1-MAVZU. MINTAQAVIY IQTISODIYOT FAN SIFATIDA
SHAKLLANISHI, PREDMETI, OBYEKTI VA METODLARI
Reja:
1.1. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi, predmeti va
obyekti
1.2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining vazifalari
1.3. Mintaqaviy iqtisodiyot metodlari
Tayanch tushuncha va iboralar:
mintaqaviy iqtisodiyot, mintaqa,
mintaqaviy iqtisodiyotning vazifasi, tizimli tahlil, tizimlash uslubi, balans
uslubi, normativ usul, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar uslubi, iqtisodiy va
matematik modellashtirish usuli, taksonomik uslub, ijtimoiy tadqiqot
usullari.
1.1.Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi, predmeti va
obyekti
Mintaqaviy iqtisodiyot fani - davlatlararo iqtisodiy zonalar, yirik
iqtisodiy hududlar, alohida hududiy-sanoat komplekslari, shuningdek yirik
sanoat va shahar aglomeratlari tizimi sifatida qaraladigan mamlakat
iqtisodiyoti faoliyatining va rivojlanishining muammolari va shakllarini
o‗rganadi.
Mintaqaviy iqtisodiyot - nisbatan yosh fan bo‗lib iqtisodiy
yo‗nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda deyarli barcha mamlakatlarning
o‗quv rejalarida o‗rganish uchun fan sifatida kiritilgan.
G‗arbning ilm-fan sohasida «mintaqaviy fan» deb nomlangan ushbu
ilm-fan yigirmanchi asrning 50-yillari oxirida shakllana boshladi. Ushbu
ilmiy yo‗nalishning ideologi va tashkilotchisi U. Ayzard edi. Mustaqil fan
sifatida 1970-80-yillarda mintaqaviy iqtisodiyot fani shakllandi va 1990-
yillarda o‗quv fani maqomiga ega bo‗ldi.
Mamlakatimizda XX asrning 70-yillarida mintaqaviy iqtisodiyot
mavzusidagi dastlabki tadqiqotlar paydo bo‗ldi. Biroq uzoq vaqt
mobaynida bu bilimlar «iqtisodiy geografiya» kursining bir qismi sifatida
universitetlarda o‗qitildi, bu iqtisodiy ta‘limning dastlabki sikli edi.
Mintaqaviy iqtisodiyotning jarayoni boshqa iqtisodiy va ijtimoiy fanlar
bilan chambarchas bog‗liq. Uning mavzusi iqtisodiy nazariya, sotsiologiya,
7
demografiya,
siyosatshunoslik,
menejment
va
boshqa
fanlarning
masalalrini o‗zida qamrab oladi.
«Mintaqaviy iqtisodiyot» kontseptsiyasining ta‘rifini hisobga olgan
holda bir nechta yondashuvni qayd etish kerak.
Gramer nuqtai nazaridan «Mintaqaviy iqtisodiyot» iqtisodiyot fanlarida
markaziy o‗rinlardan birini egallashi kerak. Ushbu olimning nuqtai
nazariga ko‗ra iqtisodiyotning asosi uch qutbli tizim sifatida quriladi:
1 - makroiqtisodiyot;
2 - mikroiqtisodiyot;
3 - mintaqaviy iqtisodiyot.
Rus olimi mintaqaviy iqtisodiyot faning asoschilari biri akademik
Nekrasovning fikriga ko‗ra, mintaqaviy iqtisodiyot mamlakatning
mintaqaviy tizimida va alohida mintaqada ishlab chiqarish kuchlari va
ijtimoiy jarayonlarni rejalashtirish va shakllantirishni belgilovchi iqtisodiy
va ijtimoiy omillar va hodisalarning umumiyligini o‗rganadi.
Nekrasov mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi bo‗lgan
ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish uchun mamlakatdagi ishlab chiqarishning asosiy omillarini,
mintaqaviy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini
tadqiq etdi.
Granberg nuqtai nazaridan mintaqaviy iqtisodiyotning mavzusi keng
ma‘noda murakkab va ko‗p tomonlama. Uning asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat:
1) alohida hududlar iqtisodiyoti;
2) hududlar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
3) mintaqaviy iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy hayotning turli jihatlarini
balki davlat boshqaruvi va uni tartibga solish tizimini ham o‗z ichiga olgan
mintaqaviy
tizimlarni,
mintaqaviy
byudjetlar
va
byudjetlararo
munosabatlar tizimini, mintaqaviy va viloyat va shaharlar darajasida
hukumatlararo transfertlar tizimini, shuningdek yuridik shaxslarga
beriladigan
byudjet
mablag‗larini,
past
darajadagi
byudjetlarni
subventsiyalari va subsidiyalari va mintaqadagi ijtimoiy munosabatlar
tizimini, mintaqada aholi turmush darajasini ko‗rsatkichlarini, mahalliy
mintaqaviy bozorning salohiyatini, uning diversifikatsiyasi darajasini,
mehnatga talabining darajasini, mintaqada demografik jarayonlar va ishchi
kuchlari malakasini ifodalovchi ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi.
8
Zamonaviy iqtisodchilarning fikriga ko‗ra, hozirgi bosqichda
mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifasi - iqtisodiy islohotlarning
mintaqaviy muammolarini o‗rganish va uni hal etishdir.
Ushbu pozitsiyaga ko‗ra, mamlakatda mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy-
hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiyani
namoyon etadi va uning tendentsiyalari bo‗yicha zamonaviy ilmiy
qarashlarni o‗zida aks ettiradi.
Xulosa o‗rnida Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida - ishlab chiqarish
kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va
tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi; mamlakat umumiy rivojlanish
strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish yo‗nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini
va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o‗rganadi. Bundan tashqari, mintaqaviy
iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish
masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o‗rganadi. Zero, har bir hudud
iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo‗jalik majmuasining tarkibiy
qismidir.
Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs
salohiyatini, mamlakatning jahon xo‗jaligi tizimidagi o‗rni, aholi, mehnat
resurslari va hozirgi demografik muammolarni o‗rganadi; bozor
iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil
qiladi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi.
Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo‗jaligi majmuasining hududiy
kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy
va texnik-iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o‗zaro munosabati
tufayli hosil bo‗lgan yaxlit birlikdir.
Mamlakatimiz
bozor
iqtisodiyotiga
o‗tishi munosabati bilan
mintaqaviy iqtisodiyot fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni
o‗rganishda hozirgi paytda ularda ro‗y berayotgan holatni chuqur (qaysi
jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o‗tish
davrida O‗zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi
turlicha. Masalan, Toshkent shahri, Toshkent va Farg‗ona viloyatlari sanoat
tarmoqlarining rivojlanishiga ko‗ra respublikaning boshqa mintaqalaridan
oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bu ko‗rsatkichlar bo‗yicha quyi o‗rinlarni
egallaydi.
9
Shu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning
2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini
izchil davom ettirish lozimligi, xususan, iqtisodiyotdagi tizimli o‗zgarishlar
natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35
foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda
2
. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu
o‗ta muhim masalaga etarlicha e‘tibor berilmayapti. Oqibatda,
respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat ko‗rsatkichining 1
foiziga ham etmaydi. Shu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini
rivojlantirish bo‗yicha o‗rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish
kerakligini ta‘kidladi.
Qishloq xo‗jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg‗ona
vodiysi viloyatlari oldidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo
va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq xo‗jaligini xodimlar bilan
ta‘minlash jiddiy muammo bo‗lib turibdi. Navoiy viloyatida ishsizlik
darajasi yuqori.
Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri
– iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini
takomillashtirishdan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi «Sanoat
kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar
ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorida
Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab
chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‗jalik
yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hamkorlik uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng
muhim shartlari ekanligini ta‘kidlandi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik
biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat
kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida viloyat, shahar va
tumanlarda mavjud bo‗sh foydalanilmay turgan hududlarda texnoparklar va
kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, davlat xaridlari tizimi orqali
mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror talabni shakllantirishni
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. gov.uz.
10
nazarda tutadigan davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlarini
amalga oshirish vazifalari belgilab berildi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |