kadrlar 
ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, 
qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etish, mamlakat 
umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda 
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo‗nalishlarini belgilash, hududlar 
iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni mikro va makro darajada 
ta‘minlashdagi muammolar yechimini izlab topish yo‗l-yo‗riqlarini 
o‗rganishi lozim.
Shu bilan birga, mazkur darslikda mamlakat va hududlarning tabiiy 
resurs salohiyatini, mamlakatning jahon xo‗jaligi tizimidagi o‗rni, aholi, 
mehnat resurslari va hozirgi demografik muammolarni o‗rganish, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil 
qilinadi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlashda 
ilmiy-nazariy jihatdan yondashib, uni hal etishda amaliy ko‗nikmalar hosil 
etishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham, mazkur darslikda milliy 
iqtisodiyotning hududiy muammolarini o‗rganish va ushbu muammolarni 
hal qilish yo‗llari va mexanizmlari, vosita va usullari bayon etilgan. 


6

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish