A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-MAVZU. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

2-MAVZU. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI 
JOYLASHTIRISH QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI 
Reja: 
2.1.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil 
qilish. 
2.2. Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari 
2.3.Hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlashtirish 
2.4.Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillar 
2.5.Ishlab 
chiqarishni 
kuchlarini 
joylashtirishning 
klassik 
g‗oyalari 
2.6.O‗zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning 
o‗ziga xos xususiyatlari 
Tayanch tushuncha va iboralar:
Mintaqa, ishlab chiqarish tizimi, 
ishlab chiqarish kuchlari, xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayon, 
iqtisodiy landshaft, shtandort, monopol foyda, demping, soliq tizimi, davlat 
chegarasi, xalqaro savdo, texnika taraqqiyoti, rivojlanish qutbi, rivojlanish 
markazlari. 
2.1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil 
qilish 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlaridan g‗oyat unumli va 
samarali foydalanishni ta‘minlash bilan shunga mos yuksak ishlab 
chiqarish munosabatlarini ham yuzaga keltiradi. Iqtisodiy tashabbus va 
ishbilarmonlikni rivojlantiradi. Har bir kishining milliy boylikni oshirish 
mas‘uliyatini kuchaytiradi, har bir kishini boy qilish orqali jamiyatni ham 
boyitib boradi. Erkin bozor munosabatlarini takomillashtirish hamda 
iqtisodiyotni leberallashtirish sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini to‗g‗ri 
va oqilona tashkil etish davlatning ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosati 
asosini tashkil qiladi.
Muayyan makon va zamondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni chuqur 
ilmiy tahlil qilish negizida uning obyektiv qonuniyatlarini o‗rganish, aniq 
xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar belgilash mumkin. Binobarin, 
samarali, barqaror rivojlanib boruvchi ishlab chiqarish tizimini yuzaga 
keltirish tom ma‘noda o‗ziga xos tamoyillarga asoslangan ishlab chiqarish 
kuchlarini hududiy tashkil qilish, tabiat bilan jamiyatning qonun va 


20
qonuniyatlarini anglash, ularni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab 
chiqish hamda amaliyotga qo‗llashni nazarda tutadi.
Binobarin, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
to‗g‗risida»gi farmonning maqsad-mohiyati ham mamlakat mintaqalarida 
ishlab chiqarish kuchlarini hududiy jihatdan to‗g‗ri va oqilona tashkil etish 
orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta‘minlashdan iborat
7
.
O‗zbekiston Respublikasi aholisi tomonidan keng muhokama qilingan 
mazkur Harakatlar strategiyasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha 
jabhalarini beshta ustuvor yo‗nalish doirasida qamrab olganligi va 
«ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi 
va daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral xomashyo, 
sanoat, qishloq xo‗jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va 
samarali foydalanishni ta‘minlash»ga qaratilganligi bilan amaliy ahamiyat 
kasb etadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bugungi 
kunning dolzarb vazifasi bo‗lib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib 
borish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ilmiy manbalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va 
joylashtirishning quyidagi asosiy tamoyillari ajratiladi:

ishlab chiqarish tizimlarini xomashyo manbalari, yoqilg‗i va 
energiya resurslarini iste‘mol mintaqalariga yaqin joylashtirish;

yuqori samarali bo‗lgan tabiiy resurslarni o‗zlashtirish va majmuali 
foydalanish tizimini barpo qilish;

mamlakat va mintaqalarda ekologik holatni sog‗lomlashtirish, 
atrofmuhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning 
samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiatdan 
foydalanishning boshqaruv tizimini takomillashtirish;

xalqaro kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va qulay 
geostrategik mavqeidan samarali foydalanish asosida xalqaro mehnat 
taqsimotidagi ishtirokini chuqurlashtirib, kengaytirib borish, yaqin va uzoq 
xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish;

yirik shaharlarning haddan tashqari rivojlanishini tartibga solish, 
kichik va o‗rta shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, 
7
O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «O‗zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar 
stratеgiyasi to‗g‗risida»gi farmoni. //Xalq so‗zi, 08.02.2017 y. №28 


21
mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tabaqalanish 
jarayonini boshqarish, iqtisodiyot tarmoqlari dasturlarini ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish.
Ishlab chiqarish kuchlari ishlab chiqarish vositalari (asbob-uskunalar, 
xom-ashyo va x.k.) sanoat va qishloq xo‗jaligi hamda mehnat resurslarini 
o‗z ichiga oladi.
Odatda, ishlab chiqarish asosan sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport kabi 
makroiqtisodiy sohalardan tashkil topadi. Ammo ularning barchasini 
harakatga keltiruvchi ishchi kuchi, ya‘ni inson hisoblanadi. Binobarin, 
aholi ijtimoiy ishlab chiqarishdek murakkab jarayonning markazidan o‗rin 
oladi. Buni biz demotsentrik printsip deb yuritishimiz mumkin. 
Shu bilan birga ta‘kidlash joizki, umuman aholi ishchi kuchi emas va u 
faqat iqtisodiy tushuncha sanalmaydi. Hozirgi demografik vaziyatda faqat 
mehnatga layoqatli aholi ishchi kuchi sifatida qaraladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish tizimi eng avvalo uch tarkibiy qismdan iborat. 
Bu ham bo‗lsa, bevosita ishlab chiqarish, taqsimot va iste‘moldir.
Bularning barchasi, albatta, ishchi kuchisiz bo‗lmaydi.
Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan uni iste‘mol qilish 
o‗rtasidagi aloqadorlikni amalga oshirishda transportning ahamiyati katta. 
Shu sababli uni ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining «qon tomiri» yoki 
harakatga keltiruvchi omili darajasida qarash to‗g‗riroq bo‗ladi.
Demak, ishlab chiqarish kuchlari keng va murakkab iqtisodiy 
tushuncha, uning tarkibi ishlab chiqarishning obyekti bilan subyektti, ya‘ni 
ishchi kuchidan tashkil topadi. Aholining ishtiroki qisman, mehnat resursi 
doirasida kuzatiladi. Umuman aholi esa, u ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha 
hisoblanib, ishlab chiqarish jarayonining qoq o‗rtasidan joy oladi. Sababi- 
aholi (mehnat resurslari) moddiy va ma‘naviy boyliklarning yaratuvchisi va 
ayni paytda ularning iste‘molchisi hamdir. Biroq, ishlab chiqaruvchilar 
ozroq, iste‘mol qiluvchilar esa barcha aholidan (uning yosh va jinsidan 
qat‘iy nazar) iborat. 
Mintaqaviy iqtisodiyotda «joylashtirish» tushunchasi juda ko‗p 
ishlatiladi. Tarmoq yoki sohaviy iqtisodiyotida ko‗proq «rivojlanish», 
taraqqiyot, o‗zgarish kabilar tilga olinadi. Shu o‗rinda qayd qilmoq 
lozimki, joylashtirish geografiyaning boshqa tarmoqlari, masalan, tabiiy 
geografiya uchun muhim emas, chunki iqlim, yer usti tuzilishi, tuproq, 
o‗simlik yoki hayvonot dunyosi joylashtirilmagan, ularning hududiy 
xususiyatlari boshqa omil va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. 


22
Umuman rivojlanishning, har qanday hodisa yoki voqelikning 
ajralmas, bir paytning o‗zida (permanent) sodir bo‗ladigan xususiyati yoki 
jihati mavjud. U ham bo‗lsa joylanishidir. Zero, u yoki bu voqelik ma‘lum 
vaqtda va aniq joyda yuzaga keladi-ki, biz bu erda zamon va makon 
birligining guvohi bo‗lamiz. Shundan kelib chiqqan holda e‘tirof etish 
mumkinki, rivojlanish va joylanish bir bog‗liqning, hodisaning ikki 
tomonidir yoki boshqacha qilib aytganda, joylanish rivojlanishning 
hududdagi, makondagi in‘ikosidir. Binobarin, mintaqaviy iqtisodiyotda 
ushbu tushunchalarning bir joyda, qo‗shaloq ishlatilishi an‘ana bo‗lib 
qolgan (masalan: paxtachilikning rivojlanishi va joylanishi, qora 
metallurgiya 
sanoatining 
rivojlanishi 
va 
joylanishi, 
temir 
yo‗l 
transportining rivojlanishi va joylanishi va h.k.). 
Ammo, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, joylanish va ayniqsa joylashtirish 
barcha hodisa yoki voqeliklarga tegishli emas. Misol uchun, okeanda 
baliqni, yer ostida qazilma boyliklarni, atmosferada bulutlarni hech kim 
joylashtirmagan. Demak, joylashtirish deganda, uning kimdir (subyektt) 
tomonidan amalga oshirilganligi nazarda tutilganligi sababli baliq yoki 
ko‗mirning geografiyasini boshqacha izohlash kerak. Shu bois, mintaqaviy 
iqtisodiyot faqat joylashuvigina emas, balki u hodisa va voqeliklarning 
hududiy tarkibi va tizimi, bir joyning ikkinchi joydan farqini o‗rganadi.
Mintaqaviy iqtisodiyot uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish 
umumiy tushuncha, obyekt hisoblanadi. Hatto mintaqaviy iqtisodiyotni 
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish haqidagi fan sifatida ta‘riflaydilar.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlanish 
qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: 
1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati

Unga 
muvofiq: 
ishlab chiqarish korxonalarini ITTning yutuqlari asosida, iloji boricha 
manbalarga yaqin joylashtirish kerak. Masalan, suvni ko‗p talab qiladigan 
tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin 
joylashtirish maqsadga muvofiq; 
mehnatni ko‗p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat 
resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq; 
kundalik istemol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini 
istemolchilarga yaqinroq joylashtirish kerak va h.k.lar. 
2. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi 
qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar 


23
o‗rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o‗rnatish hamda 
ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko‗zda tutilgan. 
3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning 
(respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda
xo‗jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy 
va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, 
turli ko‗lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, 
ulardan oqilona foydalanish va hokazolar nazarda tutiladi. 
4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me‘yorda joylashtirish 
yoki hududlarning ixtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish 
qonuniyati. 
Unga 
ko‗ra 
respublikamiz 
hududlarining 
iqtisodiy 
rivojlanishini bir-biriga tenglashtirish, ya‘ni mamlakatimizda ishlab 
chiqarish kuchlarini bir me‘yorda joylashtirib, kelajakda aholi turmush 
darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi. 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda yuqoridagi qonuniyatlar 
asosida 
yondashilsa 
iqtisodiyotning 
barcha 
tarmoqlarida 
mehnat 
unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Mamlakatimizda oxirgi uch yilda 2017-2019 yillarda ishlab chiqarish 
kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish masalasiga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. Xususan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 
martdagi «O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 
faoliyatini takomillashtirishning qo‗shimcha chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 
Farmoni bilan hududlar salohiyatini hisobga olgan holda, ularni kompleks 
rivojlantirish, shu jumladan hududiy sanoatni modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlari va investitsiyalarni oqilona 
taqsimlash, mavjud yer resurslaridan, sug‗oriladigan, lalmi va yaylov yer 
maydonlaridan samarali foydalanish, zamonaviy infratuzilmani yaratish, 
mehnat resurslari imkoniyatlaridan to‗g‗ri foydalanish va aholining 
turmush darajasini izchil oshirib borish borasida belgilangan vazifalarni 
amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi 
qo‗shimcha vazifalar yuklatildi
8

hududlarda sanoatni rivojlantirish bo‗yicha aniq maqsadga qaratilgan 
hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ushbu dasturlarni vazirliklar va 
idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; 
8
O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2019 yil 4 martdagi ―O‗zbеkiston Rеspublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 
faoliyatini takomillashtirishning qo‗shimcha chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni. Manbaa Lex.uz. 


24
hududlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
bo‗yicha belgilangan dasturlar asosida import o‗rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni jadal rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish bo‗yicha 
takliflar ishlab chiqish; 
yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‗jaligi 
ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy 
jihatdan o‗zgartirish, urug‗chilik va selektsiya ishlarini rivojlantirish, 
zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamkor foydalanish usullarini 
joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan mutasaddi 
vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlarda 
bevosita ishtirok etish; 
klaster asosida xom ashyoni, shu jumladan paxta, meva-sabzavot, 
parrandachilik, baliqchilik va go‗sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta 
ishlash bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
hududlarda 
muhandislik, 
yo‗l-transport 
va 
kommunikatsiya 
infratuzilmalarini rivojlantirish, transport xizmatlari ko‗rsatish tizimini 
takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko‗rsatish darajasi va sifatini 
tubdan yangilash, sanitariya tizimlarini yaxshilash va aholini toza ichimlik 
suvi bilan ta‘minlash ishlarini muvofiqlashtirish; 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va 
shaharlarda sanoat va xizmat ko‗rsatishni rivojlantirish, ularning tabiiy 
boyliklari, geografik joylashuvi, mehnat resurslari va boshqa salohiyatidan 
samarali foydalanilishini hamda bu borada kompleks dasturlarning amalga 
oshirilishini ta‘minlash;
aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shu jumladan hududlarda 
ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni doimiy mehnatga jalb etish, turmush 
darajasi va sifatini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiyot, 
ta‘lim va xizmat ko‗rsatish sohalarini rivojlantirish bo‗yicha ko‗rilayotgan 
chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish. 
Mazkur fanda «ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish» bilan bir 
qatorda «ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish» tushunchasi 
qo‗llaniladi. Chindan ham bu ikki tushuncha bir-biriga juda o‗xshash. 
Ayniqsa, «joylashtirish» hududiy tashkil qilishga yaqin, chunki bu ma‘lum 
bir subyekt (shaxs, davlat) tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy tashkil qilish joylashtirish, joylanishning yuqori, mukammal 
shaklidir. Uning eng muhim xususiyati boshqaruv, nazorat (monitoring)-da 


25
o‗z ifodasini topadi. Shu sababli hududiy tashkil qilish umumiy ahamiyatga 
ega bo‗lgan tizim yoki tizim-tarkib g‗oyasiga asoslanadi.
Ma‘lumki, har qanday tizimga asosan murakkab tizimlarga quyidagilar 
xos: 
Ikki va undan ortiq element va qismlardan iborat bo‗lish; 
Ichki va tashqi, tik va gorizontal aloqalar; 
Ko‗p bosqichlik, ierarxiyalik; 
Mustaqil amal qilish, faoliyat ko‗rsatish; 
Tartib va tarkiblilik; 
Boshqaruvchanlik va h. k. 
Aynan ana shu jihatlarga ko‗ra hududiy tashkil qilish joylashtirishga 
nisbatan ma‘qulroq, afzalroq va amaliyroqdir.
Hududiy tashkil qilishda hudud o‗zgarmas (constanta), bazis bo‗lib 
xizmat qiladi; turli obyektlar –sanoat korxonalari, qishloq xo‗jalik ekinlari, 
aholi va h.k. o‗zlarining xususiyatlariga qarab ma‘lum hududda 
joylashtiriladi. Bu erda, hududda joylashtiriladi deyish mumkin, ammo 
hududiy joylashtirish uncha to‗g‗ri emas, chunki har qanday joylashtirish 
o‗z-o‗zidan ma‘lumki hududiydir (to‗g‗ri, kamdan-kam hollarda, masalan 
avtobuslar qatnovini yoki dars jadvalini muayyan vaqt va soatlarda 
joylashtirish, taqsimlash mumkin). 
Ayni paytda «hududni tashkil qilish» tushunchasi ham mavjud. U 
ko‗proq rayon planirovkasida, sotsiologiyada yirik va o‗rta masshtabli 
tadqiqotlarda qo‗llaniladi. Bu erda joylashtiriladigan obyektning emas, 
balki hududning xususiyati, imkoniyati («dini, tili, nafasi») hisobga olinadi. 
Boshqacha qilib aytganda, nimani qaerda joylashtirish emas, qaerda nimani 
joylashtirish nazarda tutiladi. Umuman olganda esa hududiy tashkil qilish 
bilan hududni tashkil qilishni o‗zaro muvofiqlashtirilgan holda amalga 
oshirish qulay va yaxshi samara beradi. 
Hududiy tashkil qilish hududiy tarkib (struktura), hududiy tizim 
(sistema), iqtisodiy rayon tushunchalari bilan chambarchas bog‗liq va ular 
mintaqaviy iqtisodiyotning o‗zak tushunchalarini tashkil qiladi.
Har qanday sistemaning ikki jihati, ya‘ni uning xususiyligi va 
hududiyligi borligidek, ishlab chiqarishni tashkil qilish ham ijtimoiy hamda 
hududiy shakllardan iborat. Ijtimoiy tashkil qilish ixtisoslashuv, 
mujassamlashuv, kooperatsiya va kombinatlashuvdan iborat bo‗lsa, 
hududiy tashkil qilishda sanoat markazi va tugunlari, sanoat parklari, 
texnopolislar, hududiy ishlab chiqarish majmualari mavjud. Ijtimoiy va 


26
hududiy shakllar turli xo‗jalik tarmoqlarida har xil. Shuning uchun ularga 
ta‘sir qiluvchi omillarni aniqlash katta ahamiyatga ega. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish