A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Kooperatsiya
 
pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun 
turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki 
tarmoqka tegishli bo‗lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada 
hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o‗rinlashuvi 
uncha sezilmaydi va, aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi. 
Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan 
mahsulotning murakkabligiga bog‗liq. Chunonchi, mashinasozlikda, 
aniqrog‗i engil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko‗p 
ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning 
yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, 
Samarqandagi «SamAvto», Asakadagi «UzAvto Motors» avtomobil 
zavodlarining shunga o‗xshash yuzlab korxonalar bilan hamkorlik qiladi. 
Modomiki asosiy, yakunlovchi yoki yig‗uvchi bosh korxona ko‗p joydan 
asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u (transport) geografik 
jihatdan qulay nuqtada qurilishi zarur. 
Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar o‗rtasida o‗zaro hamkorlik uchun qulay shart-


34
sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng 
muhim shartlari hisoblanadi. 
Ichki bozordagi ehtiyojlar hajmlarining tahlili davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini amalga oshirish orqali 
sanoat kooperatsiyasini va talab yuqori bo‗lgan tovarlarning alohida 
turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalanilmayotgan 
imkoniyatlar mavjudligini ko‗rsatmoqda. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik 
biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat 
kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 1 maydagi «Sanoat kooperatsiyasini yanada 
rivojlantirish va talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori ushbu yo‗nalishdagi 
ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‗tarishga xizmat qilmoqda. Mazkur 
Qarorga ko‗ra
11

Respublika mintaqalarining tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish 
va mehnat salohiyati, tegishli infratuzilmasidan foydalangan holda sanoat 
sohasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasida kooperatsiya aloqalarini 
kengaytirish; 
talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar, shu jumladan iste‘mol tovarlarining 
ro‗yxatini, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va mahsulotlarning 
yangi turlari ishlab chiqarishni o‗zlashtirish mexanizmlarini belgilash; 
ular asosida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini har yili 
tasdiqlanadigan manzilli ro‗yxatlarga kiritish; 
foydalanilmayotgan bino va inshootlar negizida yangi loyihalarni 
amalga oshirish, shuningdek, texnoparklarni qurish; 
avvalo ro‗yxat bo‗yicha yangi mahsulot turlarini tayyorlovchi ishlab 
chiqarishlarni joylashtirish; 
talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarishda davlat xaridlarini 
qo‗llab-quvvatlash; 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
qo‗llab-quvvatlash 
davlat 
jamg‗armasi 
tomonidan loyihani amalga oshirish uchun olingan kreditning 50 foizdan 
ko‗p bo‗lmagan miqdoriga kafillik berish; 
11
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi ―Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab 
yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori. ManbaaLex.uz. 


35
ro‗yxat bo‗yicha mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun 
tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini 5 foizgacha qoplash shaklida 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshirish; 
elektron kooperatsiya portalini yaratish va uning davlat xaridlari 
maxsus axborot portali bilan integratsiyalashuvini ta‘minlash kabi bir qator 
imkoniyat va afzalliklar yaratilgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish