Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar. 1.IIshlab chiqarishda bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi. 2.Ishlab chiqarishning tarmoqlari. 3.Ishlab chiqarish resurslari. 4.O’zbekistonda ishlab chiqarishda ijtimoiyiqtisodiy omillar.
Meyliyeva Dirdona
Ishlab chiqarishni joylashtirish ma`lum qonuniyat, tamoyil (prinsip) va omillar asosida amalga oshiriladi. qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o’zaro aloqadorligi, ishlab chiqarish korxona va tarmoqlarining ma`lum hududiy va texnologik majmua shaklida tashkil etilishi, bu tarmoqlar rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrining o’z qonuniyatlari mavjud. Ishlab chiqarishga nisbatan iste`mol, taklifga ko’ra talabning ustunligi, erkin raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy makonning shakllanishiga katta ta`sir ko'rsatadi.
Printsip yoki tamoyillar qo'yilgan strategik maqsadlarga erishishdagi, dastlabki yoki birlamchi asoslar hisoblanadi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatning bozor munosabatlariga o’tish davriga mos printsip ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlarini belgilab beradi. O’z navbatida ular ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishda e`tiborga olinadi.
Ishlab chiqarishni oqilona, eng samarali joylashtirish mahsulot birligini tayyorlashga ketadigan sarf-xarajatlarni har tomonlama kamaytirishni, ma`lum hudud doirasida iloji boricha tayyor mahsulotnè chiqarishgacha bo`lgan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini joylashtirishni anglatadi. Ma`lumki, O`zbekiston tabiiy resurslarga juda boy mamlakatdir.
Resurslardan foydalanishda transport sharoitlari juda muhim ro’l o`ynaydi, chunki transport vositalariga bog’liq holda ishlab chiqarish xom ashyo, yoqilg’i, energiya manbalarga va iste`mol rayonlariga yaqin yoki uzoqda joylashgan bo`lishi mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarishni joylashtirishga yuk tashish qarajatlari ham juda katta ta`sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqyoti darajalarida mavjud farqlarni kamaytirish hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biridir. Bunda mintaqalar o`rtasidagi barcha farqlarni bartaraf qilish masalasi haqida so`z yuritilmayapti.
Iqtisodiy mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqyoti darajalarida mavjud farqlarni kamaytirish hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biridir. Bunda mintaqalar o`rtasidagi barcha farqlarni bartaraf qilish masalasi haqida so`z yuritilmayapti.
O`zbekiston mintaqalarida ham xuddi shunga o`xshash holat kuzatildi. Bunday vaziyat bozor munosabatlarini tadbiq etish sur`atlari va miqyosiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, ishsizlik muammosining chuqurlashishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg'i, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste`mol va transport, iqtisodiy geografik o’rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ekologiya, ilmiytexnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi roliham oshib bormoqda.
Shu o’rinda ta`kidlash joizki, "ko’p sarflanadi" degan so’z o’zo’zidan isrofgarchilikni va, binobarin, atrofmuhit ekologiyasiga ham salbiy ta`sirni anglatadi. Jumladan, xom ashyo kop sarflanadigan yoki "suv talab" korxonalarda shunga mos ravishda xom ashyoni to'la ishlatilmasligi, uning chiqindiga ketishi, suvning ifloslanishi kabi holatlar yuz beradi. Demak, bu borada tejamkorlik ham iqtisodiy, ham ekologik ahamiyatga ega bo’ladi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda va qisman o’zimizda ham bozor munosabatlariga mos ravishda iste’mol, talab individuallashib, xususiylashib bormoqda. Avvallari bir mamlakat yoki rayon mahsulotning bir turiga ixtisoslashgan va u bilan mintaqaviy va jahon bozorida qatnashgan bo’lsa, endigi sharoitda o’sha mahsulotning o’zi turli shaklga, ko’rinishga ega bo’lishi kerak.
Hozirgi davrda engil mashinalar, oziqovqat mahsulotlari va boshqalar faqat bir turda bo’lishi ularning raqobatbardoshligi va xaridorligini ta’minlamaydi. Binobarin, endigi sharoitda konveyr usuli, miqdor ko’rsatkichlari muhim emas; aksincha «postfordizm», masshtab (miqdor) samaradorligining o’rniga turli xillik, sifat samaradorligi oldinga surilmoqda
Hozirgi fan texnika taraqqiyotidan foydalanib yangi yangi mahsulot turlari paydo bo’lmoqda yoki ular zamonaviy texnologiyalar asosida arzon va oson yo’llar bilan ishlab chiqilmoqda. Bunday innovatsiyalarning «hayot tsikli»-vujudga kelishi, rivojlanishi, astasekin barcha mamlakatlarda tarqalishi va, nihoyat ularning o’rniga boshqalarning kelishi va «so’nishi» bilan belgilanadi. SHunga o’xshash yangiliklarning tarqalishi yoki diffuziya qonuni iqtisodiyot nazariyasida Yozef SHumpeter (XX asr birinchi yarmida) va shved T.Xagerstrand (1953 y.) tomonlaridan asoslangan.SHunday qilib, ixtisoslashuv ham mujassamlashuv kabi rivojlanganlikning muhim belgisidir.
, Har ikkisining ham chegarasi bo’lishi kerak. Xuddi shu nuqtai nazardan kooperatsiya yoki hamkorlik yanada samaraliroq hisoblanadi. Bu o’rinda aytish mumkinki, kooperatsiya ixtisoslashuv bilan yaqindan bog’liq va usiz vujudga kelmaydi. CHunki, har qanday kooperatsiya turli kasb, hunar, mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarning hamkorligidan boshqa narsa emas.Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir.
Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. CHunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i engil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. SHu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada engil avtomobil yoki Lixachev nomli zavod, Tolyattidagi Volga
Tabiiy sharoit va agroiqlimiy resurslar. Xo'jalikning barcha tarmoqlari, shuningdek, aholining joylashuvida tabiiy sharoitning roli katta. Bu borada ayniqsa er, suv,harorat, tuproq kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Yerning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi o’rni uning maydoni, kattakichikligi, geomorfologik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Yer jamiyat rivojlanishining engqadimiy, eng birlamchi omilidir. Ksenofont (e.o. 430355 y.y.) "Yer insonni sog'lom, to'q va adolatli qiladi", deb yozgan edi. Ingliz iqtisodiyoti va statistikasining asoschilaridan biri U.Petti (16231687y.y.) fikricha, mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir. Yana shuni ta`kidlash lozimki, agar yer ko'pgina xo'jalik tarmoqlarisanoat, transport va boshqalar uchun oddiy sharoit sifatida xizmat qilsa, u qishloq xo'jaligida bebaho boylik, muhim resurshisoblanadi. Ayni vaqtda sanoat korxonalarining (masalan, yirik metallurgiya, kimyo yoki mashinasozlik zavodlari) katta maydonlarni egallashini ham unutmaslik kerak. Shuningdek, bunday maydonlar aeroportlar uchun ham talab etiladi.
Yoqilg'i issiqlik elektr stantsiyalari uchun hamda qora metallurgiya sanoatining dastlabkicho'yan eritish bosqichini joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta`siri hamma vaqt ham etakchi kuchga ega emas; issiqlik elektr stantsiyalari yoki metallurgiya zavodlari ayrim hollarda iste`mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bu masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik stantsiyalarini qurishga tegishlidir.
Biroq, qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil bo'lmaydi. Ma`lumki,qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydalidir, ya`ni ulardan deyarli shuncha cho'yan olish mumkin (1 tonna cho'yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonna temir rudasi va 1,2 tonna kokslanuvchi ko'mir sarflanadi). Ammo bu "o'rtacha" raqam hamma joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |