A.Lyoshning «Joylashtirish» nazariyasi
Boshqa, yosh va iste‘dodli nemis olimi Avgust Lyosh o‗zidan oldingi
vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning
o‗quvchisi edi), barcha xo‗jalik tarmoqlarini joylashtirish to‗g‗risida ish
olib bordi. A.Lyosh g‗oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha
nomi «Geograficheskoe razmeshenie xozyaystva»-M. 1959) bayon etilgan.
Kitobning asl nusxasi. qo‗lyozmasi 1940 yilda nashr qilingan.
A.Lyosh qishloq xo‗jaligining areal maydon sifatida, sanoatning esa
nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi
bo‗lib «bozor muhiti yoki makoni», «iqtisodiy landshaft» (hozirgi kunda –
iqtisodiy rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar,
xususan I.Tyunen va A.Veber alohida korxonani, tarmoqni o‗rgangan
bo‗lishsa, A.Lyosh ishlari barcha xo‗jalik sohalarini qamrab oldi va o‗z
mohiyatiga ko‗ra mikroiqtisodiy bozor munosabatlari, uning ta‘sir doirasi
xaqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil ekanligi ta‘kidlandi, matematik
usullarni keng qo‗lladi. Aynan ana shu tamoyillarni hozirgi kunda
O‗zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga tatbiq qilish
ahamiyatdan holi bo‗lmasa kerak.
A.Lyoshning kontseptsiyasiga ko‗ra yangi korxonalarni joylashtirishda
yuqori foyda olishni ko‗zlagan tadbirkorlar bilan butun iqtisodiyot
manfaatlari o‗rtasida kurash ketadi. Ushbu ta‘limotlar bozor munosabatlari
hukmron sharoitda yuqori foyda olishni ko‗zlagan samarali ishlab chiqarish
tizimlarini rivojlantirishning nazariy jihatdan asoslashga qaratilgani bois,
uning bir qator yo‗nalishlari - V.Bungening «markaziy joy» M.Skarletning
«joylashishning uch tipi», F.Perruning «rivojlanish qutbi» va «rivojlanish
49
markazlari», shuningdek, «yangi g‗oyalar» (diffuzii novovvedeniy-yangilik
kiritish) yuzaga keldi.
O‗tgan asrning o‗rtalaridan boshlangan fan-texnika inqilobi ishlab
chiqarish
kuchlarini
rivojlantirish,
hududiy
tashkil
qilishni
takomillashtirishning «klassik» nazariyalariga bir qator «tuzatishlar»
kiritdi
12
. Ular jumlasiga:
a) sanoatning o‗ta yangi tarmoqlari, avvalo, ilmiy tadqiqot va
loyihalash-tajriba ishlari bilan chambarchas bog‗liq «ilmtalab» sohalarning
gurkirab rivojlanishi;
b) qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining sanoat tarmoqlariga ko‗chishi
agrosanoat majmuasining (agrobiznes) shakllanishi;
v) infratuzilma sohalarining milliy daromaddagi hissasi barqaror ortib
borishi;
g) ishlab chiqarish tizimini tobora transport-geografik o‗ringa va
xomashyoga bog‗liqligining qisqarib borish jarayoni;
d) ilmiy tadqiqot ishlari va loyihalash-tajriba markazlari rolining ortib
borishi;
j) yuqori malakali mehnat hissasining tobora keng rol o‗ynashi;
z) ijtimoiy-ekologik omillar - ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
va joylashishida ro‗y bergan sezilarli o‗zgarishlarni keltirish mumkin.
Bu esa, o‗z navbatida, «joylashtirish» nazariyasida D.J.Gelbreytning
«industrial jamiyat», U.Izardning «joylashtirishning bozor nazariyasi» kabi
yangi yo‗nalishlar rivojlanishiga zamin hozirladi
13
.
Biroq, mavjud vaziyat «tabiat-jamiyat» tizimida aholi va u bilan
bog‗liq qonun va qonuniyatlar mohiyatini to‗laqonli ochib berishga imkon
bermagan.
Ta‘kidlash joizki, I.Tyunen va A.Veber g‗oyalari o‗z davri talabiga
mos kelardi. Sababi – u davrda hududning iqtisodiy sig‗imi, zichligi uncha
yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya‘ni deyarli bir
tekis edi. Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki
tarmoqlarni ayrim joylarda o‗rinlashtirish ta‘sirida o‗zgaradi, notekislik
xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko‗rinishdagi
iqtisodiy tekislik notekislikka, xududiy mujassamlashuvning ko‗chayishiga
o‗zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko‗radigan
12
Regionalnaya ekonomika/ Pod red. G. Polyaka. – M.: Yuniti-Dana, 2013. – 464 s.
13
Fetisov G.G. Regionalnaya ekonomika i upravlenie: uchebnik. – M.: INFRA-M,2012. — 416 s.
50
ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar tizimga moslashgan
ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarini hududiy tashkil
qilish g‗oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |